Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Papazol tab. №6 (Borisovskiy zavod)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бендазол, папаверина гидрохлорид
Страна производитель
Россия
Производитель
Борисовский завод
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Papazol
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
ta'sir etuvchi moddalar bendazol – 30 mg, papaverin gidroxloridi – 30 mg
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali, talk, kaltsiy stearati.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, biroz marmar, yassi silindrik, faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
boshqa periferik vazodilatatorlar.
ATX kodi S04AX.
Qo‘llanilishi
Periferik va serebral qon tomirlarni o‘rtacha namoyon bo‘lgan spazmlari, arterial gipertenziyani yengil shakllari, ichki a'zolarning silliq mushak spazmlarida (me'daning o‘n ikki barmoqqa o‘tadigan joyi spazmi, buyrak va jigar sanchiqlari, xoletsistit, me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, spastik kolit) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta qo‘llaniladi. Davolash kursi davomiyligini, davolash samaradorligi va o‘zlashtirilishiga qarab shaxsiy ravishda belgilanadi. Maksimal davolash kursi 3-4 xaftani tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qabziyat.
Markaziy nerv tizimi tomonidan uyquchanlik, ko‘p terlash.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan yurak ritmini buzilishi, yurakdan otilib chiqayotgan qon xajmini kamayishi, buning oqibatida EKG ko‘rsatkichlarni yomonlashuvi kuzatilishi mumkin.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinki shishi.
Har qanday noxush holatlar paydo bo‘lgan holatda, bemor shifokor bilan maslahatlashish zarur!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Arterial gipotenziya, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi, mushaklarning tonusi oshishi, tirishish sindromi, 18 yoshgacha bolalar, eozinofiliya, qonda transaminazalar darajasini oshishi, 60 yoshdan oshganlar, homiladorlik, emizish davri, preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, jigar faoliyatini buzilishida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
60 yoshdan oshgan shaxslarni davolashda ularda yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmini kamayishi va elektrokardiogramma (EKG) ko‘rsatkichlarni yomonlashishi mumkinligi tufayli ehtiyotkorlik bilan buyurish va iloji boricha Papazolni qisqa davolash kurslarini qo‘llash kerak.
Bosh miya jarohati, jigar va buyrak faoliyati buzilishlari, gipotireozi, buyrak usti bezi faoliyati yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda Papazolni faqat kichik dozalarini qo‘llash lozim, chunki ularda dori vositasini gipotenziv ta'siri kuchayishi mumkin. Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bo‘lgan shaxslarda Papazolni yuqori dozalari siydikni o‘tkir tutilishini rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligida; sekretni haddan ziyod to‘planishi bilan kechuvchi bronx kasalliklarida; anamnezida me'dadan qon ketishi bo‘lganda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Fentolamin, β-blokatorlar va boshqa antigipertenziv vositalar, diuretiklar bilan birga qo‘llanganda gipotenziv samara kuchayadi. Preparatni bir vaqtda β-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qabul qilish, β-adrenoblokatorlar chaqiruvchi, qon tomirlarni umumiy periferik qarshiligini kuchayishini oldini oladi. Metildopa bilan bir vaqtda qo‘llanganda metildopaning samarasini kamaytiradi. Tamaki chekish preparatni samaradorligini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik vaqtida preparatni qabul qilish mumkin emas. Preparat bilan davolash zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish zarur.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishdareaktsiya tezliliga ta'sir qilish qobiliyati
Preparatni qo‘llashda avtotransportni boshqarish va murakkab mexanizmlar bilan ishlashdan iloji boricha saqlanish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari arterial gipotenziya, ko‘p terlash, qizib ketish hissi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, ko‘rishni buzilishi.
Davolash preparatni bekor qilish, faollashtirilgan ko‘mir bilan me'dani yuvish, tuzli surgi vositalarni qo‘llash. Simptomatik davolash. Maxsus antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
Kontur uyali o‘ramda №10, o‘ramda №10x1, №10x2.
Kontur uyasiz o‘ramda №6, o‘ramda №6x1.
Statsionarlar uchun
Kontur uyali o‘ramda №10, o‘ramda №10x1000.
Kontur uyasiz o‘ramda №6, o‘ramda №6x1400.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan va namlikdan himoyalangan joyda, 5oS dan 30oS gacha bo‘lgan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalradan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov» Ochiq aktsionerlik jamiyati,
Belarus Respublikasi, Minsk vil., Borisov sh., Chapayev ko‘ch., 64/27
tel/faks +375 (177) 735612.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.