Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Prestilol tab. 5mg/5mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бисопролол, периндоприла аргинин
Страна производитель
Франция
Дозировка
5 мг/5 мг
Производитель
Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
1. SAVDO NOMI
Prestilol.
2. DORI SHAKLI
Prestilol 5 mg/10 mg, plyonka qobiqli tabletkalar.
3. TAЪSIR ETUVCHI MODDANING NOMI
Bisoprolol fumarati, perindopril arginin.
4. TARKIBI
Prestilol tarkibida nimani saqlaydi
-Ta'sir etuvchi moddalar – bisoprolol fumarati va perindopril arginin. Prestilolning har bir tabletkasi 5 mg bisoprolol fumarati (4,24 mg bisoprololga mos keladi) va 10 mg perindopril arginin (6,790 mg perindoprilga mos keladi) saqlaydi.
-Tabletkaning boshqa komponentlari PH 102 (E460) mikrokristall sellyuloza, kaltsiy karbonati (E170), oldindan jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, A tipidagi natriy kraxmal glikolyati (E468), suvsiz kolloid kremniy dioksidi (E551), magniy stearati (Liga E572), natriy kroskarmelloza (E468), glitserin (E422), gipromelloza (E464), makrogol 6000, titan dioksidi (E171), temir (II) oksidi (E172), temir (III) oksidi (E172) va tozalangan suv.
Prestilolning tashqi ko‘rinishi va o‘ramining tarkibi
Prestilol – bu bir tomonida bo‘lish chizig‘i va bostirib tushirilgan « »belgisi hamda ikkinchi tomonida «5/10» belgisi bo‘lgan, och-pushti rangli, oval, plyonka qobiqli ikki qatlamli tabletkalar. Tabletka ikkita teng qismlarga bo‘linishi mumkin.
Preprat 10, 30, 90 (har birida 30 tabletka bo‘lgan 3 ta konteyner), 100 va 120 (har birida 30 tabletka bo‘lgan 4 ta konteyner) plyonka qobiqli tabletka saqlovchi qutilarda joylangan.
Savdoda barcha o‘lchamdagi o‘ramlar doimo ham bo‘lmasligi mumkin.
5. FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI
Farmakoterapevtik guruhi
bisoprololning majmuaviy preparati.
ATX kodi C09BX02, AAF ingibitorlari, boshqa majmuaviy preparatlar.
6. FARMAKOLOGIK XUSUSIYaTLARI
Farmakodinamik xususiyatlari
Ta'sir mexanizmi
Bisoprolol
Bisoprolol – bu rag‘batlantiruvchi va ahamiyatli membrana barqarorlashtiruvchi ta'sirga ega bo‘lmagan beta1-adrenoretseptorlarining yuqori selektiv blokatoridir. U bronxlar va qon tomirlar silliq mushaklarining beta2-retseptorlariga, shuningdek metabolizmni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan beta2-retseptorlariga past o‘xshashlikni namoyon qiladi. Shunday qilib, umuman olganda bisoprololdan nafas yo‘llarining va beta2-retseptorlari bilan bog‘liq metabolik samaralarning qarshiligiga ta'sirini kutmaslik kerak. Uning beta1-retseptorlarga selektivligi shuningdek terapevtik dozalari diapazoni chegaralaridan tashqarida qayd etiladi.
Perindopril
Perindopril – bu angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylantiruvchi fermentning (AAF) ingibitoridir. Aylantiruvchi ferment yoki kinaza – bu angiotenzin I ni qon tomirni toraytiruvchi angiotenzin II ga aylantirishga, shuningdek qon tomirni kengaytiruvchi bradikininni nofaol geptapeptidgacha parchalanishiga imkon beradigan ekzopeptidazadir. AAF ni ingibitsiya qilinishi plazmada angiotenzin II ni pasayishiga olib keladi, bu plazmada renin faolligini oshishiga (reninni ajralishi manfiy teskari bog‘liqligini ingibitsiya qilinishi hisobiga) va aldosteronni ajralishi pasayishiga olib keladi. AAF bradikininni faolsizlantirishi tufayli, AAF ni ingibitsiya qilinishi aylanib yuruvchi va lokal kallikrein-kinin tizimi faolligini ham oshishiga (shuningdek prostaglandin tizimi faollashishiga) olib keladi. Ehtimol, mazkur mexanizm AAF ingibitorlarining gipotenziv ta'siri boshlanishiga yordam beradi va qisman ayrim nojo‘ya samaralarni (masalan, yo‘talni) keltirib chiqaradi.
Perindopril o‘zining faol metaboliti bo‘lgan perindoprilat orqali ta'sir qiladi. Boshqa metabolitlar in vitro sharoitda AAF ta'sirini ingibitsiya qilishga qodirligini ko‘rsatmagan.
Farmakodinamik xususiyatlari
Bisoprolol
Bisoprolol ahamiyatli manfiy inotrop ta'sirni ko‘rsatmaydi.
