Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lozap plyus qobiq bilan qoplangan 50 mg + 12,5 mg tab. №30
Lozap plyus qobiq bilan qoplangan 50 mg + 12,5 mg tab. №30
Nomi | Narx | |||||
Лозап плюс п/о 50мг+12,5мг таб. №30 (3680622##2033) |
UZS 53 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Лозап плюс п/о 50мг+12,5мг таб. №30 (3680622##2 041) |
UZS 59 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Лозап плюс п/о 50мг+12,5мг таб. №30 (3680622##2 051) |
UZS 59 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Лозап плюс п/о 50мг+12,5мг таб. №30 (3680622##2 059) |
UZS 57 500
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Лозартан, гидрохлоротиазид
Страна производитель
Чехия
Дозировка
50 мг/12,5 мг
Производитель
Zentiva k.s.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
LOZAP® PLYuS
Ta'sir qiluvchi moddalar (XPN) lozartan+gidroxlorotiazid
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka saqlaydi
Faol moddalar lozartan kaliy - 50 mg, gidroxlorotiazid - 12,5 mg.
Yordamchi moddalar mannitol - 89,0 mg, mikrokristallik sellyuloza - 210,0 mg, natriy kroskarmelloza - 18,0 mg, povidon - 7,0 mg, magniy stearati – 8,0 mg, gipromelloza 2910/5 - 6,5 mg, makrogol 6000 – 0,8 mg, talk – 1,9 mg, simetikon emulsiyasi – 0,3 mg, sariy Opasprey -1-22801 (Opaspray yellow M–1-22801) – 0,5 mg (tarkibiga tozalangan suv, titan dioksidi, denaturatsiyalangan etanol (metil spirti VR) (99% etanol 1% metanol), gipromelloza, Xinolin sarig‘i bo‘yovchisi (Quinolin Yellow) (E104), Puntso bo‘yovchisi [Ponso 4R] (Pounceau 4R) (E 124)).
Ta'rifi plyonka qobiq bilan qoplangan och-sariq rangli, ikki tomonida ikkiga bo‘luvchi riskasi bo‘lgan, uzunchoq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
majmuaviy gipotenziv vosita (angiotenzin II retseptorlari blokator- diuretik)
ATX kodi S09DA01.
Farmakologik xususiyatlari
Gipotenziv ta'sir ko‘rsatuvchi majmuaviy preparat. Angiotenziv II (AT1 kichik guruhi) retseptorlarining antagonisti – lozartan kaliy va diuretik - gidroxlorotiazid saqlaydi.
Lozartan angiotenzin II retseptorlarining spetsifik antagonisti hisoblanadi (AT1 kichik guruhi). Bradikininni parchalovchi kinaza II fermentini susaytirmaydi. Qon tomirlarining umumiy periferik qarshiligini (QTUPQ), qondagi adrenalin va aldosteron kontsentratsiyasini, arterial bosimni (AB), kichik qon aylanish doirasidagi bosimni pasaytiradi; yurak qisqarishidan keyingi yuklamasi kamaytiradi, diuretik ta'sir ko‘rsatadi. Miokard gipertrofiyasini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda jismoniy yuklamalarga tolerantlikni oshiradi.
Gidroxlorotiazid – tiazid diuretik. Na+ reabsorbtsiyasini pasaytiradi, siydik bilan K+, gidrokarbonat va fosfatlarni chiqib ketishini kuchaytiradi. Aylanayotgan qon hajmini (AQH) kamayishi, qon tomirlari devorining reaktivligini o‘zgarishi, qon tomirlarini toraytiruvchi moddalarning pressor ta'sirini kamaytirishi va gangliylarga depressor ta'sirlarini kuchaytirishi hisobiga arterial bosimni pasaytiradi.
Farmakokinetikasi
Lozartan me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Biokiraolishligi – taxminan 33%. Jigarda “birinchi o‘tish” samarasiga ega, jigarda karboksillanish yo‘li bilan metabolizmga uchrashi oqibatida faol metabolit hosil bo‘ladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi - 99%. Ichga qabul qilinganidan keyin maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti lozartan uchun 1 soat, faol metabolit uchun 3-4 soatni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri 1,5–2 soat, uning asosiy metabolitining esa, muvofiq 3-4 soat. Dozaning taxminan 35% siydik bilan, taxminan 60% - ichak orqali chiqariladi.
Gidroxlorotiazid me'da–ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Yarim chiqarilish davri 5,8–14,8 soatni tashkil qiladi. Jigarda metabolizmga uchramaydi. Taxminan 61% buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-Arterial gipertenziya (majmuaviy davolash optimal bo‘lgan patsiyentlar uchun);
-Arterial gipertenziya va chap qorinchaning gipertrofiyasi bo‘lgan patsiyentlarda yurak-qon tomir kasalliklari va o‘lim xavfini pasaytirishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar buyuriladi.
