Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Valsakor N80 tab. 80mg/12,5mg №28
Nomi | Narx | |||||
Вальсакор Н80 таб. 80мг/12,5мг №28 (DE5550##2 269) |
UZS 72 500
Stokda yetarli (7)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Вальсакор Н80 таб. 80мг/12,5мг №28 (DE5550##2 270) |
UZS 72 500
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Валсартан, гидрохлоротиазид
Страна производитель
Россия
Дозировка
80 мг/12,5мг
Производитель
КРКА d.d.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Nojo‘ya ta'sir
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorilarning o‘zaro ta'siri
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Valsakor N80, Valsakor N160, Valsakor ND160
Xalqaro patentlanmagan nomi
Valsartan/gidroxlorotiazid
Dori shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Har bir Valsakor N80 qobiq bilan qoplangan tabletkasi, 80 mg valsartan va 12,5 mg gidroxlorotiazid saqlaydi. Har bir Valsakor N160 qobiq bilan qoplangan tabletkasi, 160 mg valsartan va 12,5 mg gidroxlorotiazid saqlaydi. Har bir Valsakor ND160 qobiq bilan qoplangan tabletkasi, 160 mg valsartan va 25 mg gidroxlorotiazid saqlaydi. Yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, povidon, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi. Plyonka qobiq Gipromelloza, titan dioksidi (E171), makrogol 4000, bo‘yovchi temir oksidi (E172). Ta'rifi Valsakor N80 oval, ikki yoqlama qavariq, pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Valsakor N160 oval, ikki yoqlama qavariq, qizg‘ish-jigarrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Valsakor ND160 oval, ikki yoqlama qavariq, och-jigarrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
angiotenzin II antagonistlari va diuretiklar. ATX kodi C09DA03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Valsartan Valsartan angiotenzin II retseptorlarining selektiv antagonisti, og‘iz orqali qabul qilinganida faol ta'sir qiladi. U angiotenzin II ning barcha ma'lum bo‘lgan samaralariga javob beruvchi angiotenzin retseptorlarining AT1 kichik turiga nisbatan selektiv ta'sir qiladi. Valsartan tomonidan AT1-retseptorlarini blokadasidan keyin angiotenzin II ning plazmadagi kontsentratsiyasini oshishi, ehtimol AT1-retseptorlarining xususiyatlariga qarama-qarshi xususiyatlarga ega bo‘lgan bloklanmagan AT2 retseptorlarini rag‘batlantirishi mumkin. Valsartan AT2-retseptorlariga qisman antagonizm namoyon qilmaydi va AT2–retseptorlariga nisbatan AT1-retseptorlariga ahamiyatli (taxminan 20000 marta) yaqinlikka ega. Valsartan angiotenzin I dan angiotenzin II ni sintezlanishida ishtirok etuvchi va bradikininni parchalovchi ferment AAF (kinaza II) faolligini susaytirmaydi. Shuning uchun bradikinin bilan bog‘liq nohush samaralar kuzatilmasligi mumkin. Valsartan AAF ingibitori bilan solishtirilgan klinik tadqiqotlarda quruq yo‘talni paydo bo‘lish tez-tezligi valsartan qabul qilgan patsiyentlarda, AAF ingibitorni qabul qilganlar orasidagi patsiyentlarga qaraganda ahamiyatli (R<0,05) kam bo‘lgan (7,9% ga nisbatan muvofiq 2,6%). Anamnezida AAF ingibitorini qabul qilish fonida quruq yo‘tal bo‘lgan patsiyentlar ishtirokidagi tadqiqotlarda, quruq yo‘tal AAF ingibitorini qabul qilgan 68,5% patsiyentga (R<0,05) nisbatan, valsartan qabul qilgan 19,5% va tiazid diuretik qabul qilgan 19,0% odamlarda rivojlangan. Valsartan yurak-qon tomir tizimini boshqarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa gormonal retseptorlar yoki ion kanallari bilan bog‘lanmaydi. Gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda valsartanni qo‘llash, puls tez-tezligini o‘zgarishisiz, arterial bosimni pasayishi bilan kechadi. Ko‘pchilik patsiyentlarda preparatning birinchi dozasi ichga qabul qilinganidan keyin antigipertenziv samara 2 soatdan so‘ng