Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Valodip tab. 10 mg / 160 mg №30
Nomi | Narx | |||||
Валодип таб. 10мг/160мг №30 (36510524##2 238) |
UZS 134 000
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амлодипин, валсартан
Страна производитель
Словения
Дозировка
10 мг/160 мг
Производитель
КРКА d.d.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Valodip.
Ta'sir etuvchi modda (XPN) amlodipin + valsartan
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Ta'sir etuvchi moddalar
1 tabletka 5 mg+80 mg 5 mg amlodipin (amlodipin besilat) va 80 mg valsartan.
1 tabletka 5 mg+160 mg 5 mg amlodipin (amlodipin besilat) va 160 mg valsartan.
1 tabletka 10 mg+160 mg 10 mg amlodipin (amlodipin besilat) va 160 mg valsartan.
Yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, mannitol, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi.
Plyonka qobiq opadray II oq, temir II oksidi bo‘yovchisi Ye172.
Ta'rifi
5 mg+80 mg li tabletkalar dumaloq, ikki yoqlama biroz qavariq, to‘q dog‘lari bo‘lishi mumkin bo‘lgan jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, faskali tabletkalar.
5 mg+160 mg li tabletkalar oval, ikki yoqlama qavariq, to‘q dog‘lari bo‘lishi mumkin bo‘lgan jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
10 mg+160 mg li tabletkalar oval, ikki yoqlama qavariq, jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
majmuaviy gipotenziv vosita (“sekin” kaltsiy kanallarning blokatori + angiotenzin II retseptorlarining antagonisti).
ATX kodi S09DB01.
Farmakologik xususiyatlari
Arterial bosimni (AB) nazorat qilish bo‘yicha bir birini to‘ldiruvchi mexanizmga ega ikki faol moddani saqlovchi majmuaviy gipotenziv preparat. Amlodipin, digidropiridinning hosilasi, “sekin” kaltsiy kanallarining blokatorlari sinfiga, valsartan - angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari sinfiga kiradi. Bukomponentlarning majmuasi o‘zaro to‘ldiruvchi gipotenziv ta'sirga ega, bu ular alohida qo‘llangandagi AB ganisbatan, AB ni yaqqolroq pasayishiga olib keladi.
Farmakodinamika
si
Amlodipin/Valsartan
Amlodipin va valsartan majmuasi additiv va terapevtik dozalar diapozonida AB ni dozaga bog‘liq pasaytiradi. Amlodipin/valsartan majmuasining bir dozasi qabul qilinganda gipotenziv samara 24 soat davomida saqlanadi.
Asoratlarsiz yumshoq va o‘rtacha arterial gipertenziyasi (o‘rtacha diastolik AB (DAB)
≥95 mm sim. ust. va <110 mm sim. ust.) bo‘lgan patsiyentlarda, amlodipin/valsartan majmuasining platseboga nisbatan klinik samaradorligi isbotlangan.
DAB) ≥110 mm sim. ust. va <120 mm sim. ust. bo‘lgan arterial gipertenziyada “o‘tirgan” holatdagi AB ni pasayishi, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitori va tiazid diuretik majmuasini qo‘llangandagi bilan bir hil bo‘lgan.
Gipotenziv samara uzoq muddat saqlanadi. Preparatni qabul qilishni birdan to‘xtatish, AB ni keskin oshishi bilan birga kechmaydi (“bekor qilish” sindromi yo‘q).
Terapevtik samara patsiyentining yoshiga, jinsiga va tana vazni indeksiga bog‘liq emas.
Amlodipin/valsartan bilan majmuaviy davolash o‘tkazilganda, ilgari amlodipin bilan davolash fonida ABni ilgari erishilgan nazorati va yaqqol periferik shishlari bo‘lgan patsiyentlarda periferik shishlarni kamroq rivojlanish ehtimoli bilan birga arterial bosimni qiyosiy nazoratiga erishiladi.
Amlodipin
Amlodipin - digidropiridin hosilasi, SKKB, antianginal va gipotenziv ta'sir ko‘rsatadi. Kardiomiotsitlar va qon tomirlarining silliq mushak xujayralariga kaltsiy ionlarinni membranalar orqali kirishini ingibitsiya qiladi. Amlodipinning gipotenziv ta'sir mexanizmi qon tomirlarining silliq mushaklariga bevosita bo‘shashtiruvchi ta'siri bilan bog‘liq, bu periferik qon tomirlar qarshiligi (UPQTQ) va AB ni pasayishiga olib keladi.
Amlodipin terapevtik dozalarda arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda qon tomirlarini kengayishini chaqiradi, bu AB ni pasayishiga olib keladi (“yotgan” va “turgan” xolatlarda). Amlodipin davomli qo‘llangandagi AB ni pasayishi yurak qisqarishlari sonini (YuQS)va qon plazmasida katexolaminlarning kontsentratsiyasini jiddiy o‘zgarishlari bilan kechmaydi.
Qon plazmasidagi amlodipinning kontsentratsiyasi yosh patsiyentlarda ham, keksa yoshli patsiyentlarda ham, klinik samaraga mos keladi.
Buyrak faoliyati normal bo‘lgan arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda amlodipin terapevtik dozalarda, buyrak qon tomirlarining qarshiligini kamayishiga va kalava filtratsiyasi tezligini oshishiga va filtratsion fraktsiyani o‘zgarishisiz yoki proteinuriyasiz samarali buyrak qon oqimiga olib keladi.