Arterial gipertenziya
LOZAP® PLYuS preparatining boshlang‘ich va tutib turuvchi dozasi kuniga 1 tabletkani tashkil qiladi. Ushbu dozada arterial bosimni adekvat nazorat qilishga erisha olinmagan patsiyentlar uchun LOZAP® PLYuSning dozasi kuniga 1 marta 2 tabletkagacha oshirilishi mumkin.
Maksimal doza kuniga 1 marta 2 tabletkani tashkil qiladi. Umuman davolash boshlanganidan keyin 3 hafta davomida maksimal gipotenziv samaraga erishiladi.
Keksa yoshdagi bemorlarda boshlang‘ich dozani maxsus tanlash zarurati yo‘q.
Arterial gipertenziyasi va chap qorincha gipertrofiyasi bo‘lgan patsiyentlarda yurak-qon tomir kasalliklari va o‘lim xavfini pasaytirish
LOZAP®ning (lozartanning) standart boshlang‘ich dozasi sutkada 1 marta 50 mg ni tashkil qiladi. Sutkada 50 mg LOZAP®ni (lozartanni) qabul qilish fonida AB maqsadli darajalariga erisha olinmagan patsiyentlarga, lozartanni gidroxlorotiazidning past dozalari (12,5 mg) bilan - LOZAP® PLYuS, majmuasi orqali davolashni tanlash talab qilinadi va zarurati bo‘lganida dozani LOZAP® PLYuS preparatining 2 tabletkasigacha oshirish kerak. (Sutkada bir marta hammasi bo‘lib 100 mg lozartan va 25 mg gidroxlorotiazid).
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya reaktsiyalar, rivojlanish tez-tezligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi
Juda tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 va <1/10 gacha); tez-tez emas(≥1/1000 va <1/100 gacha); kam (≥1/10000 va <1/1000 gacha); juda kam (<1/10000); tez-tezligi ma'lum emas/mavjud ma'lumotlarga asosan hisoblab bo‘lmaydi).
Lozartan - gidroxlorotiazidning klinik tadqiqotlarida dori vositalarining majmuasi bilan bog‘liq nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilmagan. Nojo‘ya reaktsiyalar lozartan va/yoki gidroxlorotiazid alohida qo‘llanganida avval kuzatilgan ta'sirlar bilan cheklanadi.
Nazorat ostidagi klinik tadqiqotlarda lozartan va gidroxlorotiazid qabul qilingan patsiyentlarda essentsial gipertenziyani davolashda, platseboga nisbatan ko‘proq va 1% tez – tezlikda kuzatilgan birgina nojo‘ya ta'sir – bu bosh aylanishidir.
Bundan tashqari, lozartan/gidroxlorotiazidni majmuada qo‘llash jarayonida ma'lum bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar mavjud
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar kam - gepatit.
Laborator va instrumental tekshirishlarning natijalariga ta'siri kam – giperkaliyemiya, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi.
Bundan tashqari, lozartan/gidroxlorotiazid qo‘llanganida, komponentlarning har biri qo‘llanganida kuzatilgan quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilgan
Lozartan
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar tez–tez emas – anemiya, Shenleyn–Genox kasalligi, ekximoz, gemoliz.
Immun tizimi tomonidan kam – anafilaktik reaktsiyalar, angionevrotik shish (hiqildoq va/yoki tilni shishi, yuz, lablar, halqumni shishi), eshakemi.
Oziqlanish va modda almashinuvi tomonidan tez-tez emas – anorektsiya, podagra.
Ruhiyatni buzilishi tez–tez – uyqusizlik; tez–tez emas– bezovtalik; vahima, sarosimaga tushish holatlari, ongni chalkashishi, depressiya, noodatiy tush ko‘rish, uyquni buzilishi, uyquchanlik, xotirani buzilishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
tez–tez - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; tez–tez emas – qo‘zg‘aluvchanlikni oshishi, paresteziya, periferik neyropatiya, tremor, migren, xushdan ketish.
Ko‘rish a'zolari tomonidan buzilishlar tez-tez emas – ko‘rishni xiralashishi, ko‘zlarda achishish hissi, kon'yunktivit, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi.
Eshitish a'zolari tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari
tez–tez emas – vertigo, quloqlarni shang‘illashi.