Bisoprolol samaralarining maksimal yaqqolligiga preparat yuborilganidan keyin 3-4 soat o‘tgach erishiladi. Bisoprololni yarim chiqarilishi davri 10-12 soatni tashkil etganligi sababli, u 24 soat davomida ta'sir qiladi.
Bisoprololni arterial bosimni pasaytirishga nisbatan maksimal ta'siriga odatda 2 hafta o‘tgach erishiladi.
Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lmagan yurak koronar kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga bir marta berilganida bisoprolol yurak qisqarishlari tez-tezligini va zarb hajmini, va demak yurakka qon kelishi va kislorod iste'molini pasaytiradi. Uzoq vaqt davomida yuborilganida dastlab yuqori periferik qarshilik pasayadi. Plazmadagi renin faolligini pasayishi beta-blokatorlarning antigipertenziv ta'siri asosida yotuvchi mexanizm bo‘lib hisoblanishi taxmin qilinadi.
Bisoprolol yurak beta-adrenoretseptorini bloklagan holda simpatiko-adrenergik javobni pasaytiradi. Bu miokard tomonidan kislorod iste'mol qilinishi kamayishini keltirib chiqargan holda yurak qisqarishlari tez-tezligini va qisqaruvchanlikni pasayishiga olib keladi, bu asosiy kasallik bo‘lgan yurak koronar kasalligi bilan bog‘liq stenokardiyada kutilgan samara bo‘lib hisoblanadi.
Perindopril
Gipertenziya
Perindopril har qanday kuchsiz, o‘rtacha va og‘ir darajadagi arterial gipertenziyada ta'sir ko‘rsatadi; yotgan holatda ham, tik turgan holatda ham sistolik va diasistolik arterial bosimni pasaytiradi.
Perindopril periferik tomirlar qarshiligini kamaytiradi, bu arterial bosimni pasayishiga olib keladi. Buning oqibatida yurak qisqarishlari tez-tezligiga ta'sir
qilmagan holda periferik qon oqimi ortadi.
Odatda, buyrakda qon aylanishi oshadi, ayni vaqtda kalavalar filtratsiyasi tezligi (KFT) odatda o‘zgarishsiz qoladi.
Yurak yetishmovchiligi
Perindopril avvalgi va keyingi zo‘riqishlarni pasaytirgani holda yurak faoliyatini kamaytiradi.
7. FARMAKOKINETIKASI
Farmakokinetik xususiyatlari
Prestilol preparati qabul qilinganidan keyin bisoprolol va perindopril so‘rilishi tezligi va darajasi ular alohida monoterapiya ko‘rinishida qabul qilinganida muvofiq ravishda so‘rilishi tezligi va darajasidan sezilarli farqlarga ega bo‘lmaydi.
Bisoprolol
So‘rilishi
Bisoprolol me'da-ichak yo‘llarida deyarli to‘liq (> 90%) so‘riladi va jigar orqali birinchi o‘tishidagi past (taxminan 10%) metabolizmi munosabati bilan uning biokiraolishligi peroral yuborilganidan keyin taxminan 90% ni tashkil etadi.
Taqsimlanishi
Taqsimlanish hajmi 3,5 l/kg ni tashkil etadi. Bisoprololni qon oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 30% ni tashkil etadi.
Biotransformatsiyasi va chiqarilishi
Bisoprololni organizmdan chiqarilishi ikkita yo‘l bilan yuz beradi. 50% jigarda nofaol metabolitlarigacha metabolizmga uchraydi, so‘ngra ular buyraklar orqali chiqariladi. Qolgan 50% o‘zgarmagan ko‘rinishda buyraklar orqali chiqariladi. Umumiy klirens taxminan soatiga 15 l ni tashkil etadi. Plazmadan yarim chiqarilishi davri 10-12 soatga tengligi natijasida sutkada bir marta yuborilganidan keyin preparatning ta'siri 24 soat davom etadi.
Patsiyentlarning alohida toifalari
Bisoprolol proportsional farmakokinetikaga ega, yosh o‘tishi bilan u o‘zgarmaydi.
Preparatni chiqarilishida buyraklar va jigar teng darajada ishtirok etganligi tufayli, jigar funktsiyasini buzilishi yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Surunkali yurak yetishmovchiligi va jigar yoki buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda farmakokinetikasi o‘rganilmagan. Surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA bo‘yicha III bosqichda) bo‘lgan patsiyentlarda sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan plazmada bisoprolol darajasi yuqoriroq, yarim chiqarilishi davri esa uzoqroq bo‘ladi. Sutkalik dozasi 10 mg bo‘lganida muvozanat holatida plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi 64±21 ng/ml ni, yarim chiqarilishi davri esa – 17±5 soatni tashkil etadi.
Perindopril
So‘rilishi
Peroral qabul qilinganida perindopril tezda so‘riladi, maksimal kontsentratsiyasiga 1 soat davomida erishiladi. Perindoprilni plazmadan yarim chiqarilishi davri 1 soatni tashkil etadi.
Taqsimlanishi
Bog‘lanmagan perindoprilatni taqsimlanish hajmi taxminan 0,2 l/kg ni tashkil etadi. Perindoprilatni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 20% ni tashkil etadi, bog‘lanish asosan AAF bilan yuz beradi, ammo preparat kontsentratsiyasiga bog‘liq.