Amlodipin, boshqa SKKB kabi, yurakning chap qorinchasi (ChQ) faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlarda tinch holatda va jismoniy yuklamada (yoki rag‘batlantirishda) yurak faoliyatining gemodinamik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini ChQ (dP / dt) bosimni oshishini maksimal tezligiga yoki yakuniy diastoik bosimga (ChQ YaDB) yoki SQ yakuniy diastolik xajmga (ChQ YaDX) axamiyatli ta'sir qilmay, yurak indeksini ahamiyatsiz oshishini chaqiradi. Amlodipinni terapevtik dozalar doirasida qo‘llash, xatto beta-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ham, manfiy inotrop samara chaqiradi.
Amlodipin intakt xayvonlar va odamlarda sinoatrial tugun faoliyatini yoki atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni o‘zgartirmaydi. Arterial gipertenziyasi yoki stenokardiyasi bo‘lgan patsiyentlarda amlodipinni beta-adrenoblokatorlar bilan qo‘llash EKG da noxush o‘zgarishlar bilan birga kechmagan.
Stabil zo‘riqish stenokardiyasi, vazospastik stenokardiyasi va koronar arteriyalarning angiografik tasdiqlangan shikastlanishi bo‘lgan patsiyentlarda amlodipinning klinik samaradorligi isbotlangan.
Valsartan
Valsartan ichga qabul qilish uchun, oqsil tabiatga ega bo‘lmagan angiotenzin II retseptorlarning (AT1 tur) selektiv antagonisti xisoblanadi.
Angiotenzin II ning samaralariga javobgar bo‘lgan AT1 kichik tur retseptorilarni tanlab bloklaydi. Valsartan ta'siri ostidagi AT1 retseptorlarning blokadasi oqibatida angiotenzin II ning kontsentratsiyasini oshishi, bloklanmagan AT2 kichik tur retseptorlarini rag‘batlantirishi mumkin, ular AT1 retseptorlar rag‘batlantirilgandagi samaralarga qarshi ta'sir qiladi. Valsartan AT1 retseptorlarga nisbatan agonistik faollikka ega emas, Valsartinning AT1 kichik tur retseptorlariga yaqinligi, AT2 kichik tur retseptorlariga nisbatan 20 000 marta yuqoridir.
Valsartan shuningdek kinaza II sifatida ma'lum bo‘lgan AAF ni ingibitsiya qilmaydi, u angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylanishini oldini oladi va bradikininni parchalaydi. AAF ga ta'siri yo‘qligi tufayli, bradikininning yoki R substantsiyasining samaralari potentsiyalanmaydi, shuning uchun angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari qabul qilinganda quruq yo‘tal rivojlanishining ehtimoli kam. Valsartan bilan davolashda quruq yo‘tal rivojlanishining tez-tezligi, AAF ingibitorlarini qo‘llash bilan solishtirilganda sezilarli darajada pastligi isbotlangan. Valsartan yurak-qon tomir tizimining faoliyatini boshqarilishida ishtirok etuvchi boshqa gormonlarning retseptorlari yoki ionli kanallar bilan o‘zaro ta'sirga kirishmaydi va bloklamaydi.
Arterial gipertenziyada valsartan YuQS ga ta'sir qilmay, AB ni pasaytiradi.
Valsartanning bir martalik dozasi ichga qabul qilinganidan keyin gipotenziv samara 2 soat davomida rivojlanadi, AB ni maksimal pasayishiga esa, 4-6 soat davomida erishiladi.
Valsartanning gipotenziv samarasi u qabul qilinganidan keyin 24 soat davomida saqlanadi. Valsartan takroriy qabul qilinganda AB ni maksimal pasayishiga, dozadan qat'iy nazar, 2-4 hafta o‘tgach erishiladi va uzoq muddatli davolash davomida erishilgan darajada tutib turiladi. Valsartanni qabul qilishni birdan to‘xtatish AB ni axamiyatli oshishi yoki boshqa noxush ko‘rinishlar (“bekor qilish” sindromi) bilan birga kechmaydi.
Farmakokinetikasi
To‘g‘ri proportsionallik
Amlodipin va valsartanning farmakokinetikasi to‘g‘ri proportsionallik bilan xarakterlanadi.
Amlodipin/Valsartan
Amlodipin/valsartan majmuasi ichga qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi valsartan va amlodipinning maksimal kontsentratsiyasi (Smax) ga muvofiq 3 soat va 6-8 soat o‘tgach erishiladi. So‘rilish tezligi va darajasi, ularning xar biri alohida qabul qilingandagi valsartan va amlodipinning biokiraolishligiga ekvivalentdir.
Amlodipin
So‘rilishi ichga qabul qilingandan keyin amlodipin me'da-ichak yo‘llaridan (MIY) sekin so‘riladi. Smax ga 6-12 soat o‘tgach erishiladi. Mutloq biokiraolishligi 64-80% ni tashkil qiladi. Biokiraolishi ovqat qabul qilishga bog‘liq emas.
Taqsimlanishi taqsimlanish hajmi taxminan 21 l/kg ni tashkil qiladi. In vitro ma'lumotlar bo‘yicha qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 97,5% ni tashkil qiladi.
Biotransformatsiyasi amlodipin jigarda nofaol metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan jadal (taxminan 90%) metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi amlodipin qon plazmasidan yarim chiqrilishining (T1/2) 30 dan 50 soatgacha terminal davri bilan, ikki bosqichda chiqariladi. Qon plazmasidagi muvozanat kontsentratsiyasiga ichga davomli qo‘llangandan keyin 7-8 kun davomida erishiladi. 10% o‘zgarmagan amlodipin va 60% amlodipin metabolitlari ko‘rinishida buyrak orqali chiqariladi.
