Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Prestans tab. 5/5 №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Периндоприл, амлодипин
Страна производитель
Ирландия
Дозировка
5мг/5мг
Производитель
Les Laboratories Servier, Франция произведено: Servier (Ireland) Industries Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
1.SAVDO NOMI
Prestans®
2.DORI ShAKLI
Tabletkalar, 5 mg/5 mg; 10 mg/5 mg; 5 mg/10 mg va 10 mg/10 mg.
3.TA'SIR ETUVChI MODDANING NOMI
Perindopril arginin va amlodipin
4.MAZMUNI
PRESTANS nima saqlaydi
Ta'sir etuvchi moddalar perindopril arginin va amlodipin.
PRESTANS 5 mg/5 mg bir tabletka 5 mg perindopril arginini va 5 mg amlodipin saqlaydi.
PRESTANS 10 mg/5 mg bir tabletka 10 mg perindopril arginin va 5 mg amlodipin saqlaydi.
PRESTANS 5 mg/10 mg bir tabletka 5 mg perindopril arginin va 10 mg amlodipin saqlaydi.
PRESTANS 10 mg/10 mg bir tabletka 10 mg perindopril arginin va 10 mg amlodipin saqlaydi.
Preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlar laktoza monogidrati, magniy stearati (E470V), mikrokristall sellyuloza (E460), suvsiz kolloid kremniy dioksidi (E551).
PRESTANS qanday ko‘rinishga ega va o‘ramini tarkibi
PRESTANS 5 mg/5 mg tabletkalari oq rangli, uzunchoq shaklli, bir tomoniga “5/5” raqamlari bosilgan va boshqa tomonida belgisi bo‘lgan tabletkalar.
PRESTANS 10 mg/5 mg tabletkalari oq rangli, uchburchak shaklli, bir tomoniga “10/5” raqamlari bosilgan va boshqa tomonida belgisi bo‘lgan tabletkalar.
PRESTANS 5 mg/10 mg tabletkalari oq rangli, kvadrat shaklli, bir tomoniga “5/10” raqamlari bosilgan va boshqa tomonida belgisi bo‘lgan tabletkalar.
PRESTANS 10 mg/10 mg tabletkalari oq rangli, dumaloq shaklli, bir tomoniga “10/10” raqami bosilgan va boshqa tomonida belgisi bo‘lgan tabletkalar.
Karton qutida 30 tabletka saqlovchi flakon, shuningdek patsiyent uchun ma'lumot saqlovchi ilova saqlanadi.
5.FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI
AAF ingibitorlari va kaltsiy kanallarini blokatorlari, ATX kodi S09VV04.
6.FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Farmakodinamik xususiyatlari
Perindopril
Perindopril – bu angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylantiruvchi fermentning (angiotenzinga aylantiruvchi ferment, AAF) ingibitoridir. Aylantiruvchi ferment yoki kinaza – bu angiotenzin I ni tomirlarni toraytiruvchi xususiyatga ega angiotenzin II ga aylanishiga imkon beradigan, shuningdek tomirlarni kengaytiruvchi bradikininni nofaol geptapeptidgacha parchalaydigan ekzopeptidazadir. AAFni ingibirlanishi plazmada angiotenzin II ni kamayishiga olib keladi, bu plazmada reninning faolligini oshishiga (renin ajralib chiqishini qayta negativ bog‘ini ingibirlanishi hisobiga) va aldosteronni ajralib chiqishini pasayishiga olib keladi. AAF bradikininning faolligini bloklashi sababli, AAFni ingibirlanishi shuningdek aylanayotgan va mahalliy kallikrein-kinin tizimining faolligini oshishiga (shuningdek prostaglandin tizimini faollashishiga) olib keladi. Ushbu mexanizm AAF ingibitorlarining gipotenziv ta'sirini kuzatilishiga yordam berishi va qisman ba'zi nojo‘ya samaralarni (masalan, yo‘tal) chaqirishi mumkin.
Perindopril o‘zining faol metaboliti perindoprilat orqali ta'sir etadi. Boshqa metabolitlari in vitro sharoitlarda AAFning ta'sirini ingibirlash xususiyatini ko‘rsatmagan.