Yurak tomonidan buzilishlar tez–tez emas –arterial gipotenziya, ortostatik gipotenziya, to‘sh suyagi sohasida og‘riq, stenokardiya, II darajali atrioventrikulyar blokada, serebrovaskulyar buzilishlar, miokard infarkti, yurak urishini oshishi, aritmiya (yurak bo‘lmachasini xilpillashi, sinusli bradikardiya, taxikardiya, yurak qorinchalari taxikardiyasi, qorinchalar fibrillyatsiyasi).
Tomirlar tomonidan buzilishlar tez-tez emas – vaskulit.
Nafas tizim, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar tez–tez yo‘tal, yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari, burun bitishi, sinusit; tez–tez – faringit, laringit, dispnoe, bronxit, burundan qon ketishi, rinit.
Me'da–ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar tez-tez – qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, diareya, dipepsiya; tez–tez emas – qabziyat, tish og‘rig‘i, og‘izni qurishi, qorin dam bo‘lishi, gastrit, qusish.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan buzilishlar tez–tezligi ma'lum emas – jigar faoliyatini buzilishi.
Teri va osti to‘qimlari tomonidan buzilishlar tez–tez emas – alopetsiya, dermatit, teri qurishi, eritema, giperemiya, fotosezuvchanlik, qichishish, toshma, ko‘p terlash.
Skelet–mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar tez–tez – mushak tortishishi, orqada og‘riq, oyoqlarda og‘riq, ishalgiya, tez–tez emas – bo‘g‘inlar shishi, mushaklar va suyaklarda og‘riq, bo‘g‘imlar rigidligi, artralgiya, artrit, fibromialgiya, kuchsizligi, tez–tezligi ma'lum emas – rabdomioliz.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar tez–tez emas – nokturiya, siyishga imperativ qistovlar, siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari.
Jinsiy a'zolar va sut bezi tomonidan buzilishlar
tez–tez emas – libidoni pasayishi, potentsiyani susayishi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidan buzilishlar tez–tez asteniya, toliqish, ko‘krakda og‘riq; tez–tez emas – yuzni shishi, isitma.
Laborator va instrumental ma'lumotlar tez–tez – giperglikemiya, gematokrit va gemoglobinni biroz pasayishi;
tez–tez emas – zardobda mochevina va kreatinin darajasini biroz oshishi; juda kam – “jigar” transaminazalari va bilirubin darajasini oshishi.
Gidroxlorotiazid
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar tez–tez emas – agranulotsitoz, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, leykopeniya, purpura, trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan
kam hollarda – shokkacha bo‘lgan anafilaktik reaktsiyalar.
Oziqlanish va modda almashinuvi tomonidan tez-tez emas – anorektsiya, giperglikemiya, giperurikemiya, gipokaliyemiya, gipomagniyemiya, giponatriyemiya, giperkaltsiyemiya, gipoxloremik alkaloz.
Ruhiyatni buzilishi tez–tez emas – uyqusizlik.
Nerv tizimi tomonidan tez-tez emas – bosh og‘rig‘i.
Ko‘rish a'zolari tomonidan buzilishlar tez–tez emas – ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ksantopsiya.
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar tez–tez emas – nekrotik vaskulit, teri vaskuliti.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar tez-tez emas – respirator distress- sindromi, shuningdek, pnevmonit va nokardiogen o‘pka shishi.
Me'da–ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar tez-tez emas – sialadenit, spazmlar, gastrit, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar tez-tez emas – xolestatik sariqlik, xoletsistit, pankreatit.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar tez-tez emas – fotosezuvchanlik, eshakemi, toksik epidermal nekroliz.
Skelet–mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar tez-tez emas – mushaklar tortishishi.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar tez-tez emas – glikozuriya, interstitsial nefrit, buyraklar faoliyatini buzilishi, buyrak yetishmovchiligi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidan buzilishlar tez-tez emas – isitma, bosh aylanishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning har qanday komponentlariga yoki sulfonilamid hosilasi hisoblangan boshqa preparatlarga yuqori sezuvchanlik;
-davolash qiyin bo‘lgan gipokaliyemiya yoki giperkaltsiyemiya;
-jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari;
-o‘t chiqarish yo‘llarining obturatsion kasalliklari;
-refrakter giponatriyemiya;
-giperurikemiya va/yoki podagra;
-buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari (kreatinin klirensi ≤ 30 ml/sek);
-anuriya;
-homiladorlik va emizish davri;
-18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan).