Biotransformatsiyasi
Perindopril dori asosi bo‘lib hisoblanadi. Qabul qilingan perindopril dozasining 27% qon oqimiga faol metabolit bo‘lgan perindoprilat ko‘rinishida kelib tushadi. Faol perindoprilatdan tashqari organizmda yana beshta nofaol metabolit hosil bo‘ladi. Plazmada perindoprilatning eng yuqori kontsentratsiyasiga preparat qabul qilinganidan keyin 3-4 soat o‘tgach erishiladi.
Ovqatlanish perindoprilni perindoprilatga aylanishini va oqibatda uning biokiraolishligini ham pasaytiradi, shu sababli perindopril argininni sutkada bir marta, peroral, ertalab nonushtadan oldin qabul qilish tavsiya etiladi.
Chiqarilishi
Perindoprilat siydik bilan chiqariladi, uning erkin fraktsiyasi yarim chiqarilishining yakuniy davri taxminan 17 soatni tashkil etadi, bu statsionar holatiga 4 kun ichida erishishga imkon beradi.
Proportsionallik
Perindopril dozasi va uning plazmadagi ekspozitsiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik proportsional ekanligi isbotlangan.
Patsiyentlarning alohida toifalari
Perindoprilatni chiqarilishi keksa yoshdagi patsiyentlarda, shuningdek yurak yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda sekinlashadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga dozani tanlash buyrak funktsiyasini buzilishi darajasini (kreatinin klirensini) inobatga olgan holda o‘tkazish tavsiya etiladi.
Dializda perindopril klirensi minutiga 70 ml ni tashkil etadi.
Perindopril kinetikasi sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda o‘zgaradi dastlabki molekulaning jigar klirensi ikki marta sekinlashadi. Biroq hosil bo‘ladigan perindoprilatning miqdori pasaymaydi, shu sababli dozani tanlash talab qilinmaydi (4.2 va 4.4-bo‘limlarga qarang).
8. QO‘LLANILIShI
Prestilol har bir tabletkada ikki ta'sir etuvchi moddani – bisoprolol fumarati va perindopril arginin saqlaydi
• Bisoprolol fumarati beta-blokatorlar deb nomlanuvchi dori preparatlari guruhiga mansub. Beta-blokatorlar yurak qisqarishlari tez-tezligini kamaytiradi va yurakning organizmdagi tomirlar orqali qonni haydashga doir faoliyatini yanada samaraliroq qiladi.
• Perindopril arginin angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitori bo‘lib hisoblanadi. U qon tomirlariga kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, shu tufayli ular orqali qonni haydash yurakka yengilroq bo‘ladi.
Prestilol yuqori arterial bosimni (arterial gipertenziyani) va/yoki stabil surunkali yurak yetishmovchiligini (yurak organizmni yetarli miqdorda qon bilan ta'minlay olmaydigan kasallik, buning natijasida hansirash va shishlar rivojlanadi) davolash uchun va/yoki miokard infarktini va/yoki yurakni qon bilan ta'minlovchi tomirlarni kengaytirish hisobiga yurakda qon aylanishini yaxshilash bo‘yicha operatsiya o‘tkazgan yurakning stabil ishemik kasalligi (yurakning qon bilan ta'minlanishi pasaygan yoki blokirovka qilingan holati) bo‘lgan patsiyentlarda yurak asoratlari (miokard infarkti kabi) xavfini pasaytirish uchun qo‘llaniladi.
Bisoprolol fumarati va perindopril argininni ikkita alohida tabletka ko‘rinishida qabul qilinishi o‘rniga Sizga har ikkala ta'sir etuvchi moddani aynan shunday dozalarda saqlovchi faqat bitta Prestilol tabletkasini qabul qilish talab etiladi.
9. QO‘LLASh USULI VA DOZALARI
Prestilol qabul qilinganida doimo shifokor yoki farmatsevt ko‘rsatmasiga qat'iy rioya qiling. Agar Siz preparat qabul qilinishi to‘g‘riligiga shubha qilsangiz, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashishingiz kerak.
Tavsiya etiladigan doza – sutkada bir marta bir tabletka. Tabletkalarni ertalab, nonushtadan oldin, bir stakan suv bilan ichish tavsiya etiladi.
Buyrak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar
Agar Sizda o‘rtacha darajadagi buyrak kasalligi bo‘lsa, shifokor Sizga bir kunda Prestilol tabletkasining yarmini qabul qilishni buyurishi mumkin.
Bolalar va o‘smirlarga buyurilishi
Preparatni bolalar va o‘smirlarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Agar Siz Prestilolni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Preparatni har kuni qabul qilish muhim, qabul qilishning muntazamligi davolashni yanada samaraliroq kiladi. Shunga qaramay, agar Siz Prestilol dozasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qiling. Keyingi dozani ikki baravar oshirmang.