Valsartan
So‘rilishi valsartan ichga qabul qilingandan keyin Smax ga 24 soat o‘tgach erishiladi. O‘rtacha mutloq biokiraolishligi 23% ni tashkil qiladi. Valsartan ovqat bilan qabul qilinganda biokiraolishini (“kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon qiymati bo‘yicha (AUC)) taxminan 40% ga, Smax esa - taxminan 50% ga pasayishi aniqlanadi. Ichga qabul qilingandan keyin taxminan 8 soat o‘tgach, valsartanning plazmadagi kontsentratsiyalari, ovqat bilan qabul qilgan patsiyentlar guruxida va och qoringa qabul qilgan guruxda tenglashadi. AUC ni kamayishi klinik ahamiyatli xisoblanmaydi, shuning uchun valsartanni ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin.
Taqsimlanishi vena ichiga yuborilgandan keyin muvozanat holati davridagi valsartanning taqsimlanish hajmi taxminan 17 soatni tashkil qiladi, bu valsartanni to‘qimalarda ekstensiv taqsimlanmasligini ko‘rsatadi. Valsartan qon plazmasi oqsillari sezilarli darajada (94-97%) bilan, asosan zardob albumini bilan bog‘lanadi.
Biotransformatsiyasi valsartan yaqqol metabolizmga uchramaydi. Qabul qilingan dozaning faqatgina 20% qon plazmasida metabolitlari ko‘rinishida aniqlanadi. Gidroksilli metaboliti qon plazmasida past kontsentratsiyalarda aniqlanadi (valsartan AUC 10% dan kamroq). Bu metabolit farmakologik faol emas.
Chiqarilishi valsartan ikki fazada chiqariladi 1 soatdan kamroq yarim chiqarilish (T1/2a) davri bilan ά-faza va T1/2β) - taxminan 9 soat bilan β-faza. Valsartan asosan o‘zgarmagan holda safro bilan ichak orqali (taxminan 83%) va buyrak orqali (taxminan 13%) chiqariladi. Vena ichiga yuborilgandan keyin, valsartanning plazma klirensi taxminan
2 l/soat ni tashkil qiladi va uning buyrak klirensi 0,62 l/soat ni tashkil qiladi (umumiy klirensdan taxminan 30%). Valsartanning T1/2 6 soatni tashkil qiladi.
Alohida guruh patsiyentlaridagi farmakokinetikasi
Bolalar (18 yoshgacha bo‘lgan)
Bu guruh patsiyentlarda preparatni qo‘llash bo‘yicha farmakokinetik ma'lumotlar yo‘q.
Keksa yoshli (65 yoshdan oshgan) patsiyentlar
Yosh patsiyentlar va keksa yoshli patsiyentlarda qon plazmasida amlodipinning Smax (TSmax) ga erishish vaqti bir xil. Keksa yoshli patsiyentlarda amlodipinning klirensi pasayish moyilligiga ega, bu AUC va T1/2 ni oshishiga olib keladi.
Keksa yoshli patsiyentlarda valsartanning tizimli ta'sirining o‘rtacha qiymati (AUC), yosh patsiyentlarga nisbatan 70% ga ortiq, shuning uchun dozani oshirishda ehtiyotkorlik talab etiladi.
Buyrak faoliyatini buzilishi
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda farmakokinetik parametrlar o‘zgarmaydi. Valsartanning buyrak klirensi qon plazmasidagi umumiy kliriyensining bor-yo‘g‘i taxminan 30% ni tashkil qiladi, shuning uchun buyrak faoliyati va valsartanning tizimli ta'siri (AUC qiymati bo‘yicha) orasida korrelyatsiya aniqlanmagan.
Buyrak faoliyatini yengil va o‘rtacha darajada buzilishlari (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30-50 ml) bo‘lgan patsiyentlarda boshlang‘ich dozani o‘zgartirish talab etilmayli.
Jigar faoliyatini buzilishi
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash tajribasi cheklangan. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar amlodipinning past klirensiga ega bo‘ladilar, bu AUC ni taxminan 40-60% olib keladi. O‘rtacha, jigar faoliyatini yengil (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 5-6 ball) va o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7-9 ball) buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, muvofiq yosh, jins va tana vazni bo‘lgan sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan valsartanning biokiraolish darajasi (AUC qiymati bo‘yicha) ikki marta yuqori bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Arterial gipertenziya (majmuaviy davolash ko‘rsatilgan patsiyentlarda).
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, oz miqdordagi suv bilan birga, ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar, sutkada 1 marta qabul qilinadi.
Tavsiya etiladigan sutkalik doza - Valodip preparatining 5/80 mg, 5/160 mg yoki 10/160 mg amlodipin/valsartan majmuasini saqlovchi 1 tabletkasini tashkil etadi.
Valodip preparatini qabul qilishni sutkada 1 marta 5/80 mg dozadan boshlash lozim. Dozani davolash boshlangandan keyin 1-2 hafta o‘tgach oshirish mumkin.
Maksimal sutkalik doza - 5/320 mg (valsartanga qayta hisoblaganda) yoki 10/160 mg (amlodipinga qayta hisoblaganda) yoki 10/320 mg.
Alohida guruh patsiyentlari
Amlodipin
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Keksa yoshli patsiyentlar dozani oshirishda ehtiyotkorlik talab etiladi.
