Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Raunatin 2mg №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Раувольфии алкалоиды
Страна производитель
Украина
Дозировка
2 мг
Производитель
Здоровье,фармацевтическая компания,ООО,Украина
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Raunatin-Zdorovye
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda rauvolfi ekstrakti (rauvolfi alkaloidlarining yig‘indisi) (Rouvolfiya qustiruvchi ildizining quruq ekstrakti (31-331) (estragentmetanol)) - 2 mg;
yordamchi moddalar qand-shakar; makkajo‘xori kraxmali; glyukoza monogidrati; kaltsiy stearati; stearin kislotasi; mineral moyi; yengil magniy karbonati; titan dioksidi (E 171); povidon; talk; suvsiz kolloid kremniy dioksidi; asalari mumi; sariq xinolin (E104) va patentlangan ko‘k V (E131) saqlovchi sikovit Green Z2755 bo‘yovchisi.
Ta'rifi Ikki tomoni qavariq yuzali, och-yashil rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkalarning yuzasida dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘ndalang kesimida uchta qavat ko‘rinadi.
Farmakoterapevtik guruhi
Gipotenziv vositalar. Markaziy ta'sir mexanizmiga ega antiadrenergik vositalar. Rauvolfiya alkaloidlari.
ATX kodi S02AA04.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Preparat ilonsimon rauvolfiya ildizlarining yoki kendirdoshlar oilasining qustiruvchi rauvolfiya tomirlari po‘stlog‘ining alkaloidlari yig‘indisini saqlaydi. Alkaloidlar rezerpin, serpentin, aymalindan iborat. Alkaloidlarning umumiy miqdori – 90% dan kam emas.
Raunatin markaziy nerv tizimida (MNT) (kortiko-gipotalamik strukturalarda, ayniqsa gipotalamusning orqa qismida) biogen monoaminlar (noradrenalin, dofamin, serotonin) miqdorini pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan gipotenziv samaraga ega. Periferik adrenergik nerv oxirlarining presinaptik membranalarining vezikulalarida, tomirlarning devorida, buyrak usti bezlarining miya qavatida mediatorni to‘planish jarayonlarini buzib, preparat adrenergik o‘tkazilishni bloklaydi, bu arterial bosimni asta-sekin pasayishiga olib keladi. Preparatning gipotenziv samarasi rezerpindagiga qaraganda asta-sekinroq rivojlanadi, ammo yaqqolligi bo‘yicha rezerpindan qolishmaydi. Preparatning o‘ziga xos xususiyati buyrakda kalavalar filtratsiyasini kuchaytirishi bo‘lib, bu buyrakning qon aylanishini oshishiga olib keladi.
Preparat shuningdek antiaritmik ta'sirga va markaziy nerv tizimiga tinchlantiruvchi ta'sirga ega. Preparatning sedativ ta'siri rezerpinnikiga qaraganda kamroq darajada namoyon bo‘ladi.
Preparatning terapevtik samarasi asta-sekin, uni qo‘llash boshlanganidan keyin 10-14 kunlari rivojlanadi va 2-3 oy davomida saqlanadi.
Qator hollarda raunatin rezerpindan ko‘ra yaxshi o‘zlashtiriladi.
Farmakokinetikasi
Preparat alkaloidlari me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi; qondagi Smax qabul qilinganidan keyin 1-3 soat o‘tgach kuzatiladi. Qon oqsillari bilan bog‘lanishi – 40-50%. T½ – 50-170 soat; ichakda va jigarda metabolizmga uchraydi, chiqarilishi, asosan ahlat bilan, shuningdek siydik bilan amalga oshiriladi.
Qo‘llanilishi
Yengil va o‘rtacha darajali arterial gipertenziyada qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Raunatin kattalarga ichga, ovqatdan keyin buyuriladi.
1-nchi kuni boshlang‘ich doza odatda kechasiga 1 tabletkani tashkil qiladi, 2-nchi kuni –1 tabletkadan sutkada 2 marta; 3-nchi kuni – 1 tabletkadan sutkada 3 marta, so‘ngra umumiy doza sutkada 4-6 tabletkagacha yetkaziladi. Turg‘un terapevtik samaraga erishilgandan keyin (odatda 10-14 kundan keyin) preparatning dozasi asta-sekin sutkada1-2 tabletkagacha kamaytiriladi. Davolash kursi – 3-4 hafta, lekin ayrim holatlarda ko‘rsatmalar bo‘yicha preparatni uzoq muddat tutib turuvchi dozada (sutkada 1 tabletka) qabul qilish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ba'zida quyidagilar bo‘lishi mumkin
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan shishlar, qon quyilishi, bradikardiya, stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda yurak sohasidagi og‘riqlar kuchayishi mumkin; uzoq muddat qo‘llanganida stenokardiya xurujlarining tez-tezligi oshishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, ko‘p terlash, depressiya, umumiy holsizlik; uzoq muddat qo‘llanganida - dahshatli tushlar ko‘rishni paydo bo‘lishi, parkinsonizm simptomlarini rivojlanishi.
Ko‘rish a'zolari tomonidan mioz.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, ishtahani oshishi yoki pasayishi, so‘lak oqishi, og‘izni qurishi, me'da shirasi sekretsiyasini oshishi.
Gepatobiliar tizimi tomonidan yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida jigar funktsiyasi buzilishi mumkin.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan dizuriya, impotentsiya.
