Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lizinopril Grindeks tabletkalar 20mg №28
Nomi | Narx | |||||
Лизиноприл Гриндекс таб. 20мг №28 (1091222##2 409) |
UZS 68 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Latviya
Дозировка
20 мг
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Гриндекс, АО
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Endokrin tizimi tomonidan
Preparatning savdo nomi
LIZINOPRIL-GRINDEKS
Ta'sir etuvchi modda (XPN) lizinopril
Dori shakli
Tabletkalar
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 5 mg, 10 mg yoki 20 mg lizinoprilga qayta hisoblaganda lizinopril digidrati;
yordamchi moddalar kal'tsiy gidrofosfati, mannit, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, suvsiz korloid kremniy dioksidi .
Ta'rifi oq rangli, yassitsilindrik shaklli, chetlari o‘yilgan va bir tomonida riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
antigipertenziv vosita (AAF ingibitori).
ATX kodi S09AA03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Lizinopril - AAF ingibitoridir. Preparatning ta'sir mexanizmi angiotenzin I dan angiotenzin II ni hosil bo‘lishini susaytirishdan iborat. AAF ni susayishi angiotenzin II ning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini pasayishiga olib keladi, bu vazopressorlar faolligini va al'dosteron sekretsiyasini pasayishiga, shuningdek kaliyni qon zardobidagi kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Gipertenziyada ta'sir mexanizmi renin-angiotenzin-al'dosteron tizimini susayishi orqali amalga oshishi tufayli, lizinopril hatto renin darajasi past bo‘lgan gipertenziyali patsiyentlarda ham gipotenziv ta'sir ko‘rsatadi. AAF, bradikininni parchalaydigan kinaza II fermentiga o‘xshaydi. Lizinopril bilan davolanganda, bradikininning oshgan darajasining ahamiyati (u yaqqol qon tomir kengaytiruvchi xususiyatga ega) to‘liq aniqlanmagan va u keyingi o‘rganishlarni talab qiladi.
Farmakokinetikasi
.
So‘rilishi.
Lizinopril peroral qabul qilinganidan keyin ovqat hazm qilish yo‘llarida sekin va to‘liq so‘rilmaydi. Qabul qilinganidan keyin preparatni so‘rilishi (6-60 %) individlar orasidagi farqi bilan taxminan 25 % ni tashkil etadi. Bir vaqtda ovqat qabul qilish preparatni so‘rilishiga ta'sir qilmaydi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga taxminan 6-8 soatdan keyin erishiladi.
Taqsimlanishi
Qon zardobida muvozanat kontsentratsiyalarga preparat qabul qilinganidan keyin 2-3 kun davomida erishiladi. AAFdan tashqari qon zardobi oqsillari bilan bog‘lanmaydi.
Metabolizmi va chiqarilishi.
Metabolizmga uchramaydi, o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan chiqariladi.
Gemodializda chiqariladi.
Alohida guruh patsiyentlairda farmakokinetikasi.
Buyrak faoliyatini buzilishida lizinoprilning chiqarilishi funktsional buzilishlarning darajasiga proportsional ravishda kamayadi (bunday kamayish kalavalar filьtratsiyasi minutiga 30 ml kam bo‘lganda klinik ahamiyatga ega).
Yurak yetishmovchiligida lizinoprilning buyrak klirensi pasayadi.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda, kon plazmadagi lizinopril kontsentratsiyasi va “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi ko‘rsatkichi yosh patsiyentlarga nisbatan yuqoriroq (taxminan 60% yuqoriroq) bo‘lishi xarakterli.
Qo‘llanilishi
- arterial gipertenziya;
- surunkali yurak yetishmovchiligi;
- gemodinamikasi ko‘rsatkichlari barqaror bo‘lgan (arterial bosim 100 mm sim. ust. dan yuqori) patsiyentlarda miokard infarkti;
- qandli diabetdagi diabetik nefropatiya (insulinga qaram II tipdagi qandli diabetli bemorlar) da qo‘llanadi.
Nojo‘ya reaktsiyalari
Nojo‘ya reaktsiyalari quyidagi namoyon bo‘lish tez-tezligida keltirilgan juda tez-tez (> 1/10), tez-tez (≥ 1/100, < 1/10), ba'zida (≥ 1/1000, < 1/100), kam hollarda (≥ 1/10 000, < 1/1000), juda kam hollarda (< 1/10 000), noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).
Qon yaratish va limfatik tizim tomonidan kam hollarda – gematokrit va gemoglobin darajasini pasayishi; juda kam hollarda - suyak ko‘migi faoliyatini susayishi, anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, limfoadenopatiyalar, autoimmun kasallik.
Moddalar almashinuvi tomonidan juda kam hollarda – gipoglikemiya.