Agar Siz Prestilolni qabul qilishni to‘xtatsangiz
Prestilolni qabul qilishni keskin to‘xtatish mumkin emas, shuningdek davolovchi shifokor bilan maslahatlashmay dozani o‘zgartirish mumkin emas, chunki bu yurak faoliyatini yaqqol ifodalangan yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda davolashni keskin to‘xtatish mumkin emas.
Agar Sizda preparatni qabul qilish yuzasidan qo‘shimcha savollar yuzaga kelsa, davolovchi shifokoringizga, farmatsevt yoki hamshiraga murojaat qiling.
10. NOJO‘Ya TAЪSIRI
Qolgan barcha dori preparatlari kabi, mazkur preparat, garchi har bir patsiyentda ham bo‘lmasa ham nojo‘ya samaralarni keltirib chiqarishi mumkin.
Agar Sizda quyidagi holatlardan biri yuzaga kelgan bo‘lsa, mazkur dori preparatini qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokorga murojaat qiling
• past arterial bosim keltirib chiqaradigan kuchli bosh aylanishi yoki hushdan ketish (tarqalgan nojo‘ya samaralar – 10 patsiyentdan 1 nafaridan kamida rivojlanadi),
• hansirashni kuchayishi va/yoki organizmda suyuqlikni ushlanib qolinishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan yurak yetishmovchiligini og‘irlashishi (tarqalgan nojo‘ya samaralar – 10 patsiyentdan 1 nafaridan kamida rivojlanadi),
• yuz, lablar, og‘iz bo‘shlig‘i, til yoki tomoqni shishi, nafas olishning qiyinligi (angioshish) (tarqalmagan nojo‘ya samaralar – 100 patsiyentdan 1 nafaridan kamida rivojlanadi),
• to‘satdan yuzaga keladigan hushtaksimon nafas olish, ko‘krak qafasida og‘riq, hansirash yoki nafas olishni qiyinlashishi (bronxlar spazmi) (tarqalmagan nojo‘ya samaralar – 100 patsiyentdan 1 nafaridan kamida rivojlanadi),
• yurakni noodatiy tez yoki nomuntazam urishi, ko‘krak qafasida og‘riq (stenokardiya) yoki yurak xuruji (juda kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar – 10000 patsiyentdan 1 nafaridan kamida rivojlanadi),
• qo‘l yoki oyoqlarda zaiflik, nutq bilan bog‘liq muammolar, bu insult belgisi bo‘lishi mumkin (juda kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar – 10000 patsiyentdan 1 nafaridan kamida rivojlanadi),
• me'da osti bezini yallig‘lanishi, u qorin va belda o‘zini yomon his qilish bilan kechadigan jiddiy og‘riqlarni keltirib chiqarishi mumkin (juda kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar – 10000 patsiyentdan 1 nafaridan kamida yuz beradi),
• teri yoki ko‘z oqsillarini sarg‘ayishi (sariqlik), bu gepatit belgisi bo‘lishi mumkin (juda kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar – 10000 patsiyentdan 1 nafaridan kamida rivojlanadi),
• teri toshmasi, u ko‘pincha yuz, qo‘llar yoki oyoqlarda qizil qichituvchi dog‘lar (ko‘p shaklli eritema) paydo bo‘lishi bilan boshlanadi (juda kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar – 10000 patsiyentdan 1 nafaridan kamida rivojlanadi).
Prestilol odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, ammo, boshqa har qanday dorilarni qabul qilishdagi kabi, odamlarda, ayniqsa davolash boshlanishida, nojo‘ya samaralar yuzaga kelishi mumkin.
Agar Siz o‘zingizda quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralardan birini (yoki har qanday boshqasini) qayd etgan bo‘lsangiz, bu haqida darhol davolovchi shifokor yoki farmatsevtga xabar bering
Juda keng tarqalgan (10 patsiyentdan 1 nafaridan kamida rivojlanadi)
• yurakni sekin urishi.
Tarqalgan (10 patsiyentdan 1 nafaridan kamida rivojlanadi)
• bosh og‘rig‘i,
• bosh aylanishi,
• vertigo,
• ta'm sezishni buzilishi,
• uvishish hissi,
• qo‘l panjalari yoki oyoq kaftlarini sanchishi yoki uvishishi,
• ko‘rishni buzilishi,
• tinnitus (quloqlarda shovqin),
• qo‘l panjalari yoki oyoq kaftlarini muzlashi hissi,
• yo‘tal,
• hansirash,
• ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, ovqat hazm qilishni buzilishi yoki dispepsiya, diareya, qabziyat kabi me'da-ichak buzilishlari,
• teri toshmasi, qichishish kabi allergik reaktsiyalar,
• krampi,
• toliqish hissi,
• toliqish.