Buyrak arteriyasining ikki tomonlama stenozi yoki yakka buyrak arteriyasining stenozi bo‘lgan, gipovolemik holatdagi (shuningdek, diareya, ko‘ngil aynishi), giponatriyemiyasi (kam tuzli yoki tuzsiz parhezdagi patsiyentlarda arterial gipotenziyani rivojlanishini yuqori xavfi) bo‘lgan, gipoxloremik alkalozi, gipomagniyemiyasi biriktiruvchi to‘qima kasalliklari (shuningdek, tizimli qizil yugurik) bo‘lgan patsiyentlarda, jigar faoliyatini buzilishi yoki jigarning avj oluvchi kasalliklari, qandli diabeti, bronxial astmasi (shuningdek anamnezida), anamnezida allergologik holatlar bo‘lgan patsiyentlarga, bir vaqtda nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYaQP) siklooksigenaza–2 ingibitorlari (TSOG–2 ingibitorlari) ni buyurishda, shu jumladan negroid irq vakillariga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Lozartan
Rifampitsin va flukonazol birga qo‘llanganida faol metabolitning kontsentratsiyasini pasayish hollari ta'riflangan. Bunday o‘zaro ta'sirlarning klinik ma'lumotlarini baholash o‘tkazilmagan.
Angiotenzin II yoki uning samaralarini bloklovchi boshqa preparatlar kabi, bir vaqtda kaliyni tejovchi diuretiklarni (masalan, spironolakton, triamteren, amilorid), kaliy preparatlari yoki kaliy saqlovchi tuzlarni o‘rnini bosuvchi vositalarni buyurish, qon zardobida kaliy miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin. Ushbu preparatlarni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Natriy chiqarilishiga ta'sir qiluvchi boshqa preparatlar kabi, preparat litiyni chiqarilishini sekinlashtirishi mumkin. Shuning uchun litiy tuzlari va ARAII bir vaqtda buyurilganda qon zardobida litiy tuzlari darajasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
ARAII va nosteroid yallig‘lanishiga qarshi vositalar (NYaQV) ni, masalan, siklookisgenaza-2 (TSOG–2) ning selektiv ingibitorlarini, atsetilsalitsil kislotasini yallig‘lanishiga qarshi samara uchun qo‘llanadigan dozalarini, va noselektiv NYaQV ni bir vaqtda qo‘llanganida LOZAP® PLYuSning antigipertenziv ta'siri susayishi kuzatilishi mumkin. ARAII yoki siydik haydovchi preparatlarni va NYaQV ni bir vaqtda qo‘llanishi, buyraklar faoliyati yomonlashish xavfini oshishiga, shu jumladan, ayniqsa oldindan buyraklar faoliyati buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga va qon zardobida kaliy darajasini oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Majmuaviy davolashni, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Majmuaviy davolash boshlanganidan keyin va davolash jarayonida patsiyentlarni adekvat gidratatsiyasini va buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak. NYaQV, shuningdek SOG–2 ning selektiv ingibitorlari bilan davolanayotgan buyrak faoliyati buzilishlari bo‘lgan ba'zi patsiyentlarda angiotenzin II retseptorlarining antagonistlarini bir vaqtda qo‘llanishi buyraklar faoliyatini buzilishlarini og‘irlashtirishi mumkin. Bu samaralar odatda qaytuvchi xarakterga ega bo‘ladi.
Tritsiklik antidepressantlar, antipsixotik preparatlar, baklofen, amifostin kabi gipotoniyani chaqiruvchi boshqa preparatlar
LOZAP® PLYuSni arterial bosimni pasaytiruvchi bu preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash arterial gipotenziya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Gidroxlorotiazid
Tiazid diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda quyidagi moddalar bilan o‘zaro ta'sirlar kuzatilishi mumkin
Alkogol, barbituratlar, narkotik moddalar yoki antidepressantlar.
Ortostatik gipotenziyani yuz berish xavfi oshishi mumkin.
Diabetga qarshi preparatlar/insulin va peroral qo‘llanadigan preparatlar).
Tiazid diuretiklari bilan davolash glyukozaga bo‘lgan tolerantlikka ta'sir qilishi mumkin diabetga qarshi preparatlarning dozasini to‘g‘rilash kerak bo‘lishi mumkin. Gidroxlorotiazidni qo‘llash bilan bog‘liq funktsional buyrak yetishmovchiligining ehtimoli oqibatidagi laktat–atsidozni rivojlanish xavfi tufayli, metforminni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Boshqa antigipertenziv preparatlar
Additiv samara.
Xolestiramin va kolestipol.
Ion almashinuvchi qatronlar borligida gidroxlorotiazidni so‘rilishi buziladi. Xolestiramin va kolestipolni bir martali dozalarini qabul qilish gidroxlorotiazidni bog‘lanishiga va uni me'da–ichak yo‘llaridan so‘rilishini mos ravishda 85% va 43% ga pasayishiga olib keladi.
Kortikosteroidlar, adrenokortikotrop gormoni (AKTG)
Elektrolitlar tanqisligi, ayniqsa gipokaliyemiya og‘irlashishi mumkin.