Valsartan
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar buyraklar faoliyatini buzilishi (KK ≥30 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarda boshlang‘ich dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar valsartanni og‘ir jigar yetishmovchiligi, biliar sirrozi va xolestazi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligida valsartanning maksimal sutkalik dozasi - 80 mg ni tashkil etadi. 5/160 mg, 10/160 mg va 10/320 mg dozadagi Valodip preparatini qo‘llash mumkin emas.
Keksa yoshli patsiyentlar dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Jaxon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) nojo‘ya samaralar rivojlanishi tez-tezligining tasnifi
juda tez-tez≥1/10
tez-tez ≥1/100 dan <1/10 gacha
tez-tez emas≥1/1000 dan <1/100 gacha
kamhollarda≥1/10000 dan <1/1000 gacha
juda kamhollarda <1/10000 dan boshlab
tez-tezligi noma'lum mavjud bo‘lgan ma'lumotlar asosida aniqlash mumkin emas
Valodip preparati
Infektsion va parazitar kasalliklar
tez-tez nazofaringit, gripp.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan
tez-tez gipokaliyemiya.
tez-tez emas anoreksiya, giperkaltsiyemiya, giperlipidemiya, giperurikemiya, giponatriyemiya.
Ruxiyatni buzilishi
kam hollarda xovotirlik.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
tez-tez bosh og‘rig‘i.
tez-tez emas koordinatsiyani buzilishi, bosh aylanishi, postural bosh aylanishi, parasteziya, uyquchanlik.
Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar
tez-tez emas ko‘rishni yomonlashishi.
kam hollarda ko‘rishni buzilishi.
Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari
tez-tez emas vertigo.
kam hollarda quloqlarni shang‘illashi.
Yurak tomonidan buzilishlar
tez-tez emas yurak urishini his qilish, taxikardiya.
kam hollarda xushdan ketish.
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar
tez-tez emas ortostatik gipotenziya.
kam hollarda AB ni yaqqol pasayishi.
Nafas tizimi, ko‘krak fafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar
tez-tez emas yo‘tal, tomoq va xalqumda og‘riq.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
tez-tez emas diareya, ko‘ngil aynishi, qorinda noqulaylik xissi, qorinning yuqori qismida og‘riq, qabziyat, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini quruqligi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
tez-tez emas eritema, teri toshmasi.
Kam hollarda ekzantema, gipergidroz, terini qichishishi.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
tez-tez emas artralgiya, belda og‘riq, bo‘g‘imlarni shishi.
Kam hollarda mushak spazmlari, butun tanada og‘irlik xissi.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda pollakiuriya, poliuriya.
Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda erektil disfunktsiya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
tez-tez asteniya, yuqori charchoqlik, yuzni shishi, yuz terisiga qonni “oqib klishi” xissi, shishlar, periferik shishlar, kekirish.
Qo‘shimcha ma'lumotlar
Amlodipin/valsartan majmuasini olayotgan patsiyentlarda periferik shishlar, faqat amlodipin bilan davolangan (9%) patsiyentlardagiga qaraganda, kamroq (5,8%) uchragan.
Amlodipin
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar
juda kam hollarda leykopeniya, ba'zida purpura bilan kechuvchi trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar
juda kam hollarda giperglikemiya.
Ruxiyatnibuzilishlari
tez-tez emas depressiya, uyqusizlik/uyquni buzilishi, kayfiyatni beqarorligi.
Kam hollarda ongni chalkashishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
tez-tez bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik.
tez-tez emas ta'mni buzilishi, paresteziya, xushdan ketish, tremor, gipesteziya.
juda kam mushak gipertonusi, periferik neyropatiya, neyropatiya.
tez-tezligi noma'lum ekstrapiramid buzilishlar.
Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar
tez-tez emas ko‘rishni yomonlashishi, ko‘rishni buzilishi.
Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari
tez-tez emas quloqlarni shang‘illashi.
Yurak tomonidan buzilishlar
tez-tez yurak urishini xis qilish.
juda kam hollarda aritmiyalar (shu jumladan bradikardiya, qorincha taxikardiyasi va bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi) va miokard infarkti.
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar
tez-tez yuz terisiga qonni “oqib kelishi” xissi, AB ni yaqqol pasayishi.
juda kam hollarda vaskulit.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar
tez-tez emas xansirash rinit.
juda kam hollarda yo‘tal.
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
tez-tez ko‘ngil aynishi, qorinda noqulaylik xissi, qorinning yuqori qismida og‘riq.
tez-tez emas axlatni o‘zgarishi, diareya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, dispepsiya, qusish.
Kam hollarda gastrit, milklarning giperplaziyasi, pankreatit.
Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
juda kam hollarda jigar fermentlari “faolligini” oshishi (ko‘pincha xolestaz ko‘rinishlari bilan), qon plazmasida bilirubin kontsentratsiyasini oshishi, gepatit, jigar ichki xolestazi, sariqlik.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
tez-tez emas alopetsiya, ekzantema, eritema, fotosezuvchanlik reaktsiyasi, terini qichishishi, gipergidroz, purpura, teri toshmasi, teri rangini o‘zgarishi.
juda kam hollarda ko‘pshaklli eritema, eshakemi, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, angionevrotik shish.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
tez-tez to‘piqlarni shishi.
tez-tez emas artralgiya, belda og‘riq, mushak spazmlari, mialgiya.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
tez-tez emas siyishni buzilishi, nikturiya, pollakiuriya.
Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar
tez-tez emas erektil disfunktsiya, ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
tez-tez kuchli toliqish, periferik shishlar.
tez-tez emas asteniya, diskomfort, lohaslik, yurakda nokardiogen og‘riq, og‘riq.
