Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lizinokor tab. 10mg №20
Nomi | Narx | |||||
Лизинокор таб. 10мг №20 (80020423##2 216) |
UZS 41 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Лизинокор таб. 10мг №20 (80020423##2 218) |
UZS 43 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Лизиноприла дигидрат
Страна производитель
Грузия
Дозировка
10 мг
Производитель
GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: ARAFARMA, ООО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Lizinokor
Ta'sir etuvchi modda (XPN) lizinopril
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Lizinokorning bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi
faol modda 5 mg, 10 mg yoki 20 mg lizonopril;
yordamchi moddalar mannitol, kaltsiy gidrofosfati, jelatinlangan kraxmal (Uni-Pure WG 220), jelatinlangan kraxmal (Uni-Pure FL), kremniy dioksidi, magniy stearati.
Opisaniye dumaloq, ikkiyoqlama qavariq , qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
AAF ingibitori – gipotenziv vosita.
ATX kodi S09AA03.
Farmakologik xususiyatlari
Gipotenziv preparat – AAF ingibitori. Angiotenzin I dan angiotenzin II ni hosil bo‘lishini buzadi va uning qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sirini, shuningdek buyrak usti bezlarida aldosteronni ishlab chiqarilishiga uning rag‘batlantiruvchi ta'sirini kamaytiradi. Lizinoprilning ta'siri ostida TUPQ pasayadi, YuQS ni o‘zgarmasdan, minutlik hajmini oshiradi, old va keyingi yuklama kamayadi, AB pasayadi. Lizinoprilning ta'sir davomiyligi doza kattaligiga bog‘liq bo‘lib, o‘rtacha 24 soatdan ko‘proqni tashkil qiladi.
Preparat ichga qabul qilinganidan so‘ng lizinopril MIY dan so‘riladi. Ovqat qabul qilish lizinoprilning so‘rilishiga ta'sir qilmaydi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanmaydi. Lizinopril organizmda biotransformatsiyaga uchramaydi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
arterial gipertenziya (shu jumladan renovaskulyar);
surunkali yurak yetishmovchiligida (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatning dozasi shaxsiy tanlanadi.
Arterial gipertenziyada boshlang‘ich doza sutkada 1 marta 10 mg ni tashkil qiladi. Samarani bir maromda saqlab turuvchi doza sutkada 20 mg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza – 40 mg.
Dastlab diuretiklar olgan patsiyentlarda Lizinokorni qo‘llashni boshlashdan 2-3 kun oldin ularni bekor qilish kerak. Samarasini to‘liq rivojlanishi uchun preparat bilan 2-4 haftalik davolash kursi talab qilinishi mumkin.
Surunkali yurak yetishmovchiligida davolash kichik dozalardan boshlanadi, samarani bir maromda saqlab turuvchi doza sutkada 5-20 mg ni tashkil qiladi. Yurak yetishmovchiligida Lizinokorni diuretiklar va/yoki yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda boshlang‘ich doza kreatinin klirensining ko‘rsatkichlariga qarab belgilanadi. Samarani bir maromda saqlab turuvchi doza AB ga qarab belgilanadi (buyrak faoliyati, qon plazmasidagi kaliy va natriy miqdorining nazorati ostida).
Preparatni sutkada 1 marta, ertalab, ovqatdan oldin yoki undan so‘ng, har kuni bir vaqtda qabul qilgan ma'qul.
Nojo‘ya ta'sirlari
MNT tomonidan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan diareya, ko‘ngil aynishi, qusish.
Nafas tizimi tomonidan quruq yo‘tal.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial gipotenziya, to‘sh ortida og‘riq, taxikardiya.
Qon yaratish tizimi tomonidan agranulotsitoz, gemoglobin va gematokritning pasayishi, yakka hollarda – SOE ni oshishi.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari tomonidan giperkaliyemiya, kreatinin, mochevina azoti miqdorini oshishi (ayniqsa buyrak kasalliklari, qandli diabet, renovaskulyar gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda).
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, angionevrotik shish kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
AAF ingibitorlari bilan avvalgi davolash fonidagi angionevrotik shish;
buyrak arteriyalari yoki aorta og‘zining stenozi;
buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlari;
homiladorlik, laktatsiya;
bolalar;
preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Lizinokor bilan davolashni boshlashdan oldin yo‘qotilgan suyuqlik va tuz o‘rnini qoplash lozim, chunki arterial gipotenziyani rivojlanish xavfi oshadi.
Buyraklar faoliyati buzilgan, keksa yoshli patsiyentlarda, shuningdek saluretiklar va antidepressantlarni qabul qilayotgan bemorlarda alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Preparat bilan davolanish davrida periferik qon manzirasini nazorat qilish lozim.
Lizinokor kaliy tejovchi diuretiklar (spirinolakton, triamteren, amilorid), kaliy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida giperkaliyemiyani rivojlanish xavfi oshishi mumkin (ayniqsa buyrak faoliyati buzilgan patsiyentlarda). Shuning uchun ushbu kombinatsiyalar ehtiyotkorlik bilan, qon plazmasidagi kaliy miqdori va buyraklar faoliyatini nazorati ostida buyuriladi.
Lizinokor diuretiklar, antigipertenziv preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida additiv antigipertenziv samara aniqlanadi.
NYaQV bilan (ayniqsa indometatsin bilan) bir vaqtda qo‘llanganida Lizinokorning antigipertenziv ta'sirini kamayishi aniqlanadi.
Bir vaqtda qo‘llanganida Lizonokor etanolning ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Lizinokor litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida litiyning organizmdan chiqarilishini pasaytirishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari arterial gipotenziya.
Davolash suv-elektrolit muvozanatini tiklash. Zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
5 mg, 10 mg yoki 20 mg dan tabletkalar; o‘ramda 20 tabletka.
Saqlash sharoiti
10-25°C haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
GM Pharmaceuticals Ltd.
Gruziya, Tbilisi sh., Ponichala 65
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.