rivojlanadi, bosimni maksimal pasayishi esa 4-6 soatdan so‘ng kuzatiladi. Doza qabul qilinganidan keyin 24 soat davomida antigipertenziv samarasi saqlanadi. Preparatni istalgan dozalarda takroran qabul qilinganida arterial bosimni maksimal pasayishiga odatda 2-4 hafta o‘tgach erishiladi, va erishilgan samara uzoq muddat davomida davolashda saqlanib turadi. Gidroxlorotiazid bilan majmuada bosimni ancha ko‘proq, qo‘shimcha pasayishiga erishiladi. Gidroxlorotiazid Tiazid diuretiklarning ta'sirini asosiy joyi - buyrak nefronlarining distal aylanma naychalaridir. Buyrakning po‘stloq qismida tiazid diuretiklariga yuqori o‘xshashlikka ega bo‘lgan retseptorlarning mavjudligi – ularning asosiy bog‘lanish va distal xalqa sifat naychalarda NaCl ni susayish joyi aniqlangan. Tiazid diuretiklarning ta'sir mexanizmi – Cl- bilan raqobati hisobiga, ehtimol Na+Cl- simportyorning faolligini pasayishi yuz bersa kerak; bunda elektrolitlarning qayta so‘rilishi buziladi – bevosita, natriy va xlorni taxminan teng miqdorlarda chiqarilishini oshishi yo‘li bilan va bilvosita, diuretik samarasi tufayli plazma hajmini kamaytirib, keyinchalik plazmada renin faolligini, aldosteron sekretsiyasini oshishi xamda kaliyni siydik bilan chiqarilishi va zardobda kaliyning darajasini pasayishi bilan buziladi. Valsartan bilan bir vaqtda davolashda, ehtimol, renin-aldosteron-angiotenzin tizimini blokadasi hisobiga, gidroxlorotiazidning ta'siri oqibatidagi kaliyni chiqarilishi kamayadi. Valsartan va gidroxlorotiazid Ko‘p markazli, ikki tomonlama yashirin va parallel guruhlardagi faol nazoratli randomizatsiyalangan tadqiqotlarda arterial bosimni normallashishi (o‘tirgan holatda diastolik AB doza ta'sir minimumida <90 mm sim. ust.) 80 mg valsartan va 12,5 mg gidroxlorotiazid majmuada qo‘llanganda tadqiqotning oxirida 42,6% patsiyentlarda aniqlangan (gidroxlorotiazid bilan samarasiz monoterapiyaga nisbatan). Yana bir ikki tomonlama yashirin va parallel guruhlardagi faol nazoratli randomizatsiyalangan tadqiqotlar 160 mg valsartanni va 12,5 mg yoki 25 mg GXT (gidroxlorotiazid) ning fiksatsiyalangan majmuasi, 160 mg valsartan bilan monoterapiyaga qaraganda, patsiyentlarning ancha ko‘proq qismida AD nazoratini yaxshilashini ko‘rsatgan. Bundan tashqari, 25 mg GXT bilan majmua, GXT ning kamroq dozasi bilan majmuasiga qaraganda, ko‘proq samarali bo‘lgan. Quyidagi klinik samara olingan 160 mg valsartan 49%; 160 mg valsartan+12,5 mg GXT 61,7%; 160 mg valsartan +25 mg GXT 68%. Nazoratli klinik sinovlarda valsartan GXT majmuasida dozaga bog‘liq gipokaliyemiya aniqlangan. Bu xolat 12,5 mg GXT qabul qilingandagiga qaraganda, 25 mg GXT qo‘llanganida ko‘proq rivojlangan. Dozaga bog‘liq ortostatik reaktsiyalar Valsartan + GXT qabul qilgan <1% patsiyentlarda aniqlangan. 80 mg valsartan +12,5 mg GXT dan boshlab to 160 mg valsartan+25 mg GXT gacha turli dozalarni olgan patsiyentlarda dozaga bog‘liq “bosh aylanishi” tez-tezligini oshishi aniqlangan. 160 mg valsartan va 12,5 mg GXT noadekvatligi bo‘lgan patsiyentlarda 4 hafta davomida valsartan va GXT ni 160/25 mg dozalarining fiksatsiyalangan majmuasi qo‘llangan nazorat qilinmagan tadqiqotda umumiy xolesterin darajasini 209 dan 220 mg/dl gacha oshishi aniqlangan. Valsartanni gidroxlorotiazid bilan majmuasini yurak-tomir tomir kasalliklari oqibatidagi o‘limiga va kasallanish darajasiga bo‘lgan ta'sir samaralari hozirgi vaqtgacha ma'lum emas. Epidemiologik tadqiqotlar gidroxlorotiazid bilan uzoq muddatli davolash, yurak-qon tomir kasalligi va o‘lim xavfini pasayishini ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda valsartanni va valsartan va gidroxlorotiazidning yurak-qon tomir kasalligi va o‘limga nisbatan ta'sir samaralarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar davom etmoqda.