Tarqalmagan (100 patsiyentdan 1 nafaridan kamida rivojlanadi)
• kayfiyatni o‘zgarishi,
• uyquni buzilishi,
• depressiya,
• og‘izni qurishi,
• kuchli qichishish yoki ko‘plab teri toshmasi,
• terida pufaklar guruhlarni hosil bo‘lishi,
• terining quyosh nuriga yuqori sezuvchanligi (yorug‘likka sezuvchanlik reaktsiyasi),
• terlash,
• buyraklar funktsiyasini buzilishi,
• jinsiy ojizlik,
• eozinofillarning (leykotsitlar turi) miqdorini oshishi,
• uyquchanlik,
• hushdan ketish,
• yurak urishini his etish,
• taxikardiya,
• nomuntazam yurak ritmi (atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi); qon tomirlarni yallig‘lanishi (vaskulit),
• o‘rnidan turganda bosh aylanishi,
• mushak zaifligi,
• artralgiya (bo‘g‘imlarda og‘riq),
• mialgiya (mushaklarda og‘riq),
• ko‘krak qafasida og‘riq,
• lohaslik,
• mahalliy shishlar (periferik shishlar),
• tana haroratini oshishi,
• yiqilish,
• laborator tadqiqotlar natijalarida o‘zgarishlar qonda kaliy darajasini oshishi, u davolash to‘xtatilganidan keyin pasayadi, natriy darajasini pasayishi, qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda gipoglikemiya (qonda qand darajasining juda pastligi), qonda mochevina va kreatinin darajasini oshishi.
Kam hollarda uchraydigan (1000 patsiyentdan 1 nafaridan kamida rivojlanadi)
• tungi dahshatli tushlar, gallyutsinatsiyalar;
• ko‘z yoshi ajralishini kamayishi (ko‘zlarning quruqligi);
• eshitishni buzilishi;
• erektsiyani buzilishi;
• terini yoki ko‘z oqsillarini sarg‘ayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan jigarni yallig‘lanishi;
• allergik tumov, aksirish;
• qichishish, giperemiya, toshma qabi allergik reaktsiyalarga o‘xshash reaktsiyalar;
• laborator tadqiqotlar natijalarida o‘zgarishlar jigar fermentlari darajasini oshishi, qon zardobida bilirubin darajasini oshishi, qonda yog‘ darajalarida og‘ishlar.
Juda kam hollarda uchraydigan (10000 patsiyentdan 1 nafaridan kamida rivojlanadi)
• ongni chalkashishi,
• ko‘zlarni achishishi yoki qizarishi (kon'yunktivit);
• eozinofil pnevmoniya (pnevmoniyaning kam uchraydigan turi);
• me'da osti bezini yallig‘lanishi (qorin va belda kuchli og‘riqlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi);
• soch to‘kilishi;
• psoriaz rivojlanishi (kepaksimon teri toshmasi) yoki uning kechishini yomonlashishi; psoriazga o‘xshash toshma;
• o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
• leykotsitlar va eritrotsitlar miqdorini kamayishi, gemoglobinni pasayishi, trombotsitlar miqdorini kamayishi kabi qon tarkibini buzilishi.
Nojo‘ya samaralar haqidagi xabar berish
Sizda biron-bir nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida ular haqida davolovchi shifokoringiz, farmatsevt yoki hamshiraga xabar bering. Bu ushbu ilova-varaqada sanab o‘tilmagan har qanday ehtimol qilingan nojo‘ya samaralarga ham taalluqlidir. Nojo‘ya samaralar haqida xabar berib, Siz ushbu dori preparatining xavfsizlik profili haqida ko‘proq ma'lumotni to‘plashga yordam berasiz.
11. QO‘LLASh MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Prestilolni qabul qilish mumkin bo‘lmagan holatlar
• Sizda bisoprolol yoki har qanday boshqa beta-blokatorga, perindopril yoki har qanday boshqa AAF ingibitoriga yoki mazkur preparat komponentlarining (6-bo‘limda sanab o‘tilgan) birontasiga nisbatan allergiya bo‘lsa;
• Sizda to‘satdan og‘irlashgan va/yoki statsionarda davolanishni talab qiladigan yurak yetishmovchiligi bo‘lsa;
• Sizda kardiogen shok (juda past arterial bosim keltirib chiqaradigan yurak faoliyatini jiddiy buzilishi) yuzaga kelgan bo‘lsa;
• Sizda juda sekin yoki nomuntazam yurak urishlari bilan ifodalanadigan yurak kasalligi (ikkinchi yoki uchinchi darajali atrioventrikulyar blokada, sinoatrial blokada, sinus tuguni zaifligi sindromi) bo‘lsa;
• Sizda yurak urishi sekinlashgan bo‘lsa;
• Sizda juda past arterial bosim bo‘lsa;
• Sizda og‘ir darajali astma yoki og‘ir darajali o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bo‘lsa;
• Sizda qo‘l va oyoqlar barmoqlarini sanchib og‘rishiga, rangi oqarib yoki ko‘karib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qo‘l-oyoqlarda qon aylanishini og‘ir darajali buzilishi (Reyno sindromi kabi) bo‘lsa;
• Sizda feoxromotsitoma (buyrak usti bezlari mag‘iz qavatining kam uchraydigan o‘smasi) bo‘lsa va uning yuzasidan hech qanday tarzda davolanmayotgan bo‘lsangiz;
• Sizda metabolik atsidoz (qon tarkibida juda ham ko‘p kislotalar saqlanayotgan holat) bo‘lsa;
• ilgari boshqa AAF ingibitorlari qabul qilinganida yoki boshqa holatlarda Sizda yoki oila a'zolaringizdan birida hushtaksimon nafas olish, yuz, til yoki tomoqning shishi, jadal qichishish yoki ko‘plab teri toshmasi (angionevrotik shish deb nomlanuvchi kasallik) kabi simptomlar namoyon bo‘lsa;
• Siz homilador bo‘lsangiz va homiladorlik muddati 3 oydan ortiq bo‘lsa (homiladorlikning erta muddatlarida Prestilolni qabul qilishdan saqlangan afzal – «Homiladorlik» bo‘limiga qarang);
• Siz diabet yoki buyrak funktsiyasini buzilishi bilan kasallangan va aliskirenni saqlaydigan arterial bosimni tushiruvchi preparatni qabul qilayotgan bo‘lsangiz.