Laborator va instrumental ma'lumotlar
Tez-tez emas tana vaznini pasayishi/oshishi.
Valsartan
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar
tez-tezligi noma'lum gemoglobin va gematokritni pasayishi, leykopeniya, neytropeniya, ba'zida purpura bilan kechuvchi trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi.
Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari
tez-tez emas vertigo.
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar
tez-tezligi noma'lum vaskulit.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar
tez-tez emas yo‘tal.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
tez-tez emas qorinda noqulaylik hissi, qorinning yuqori qismida og‘riq.
Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
tez-tezligi noma'lum jigar fermentlari “faolligini” oshishi, qon plazmasida bilirubin kontsentratsiyasini oshishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan
tez-tezligi noma'lum terini qichishishi, teri toshmasi, angionevrotik shishi.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
tez-tezligi noma'lum mialgiya.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
tez-tezligi noma'lum qon plazmasida kreatinin kontsentratsiyasini oshishi, buyrak faoliyatini buzilishi, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
tez-tez emas kuchli toliqish.
Laborator va instrumental ma'lumotlar
tez-tezligi noma'lum qon zardobida kaliy miqdorini oshishi.
Preparatning komponentlari xaqida qo‘shimcha ma'lumotlar
Komponentlardan xar biri qo‘llanganda ilgari xabar berilgan noxush ko‘rinishlar, xatto agar ular klinik tadqiqotlarda kuzatilmagan bo‘lsada, Valodip preparati qo‘llanganda o‘rin tutishi mumkin.
Amlodipin
tez-tez uyquchanlik, bosh aylanishi, yurak urishini xis qilish, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, to‘piqlarni shishi;
tez-tez emas uyqusizlik, kayfiyatni o‘zgaruvchanligi (shu jumladan xavotirlik), depressiya, tremor, ta'mni buzilishi, xushdan ketish, gipesteziya, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan diplopiya), quloqlarni shang‘illashi, AB ni yaqqol pasayishi, hansirash, rinit, qusish, dispepsiya, alopetsiya, purpura, teri rangini o‘zgarishi, gipergidroz, terini qichishishi, ekzantema, mialgiya, mushaklarni tirishishi, og‘riq, siyishni buzilishi, siyishni tezlashishi, impotentsiya, ginekomastiya, ko‘krakda og‘riq, lohaslik, tana vaznini oshishi, tana vaznini kamayishi;
kam hollarda ongni chalkashishi;
juda kam hollarda leykopeniya, trombotsitopeniya, allergik reaktsiyalar, giperglikemiya, mushak gipertonusi, periferik neyropatiya, miokard infarkti, aritmiyalar (shu jumladan bradikardiya, yurak qorinchasi taxikardiyasi va bo‘lmachalari fibrillyatsiyasi), vaskulit, pankreatit, gastrit, milklarning giperplaziyasi, gepatit, sariqlik, “jigar” fermentlari faolligini oshishi (ko‘proq xolestaz oqibatida), angionevrotik shishi, ko‘p shakilli eritema, eshakemi, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, fotosezuvchanlik. Ekstrapiramid sindromning aloxida xollari ta'riflangan.
Valsartan
tez-tezligi noma'lum gemoglobin va gematokritni pasayishi, neytropeniya, trombotsitopeniya, qon zardobida kaliy miqdorini oshishi, “jigar” fermentlari faolligini oshishi, qon plazmasida bilirubin kontsentratsiyasini oshishi, buyrak faoliyatini buzilishi, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi, angionevrotik shish, mialgiya, vaskulit, o‘ta yuqori sezuvchanlik, shu jumladan zardob kasalligi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Amlodipinga, digidropiridin qatorining boshqa hosilalariga, valsartanga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• Og‘ir jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 ball), biliar sirroz va xolestaz;
• Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam), gemodializda bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash;
• Qandli diabeti yoki buyrak faoliyatini buzilishi (KK minutiga 60 ml), bo‘lgan patsiyentlarda aliksiren bilan bir vaqtda qo‘llash;
• Homiladorlik va emizish davri;
• Og‘ir arterial gipotenziya (sistolik AB 90 mm sim. ust past);
• Shok (shu jumladan kardiogen shok);
• Yurakning chap qorinchasi chiqaruv yo‘lining obstruktsiyasi (shu jumladan gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya (GOKMP) va og‘ir darajali aortal stenoz;
• O‘tkir miokard infarktidan keyingi gemodinamik beqaror yurak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas;
• Birlamchi giperaldosteronizm.
Buyrak transplantatsiyasini o‘tkazgan patsiyentlarda, shuningdek bolalar va 10 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda Valodip preparatini qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan.
Ehtiyotkorlik bilan jigar faoliyatini yengil (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 5-6 ball) va o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7-9 ball) og‘irlik darajasidagi buzilishi, shuningdek o‘t yo‘llarining obstruktiv kasalliklarida, buyraklar faoliyatini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi (KK minutiga 30-50 ml) buzilishlari, buyrak arteriyalarining bir yoki ikki tomonlama stenozi yoki yagona buyrak arteriyasining stenozi, NYHA tasnifi bo‘yicha III-IV funktsional sinf surunkali yurak yetishmovchiligi, giperkaliyemiya, giponatriyemiya, osh tuzini iste'mol qilish cheklangan parxez, aylanayotgan qon hajmini (AQX) kamayishi (shu jumladan diareya, qusish), nasliy angionevrotik shishi yoki angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari (AAF II) bilan avval o‘tkazilgan davolash fonidagi shishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak.