Amlodipin
Amlodipin – bu digidropiridin guruhiga mansub kaltsiy ionlarini hujayraga tushishini ingibitoridir (sekin kaltsiy kanallarini blokatori yoki kaltsiy ionlarini antagonisti), u miokard va tomirlarning silliq mushak hujayralariga membranalar orqali kaltsiy ionlarini kirishini bloklaydi.
Amlodipinni gipotenziv ta'sir mexanizmi tomirlarning silliq mushaklariga bevosita bo‘shashtiruvchi samarasi bilan ifodalanadi. Amlodipinni ta'sirida stenokardiyani kamayishini aniq ta'sir mexanizmi oxirigacha aniqlanmagan, biroq amlodipin quyidagi ikki yo‘l orqali umumiy ishemik yuklamani kamaytiradi
-Amlodipin periferik arteriolalarni kengaytiradi va shunday qilib yengishga yurakning ishi sarflanadigan, umumiy periferik qon tomirlar qarshiligini (postyuklama) pasaytiradi. Yurak qisqarishlar soni barqaror qolganligi sababli, yurakka bo‘lgan yuklamani kamayishi miokard tomonidan energiyani sarflanishi va uni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini pasayishiga olib keladi.
-Amlodipinning ta'sir mexanizmi, shuningdek miokardning ham normal, ham ishemiyaga uchragan sohalarida asosiy toj arteriyalar va arteriolalarni kengaytirishdan iborat bo‘lishi mumkin. Tomirlarni bu kengayish vazospastik stenokardiya (Printsmetal stenokardiyasi yoki variant stenokardiya) bo‘lgan bemorlarda miokardga kislorodni kelishini oshiradi.
Arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda amlodipinni bir martalik sutkalik dozasi arterial bosimni chalqancha yotgan holatda ham, turgan holatda ham 24 soat davomida klinik ahamiyatli pasayishini ta'minlaydi. Ta'siri sekin boshlanganligi sababli amlodipin o‘tkir gipotenziyani chaqirmaydi.
Stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda amlodipinni sutkada bir marta qabul qilish jismoniy yuklamani umumiy bajarilish vaqtini oshiradi, stenokardiya huruji rivojlanishini va jismoniy yuklamani bajarish vaqtida ST segmenti depressiyasi (1 mm ga) rivojlanishini kechiktiradi, stenokardiya huruji chastotasini va nitroglitserin tabletkalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.
Amlodipin moddalar almashinuvi va plazmadagi lipidlarga hech qanday noxush ta'sir ko‘rsatmaydi va bronxial astma, qandli diabet va podagra bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun to‘g‘ri keladi.
7.FARMAKOKINETIKASI
PRESTANS tarkibidagi perindopril va amlodipinni so‘rilish tezligi va hajmi bitta komponentdan tarkib topgan tabletkani qabul qilinganda perindopril va amlodipinni so‘rilish tezligi va hajmidan biroz farqlanadi.
Perindopril
Ichga qabul qilinganida perindoprilni so‘rilishi tez amalga oshadi, maksimal kontsentratsiyasiga 1 soat davomida erishiladi. Perindoprilni plazmadan yarim chiqarilish davri 1 soatni tashkil etadi.
Perindopril olddori hisoblanadi. Perindoprilning qabul qilingan dozasini 27% faol metabolit perindoprilat ko‘rinishida qon oqimiga tushadi. Organizmda faol perindoprilatdan tashqari yana beshta nofaol metabolitlar hosil bo‘ladi. Perindoprilat plazmada maksimal kontsentratsiyasiga, preparat qabul qilingandan so‘ng 3-4 soatdan keyin erishiladi.
Ovqat iste'mol qilish perindoprilni perindoprilatga aylanishini, va demak, uning biokiraolishligini pasaytiradi, shuning uchun perindopril argininni sutkada bir marta, peroral, ertalab nonushtadan oldin qabul qilish tavsiya etiladi.
Perindoprilning dozasi va uning plazmadagi ekspozitsiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik chiziqli hisoblanishi ko‘rsatilgan.