12. BOShQA DORI PREPARATLARI BILAN O‘ZARO TAЪSIRLARI
Agar Siz biron-bir preparatni qabul qilayotgan, yaqin orada qabul qilgan yoki qabul qilmoqchi bo‘lsangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.
Prestilol ta'sirini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan ayrim preparatlar mavjud, yoki aksincha ularning ta'siri Prestilol bilan bir vaqtda qabul qilinganida o‘zgarishi mumkin. O‘zaro ta'sirlarning bunday turi dori preparatlaridan birining yoki har ikkalasining samaradorligini pasayishini keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, u nojo‘ya samaralar xavfi yoki darajasini oshirishi mumkin.
Agar Siz quyida sanab o‘tilgan har qanday dori preparatlaridan birini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta davolovchi shifokorga xabar qiling
• arterial bosimni nazorat qilish yoki yurak kasalliklarini davolash uchun qo‘llaniladigan preparatlar (masalan, amiodaron, amlodipin, klonidin, digitalis glikozidlari, diltiazem, dizopiramid, felodipin, flekanid, lidokain, metildofa, moksonidin, prokainamid, propafenon, xinidin, rilmenidin, verapamil);
• yuqori arterial bosimni tushirish uchun qo‘llaniladigan boshqa preparatlar, shu jumladan angiotenzin II retseptorlari blokatorlari (ARB), aliskiren (shuningdek «Prestilolni qabul qilish mumkin bo‘lmagan holatlar» va «Quyidagi hollarda ayniqsa ehtiyot bo‘ling» bo‘limida keltirilgan ma'lumotga qarang) yoki diuretiklar (buyraklar orqali chiqariladigan siydik hajmini oshiruvchi preparatlar);
• kaliy tejovchi preparatlar (masalan, triamteren, amilorid), kaliyli qo‘shimchalar yoki kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilar;
• yurak yetishmovchiligini davolashda qo‘llaniladigan kaliy tejovchi preparatlar eplerenon va spironolakton bir kunda 12,5 mg dan 50 mg gacha dozalarda;
• klinik shokni davolash uchun simpatomimetik vositalar (adrenalin, noradrenalin, dobutamin, izoprenalin, efedrin);
• rakni davolashda qo‘llaniladigan estramustin;
• maniya yoki depressiyani davolash uchun qo‘llaniladigan litiy preparatlari;
• depressiyani davolash uchun qo‘llaniladigan ma'lum preparatlar imipramin, amitriptilin, monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari (V tipidagi MAO ingibitorlaridan tashqari);
• shizofreniyani davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (antipsixotiklar);
• tutqanoqni davolash uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar (fenitoin, barbituratlar, masalan fenobarbital);
• jarrohlik operatsiyalarida qo‘llaniladigan og‘riqsizlantiruvchi vositalar;
• qon tomirni kengaytiruvchi preparatlar, shu jumladan nitratlar (qon tomirlari kengayishini keltirib chiqaruvchi preparatlar);
• infektsiyalarni davolash uchun qo‘llaniladigan trimetoprim;
• qonni suyultirish uchun qo‘llaniladigan geparin;
• autoimmun buzilishlarni davolash uchun yoki transplantatsiyadan keyin qo‘llaniladigan immunodepressiv (organizmning immun himoyasini susaytiruvchi) preparatlar (masalan, siklosporin, takrolimus);
• podagrani davolash uchun qo‘llaniladigan allopurinol;
• Altsgeymer kasalligi yoki glaukoma kabi kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladigan parasimpatomimetik dori preparatlari;
• glaukomani (ko‘z ichidagi yuqori bosimni) davolash uchun qo‘llaniladigan mahalliy ta'sir etuvchi beta-blokatorlar;
• mialgiyani oldini olish yoki davolash uchun qo‘llaniladigan mefloxin;
• tarqoq skleroz kabi kasalliklarda mushaklar rigidligini davolashda qo‘llaniladigan baklofen;
• natriy oltin xloridi, ayniqsa vena ichiga yuborilganida (revmatoid artrit simptomlarini davolashda qo‘llaniladi);
• qandli diabetni davolash uchun insulin, metformin, linagliptin, saksagliptin, sitagliptin, vildagliptin kabi preparatlar;
• artrit, bosh og‘rig‘i, boshqa mahalliy og‘riqlar yoki yallig‘lanishlarni davolash uchun qo‘llaniladigan ibuprofen, diklofenak yoki yuqori dozalarda aspirin kabi nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYaQV).