Pressor aminlar (masalan, adrenalin)
Pressor aminlarning samarasi susayishi mumkin, biroq bu ularni ishlatilishini istisno qilmaydi.
Qutbsizlantirilmaydigan miorelaksantlar (masalan, tubokurarin xloridi)
Miorelaksantlar ta'siri kuchayishi mumkin.
Litiy preparatlari
Diuretiklar litiyning buyrak klirensini pasaytiradi va uning toksik ta'siri xavfini ahamiyatli oshiradi. Gidroxlorotiazidni litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Podagrani davolash uchun ishlatiladigan tibbiy preparatlar (probenetsid, sulfinpirazon va allopurinol)
Podagraga qarshi dori preparatlarini dozasini to‘g‘rilash kerak bo‘lishi mumkin, chunki gidroxlorotiazid qon zardobida siydik kislotasi darajasini oshirishi mumkin. Tiazidlar bilan birga qo‘llash allopurinolga o‘ta sezuvchanlik reaktsiyasini yuz berishi tez–tezligini oshirishi mumkin.
Antixolinerlik preparatlar (masalan, atropin, biperidin)
Me'da–ichak yo‘llarining motorikasi va me'dani bo‘shalish tezligini pasayishi hisobiga tiazid diuretiklarining biokiraolishligini oshirishi mumkin.
Sitotoksik preparatlar (masalan, siklofosfamid, metotreksat).
Tiazid diuretiklari sitotoksik preparatlarni buyrak orqali chiqarilishini ingibirlashi va ularning miyelosupressiv samarasini kuchaytirishi mumkin.
Salitsilatlar
Salitsilatlar yuqori dozalarda qo‘llangan hollarda gidroxlorotiazid ularning markaziy nerv tizimiga toksik ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Metildopa
Gidroxlorotiazid va metildopani bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda gemolitik anemiya rivojlanishining yakka hollari ta'riflangan.
Siklosporin
Siklosporin bilan birga davolash giperurikemiyani xavfini va podagraning asoratlarini oshirishi mumkin.
Yurak glikozidlari
Tiazid diuretiklari chaqirgan gipokaliyemiya yoki gipomagniyemiya angishvonagul preparatlari bilan induktsiyalangan aritmiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Samarasiga qon zardobida kaliy darajasini o‘zgarishi ta'sir qilgan dori preparatlari
Samarasiga kaliy darajasini o‘zgarishi ta'sir qiluvchi dori preparatlari (masalan, angishvonagul glikozidlari va aritmiya qarshi preparatlar) bilan LOZAP® PLYuS bir vaqtda buyurilganida, qon zardobida kaliy darajasini muntazam nazorat qilish va EKG – monitoringi tavsiya qilinadi. Bu choralarni shuningdek LOZAP®PLYuSni piruet (qorinchalar) taxikardiyasini chaqiruvchi (shuningdek, aritmiyaga qarshi) quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ham o‘tkazish tavsiya qilinadi, chunki gipokaliyemiya piruet taxikardiyani rivojlanishiga moyil hisoblanadi
-IA sinfi antiaritmik vositalar (masalan, xinidin, gidroxinidin, dizopiramid).
-III sinf antiaritmik vositalar (masalan, amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid).
-ba'zi antipsixotik preparatlar (masalan, tioridazin, xlorpromazin, levomepromazin, trifluonerazin, siamemazin, sulprid, sultoprid, amisulprid, tiaprid, pimozid, galoperidol, droperidol).
-boshqalar (masalan, vena ichiga, bepridil, sizaprid, difemanil, eritromitsin, vena ichiga galofantrin, mizolastin, pentamidin, terfenadin, vinkamitsin).
Kaltsiy tuzlari
Tiazid diuretiklari kaltsiyni ekskretsiyasini pasaytirishi hisobiga qon zardobida kaltsiy darajasini oshirishi mumkin. Agar patsiyent kaltsiy preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsa, qon zardobida kaltsiy darajasini nazorat qilish va shu bilan birga kaltsiy preparatlari dozasini to‘g‘rilash kerak.
Laborator tekshiruvlarning natijalariga ta'siri
Kaltsiy metabolizmiga ta'siri tufayli, tiazidlar qalqonsimon bezi oldi bezlarining faoliyatini tahlili natijalariga ta'sir etishi mumkin.
Karbamazepin
Simptomatik giponatriyemiya rivojlanishi xavfi mavjud.
Karbamazepin qabul qilayotgan patsiyentlarda qondagi natriy miqdorini klinik kuzatuvi va laborator monitoringini o‘tkazish kerak.