Shuningdek, boshqa vazodilatatorlar qo‘llanganida bo‘lgani kabi yengil va o‘rtacha darajadagi mitral va aortal stenozi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanganida o‘ziga xos ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Valodip preparati
Valodip (amlodipin/valsartan) preparati uchun dorilarning umumiy o‘zaro ta'siri
Diqqatni talab etuvchi bir vaqtda qo‘llanadigan vositalar
Boshqa gipotenziv preparatlar (masalan, alfa-adrenoblokatorlar, diuretiklar) va gipotenziv ta'sir ko‘rsatuvchi dori vositalari (masalan, tritsiklik antidepressantlar, prostata bezini xavfsiz giperplaziyasini davolash uchun alfa-adrenoblokatorlar), gipotenziv samarani kuchaytirishi mumkin.
Amlodipin uchun dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llash noxush hisoblangan vositalar
Greypfrut yoki greypfrut sharbati ayrim patsiyentlarda biokiraolishligini oshishi mumkinligini va gipotenziv ta'sirini kuchayishini xisobga olib, bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ehtiyotkorlikni talab etuvchi bir vaqtda qo‘llanadigan vositalar
CYP3A4 izofermenti ingibitorlari
CYP3A4 izofermentining kuchli yoki o‘rtacha ingibitorlari (proteaza ingibitorlari, verapamil yoki diltiazem bilan, azol guruhi zamburug‘larga qarshi dori vositalari, eritromitsin yoki klaritromitsin kabi makrolidlar bilan) bir vaqtda qo‘llash, amlodipinning tizimli ekspozitsiyasini axamiyatli oshishiga olib kelishi mumkin. Keksa yoshli patsiyentlarda bu o‘zgarishlar klinik ahamiyatga ega, shuning uchun tibbiy kuzatuv va dozaga tuzatish kiritish zarur.
CYP3A4 izofermentining induktorlari (tirishishga qarshi preparatlar (masalan, karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, fosfenitoin, primidon), rifampitsin, teshik dalachoy saqlovchi o‘simlik preparatlari) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bir vaqtda qo‘llanganda qon plazmasida amlodipinning kontsentratsiyasi pasayishi mumkin.
Simvastatin
Amlodipin 10 mg dozada va simvastatinni 80 mg dozada bir vaqtda takroran qo‘llash, simvastatin bilan monoterapiyadagi xuddi shunday holatga nisbatan, simvastatinning ekspozitsiyasini 77% ga oshiradi. Amlodipin olayotgan patsiyentlarga simvastatinni sutkada 20 mg dan ko‘p bo‘lmagan dozasini qo‘llash tavsiya etiladi.
Dantrolen (vena ichiga yuborish) xayvonlardagi eksperimentlarda verapamil ichga qabul qilingandan va dantrolen vena ichiga yuborilgandan keyin o‘lim bilan yakunlanuvchi fibrillyatsiya hollari va giperkaliyemiya bilan assotsiatsiyalangan yurak-qon tomir yetishmovchiligi hollari kuzatilgan. Giperkaliyemiya rivojlanishi xavfini xisobga olib, xavfli gipertermiya rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda “sekin” kaltsiya kanallarining blokatorlarini, shu jumladan amlodipinni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Diqqatni talab etuvchi bir vaqtda qo‘llanadigan vositalar
Boshqalar
Klinik tadqiqotlarda amlodipin tiazid diuretiklar, alfa-adrenoblokatorlar, beta-adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari, uzoq ta'sir etuvchi nitratlar, til ostiga qo‘llash uchun nitroglitserin, digoksin, varfarin, atorvastatin, sildenafil, maaloks (alyuminiy- yoki magniy saqlovchi antatsid preparatlar, semitikon), simetidin, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP), antibiotiklar va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar bilan ahamiyatli o‘zaro ta'sirga kirishmaydi.
Valsartan uchun dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llash mumkin emas
Qandli diabeti va buyrak faoliyatini buzilishi (KK minutiga 60 ml dan kam) bo‘lgan patsiyentlarda, ARA II, shu jumladan valsartan yoki AAF ingibitorlarini aliksiren bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Bir vaqtda qo‘llash noxush hisoblangan vositalar
Litiy
Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki qon plazmasida litiyning kontsentratsiyasini qaytuvchan oshishi va intoksikatsiya rivojlanishi mumkin. Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida, qon plazmasida litiyning kontsentratsiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Kaliyni tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari,kaliy saqlovchi ozuqa qo‘shimchalari va qon zardobida kaliy miqdorini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalari va moddalar (masalan, geparin).
Kaliyning miqdoriga ta'sir qiluvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida, qon plazmasida kaliyning miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi bir vaqtda qo‘llanadigan vositalar
NYaQP, shu jumladan siklooksigenaza 2 (TSOG-2) ning selektiv ingibitorlari va sutkada 3 g dan ortiq dozadagi atsetilsalitsil kislotasi va noselektiv NYaQP.
Bir vaqtda qo‘llanganda gipotenziv samarani susayishi, buyrak faoliyatini buzilishlarini rivojlanish xavfini oshishi va qon plazmasida kaliy miqdori oshishi mumkin. Davolashni boshida buyrak faoliyatini baxolash, shuningdek suv-elektrolit balansi buzilishlarini muvofiqlashtirish tavsiya etiladi.