13. MAXSUS KO‘RSATMALAR
Quyidagi hollarda ayniqsa ehtiyot bo‘ling
Agar Sizda quyidagilar bo‘lsa, Prestilolni qabul qilish boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering
• qandli diabet bo‘lsa;
• buyrak kasalliklari (shu jumladan buyrak transplantatsiyasi) bo‘lsa yoki Siz gemodializdan o‘tayotgan bo‘lsangiz;
• jigar kasalliklari bo‘lsa;
• aorta stenozi (yurakdan keladigan bosh qon tomirining torayishi) va mitral stenoz, gipertrofik kardiomiopatiya (yurak mushagi kasalligi) yoki buyrak arteriyasi stenozi (buyraklarni qon bilan ta'minlovchi arteriyani torayishi) bo‘lsa;
• yurak yetishmovchiligi yoki yurakning har qanday boshqa kasalligi, masalan yurak ritmining ahamiyatli bo‘lmagan buzilishlari yoki tinch holatda ko‘krak qafasida yaqqol ifodalangan og‘riq (Printsmetal stenokardiyasi) bo‘lsa;
• kollagenoz-tomir kasalligi (biriktiruvchi to‘qima kasalligi bo‘lsa), masalan tizimli qizil yugurik yoki sklerodermiya bo‘lsa;
• Siz tuz miqdori kam bo‘lgan parhezga rioya qilayotgan yoki kaliyni saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz (qonda kaliy miqdori juda ko‘p bo‘lishi yurak qisqarishlari tez-tezligida o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin);
• yaqin orada diareya, qusish yoki organizmning suvsizlanishi kuzatilgan bo‘lsa (bunday buzilishlar fonida Prestilol arterial bosim tushishini keltirib chiqarishi mumkin);
• Siz past zichlikdagi lipoproteinlar aferezini (qondan xolesterolni apparat orqali chiqarishni) o‘tayotgan bo‘lsangiz;
• Siz hozirgi vaqtda asalarilar yoki arilar chaqishlarining allergik ta'siriga sezuvchanligingizni pasaytirishi lozim bo‘lgan allergiyaga qarshi davolanayotgan yoki davolanmoqchi bo‘lsangiz;
• Siz qat'iy ro‘za tutayotgan yoki parhez qilayotgan bo‘lsangiz;
• Siz anesteziya va/yoki jiddiy jarrohlik operatsiyasini boshdan kechirishingiz kerak bo‘lsa;
• oyoqlaringizda qon aylanishi bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa;
• astma yoki surunkali o‘pka kasalligi bo‘lsa;
• psoriaz (hozirgi vaqtda yoki o‘tmishda) bo‘lsa;
• feoxromotsitoma deb nomlanuvchi buyrak usti bezlari o‘smasi bo‘lsa;
• qalqonsimon bez kasalligi bo‘lsa (Prestilol qalqonsimon bezning yuqori faolligi simptomlarini yashirishi mumkin);
• angionevrotik shish (yuz, lablar, til yoki tomoq shishi, yutish yoki nafas olishning qiyinligi bilan kechadigan og‘ir allergik reaktsiya) bo‘lsa; ushbu reaktsiyalar davolash vaqtida har qanday vaqtda yuzaga kelishi mumkin; agar Sizda mazkur simptomlar paydo bo‘lsa, darhol Prestilol qabul qilishni to‘xtatishingiz va kechiktirmay shifokorga murojaat qilishingiz kerak;
• Siz afrikalik bo‘lsangiz, chunki Siz angionevrotik shishning yuqori xavfiga moyil bo‘lishingiz mumkin, afrikalik bo‘lmagan patsiyentlarga qaraganda ushbu preparat shuningdek arterial bosimni pasaytirishda kamroq samarali bo‘lishi mumkin;
• yuqori arterial bosimni pasaytirish uchun qo‘llaniladigan quyida sanab o‘tilgan preparatlardan birini
-ayniqsa agar Sizda qandli diabet keltirib chiqargan buyrak funktsiyasini buzilishi aniqlangan bo‘lsa, angiotenzin II retseptorlari blokatorini (ARB) (sartanlar nomi ostidagi preparatlar guruhi, masalan valsartan, telmisartan, irbesartanni);
-aliskirenni qabul qilayotgan bo‘lsangiz.
Sizning davolovchi shifokoringiz buyrak funktsiyasini, arterial bosimni va qonda elektrolitlar (masalan, kaliy) miqdorini muntazam monitoringini o‘tkazishi mumkin. Shuningdek «Prestilolni qabul qilish lozim bo‘lmagan hollar» bo‘limida keltirilgan ma'lumotga qarang.