Yod saqlovchi kontrast moddalar
Diuretiklarni qabul qilish oqibatidagi degidratatsiya hollarida, ayniqsa yod preparatlari yuqori dozalarda qabul qilinganda, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishini xavfi oshadi.
Ularni yuborishdan oldin patsiyentlarda regidratatsiya muolajasini o‘tkazish kerak. Amfoteritsin V (parental yuborish uchun), kortikosteroidlar, adrenokortikotrop gormoni, surgi vositalari yoki glitsirrizin (qizilmiya tarkibida saqlanuvchi)
Gidroxlorotiazid elektrolitlar tanqisligini, ayniqsa gipokaliyemiyani rivojlanishini chaqirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Angionevrotik shish.
Anamnezida angionevrotik shish (yuz, lablar, halqum va/yoki til shishi) bo‘lgan patsiyentlar sinchkovlik bilan kuzatilishi kerak.
Gipotoniya va qon aylanishi hajmini pasayishi.
Diuretiklarni jadal qo‘llanishi, ovqat bilan tuzni iste'mol qilinishini cheklashlar, diareya yoki qusish natijasida yuzaga kelgan gipovolemiyasi bo‘lgan va/yoki natriyni darajasi pasaygan patsiyentlarda simptomatik arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin (ayniqsa, birinchi dozani qabul qilgandan so‘ng). Bunday holatlarni LOZAP® PLYuS preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin to‘g‘rilash kerak.
Elektrolitlar muvozanatini buzilishi
Elektrolitlar muvozanatini buzilishi ko‘pincha buyrak faoliyati buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda yuz beradi, shuning uchun qon plazmasida kaliy miqdori va kreatinin klirensi sinchkov nazorat qilinishi kerak, ayniqsa yurak yetishmovchiligi va kreatinin klirensi 30-50 ml/min diapazonda bo‘lgan patsiyentlar holati qattiq nazorat qilinishi kerak. LOZAP® PLYuS preparatini kaliy saqlovchi diuretiklar, kaliy preparatlari va kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilar bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishi.
Farmakokinetik ma'lumotlar jigar sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda plazmada lozartan kontsentratsiyasini yaqqol oshishidan dalolat beradi.
Ushbu ma'lumotlardan kelib chiqib, anamnezida yengil va o‘rta darajadagi jigar faoliyati buzilishlari bor patsiyentlarda LOZAP® PLYuSni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Lozartanni jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash tajribasi ma'lum emas. Shuning uchun, og‘ir jigar faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda LOZAP® PLYuSni qo‘llash mumkin emas.
Buyraklar faoliyatini buzilishlari
Renin–angiotenzin–aldosteron tizimi (RAAT) ni susayishi, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi (xususan, buyraklar faoliyati renin-angiotenzin–aldosteronga bog‘liq patsiyentlarda, masalan, og‘ir yurak yetishmovchiligida yoki buyrak faoliyatini mavjud bo‘lgan buzilishlarida) oqibatida buyraklar faoliyatini buzilishlari haqida xabar berilgan. RAAT ga ta'sir qiluvchi boshqa preparatlarni qo‘llaganda bo‘lgani kabi, buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozi bo‘lgan yoki yagona buyrakning buyrak arteriyasini stenozi bo‘lgan patsiyentlarda qon plazmasida mochevina va kreatinin darajasini oshishi hollari keltirilgan. Buyraklar faoliyatini bunday o‘zgarishlari qaytuvchi xarakterga ega bo‘lishi va davolash bekor qilinganidan keyin kamayishi mumkin. LOZAP® PLYuSni buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozi bo‘lgan yoki yagona buyrakning buyrak arteriyasining stenozi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Buyrak transplantatsiyasi
Yaqinda buyrak transplantatsiyasini o‘tkazgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash tajribasi yo‘q.
Birlamchi giperaldosteronizmi bor patsiyentlarni renin–angiotenzin tizmini ingibirlovchi antigipertenziv preparatlari bilan davolashning samarasi yo‘q. Shu sababli, LOZAP® PLYuS preparatini qo‘llash tavisya qilinmaydi.
Yurakning ishemik kasalligi va serebrovaskulyar kasallik
Boshqa har qanday antigipertenziv preparatlarni qabul qilinganda bo‘lgani kabi, yurak ishemik kasalligi yoki serebrovaskulyar kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda arterial bosimni haddan tashqari pasayishi miakard infarkti yoki insultni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Yurak yetishmovchiligi
RAAT ga ta'sir qiluvchi boshqa preparatlar bilan davolashda bo‘lgani kabi, yurak yetishmovchiligi (buyraklar faoliyati buzilishi bilan kuzatilgan yoki kuzatilmagan) bo‘lgan patsiyentlar og‘ir arterial gipotenziya, shuningdek buyraklar faoliyatini buzilishi (ko‘pincha, o‘tkir) xavfiga duch kelishlari mumkin.