Olib o‘tuvchi- oqsillarning ingibitorlari
In vitro tadqiqotlarning natijalari bo‘yicha valsartan OATR1V1 va MRP2 olib o‘tuvchi oqsillar uchun substrat xisoblanadi. Valsartanni OATR1V1 olib o‘tuvchi oqsillarning ingibitorlari (masalan, rifampitsin, siklosporin) va MRP2 olib o‘tuvchi oqsillarning ingibitori (masalan, ritonavir) bilan bir vaqtda qo‘llash, valsartanning tizimli ekspozitsiyasini (Smax va AUC) oshirishi mumkin. Buni bir vaqtda davolashni boshida va tugashida hisobga olish kerak.
Boshqalar valsartan bilan monoterapiyada quyidagi dori vositalari simetidin, varfarin, furosemid, digoksin, atenolol, indometatsin, gidroxlortiazid, amlodipin va glibenklamid bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sirlar aniqlanmagan
Maxsus ko‘rsatmalar
Giponatriyemiyali va/yoki AQX kamayishi bo‘lgan patsiyentlar
Asoratlanmagan arterial gipertenziyasi bo‘lgan, amlodipin/valsartan majmuasi bilan davolanayotgan patsiyentlarda, 0,4% xollarda yaqqol arterial gipotenziya kuzatilgan.
RAAT faollashgan patsiyentlarda (masalan, diuretiklarning yuqori dozalarini olayotgan, degidratatsiyasi va/yoki giponatriyemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda), angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari qabul qilinganda, simptomatik arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin. Davolashni boshlashdan oldin natriy miqdorini tiklash va/yoki, xususan, diuretiklarning dozasini kamaytirish yo‘li bilan AQX to‘ldirish yoki davolashni sinchkov tibbiy kuzatuv ostida boshlash tavsiya etiladi.
AB ni yaqqol pasayishi rivojlanganda patsiyentning oyoqlarini ko‘tarib, gorizontal holatda yotqizish va, zarurati bo‘lganda 0,9% li natriy xloridi eritmasini vena ichiga infuziyasini o‘tkazish kerak. Valodip preparati bilan davolashni gemodinamik ko‘rsatgichlar barqarorlashgandan keyin davom ettirish mumkin.
Giperkaliyemiya
Kaliyni tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, kaliy saqlovchi biologik faol qo‘shimchalar yoki qon plazmasida kaliy miqdorini oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa preparatlar (masalan, geparin) bilan bir vaqtda qo‘llanganda, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Qon plazmasida kaliy ionlari miqdorini muntazam nazorat qilish kerak.
Buyrak arteriyasining stenozi
Buyrak arteriyasining bir tomonlama yoki ikki tomonlama stenozi yoki yakka buyrak arteriyasining stenozi bo‘lgan patsiyentlarda, mochevina va kreatininning zardobdagi kontsentratsiyalarini oshishi mumkinligini xisobga olib, Valodip preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Buyrak transplantatsiyasidan keyingi xolat
Yaqinda buyrak transplantatsiyasini o‘tkazgan patsiyentlarda amlodipin/valsartan majmuasini qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan.
Jigar faoliyatini buzilishi
Valsartan asosan safro bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Patsiyentlarda T1/2 uzayadi, AUC esa - oshadi. Jigar faoliyatini yongil (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 5-6 ball) yoki o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7-8 ball) buzilishi yoki o‘t yo‘llarining obstruktiv kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda Valodip preparatini qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Buyrak faoliyatini buzilishi
Buyrak faoliyatini yengil va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda Valodip preparatining dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak faoliyatini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qon plazmasida kaliy miqdorini va kreatinin kontsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Buyrak faoliyatini buzilishi (KK minutiga 60 ml dan kam) bo‘lgan patsiyentlarda, ARA II, shu jumladan valsartan, yoki AAF ingibitorlarini aliksiren bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Birlamchi giperaldosteronizm
Birlamsi giperaldosteronizmda RAAT shikastlanishini xisobga olib, bu patsiyentlarga angiotenzin II retseptorlarining antagonistlarini, shu jumladan valsartanni buyurish mumkimn emas.
Angionevrotik shish
Valodip preparati bilan davolash fonida angionevrotik shish (shu jumladan nafas yo‘llarining obstruktsiyasini chaqiruvchi xalqum va tovush boylamlarining shishi va/yoki yuz, lablar, tomoq va/yoki tilning shishi) bo‘lgan patsiyentlar orasida, anamnezida angionevrotik shish, shu jumladan AAF ingibitorlariga ham, shishni rivojlanish hollari kuzatilgan. Angionevrotik shishi rivojlangan hollarda, preparatni darhol bekor qilish va takroran qo‘llash imkoniyatini istisno qilish kerak.
Yurak yetishmovchiligi/o‘tkazilgan miokard infarkti
Buyrak faoliyati RAAT faolligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, og‘ir SYuE), AAF ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari bilan davolash, oliguriya va/yoki azotemiyani o‘sishi, kam hollarda esa - o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va/yoki o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Bunday yakunlanishlar valsartan qo‘llanganda ta'riflangan. SBE yoki o‘tkazilgan miokard infarkti bo‘lgan patsiyentlarda, buyrak faoliyatini doimo baholash kerak.
NYHA tasnifi bo‘yicha noishemik etiologiyali III-IV funktsional sinfi SYuE bo‘lgan patsiyentlarda, amlodipinni qo‘llash, platsebo bilan solishtirganda ikki guruxlar orasida SYuE yomonlashish tez-tezligini ishonchli farqi bo‘lmaganda, o‘pka shishini rivojlanish tez-tezligini oshishi bilan kechgan. “Sekin” kaltsiy kanallarining blokatorlari, shu jumladan amlodipinni, SYuE bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki yurak-qon tomir asoratlarni rivojlanish va o‘lim xavfi oshishi mumkin.