Markaziy nerv tizimi tomonidan tez-tez - bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i; ba'zida – kayfiyatni o‘zgarishi, paresteziyalar, ta'm sezish hissini o‘zgarishi, uyquni buzilishi, muvozanatni buzilishi, dezoriyentatsiya; kam hollarda - ongni chalkashishi, hid bilishni buzilishi; noma'lum – depressiya simptomlari, xushdan ketish.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan tez-tez - ortostatik samaralar (shu jumladan arterial gipotenziya); ba'zida – miokard infarkti yoki serebrovaskulyar insul'ti, pal'pitatsiya, taxikardiya, Reyno fenomeni.
Nafas tizimi tomonidan tez-tez - yo‘tal, bronxit; ba'zida – rinit, hansirash; kam hollarda – dispnoe, angionevrotik shish; juda kam hollarda - bronxospazm, glossit, sinusit, allergik al'veolit/eozinofil pnevmoniya.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez – diareya, qusish; ba'zida - ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq va dispepsiya; kam hollarda – og‘izni qurishi, ishtahani pasayishi, ta'mni o‘zgarishi; juda kam hollarda - pankreatit, intestinal angionevrotik shish, qabziyat, gepatit (gepatotsellyulyar yoki xolestatik), sariqlik va jigar yetishmovchiligi.
Teri tomonidan ba'zida – toshma, qichishish, o‘ta yuqori sezuvchanlik, yuzni, qo‘l-oyoqlarni, labni, tilni, tovush yorig‘i va/yoki hiqildoqni angionevrotik shishi,qizish hissi, teri giperemiyasi; kam hollarda – eshakemi, alopetsiya, psoriaz; juda kam hollarda – ko‘p terlash, pemfigus, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, teri limfotsitomasi.
Bir yoki bir necha quyidagi simptomlarni isitma, vaskulit, mialgiya, artralgiya/artrit, musbat antinuklear antitelalarni (ANA) paydo bo‘lishi, eritrotsitlarni cho‘kish tezligini (EChT) oshishi, eozinofiliya va leykotsitoz, toshmalar, fotosensibilizatsiya yoki va terining boshqa qo‘rinishlarini o‘z ichiga olluvchi sindrom haqida xabarlar bor.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan tez-tez – buyrak disfunktsiyasi; kam hollarda – uremiya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi; juda kam hollarda - oliguriya/anuriya.
Endokrin tizimi tomonidan
noma'lum – antidiuretik garmonini noadekvat sekretsiyasi.
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidanba'zida – impotentsiya; kam hollarda – ginekomastiya.
Organizm tomonidan ba'zida – toliqish, holsizlik.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari ba'zida – qonda mochevina darajasini oshishi, qon zardobida kreatininning oshishi, jigar fermentlari faolligini oshishi, giperkaliyemiya; kam hollarda – qon zardobidagi bilirubin darajasi oshishi, giponatriyemiya, proteinuriya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Lizinoprilga, preparatning boshqa komponentlariga yoki boshqa AAF ingibitorlariga yuqori sezuvchanlik;
Anamnezidagi angionevrotik shish (shu jumladan AAF ingibitorlari qo‘llanganidan keyin, idiopatik va nasliy shish).
Aortal yoki mitral stenoz yoki gipertrofik kardiomiopatiya.
Buyrak arteriyaning bilateral stenozi yoki yakka buyrak arteriyasining stenozi; gemodinimikasi barqaror bo‘lmagan o‘tkir miokard infarkti; kardiogen shok; zardobdagi kreatininning darajasi ≥ 220 mkmol/l bo‘lgan patsiyentlar.
Homiladorlik va laktatsiya davri.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari arterial gipotenziya, sirkulyator shok, elektrolit buzilishlar, buyrak yetishmovchiligi, giperventilyatsiya, taxikardiya, yurak urishini his qilish, bradikardiya, bosh aylanishi, xavotirlik va yo‘tal.
Davolash vena ichiga tuzli eritmalarni yuborish. Arterial gipotenziyada patsiyentni chalqanchasiga, oyoqlarni tepaga ko‘tarib yotqizish lozim. Mumkin bo‘lsa, katexolaminlarni vena ichiga yuboriladi va/yoki angiotenzin II infuziyasi buyuriladi. Agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa, me'dani yuvish, absorbentlarni va natriy sul'fatini qabul qilish tavsiya qilinadi. Lizinopril gemodializda qondan chiqariladi. Turg‘un bradikardiyani davolash uchun kardiostimulyatorni qo‘llash ko‘rsatilgan.
Hayotiy faoliyatlarni va laboratoriya ko‘rsatkichlarini (qon zardobida kreatinin va elektrolitlar darajasini aniqlash) muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Bolalar
Lizinopril bolalarda qo‘llanishi xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan, shuning uchun patsiyentlarning bu yosh toifasiga Lizinopril buyurmaslik kerak.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda, bosh aylanishi va kuchli toliqish paydo bo‘lishi mumkinligini e'tiborga olish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadanPVX\alyumin fol'gali kontur uyali o‘ramda.
Kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yuriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
.
“Grindeks” AJ, Krustpils ko‘ch., 53, Riga, LV-1057, Latviya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.