Bog‘lanmagan perindoprilatning taqsimlanish hajmi taxminan 0,2 l/kg ni tashkil etadi. Perindoprilatni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 20% ni tashkil etib, asosan angiotenzinga aylantiruvchi ferment bilan bog‘lanadi, lekin preparatning kontsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Perindoprilat siydik bilan chiqariladi, uning erkin fraktsiyasini yakuniy yarim chiqarilish davri taxminan 17 soatni tashkil etadi, 4 kun davomida statsionar holatiga erishish imkonini beradi.
Perindoprilatning chiqarilishi keksa yoshdagi patsiyentlarda, shuningdek yurak va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda sekinlashadi. Shuning uchun odatdagi tibbiy kuzatuv kreatinin va kaliyning darajasini monitoring qilishni o‘z ichiga olishi kerak.
Perindoprilatning dializ klirensi minutiga 70 ml ni tashkil etadi.
Sirroz bo‘lgan patsiyentlarda perindoprilning kinetikasi o‘zgaradi dastlabki molekulasining buyrak klirensi ikki marta sekinlashadi. Biroq, hosil bo‘layotgan perindoprilatning miqdori pasaymaydi, shuning uchun dozasini tanlash talab etilmaydi.
Amlodipin
Terapevtik dozalarda ichga qabul qilinganida amlodipin yaxshi so‘rilib, qonda maksimal kontsentratsiyasiga qabul qilingandan so‘ng 6-12 soatdan keyin erishiladi. Mutloq biokiraolishligi hisob-kitoblar bo‘yicha 64-80% ni tashkil etadi.
Taqsimlanish hajmi taxminan 21 l/kg ga teng. In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, aylanayotgan amlodipinning taxminan 97,5% plazma oqsillari bilan bog‘lanishini ko‘rsatdi.
Ovqat qabul qilish amlodipinning biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi.
Plazmadan yakuniy yarim chiqarilish davri 35-50 soatni tashkil etadi, bu preparatni sutkada bir marta buyurish imkonini beradi. Amlodipin jigarda nofaol metabolitlar hosil bo‘lgunicha ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydi, 10% dastlabki birikma va 60% metabolitlar holida siydik bilan chiqariladi.
Keksa patsiyentlar plazmada amlodipinni maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti keksalarda va yoshroq patsiyentlarda o‘xshashdir. Keksalarda amlodipinning klirensini pasayishiga tendentsiya aniqlangan, bu AUC va yarim chiqarilish davrini oshishi bilan kechadi. Dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda AUC va yarim chiqarilish davrini oshishi tekshirilayotgan yoshdagi patsiyentlar guruhida kutilgan oshishiga muvofiq kelgan.
Jigar faoliyati buzilgan patsiyentlar jigar faoliyati buzilgan patsiyentlarga amlodipinni buyurish bo‘yicha klinik ma'lumotlar juda kam. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda amlodipinning klirensini kamayishi kuzatiladi, bu yarim chiqarilish davri va AUC ni taxminan 40-60%ga oshishiga olib keladi.
8.QO‘LLANILISHI
PRESTANS essentsial gipertenziyasi va/yoki yurakni stabil koronar kasalligini (qonni yurakka haydalishi kamaygan yoki bloklangan kasalliklarda) perindopril va amlodipin bilan davolash zarurati bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun ko‘rsatilgan.
9.QO‘LLANISHI VA DOZALASH TARTIBI
Ushbu preparatni qabul qilishda shifokor tavsiyasiga doimo qat'iy rioya qiling. Agar siz preparat qabul qilishni to‘g‘riligiga shubhalansangiz, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Tabletkalarni ertalab, nonushtadan oldin bir stakan suv bilan qabul qilish tavsiya etiladi, xar kuni aynan bir vaqtda qabul qilgan afzal. Sizga qanday doza to‘g‘ri kelishini shifokoringiz belgilab beradi. Odatdagi doza kuniga bir tabletkaga teng.
PRESTANS odatda perindopril va amlodipinni alohida tabletkalarda qabul qilayotgan patsiyentlarga buyuriladi.