Aortal klapanning yengil va o‘rtacha darajadagi va mitral klapan stenozi
Xar qanday vazodilatatorlar qo‘llanganda bo‘lgani kabi, mitral stenozi va yengil va o‘rtacha darajali aortal stenozi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Amlodipin/valsartan majmuasi faqat arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda o‘rganilgan.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Homiladorlikda Valodipni qo‘llash mumkin emas.
Angiotenzin II antagonistlari retseptorlarining ta'sir mexanizmini xisobga olib, preparat homiladorlikning I uch oyligida qo‘llanganda homila uchun xavfni inkor etish mumkin emas.
Renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga (RAAT) bevosita ta'sir qiluvchi xar qanday boshqa preparat kabi, Valodip preparatini xomiladorlik vaqtida, shuningdek homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda qo‘llash mumkin emas. RAAT ga ta'sir etuvchi vositalar qo‘llanganda, tug‘ruq yoshidagi ayollarni bu preparatlarni homiladorlik vaqtida homilaga salbiy ta'sirining potentsial xavfi borligi xaqida xabardor qilish kerak. Homiladorlik rejalashtirilganda xavfsizlik profilini xisobga olib patsiyentni muqobil gipotenziv davolashga o‘tkazish kerak. Homiladorlik aniqlangan hollarda, Valodip preparatini qabul qilishni to‘xtatish va, zarurati bo‘lganida, muqobil gipotenziv davolashga o‘tkazish kerak.
RAAT ga bevosita ta'sir qiluvchi boshqa vositaldar kabi, Valodip preparatini xomiladorlikning II-III uch oyliklarida qo‘llash mumkin emas, chunki fetotoksik samaralar (buyrak faoliyatini buzilishi, homila bosh suyagini suyaklanishini sekinlashishi, oligogidroamnion) va neonatal toksik samaralar (buyrak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, giperkaliyemiya) va xomilaning o‘limini chaqirishi mumkin. Agar preparat homiladorlikning II-III uch oyliklarida qo‘llangan bo‘lsa, homilaning buyraklarini va bosh suyaklarini ultratovush tekshiruvini o‘tkazish kerak. Onalari Valodip preparatini qo‘llagan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak, chunki yangi tug‘ilgan chaqaloqda arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin.
Emizish davri
Emizish davrida Valodip preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Laktatsiya davrida Valodip preparatini qo‘llash zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Valodip preparati qo‘llanganda transport vositalarini va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa texnik moslamalarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bosh aylanishi, charchoqlik va ko‘ngil aynishi paydo bo‘lishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari hozirgi vaqtda dozani oshirib yuborilishi hollari xaqida ma'lumotlar yo‘q. Valsartanning dozasi oshirib yuborilganda ABni yaqqol pasayishi va bosh aylanishi rivojlanishini kutish mumkin. Amlodipinning dozasi oshirib yuborilganda reflektor taxikardiya va xaddan ziyod vazodilatatsiya rivojlanish extimoli bilan arterial bosimni yaqqol pasayishiga olib kelishi mumkin (yaqqol va turg‘un arterial gipotenziya rivojlanishini xavfi, shu jumladan shok rivojlanishi va o‘lim bilan yakunlanishi mumkin).
Davolash simptomatik, uning xarakteri preparat qabul qilingandan o‘tgan vaqtga, va simptomlarning og‘irlik darajasiga bog‘liq. Doza tasodifan oshirib yuborilganda qusishni chaqirish kerak (agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa) yoki me'dani yuvishni o‘tkazish kerak. Sog‘lom ko‘ngillilarda amlodipin qabul qilingan zaxoti yoki 2 soatdan keyin faollangan ko‘mirni qo‘llash, uni so‘rilishini sezilarli pasayishiga olib kelgan. Valodip preparatini qabul qilish fonidagi AB ni yaqqol pasayishida, patsiyentning oyoqlari ko‘tarilgan holda chalqancha “yotgan” holatga keltirish, yurak-qon tomir tizimining faoliyatini bir maromda tutib turish bo‘yicha choralarni, shu jumladan yurak va nafas tizimlari faoliyatini, AQX va chiqarilayotgan siydik xajmini muntazam nazoratini o‘tkazish yuzasidan, faol choralarni ko‘rishkerak. Qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmaganida qon tomirlari tonusi va AB ni tiklash maqsadida, qon tomirlarni toraytiruvchi vositalarni (ehtiyotkorlik bilan) qo‘llash mumkin. Kaltsiy kanallarining blokadasini bartaraf qilish uchun kaltsiy glyukonati eritmasini vena ichiga yuborish mumkin.
Gemodializ o‘tkazilganda valsartan va amlodipinni chiqarilishi ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg + 80 mg, 5 mg+ 160 mg, 10 mg+ 160 mg
5 mg + 80 mg li tabletaklar
10 yoki 14 tabletkadan blisterda
- 10 tabletkali blister 3, 6 yoki 9 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida;
- 14 tabletkali blister 2 yoki 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida;
5 mg + 160 mg, 10 mg+ 160 mg li tabletaklar
- 7 tabletkali blister 4 yoki 8 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida;
- 10 tabletkali blister 3, 6 yoki 9 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Qayd etish guvohnomasining egasi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmar'eshka sesta 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya.
Ishlab chiqaruvchi
“KRKA-RUS” MChJ, 143500, Rossiya, Moskva viloyati., Istra sh., Moskovskaya ko‘ch., uy 50.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.