Prestilolni qabul qilishni keskin to‘xtatib bo‘lmaydi, chunki bu yurak faoliyatini yaqqol ifodalangan yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Davolashni, ayniqsa yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda, keskin to‘xtatib bo‘lmaydi.
Agar Siz homilador ekanligingizni taxmin qilayotgan (yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan) bo‘lsangiz, shifokoringizni ogohlantirishingiz kerak. Prestilolni homiladorlikning erta muddatlarida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparat homiladorlikning 3 oydan ortiq muddatlarida qabul qilinmasligi kerak, chunki bu bola sog‘lig‘iga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin («Homiladorlik davrida» bo‘limiga qarang).
Bolalar va o‘smirlar
Prestilolni 18 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Prestilol preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan birga qabul qilish
Prestilolni ovqatlanishdan oldin qabul qilgan afzalroq.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Agar Siz homilador yoki emizayotgan bo‘lsangiz, homilador ekanligingizni taxmin qilayotgan yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Homiladorlik davri
Agar Siz homilador ekanligingizni taxmin qilayotgan (yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan) bo‘lsangiz, shifokoringizni ogohlantirishingiz kerak. Ko‘pchilik hollarda shifokor homiladorlikka qadar yoki homiladorlik fakti tasdiqlanganidan keyin darhol Prestilol qabul qilishni to‘xtatishni maslahat beradi va uning o‘rniga boshqa preparatni buyuradi. Prestilolni homiladorlikning erta bosqichida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparat homiladorlikning 3 oydan ortiq muddatlarida qabul qilinmasligi kerak, chunki bu bola sog‘lig‘iga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin.
Laktatsiya davri
Agar Siz emizayotgan bo‘lsangiz yoki emizishni boshlashni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu haqda shifokoringizni xabardor qiling. Prestilol emizikli onalarga tavsiya etilmaydi. Agar Siz emizishni istasangiz, ayniqsa bola yangi tug‘ilgan chaqaloq yoki muddatidan ilgari tug‘ilgan bo‘lsa, shifokoringiz boshqa davolanishni buyurishi mumkin.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Odatda, Prestilol hushyorlikka ta'sir ko‘rsatmaydi, ammo ayrim patsiyentlarda arterial bosim pastligi tufayli, ayniqsa davolash boshlanishida yoki qabul qilinayotgan dorilar o‘zgartirilganidan keyin yoki bir vaqtda alkogol iste'mol qilinganida, bosh aylanishi yoki xolsizlik kelib chiqishi mumkin. Ushbu holda avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati pasayishi mumkin.
14. DOZANI OShIRIB YuBORILIShI
Agar Siz buyurilganidan ko‘proq tabletkalarni qabul qilgan bo‘lsangiz, darholshifokoringiz yoki farmatsevtingizga murojaat qiling.
Doza oshirib yuborilganida arterial bosimni pasayishi eng ko‘p uchraydigan samara bo‘lib hisoblanadi, u tufayli siz bosh aylanishini his etishingiz yoki hushdan ketishingiz mumkin (agar bu yuz bersa, yotib oling va oyoqlarni ko‘taring, bu holatingizni yengillashtirishi mumkin), Sizda yaqqol ifodalangan nafas olish qiyinligi, tremor (qonda qand darajasi pasayishi tufayli) va yurakning sekin urishi paydo bo‘lishi mumkin.
15. SAQLASh BO‘YIChA TAVSIYaLAR
Ushbu dori vositasini bolalar ololmaydigan va ko‘rmaydigan joyda saqlansin.
Ushbu preparatni karton o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qabul qilinmasin.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilganida ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni nazarda tutiladi.
30°C dan past bo‘lgan haroratda saqlansin.
Plyonka qobiqli 10 tabletka saqlovchi konteyner ochilganidan keyin Prestilol 20 kun ichida, plyonka qobiqli 30 tabletka saqlovchi konteyner ochilganidan keyin – 60 kun ichida, plyonka qobiqli 100 tabletka saqlovchi konteyner ochilganidan keyin – 100 kun ichida qo‘llanilishi lozim.
Dori vositasini oqova suvlarga oqizib yuborish yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlab yuborish mumkin emas. Qabul qilinishi yakunlangan dorini qanday qilib utilizatsiya qilish haqida farmatsevtdan so‘rang. Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yo‘naltirilgan.
16. SAQLASH MUDDATI
30 oy.
17. DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI
Ushbu dori preparati faqat shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
18. ISHLAB CHIQARUVCHINING NOMI VA MANZILI
Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi guvohnomasining egasi
Les Laboratoires Servier/Le Laboratuar Serve
50, rue Carnot
92284 Suresnes cedex
France – FRANSIYA.
Ishlab chiqaruvchi
Les Laboratoires Servier Industrie/Le Laboratuar Servye sanoat
905 route de Saran
45520 Gidy
France – FRANSIYA.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Les Laboratoires Servier» kompaniyasining vakolatxonasi
O‘zbekiston Respublikasi, 100031, Toshkent sh., Afrosiyob ko‘ch., 4 A.
Tel (+99871) 140 79 97,(+99871) 140 79 77

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.