Agar siz PRESTANS qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Preparatni har kuni qabul qilish muhimdir, chunki uni muntazam qabul qilish davolash samarasini oshiradi. Shunga qaramasdan, agar siz PRESTANSNI o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, navbatdagi dozani o‘z vaqtida qabul qiling. Navbatdagi dozani ikki marta oshirmang.
Agar siz PRESTANS qabul qilishni to‘xtatsangiz
PRESTANSNI qabul qilish odatda butun umr davom etishi tufayli, preparatni qabul qilishni to‘xtatish oldidan shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak.
Agar sizda preparatni qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
10.NOJO‘YA TA'SIRI
Boshqa barcha preparatlar kabi PRESTANS ham, garchi har bir patsiyentda kuzatilmasada, nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.
Agar quyidagi holatlardan biri Sizda yuz bergan bo‘lsa, dori preparatini qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokoringiz bilan bog‘laning.
-hushtaksimon nafas, ko‘krakda og‘riq, hansirash yoki nafas olishni qiyinlashishi to‘satdan paydo bo‘lishi;
-qovoqlarni, yuz yoki shishi;
-nafas olishni qiyinlashishiga olib keluvchi til va tomoq shishi;
-og‘ir darajadagi teri reaktsiyalari, shu jumladan kuchli teri toshmasi, eshakemi, butun tana bo‘ylab terini qizarishi, kuchli qichishish, g‘o‘ddalarni paydo bo‘lishi, terini qipiqlanishi va shishi, shilliq qavatlarni yallig‘lanishi (Stivens-Djonson sindromi) yoki boshqa allergik reaktsiyalar;
-kuchli bosh aylanishi yoki xushni yo‘qolishi;
-yurak xuruji, yurakni odatda kuzatilmaydigan tez va nomuntazam urushi;
-me'da osti bezini yallig‘lanishi, qorinda va belda kuchli og‘riqqa olib kelishi va lohaslik bilan kechishi mumkin.
Quyidagi keng tarqalgan nojo‘ya samaralar xaqida ma'lumotlar tushgan. Agar bu ko‘rinishlardan birontasi Sizni bezovta qilsa yoki bir haftadan ortiq davom etsa, shifokoringiz bilan bog‘lanishingiz kerak.
-Tarqalgan nojo‘ya samaralar (10 patsiyentning 1 dan kamida, ammo 100 patsiyentning 1 dan ko‘pida kuzatiladi) bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik (ayniqsa davolashni boshlanishida), vertigo, qo‘l-oyoqlarda uvishish yoki chimchilash va sanchilish hissi, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan, jismlarni ikkita ko‘rish), tinnitus (quloqlarni shang‘illashi), yurak urishini tezlashishi, qon bosimini pasayishi tufayli, yengil bosh aylanishi, yo‘tal, hansirash, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, ta'm bilish hissini buzilishi, dispepsiya yoki ovqat hazm qilishni buzilishi, diareya, qabziyat, allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish kabilar), mushak tirishishlari, toliqish xissi, to‘piqlarni shishi.
Shuningdek, quyida sanab o‘tilgan boshqa nojo‘ya ko‘rinishlar haqida ma'lumotlar tushgan. Agar nojo‘ya samaralar jiddiy tus olsa yoki agar siz ushbu varaqada sanab o‘tilmagan noxush samaralarni aniqlasangiz, bu xaqida shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.