Endokrin tizimi va moddalar almashinuvi tomonidan libidoni pasayishi, natriyni tutilishi, prolaktinning sekretsiyasini oshishi, galaktoreya, ginekomastiya, sut bezlarini dag‘allashishi, tana vaznini oshishi.
Allergik reaktsiyalar teri toshmalari, qichishish, shilliq qavatlarni qurishi, burun shilliq qavatining shishi.
Qon yaratish tizimi tomonidan trombotsitopenik purpura.
Nojo‘ya ko‘rinishlari doza kamaytirilganida yoki preparatni qabul qilishda qisqa muddatli tanaffusdan (1-3 kun) so‘ng o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Rauvolfiya alkaloidlariga individual yuqori sezuvchanlik; arterial gipotenziya, yurak yetishmovchiligi, yurakning organik shikastlanishlari, bradikardiya, aortal nuqsonlar, yaqqol serebral ateroskleroz, depressiya, tutqanoq, parkinsonizm, zo‘rayish bosqichidagi me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, nefroskleroz, bronxial astma, feoxromotsitoma, elektr tirishishli davolashda (elektr tirishishli davolashni o‘tkazishdan kamida 7 kun oldin preparatni bekor qilish lozim) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda qo‘zg‘alish va gipertenziya rivojlanishi mumkin. Raunatinning antigipertenziv ta'siri boshqa antigipertenziv vositalar (tiazidli diuretiklar, -adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari, kaltsiy ionlarining antagonistlari) bilan qo‘llanganida kuchayadi. Alkogol barbituratlar, antidepressantlarning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta'sirini kuchaytiradi. Angishvonagul preparatlari yoki xinidin raunatin bilan bir vaqtda qo‘llanganida aritmiya chaqirishi mumkin. Parkinsonizmga qarshi vositalar va simpatomimetiklarning samaradorligini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bilan davolash shifokorning kuzatuvi ostida o‘tkazilishi lozim. Stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda yurak sohasidagi og‘riq kuchayishi mumkin.
Rejalashtirilgan jarrohlik aralashuvi oldidan operatsiyalardan bir necha kun oldin preparatni qabul qilishni to‘xtatish lozim. Umumiy narkoz ostida shoshilinch operatsiyaning zarurati holatida, raunatin qabul qilayotgan bemorlarga atropin bilan premedikatsiya qilish lozim.
Elektroimpuls terapiyasi seansi oldidan preparatni qo‘llash mumkin emas.
Rauvolfiya alkaloidlari ovqat hazm qilish yo‘llarida motorika va sekretsiyani oshirishi tufayli, me'da yara kasalligi bo‘yicha anamnestik ma'lumotlari bo‘lgan bemorlarda preparat qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Shuningdek, preparatni holsizlangan bemorlarda va keksa yoshdagi patsiyentlarda; buyrak yetishmovchiligida, o‘t-tosh kasalligida, aritmiyada, yaqinda miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Agar patsiyentda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik aniqlangan bo‘lsa, ushbu preparatni qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Bolalar. Preparatni bolalarda qo‘llash bo‘yichama'lumotlar yo‘q.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi. Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas, chunki alkaloid rezerpin yo‘ldosh orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. Preparatni emizish vaqtida qo‘llashning zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish lozim.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Preparat tezkor reaktsiyalarga patsiyentning qobiliyatini izdan chiqarishi mumkin, ayniqsa davolashni boshida, shuning uchun preparat bilan davolanish kursi vaqtida patsiyentlar yuqori diqqat va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlaridan saqlanishlari lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘p terlash, umumiy holsizlik va yaqqol arterial gipotenziya. Og‘ir holatlarda qisqa davrli eyforiyadan so‘ng uyquchanlik, gipodinamiya, og‘ir depressiya (o‘z joniga qasdga olib kelishi mumkin), yaqqol parkinsonizm ko‘rinishlari, xushni yo‘qotish, koma, tirishish, nafasni susayishi, gipotermiya rivojlanadi.
Davolash me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish. Jadallashtirilgan diurez ko‘rsatilgan. Arterial bosimi yaqqol pasayganida, kollapsda bemorning oyoqlarini biroz ko‘tarib o‘tqiziladi; zarurati bo‘lganida vena ichiga angiotenzinamidni yoki 2% li noradrenalin gidrotartrati eritmasini qo‘shib, reopoliglyukinni yoki mezatonni yuborish ko‘rsatilgan. O‘pka shishini rivojlanish xavfi tufayli, adrenomimetik vositalari ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Teri ostiga 10% li kofein-benzoat natriy eritmasini yuboriladi. Nafasni keskin susayishi yoki uni tutilishi, nafas yo‘llaridan shilliqni so‘rib chiqarishni, intubatsiya va o‘pkaning sun'iy ventilyatsiyasi, oksigenoterapiyani o‘tkazishni talab qiladi.
Raunatin va rauvolfinning boshqa preparatlari bilan zaharlanishda maxsus antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar №10, №20, №10x5 blisterlar korobkada; №10, №20 blisterlarda.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmatsevticheskaya kompaniya «Zdorovye» Ma'suliyati cheklangan jamiyati.
Ishlab chiqaruvchi
ning joylashgan joyi va faoliyat ko‘rsatuvchi joyning manzili.
61013, Xarkov vil., Xarkov shahri, Shevchenko ko‘chasi, 22 uy.
Sifati bo‘yicha shikoyatlarni (takliflarni) qabul qiluvchi tashkilot
«Dori-Darmon», AK
O‘zbekiston Respublikasi, 100021, Toshkent shahri, Chorsu maydoni, 21
Tel. 120-38-23
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.