Aortal va mitral klapan stenozi, obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiya
Boshqa va vazodilatatorlar bilan davolanganda bo‘lgani kabi, aortal yoki mitral stenozi yoki obstruktiv gipertrofik kardiopatiyasi bo‘lgan patsiyentlarni davolashda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Etnik kelib chiqish bilan bog‘liq farqlar
AAF ning boshqa ingibitorlariga o‘xshagan holda, lozartan va angiotenzinning boshqa antagonistlari boshqa irqqa mansub patsiyentlarga qaraganda, negroid irq vakillarida arterial bosimni pasayishiga sezilardi darajada kam samaraga ega. Bu balki, arterial gipertenziyasi bo‘lgan negroid irqqa mansub vakillarini populyatsiyasida renin miqdori kamligi hollari tez-tez uchrashi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Gidroxlorotiazid
Arterial gipotoniya va suv–elektrolit muvozanatini buzilishi
Har qanday boshqa antigipertenziv preparatlari bilan davolanganda bo‘lgani kabi, alohida patsiyentlarda simptomatik arterial gipotoniyani rivojlanishi mumkin.
Patsiyentlarda yondosh kechuvchi diareya yoki qusish fonida rivojlanishi mumkin bo‘lgan suv-elektrolit muvozanatini buzilishining gipovolemiya, giponatriyemiya, gipoxloremik alkaloz, gipomagniyemiya yoki gipokaliyemiya kabi klinik belgilarini paydo bo‘lishini nazorat qilish kerak. Bunday patsiyentlarda vaqti–vaqti bilan (mos ravishdagi vaqt oralig‘ida) qon zardobidagi elektrolitlar darajasini nazorat qilish kerak. Issiq ob-havo sharoitida shishlari bo‘lgan patsiyentlarda gipervolemik giponatriyemiya rivojlanishi mumkin.
Endokrin va metabolik samaralar
Tiazidlar bilan davolash glyukozaga tolerantlikni buzilishiga olib kelishi mumkin. Diabetga qarshi preparatlar, shuningdek insulinning dozasini to‘g‘rilash kerak bo‘lishi mumkin.
Glyukozaga tolerantligi buzilgan patsiyentlarni tiazidlar bilan davolash vaqtida qandli diabet kuchayishi mumkin.
Tiazidlar kaltsiyni siydik bilan chiqarilishini pasaytirishi va qon zardobida kaltsiyni vaqti–vaqti bilan ko‘p bo‘lmagan darajada oshishini chaqirishi mumkin. Yaqqol giperkaltsiyemiya yashirin giperparatireozning alomati bo‘lishi mumkin. Qalqonsimon bez oldi bezlari faoliyatini tekshirishdan oldin tiazidlar bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Tiazid diuretiklar bilan davolash qonda xolesterin va triglitseridlar darajasini oshishi bilan kechishi mumkin.
Ba'zi patsiyentlarda tiazidlar bilan davolash giperurikemiya va/yoki podagrani yuz berishini chaqirishi mumkin. Lozartan siydik kislotasi darajasini pasaytirishi tufayli, lozartanni gidroxlorotiazid bilan majmuaviy qo‘llanishi, diuretiklar ta'siri oqibatidagi giperurikemiyani rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin.
Jigar faoliyati buzilishlari bo‘lgan yoki jigar ichki xolestazasi rivojlanishi xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan jigarning avj olayotgan kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga, shuningdek, suv–elektrolit muvozanatini ahamiyatsiz buzilishi jigar komasini rivojlanishiga asos bo‘lishi mumkinligi sababli, tiazidlarni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. LOZAP® PLYuS jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas.
Boshqalar
Anamnezida bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda, va shuningdek allergik anamnezi og‘ir bo‘lgan patsiyentlarda tiazidlarni qo‘llashda o‘ta sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi mumkin. Tiazidlar bidan davolashda tizimli yugurukni yuzaga kelishi yoki kuchayishi hollari keltirilgan.
Yordamchi moddalar
Preparat allergik reaktsiya chaqirishi mumkin bo‘lgan Puntso bo‘yovchisini [Pons 4R] saqlaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda qo‘llanishi
Angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari (ARA II).
Angiotenzin II antagonistlarini homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikni rejalashtirayotgan patsiyentlar xavfsizlik profili aniqlangan antigipertenziv vositalar bilan davolash variantiga o‘tishlari kerak.