-Tarqalmagan nojo‘ya samaralar (100 patsiyentning 1 dan kamida, ammo 1000 patsiyentning 1 dan ko‘pida kuzatiladi) kayfiyatni o‘zgaruvchanligi, xavotirlik, depressiya, uyqusizlik, uyquni buzilishi, titrash, hushni yo‘qotish, og‘riq hislarini yo‘qolishi, rinit (tumov yoki burunni bitishi), ichak faoliyatini o‘zgarishi, sochlarni to‘kilishi, terida qizil dog‘lar, teri rangini yo‘qolishi, belda, mushaklar yoki bo‘g‘imlarda og‘riqlar, ko‘krakda og‘riq, siyishni qiyinlashishi, tungi siyishga qistovlarni oshishi, siyishga qistovlarni tezlashishi, og‘riq, lohaslik, bronxospazm (ko‘krak sohasida siqilish, xushtaksimon nafas va hansirash), og‘izni qurishi, angionevrotik shish (xushtaksimon nafas, yuzni yoki tilni shishi kabi simptomlar), buyrak bilan bog‘liq muammolar, impotentsiya, ko‘p terlash, erkaklarda ko‘krak bezlarini kattalashuvi yoki diskomfort, tana vaznini oshishi va kamayishi;
-Kam kuzatiladigan nojo‘ya samaralar (1000 patsiyentning 1 dan kamida, ammo 10000 patsiyentning 1 dan ko‘pida kuzatiladi) ongni chalkashishi;
-Juda kam kuzatiladigan nojo‘ya samaralar (10000 patsiyentning 1 dan kamida kuzatiladi) yurak qon-tomirlar tomonidan buzilishlar, (nomuntazam yurak ritmi, stenokardiya, yurak xuruji va insult), eozinofil pnevmoniya (pnevmoniyaning kam tarqalgan turi), nafas olishni qiyinlashishiga olib keluvchi qovoqlar, yuz yoki lablar, til va tomoqni shishi, og‘ir darajadagi teri reaktsiyalari, shu jumladan, eshakemi, butun tana bo‘ylab terini qizarishi, kuchli qichishish, g‘o‘ddalarni paydo bo‘lishi, terini qipiqlanishi va shishi, shilliq qavatlarni yallig‘lanishi (Stivens-Djonson sindromi), ko‘p shaklli eritema (teri toshmasi, ular ko‘pincha yuz, qo‘l va oyoqlarda qichishish va qizil dog‘larni paydo bo‘lishi bilan boshlanadi), yorug‘likka yuqori sezuvchanlik, qon tarkibini o‘zgarishlari, me'da osti bezini yallig‘lanishi, qorinda va belda kuchli og‘riqlarni chaqirishi va kuchli lohaslik bilan kechishi mumkin, jigar faoliyatini buzilishi, jigarni yallig‘lanishi (gepatit), terini sarg‘ayishi (sariqlik), ba'zi tibbiy tahlillarga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan jigar fermentlarining darajasini oshishi, qorinni dimlanishi (gastrit), holsizlik, sanchilish hissi yoki uvishishga olib kelishi mumkin bo‘lgan nerv tizimi tomonidan buzilishlar, mushaklar tonusini oshishi, vaskulit (qon-tomirlarni yallig‘lanishi), milklarni shishi, qonda qand darajasini oshishi (giperglikemiya).
PRESTANS qabul qilayotgan patsiyentlardan, shuningdek, quyidagi nojo‘ya samaralar xaqida ma'lumotlar tushgan gipoglikemiya (qonda qandning darajasini pasayishi), mushaklar tarangligi, tremor va/yoki harakat buzilishlari qo‘shilgan buzilishlar.
Agarda nojo‘ya samaralar jiddiy xarakterga ega bo‘lsa yoki agarda siz bu ilova varaqada sanab o‘tilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida o‘z shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar qiling.
11.QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
PRESTANSni qabul qilmang
-agar sizda perindopril yoki har qanday boshqa AAF ingibitoriga, amlodipin, har qanday boshqa kaltsiy antagonistiga yoki PRESTANSning har qanday boshqa komponentiga allergiya (yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa;
-agar sizda 3 oylikdan oshgan homiladorlik bo‘lsa (homiladorlikni erta muddatlarida ham PRESTANS qabul qilishdan saqlanish kerak – “Homiladorlik” bo‘limiga qarang);
-agar ilgari AAF ingibitorlarini qabul qilganingizda sizda xushtaksimon nafas, yuz yoki tilni shishi, kuchli qichishish yoki kuchli teri toshmalari kabi simptomlar kuzatilgan bo‘lsa, yoki agar shunday simptomlar har qanday boshqa sharoitlarda oila a'zolarining birida kuzatilgan bo‘lsa (bu ko‘rinish angioshish deb nomlanadi);
-agar siz diabet yoki buyrak faoliyatini buzilishi bilan xastalangan bo‘lsangiz va arterial qon bosimini pasayturuvchi aliskiren saqlagan preparatni qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
-agar sizda aortaning yurak klapanini torayishi (aorta stenozi) yoki kardiogen shok bo‘lsa (bunda yurak organizm uchun yetarli miqdorda qon haydolmaydigan holat);
-agar sizda juda past arterial bosim (gipotenziya) kuzatilsa;
-agar siz miokard infarktidan keyingi yurak yetishmovchiligi bilan xastalangan bo‘lsangiz.