Farmakokinetikasi
Valsartan Valsartan ichga qabul qilinganidan keyin, garchi so‘rilgan moddaning miqdorini keng o‘zgarishi mumkin bo‘lsa ham tez so‘riladi. Valsartanning o‘rtacha mutloq biokiraolishligi 23% ni tashkil qiladi. Valsartanni chiqarilishining egri chizig‘i ko‘p eksponent xarakterga ega (t1/2b <1 soat va t1/2v taxminan 9 soat). Valsartanning farmakokinetikasi tekshirilgan dozalar diapazonida to‘g‘ri proportsional xarakterga ega. Valsartanni ko‘p marta yuborilganda farmakokinetikasining xarakteri o‘zgarmaydi, sutkada bir marta yuborilganida preparatni juda oz to‘planishi aniqlanadi. Plazmadagi kontsentratsiyalari erkaklar va ayollarda bir xil. Valsartan plazma oqsillari bilan, asosan albumin bilan faol (94-97%) bog‘lanadi. Taqsimlanishning muvozanatli xajmi katta emas (taxminan 17 litr). Plazma klirensi jigardagi qon oqimiga (taxminan 30 l/soat) qaraganda nisbatan sekin (taxminan 2 l/soat). Valsartan safro va siydik bilan asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Kalava filtratsiyasini normal tezligida (120 ml/min), buyrak klirensi plazmaning umumiy klirensini 30% ni tashkil qiladi. Gidroksil metaboliti plazmada past kontsentratsiyalarda (valsartan AUC ni 10% kamrog‘i) aniqlanadi. Bu metaboliti farmakologik faol emas. Og‘iz orqali qabul qilinganida valsartanning 83% axlat bilan va 13% siydik bilan asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Valsartan ovqat bilan qabul qilinganida, garchi preparat qabul qilinganidan keyin 8 soat o‘tgach, valsartanning plazmadagi kontsentratsiyasi och qoringa va ovqatdan keyin qabul qilgan guruhlarda bir xil bo‘lsada, valsartanning “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) 48% ga kamayadi. AUC ni bunday pasayishi terapevtik samarani klinik ahamiyatli kamayishiga olib kelmaydi. Gidroxlorotiazid Gidroxlorotiazid ichga qabul qilinganidan keyin, suspenziya va tabletkalardan taxminan bir xil so‘rilish xususiyati bilan tez so‘riladi (Smax taxminan 2 soat). Taqsimlanish va chiqarilishining grafiklari, odatda bi-eksponentsial pasayuvchi xususiyatga ega bo‘lib, yarim chiqarilishini 6-15 soatlik terminal vaqti bilan ta'riflanadi. AUC ni o‘rtacha qiymatlarini oshishi to‘g‘ri proportsional xarakterga ega va terapevtik dozalar diapazoniga bog‘liqdir. Gidroxloridning dozalari bir necha marta yuborilganida kinetik parametrlarini o‘zgarishlari yuz bermaydi, sutkada bir marta qabul qilinganida esa preparatni to‘planishi minimal. Ichga qabul qilinganidan keyin gidroxlorotiazidning mutloq biokiraolishligi 60-80% ni tashkil qiladi va so‘rilgan dozaning >95% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Qonda aylanayotgan gidroxlorotiazid plazma oqsillari bilan, asosan albumin bilan (taxminan 40-70%) bog‘lanadi. Gidroxlorotiazid shuningdek eritrotsitlarda to‘planadi (eritrotsitlardagi miqdori plazmadagiga qaraganda 1,8 marta yuqori). Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinishi och qoringa qabul qilinganiga qaraganda, gidroxlorotiazidning tizimli biokiraolishligini ham oshirishi, ham pasaytirishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar bor. Bu samaralarning ta'siri ozgina va klinik ahamiyatga ega emas. Valsartan va gidroxlorotiazid Valsartan bilan bir vaqtda yuborilganida gidroxlorotiazidning tizimli biokiraolishligi taxminan 30% ga kamayadi. Gidroxlorotiazid bilan bir vaqtda qo‘llanganida valsartanning kinetikasi ahamiyatli o‘zgarmaydi. Bu o‘zaro ta'sirlar valsartan va gidroxlorotiazidning majmuasiga ta'sir qilmaydi. Nazoratli klinik sinovlar majmuaning yaqqol gipotenziv samarasi, komponentlari xar biri alohida qabul qilingandagiga qaraganda, yoki platsebo qabul qilingandagiga qaraganda, xatto kattaligini ko‘rsatdi. Patsiyentlarning alohida guruhlari Keksalar Ayrim keksa odamlarda yosh