Davolash vaqtida homiladorlik aniqlansa, LOZAP® PLYuS terapiyasini to‘xtatish va muqobil davolashni boshlash kerak. Ma'lumki, homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida ARAII bilan davolash fetotoksik ta'sirga (buyraklar faoliyati pasayishi, homila suvini kamayishi, bosh suyagining ossifikatsiyasini kechishini), va shuningdek, yangi tug‘iladigan chaqaloqqa nisbatan toksiklikka (buyrak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, giperkaliyemiya) olib keladi.
Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida LOZAP® PLYuS ni qo‘llagan hollarda buyraklarni va xomila bosh suyagini ultratovush tekshiruvini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Homiladorlik davrida LOZAP® PLYuSni qabul qilgan onalarning bolalarini, arterial gipotenziya rivojlanishi yuzasidan sinchkovlik bilan kuzatish kerak.
Gidroxlorotiazid
Gidroxlorotiazidni homiladorlik davrida, ayniqsa birinchi uch oylik davrida qo‘llanilishi bo‘yicha tajribalar kam. Hayvonlardagi tadqiqotlar yetarli emas. Gidroxlorotiazid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va kindik qonida aniqlanadi.
Gidroxlorotiazidning farmakologik ta'sir mexanizmidan kelib chiqib, uni homiladorlik davrida qo‘llash fetoplatsentlar qon oqimini yomonlashtirishi mumkin va homila va chaqaloq tomonidan sariqlik, elektrolitlar muvozanatini buzilishini va trombotsitopeniya kabi buzilishlargi olib kelishi mumkin.
LOZAP® PLYuSni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas.
Emizish davrida qo‘llanishi
Antiotenzin II retseptorlarining antagonistlari.
Emizish davrida LOZAP® PLYuS preparatini qo‘llash haqida ma'lumotlar yo‘qligi tufayli, bu davrda preparatni qo‘llash mumkin emas. Emizish davrida xavfsizligi yaxshiroq o‘rganilgan muqobil davolash afzal hisoblanadi.
Gidroxlorotiazid
Gidroxlorotiazid ko‘krak suti bilan chiqariladi. Tiazidlar jadal diurezni chaqirishi va sutni ishlab chiqarilishini ingibirlashi mumkin. Shuning uchun, LOZAP® PLYuS preparatini emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Preparatning avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri o‘rganish bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilmagan. Biroq antigipertenziv preparatlari bilan davolash vaqtida avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda, ayniqsa davolashning boshlanish vaqtida yoki preparat dozasi oshirib yuborilganida bosh aylanishi yoki uyquchanlik yuzaga kelishi mumkinligini e'tiborga olish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
LOZAP® PLYuS preparatini qabul qilishni to‘xtatilishi, patsiyent esa kuzatuv ostiga olinishi lozim. Dozani oshirib yuborilganida simptomatik davolash ko‘rsatiladi agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa, me'dani yuvish, shuningdek suvsizlikni, elektrolit buzilishini to‘g‘rilash va AB ni standart usullar bilan pasaytirish (AQX ni va suv–elektrolit muvozanati tiklash) kerak.
Lozartan
Doza oshirib yuborilishining eng ko‘p uchraydigan ko‘rinishlari AB ni yaqqol pasayishi, taxikardiya hisoblanadi;
Bradikardiya parasimpatik (vagus) tizimni rag‘batlantirilishining oqibati bo‘lishi mumkin.
Simptomatik arterial gipotenziya hollarida tutib turuvchi infuzion davolash o‘tkaziladi. Lozartan va uning faol metaboliti gemodializ yordamida chiqarilmaydi.
Gidroxlorotiazid
Doza oshirib yuborilishining eng ko‘p uchraydigan simptomlari bu – elektrolitlar tanqisligining nisbati (gipokaliyemiya, gipoxloremiya, giponatriyemiya) va diuzezni haddan tashqari kuchayishi oqibatidagi digidratatsiya hisoblanadi.
Yurak glikozidlarini bir vaqtda qo‘llaganda gipokaliyemiya aritmiyalarni kechishini og‘irlashtirish mumkin. Gidroxlorotiazidning dozasi oshirib yuborilganida maxsus antidot mavjud emas. Gidroxlorotiazid organizmdan gemodializ yordamida qanday darajada yo‘qotilishi aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan 50 mg/12,5 mg li tabletkalar. 14 tabletkadan A/PVX folgili blisterda. 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
10 tabletkadan A/PVX folgili blisterda, 1, 3 yoki 9 blisterdan (10, 30 yoki 90 tabletka) qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 30oS gacha bo‘lgan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ZENTIVA k.s., Chexiya Respublikasi
U kabelovni 130, 10237, Praga 10, Dolni Mexolupi
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.