12.BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA'SIRI
Qanday preparatlarni, shu jumladan retseptsiz beriladigan preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.
PRESTANSni quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilishdan saqlaning
-litiy (maniya yoki depressiyalarni davolash uchun ishlatiladi);
-estramustin (rakni davolash uchun ishlatiladi);
-kaliyni tejovchi diuretiklar (spironolakton, triamteren), kaliyli qo‘shimchalar yoki kaliyni o‘rnini bosuvchi kaliy saqlovchi tuzlar.
Boshqa preparatlarni qabul qilish PRESTANS bilan davolashga ta'sir qilishi mumkin. Sizning shifokoringiz dozani o‘zgartilishi mumkin va/yoki boshqa ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi mumkin. Agar quyidagi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta davolovchi shifokoringizga ma'lum qiling, chunki ularni qabul qilganda juda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak
-yuqori arterial bosimni davolash uchun boshqa preparatlar, jumladan angiotenzin II retseptorlar blokatorlari, aliskiren (“PRESTANSni qabul qilmang” va “PRESTANSni qabul qilganda quyidagi holatlarda ayniqsa ehtiyot bo‘ling” bo‘limlarida keltirilgan ma'lumotlarning ko‘ring) va diuretiklar (buyraklar orqali ajraladigan siydikning hajmini oshiruvchi preparatlar);
-og‘riqni bartaraf qilish uchun qo‘llanadigan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (masalan, ibuprofen) yoki aspirinning yuqori dozalari;
-diabetni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar (masalan, insulin);
-depressiya, xavotirlik, shizofreniya va boshqalar kabi mental buzilishlarni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar (masalan, tritsiklik antidepressantlar, antipsixotik preparatlar, imipraminsimon preparatlar, neyroleptiklar);
-autoimmun buzilishlarni davolash uchun yoki transplantatsiya operatsiyalardan keyin ishlatiladigan, immunodepressant preparatlar (organizmning himoya mexanizmlarini pasaytiruvchi preparatlar, masalan, siklosporin);
-allopurinol (podagrani davolash uchun vosita);
-prokainamid (yurakning nomuntazam ritmini davolash uchun vosita);
-tomirlarni kengaytiruvchi preparatlar, jumladan, nitratlar (qon tomirlarini kengaytiruvchi vositalar);
-geparin (qonni suyultirish uchun qo‘llanadigan preparatlar);
-efedrin, noradrenalin yoki adrenalin (pasaygan arterial bosim, shok yoki astmani davolash uchun ishlatiladigan preparatlar);
-ba'zi kasalliklarda, masalan, ko‘p sonli sklerozda ro‘y beradigan mushaklarni qattiqlashib qolishini davolash uchun ishlatiladigan baklofen yoki dantrolen (infuziyasi); dantrolen shuningdek anesteziyada ro‘y beradigan havfli gipertermiyani (simptomlaridan tana haroratini oshishi va mushaklarni qattiqlashib qolishi) ni davolash uchun qo‘llanadi;
-rifampitsin, eritromitsin, klaritromitsin kabi ba'zi antibiotiklar;
-karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, fosfenitoin, primidon kabi tutqanoqqa qarshi vositalar;
-itrakonazol, ketokonazol (zamburug‘li infektsiyalarni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar);
-prostata bezini kattalashishini davolash uchun qo‘llanadigan, prazozin, alfuzozin, doksazozin, tamsulozin, terazozin kabi, alfa-blokatorlar;
-amifostin (rakni davolashda qo‘llanadigan nur bilan davolash yoki boshqa tibbiy preparatlar keltirib chiqargan nojo‘ya samaralarni oldini olish va kamaytirish uchun ishlatiladi);
-kortikosteroidlar (turli holatlar, jumladan og‘ir darajadagi astma va revmatik artritni davolash uchun ishlatiladi);
-oltin saqlovchi tuzlar, ayniqsa, vena ichiga yuborilganda (revmatik artritning simptomlarini davolash uchun ishlatiladi);
-ritonavir, indinavir, nelfinavir (proteaza ingibitorlari deb nomlanuvchi OITV davolash uchun ishlatiladigan preparatlar).