shaxslarga qaraganda valsartanni biroz ko‘proq tizimli ta'siri aniqlangan, biroq bu farqlar klinik ahamiyatga ega ekanligi aniqlanmagan. Mavjud bo‘lgan ma'lumotlar gidroxlorotiazidning tizimli klirensini sog‘lom yosh ko‘ngillilar bilan solishtirganda, sog‘lom keksa odamlarda ham, gipertoniklarda ham pasayishini taxmin qilish imkonini beradi. Buyrak faoliyatini buzilishlari Kreatinin klirensi 0,5 dan 1,16 ml/sek (30 va 70 ml/min) gacha bo‘lgan patsiyentlarda dozani o‘zgartirish talab qilinmaydi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda [kreatinin klirensi >0,5 ml/sek (30 ml/min] va gemodializdagi patsiyentlarda valsartan va gidroxlorotiazidning majmuasini qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Valsartan plazma oqsillari bilan faol bog‘lanadi va gemodializda chiqarilmaydi, ayni vaqtda gidroxlorotiazidni dializ bilan yo‘qotishga erishish mumkin. Gidroxlorotiazidning buyrak klirensi buyrak naychalariga passiv filtratsiya va faol sekrettsiyadan tashkil topgan. Asosan buyraklar orqali chiqariladigan moddalar uchun kutilganidagi kabi, gidroxlorotiazidning kinetikasi ahamiyatli darajada buyraklar faoliyatiga bog‘liq (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar” bo‘limiga qarang). Jigar faoliyatini buzilishi Jigar faoliyatini yengil (n-6) va o‘rtacha (n=5) buzilishlari bo‘lgan odamlardagi farmakokinetik tadqiqotlarda, sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan valsartanning ta'sirini deyarli ikki marta oshishi aniqlangan. Valsakor jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga tavsiya qilinmaydi (“Dozalash” bo‘limiga qarang). Jigarning og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda valsartanni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Jigar kasalliklari gidroxlorotiazidning farmakokinetikasini ahamiyatli o‘zgartirmaydi; shuning uchun bu preparatning dozasini o‘zgartirmasa xam bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Arterial gipertenziyani davolash. Valsartan bir valsartanni o‘zini yoki bir gidroxlorotiazidni o‘zini qabul qilish bilan arterial bosimni optimal nazoratini ta'minlash mumkin bo‘lmagan patsiyentlarga ko‘rsatilgan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Valsakorning tavsiya etiladigan dozasi sutkada bir tabletkani tashkil qiladi. Valsakor N 80 valsartan yoki gidroxlorotiazid bilan monoterapiyada arterial bosimi optimal nazoratiga erishilmagan patsiyentlarda qo‘llanadi. Valsakor N 160 mg valsartan bilan monoterapiyada arterial bosimi optimal nazoratga erishilmagan patsiyentlarda qo‘llanadi. Klinik zarurat bo‘lganida bevosita monoterapiyadan fiksatsiyalangan dozalar kombinatsiyasiga o‘tish mumkin. Valsakor N 80 va Valsakor N160 ning maksimal antigipertenziv samarasi 2-4 hafta davomida rivojlanadi. Valsakor ND160 arterial bosimi valsartan bilan monoterapiyada optimal nazoratga erishilmagan diastolik bosim esa 160 mg valsartan bilan monoterapiyada >100 mm sim. ust. darajasida saqlangan patsiyentlarda qo‘llanishi mumkin. Davolashni doimo valsartan 160 mg/gidroxlorotiazid 12,5 mg minimal dozalardan boshlash, va kamida 4-8 hafta o‘tgach, Valsakor ND160 qabul qilishga o‘tish kerak, komponentning har bir dozasini shaxsiy tanlash tavsiya qilinadi. Valsakor ND160 ning maksimal antigipertenziv samarasi 4-8 hafta davomida rivojlanadi. Agar bu vaqt o‘tgach, arterial bosimni xoxlangan darajasida erishib bo‘lmasa, dozani kamaytirish va uchinchi preparatni qo‘shish, yoki antigipertenziv preparatni almashtirish kerak. Buyrak faoliyatini buzilishlari Buyraklar faoliyatini yengil yoki o‘rtacha buzilishlari (kreatinin klirensi 20,5 ml/sek (30 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarda dozani o‘zgartirish talab qilinmaydi. Jigar faoliyatini buzilishlari Jigar faoliyatini