13.MAXSUS KO‘RSATMALAR
PRESTANSni qabul qilganda quyidagi holatlarda ayniqsa ehtiyot bo‘ling
Agar quyida sanab o‘tilgan holatlardan birortasi sizda bo‘lsa, PRESTANSni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing
-gipertrofik kardiomiopatiya (yurak mushagi kasalligi) yoki buyrak arteriyasini stenozida (buyraklarni qon bilan ta'minlaydigan arteriyani torayishi);
-yurak yetishmovchiligida;
-arterial bosim to‘satdan oshganida (gipertonik kriz);
-boshqa yurak kasalliklarida;
-jigar faoliyatini buzilishlarida;
-buyrak faoliyati buzilganida yoki dializ vaqtida;
-tizimli qizil yugurik yoki sklerodermiya kabi kollagenoz-tomirli kasalliklarda (biriktiruvchi to‘qima kasalligi);
-diabetda;
-tuzning miqdori cheklangan parhezda yoki siz kaliy saqlovchi tuzni o‘rnini bosuvchilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz (qondagi kaliyning miqdori muvozanatlangan bo‘lishi kerak);
-keksa yoshda va sizga dozasini oshirish kerak bo‘lsa;
-agar siz quyida sanab o‘tilgan yuqori arterial bosimni davolash uchun preparatlardan har qandayini qabul qilayotgan bo‘lsangiz
-angiotenzin II retseptorlar blokatorlari (shuningdek masalan, valsartan, telmisartan, irbesartan kabi sartanlar), ayniqsa diabet chaqirgan buyrak faoliyatini buzilishi bilan xastalangan bo‘lsangiz;
-aliskiren.
Sizning shifokoringiz buyrak faoliyatining, arterial bosimning va qonda elektrolitlar miqdorining (masalan, kaliyning) muntazam monitoringini o‘tkazishi mumkin.
Shuningdek “PRESTANSni qabul qilmang” bo‘limida keltirilgan ma'lumotga qarang.
Agar siz homiladorlikka gumon qilayotgan bo‘lsangiz (yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz), bu haqida shifokorni ogohlantirishingiz kerak. Homiladorlikning erta muddatlarida PRESTANSni qabul qilish tavsiya etilmaydi. 3 oylikdan oshgan muddatlarda preparatni qabul qilish mumkin emas, chunki bu bolaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin (“Homiladorlik” bo‘limiga qarang).
PRESTANS qabul qilayotganingizda, davolovchi shifokoringizga yoki tibbiy xodimlarga shuningdek quyidagilar haqida ma'lumot berishingiz kerak
-agar sizga umumiy narkoz berish va/yoki jiddiy jarrohlik operatsiyasini o‘tkazish mo‘ljallanayotgan bo‘lsa;
-agar sizda yaqinda diareya yoki qusish kuzatilgan bo‘lsa;
-agar siz ZPLP aferez o‘tayotgan bo‘lsangiz (qondan xolesterinni apparat yordamida chiqarish);
-agar siz asalari yoki arilarni chaqishiga nisbatan allergik samaraga sezuvchanlikni pasaytirish uchun desensibilizatsiya kursini o‘tishni rajalashtirayotgan bo‘lsangiz.
Bolalar va o‘smirlarga PRESTANSni buyurish tavsiya etilmaydi.
PRESTANSni ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish
PRESTANSni ovqatdan oldin qabul qilish kerak.
PRESTANS qabul qilayotgan patsiyentlar greypfrut va greypfrut sharbatini iste'mol qilishlari mumkin emas, chunki ular qonda ta'sir etuvchi modda amlodipinning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu PRESTANSni gipotenziv samarasi oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada kuchayishi mumkin.
Homiladorlik va emizish
Har qanday preparatni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Homiladorlik
Agar siz homiladorman deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz (yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz), bu haqida shifokorni ogohlantirishingiz kerak. Shifokor sizga homiladorlik kuzatilishidan oldin yoki homiladorlik tasdiqlangandan so‘ng darhol PRESTANS qabul qilishni to‘xtatishni tavsiya etadi. U shiningdek PRESTANSdan boshqa preparatga o‘tishni tavsiya etadi, chunki homiladorlikni erta bosqichlarida PRESTANSni qabul qilish tavsiya etilmaydi, homiladorlikni 3-oyidan keyin qabul qilish esa bolaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Emizish
Agar siz emizayotgan yoki emizishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokoringizga xabar bering. PRESTANSni emizikli onalarga buyurish tavsiya etilmaydi. Agar siz emizishni hohlayotgan bo‘lsangiz, ayniqsa, agar bola yangi tug‘ilgan chaqaloq bo‘lsa yoki muddatidan oldin tug‘ilgan bo‘lsa, shifokoringiz sizga boshqa davolashni buyurishi mumkin.
Avtotransport haydash va mexanizmlarni boshqarish
PRESTANS avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Agar preparat sizda ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, holsizlik yoki toliqishni keltirib chiqarsa, yoki bosh og‘rig‘ini chaqirsa, rulga o‘tirmang, mexanizmlarni boshqarmang va zudlik bilan shifokoringiz bilan bog‘laning.
PRESTANSning tarkibiga kiruvchi ba'zi ingradiyentlar haqida muhim ma'lumot
PRESTANS laktoza monogidrati (qand turi) saqlaydi. Agar shifokor sizda ba'zi qand turlarini o‘zlashtirolmaslik borligini aytgan bo‘lsa, u holda bu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.
14.DOZANI OSHRIB YUBORILISHI
Agar siz haddan tashqari ko‘p tabletka qabul qilgan bo‘lsangiz, yaqin atrofdagi shoshilinch yordam punkti bilan bog‘laning yoki bu haqida shifokoringizga zudlik bilan xabar bering. Dozasi oshirib yuborilgan holda eng ko‘p kuzatiladigan samara arterial bosimni tushib ketishi hisoblanadi, buning oqibatida bosh aylanishini his qilishingiz yoki xushni yo‘qotishingiz mumkin. Agar bu kuzatilgan bo‘lsa, yoting va oyoqlaringizni yuqoriga ko‘taring, bu sizning holatingizni yaxshilashi mumkin.
15.SAQLASH BO‘YICHA TAVSIYALAR
Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan va ko‘rmaydigan joyda saqlansin.
Ushbu preparat karton qutida va flakonda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilganda, qayd etilgan oyning oxirgi kuni nazarda tutiladi.
Namlikdan saqlanish uchun flakon zich yopilsin. Original o‘ramida saqlansin.
30oS dan past bo‘lgan haroratda saqlansin.
Dori vositasini oqar suvlarga maishiy chiqindilarga tashlash mumkin emas. Qabul qilish tugagan dori vositasidan qanday yo‘qotishni farmatsevtdan so‘rang. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilish uchun qaratilgan.
16.YAROQLILIK MUDDATI
3 yil.
17.DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI
Tibbiy preparat shifokor retsepti bo‘yicha beriladi
18.ISHLAB CHIQARUVCHINING NOMI VA MANZILI
Qayd etish guvohnomasining egasi
Les Laboratoires Servier / Le Laboratuar Servye
50, rue Carnot
92284 Suresnes cedex – France – FRANSIYA
Ishlab chiqaruvchi
Servier (Ireland) Industries Ltd / Servye (Irlandiya) Indastriz Ltd
Gorey Road
Arklow - Co. Wicklow – Ireland - IRLANDIYA

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.