nobiliar kelib chiqishga ega bo‘lgan yengil yoki o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda valsartanning dozasi 80 mg dan oshmasligi kerak (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qarang). Bunday patsiyentlarda Valsakorning tavsiya qilinadigan maksimal sutkalik dozasi - kuniga bir tabletka (80 mg valsartan va 12,5 mg gidroxlorotiazid) ni tashkil qiladi. Keksa patsiyentlar Dozani o‘zgartirish talab qilinmaydi. Bolalar va o‘smirlar Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda Valsakorning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Nojo‘ya ta'sir
lari Valsartan va gidroxlorotiazid majmuasi qabul qilinganida klinik sinovlarda qayd qilingan va alohida xabarlarda aniqlangan noxush samaralari, platsebo qabul qilinganidagiga qaraganda ko‘proq rivojlangan bo‘lib, quyida sanab o‘tilgan va a'zolar va tizimlar bo‘yicha taqsimlangan. Xar bir komponent alohida qabul qilinganida paydo bo‘ladigan, lekin klinik sinovlarda qayd qilinmagan noxush samaralar, Valsakor bilan davolashda rivojlanishi mumkin. Noxush samaralari ularni paydo bo‘lish tez-tezligiga qarab tasniflanadi juda tez-tez (>1/10); tez-tez (>1/100, <1/10); tez-tez emas (1/1000, <1/100); kam hollarda (>1/10000, >1/10000); juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi noma'lum (bor bo‘lgan ma'lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas). Xar bir guruhda nohush samaralari ularning jiddiyligini kamayishi tartibida keltirilgan. Valsartan/gidroxlorotiazid majmuasi qo‘llanganda kuzatiladigan nojo‘ya ta'sirlar Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar tez-tez emas degidratatsiya Nerv tizimi tomonidan buzilishlar tez-tez bosh og‘rig‘i; tez-tez emas paresteziya; juda kam hollarda bosh aylanishi; tez-tezligi noma'lum hushdan ketish. Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar tez-tez emas ko‘rish o‘tkirligini pasayishi. Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari tez-tez emas quloqlarda shovqin Qon tomirlari tomonidan buzilishlar tez-tez emas arterial bosimni yaqqol pasayishi. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar tez-tez emas yo‘tal; tez-tezligi noma'lum o‘pkaning nokardiogen shishi. Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar juda kam hollarda diareya. Skelet mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar tez-tez emas mialgiya; juda kam hollarda artralgiya. Buyrak va siydik yo‘llari tomonidan buzilishlar tez-tezligi noma'lum buyrak faoliyatini buzilishi. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi o‘zgarishlar tez-tez emas kuchli toliqish. Laboratoriya va instrumental tekshirish ma'lumotlari tez-tezligi noma'lum qon zardobida siydik kislotasining kontsentratsiyasini oshishi, qon zardobida bilurubin kontsentratsiyasini oshishi, qon zardobida kreatinin kontsentratsiyasini oshishi, giponatriyemiya, gipokaliyemiya, neytropeniya, qon zardobida qoldiq azot mochevina kontsentratsiyasini oshishi miqdorini oshishi kuzatiladi. Valsartan/gidroxlorotiazid majmuasi qo‘llanganda, xam valsartan va GXTZ ni monoterapiyada qo‘llanganda qayd etilgan, xam klinik tadqiqotlar vaqtida aniqlanmagan nohush holatlar yuz berishi mumkin. Valsartan qo‘llanganida Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar tez-tezligi noma'lum gemoglobinni kamayishi, gematokritni pasayishi, trombotsitopeniya. Immun tizimi tomonidan buzilishlar tez-tezligi noma'lum yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari/allergik reaktsiyalar, shu jumladan zardob kasalligi Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar tez-tezligi noma'lum qon zardobida kaliy miqdorini oshishi, giponatriyemiya. Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari tez-tez emas vertigo. Qon tomirlari tomonidan buzilishlar tez-tezligi noma'lum vaskulit. Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar tez-tez emas qorinda og‘riq. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar tez-tezligi noma'lum “jigar” fermentlari faolligini oshishi. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar tez-tezligi noma'lum angionevrotik shish, teri toshmasi, terini qichishishi. Buyrak va siydik yo‘llari tomonidan buzilishlar tez-tezligi noma'lum buyrak yetishmovchiligi. Tiazid diuretiklar, shu jumladan GXTZ qo‘llanganda Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar kam hollarda trombotsitopeniya, ba'zida purpura bilan; juda kam hollarda agranulotsitoz, suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishi, gemolitik anemiya, leykopeniya; tez-tezligi noma'lum aplastik anemiya. Immun tizimi tomonidan buzilishlar juda kam hollarda yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari. Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar juda tez-tez gipokaliyemiya, qon plazmasida lipidlarning kontsentratsiyasini oshishi (ayniqsa GXTZ ning yuqori dozalari fonida); tez-tez giponatriyemiya, gipomagniyemiya, giperurikemiya; kam hollarda giperkaltsiyemiya, giperglikemiya, glyukozuriya va qandli diabetni kechishini yomonlashishi; juda kam hollarda giperxloremik alkaloz. Ruhiyat tomonidan kam hollarda uyquni buzilishi, depressiya. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar kam hollarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziya; Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar kam hollarda ko‘rishni buzilishi (ayniqsa davolashning birinchi bir necha haftasi davomida); tez-tezligi noma'lum yopiq burchakli glaukomaning o‘tkir xuruji. Yurak tomonidan buzilishlar kam hollarda aritmiyalar Qon tomirlari tomonidan buzilishlar tez-tez ortostatik gipotenziya. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar juda kam hollarda respirator distress-sindrom, shu jumladan o‘pka shishi va pnevmonit. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar tez-tez ishtahani pasayishi, o‘rtacha namoyon bo‘luvchi ko‘ngil aynishi va qusish; kam hollarda qorinda diskomfort, qabziyat, diareya; juda kam hollarda pankreatit. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar kam hollarda jigar ichi xolestazi yoki sariqlik. Buyrak va siydik yo‘llari tomonidan buzilishlar tez-tezligi noma'lum buyrak faoliyatini buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar tez-tez eshakemi va teri toshmasining boshqa shakllari; kam hollarda fotosesibilizatsiya; juda kam hollarda nekrozlovchi vaskulit va toksik epidermal nekroliz, teri yugiriksimon reaktsiyalari, tizimli qizil yugurikning teri ko‘rinishlarini faollashishi; tez-tezligi noma'lum ko‘p shaklli eritema. Skelet mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar tez-tezligi noma'lum mushak spazmlari. Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar tez-tez impotentsiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Faol moddaga yoki prepratning yordamchi komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Har qanday sulfonaminlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktatsiya (“Umumiy ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Jigarni og‘ir shikastlanishlari, biliar sirroz va xolestaz. Anuriya, og‘ir buyrak yetishmovchiligi [kreatinin klirensi 0,5 ml/sek (30 ml/min)], gemodializ. Davolashga berilmaydigan gipokaliyemiya, giponatriyemiya, giperkaltsiyemiya yoki giperurikemiya klinik ko‘rinishlari bilan.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Valsartan va gidroxlorotiazid uchun dorilarning umumiy o‘zaro ta'sirlari Quyidagilarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi Litiy preparatlari Litiy va AAF ingibitorlari, ARA II yoki tiazid diuretiklar, shu jumladan gidroxlorotiazidni litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida zardobda litiy kontsentratsiyasini qaytuvchan oshishi xollari va intoksikatsiyani rivojlanishi qayd qilingan. Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash zarurati tug‘ilganida qon plazmasida litiy kontsentratsiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak. Quyidagilarni bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak Boshqa gipotenziv preparatlar Arteril bosimini pasaytiruvchi boshqa dori vositalari (masalan, AAF ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar, “sekin” kaltsiy kanallarining blokatorlari (SKKB), guanetidin, metildopa, vazodilatatorlar, reninning bevosita ingibitorlari, ARA II) bilan bir vaqtda qo‘llanganda antigipertenziv samara kuchayishi mumkin. Pressor aminlar (masalan, norepinefrin, adrenalin). Pressor aminlarning ta'siri, valsartan va GXTZ ni bir vaqtda qo‘llanishini to‘xtatishni talab etmaydigan darajada susayishi mumkin. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYaQV), shu jumladan SOG-2 ning selektiv ingibitorlari ARA II va GXTZ NYaQP bilan bir vaqtda qo‘llanganda diuretik va antigipertenziv ta'siri susayishi mumkin. Gipovolemiya sharoitlarida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (O‘BE) rivojlanishi mumkin, davolashni boshida buyrak faoliyatini nazorat qilish, shuningdek patsiyentda aylanayotgan qon hajmini adekvat to‘ldirish tavsiya qilinadi. Valsartan uchun dorilarning o‘zaro ta'siri Quyidagilarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi Kaliyni tejovchi diuretiklar (spironolakton, eplerenon, triamteren, amilorid), kaliy preparatlari, kaliy saqlovchi osh tuzi o‘rinbosarlari va qon zardobida kaliy miqdorini oshishini chaqirishi mumkin bo‘lgan boshqa moddalar Kaliy miqdoriga ta'sir etuvchi preparatlar bilan birga qo‘llash zarurati tug‘ilganida, qon plazmasida kaliy miqdorini nazorat qilish kerak. Quyidagilarni bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak ARA II preparatlari, shu jumladan valsartanni renin-angiotenzin-aldosteron tizimi (RAAT) ga ta'sir ko‘rsatuvchi, AAF ingibitorlari yoki aliskiren kabi dori vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganda arterial gipotenziya, giperkaliyemiya, buyrak faoliyatini buzilishi hollarini yuz berish tez-tezligi oshadi. Bunday patsiyentlarda ABni, buyrak faoliyatini, plazmada elektrolitlar miqdorini nazorat qilish lozim. Oqsil-tashuvchilar In vitro sharoitidagi jigar kulturalarida o‘tkazilgan tadqiqotlar, valsartan OATP1B1/OATP1B3 va MRP2 kabi oqsil-tashuvchilar uchun substratdir. Valsartanni OATP1B1/OATP1B3 oqsil-tashuvchilar ingibitorlari (rifampitsin, siklosporin) yoki MRP2 bilan bir vaqtda qo‘llanishi valsartanning tizimli ekspozitsiyasini (Smax va AUC) oshirishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llashni boshida yoki ular bekor qilinganidan keyin ehtiyotkorlikka amal qilish lozim. Quyidagi dorilarning o‘zaro ta'siri yo‘q Quyidagi dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sirlar aniqlanmagan simetidin, varfarin, furosemid, digoksin, atenolol, indometatsin, GXTZ, amlodipin va glibenklamid. Gidroxlorotiazid uchun dorilarning o‘zaro ta'sirlari Quyidagilarni bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak Qon plazmasida kaliyni miqdoriga ta'sir qiluvchi dori preparatlari “Xalqali” diuretiklar, glyukokortikosteroidlar (GKS), adrenokortikotrop gormon (AKTG), amfoteritsin V, benzatin benzilpenitsillin, karbonoksolon, surgi vositalar, atsetilsalitsil kislotasi yoki uning hosilalari bilan qo‘llanganda qon plazmasida kaliy miqdorini pasayishini va gipokaliyemiyani rivojlanish xavfi oshadi. Bunday hollarda kaliy miqdorini nazorat qilish tavsiya qilinadi. “Piruet” turidagi polimorf yurak qorinchalari taxikardiyasini chaqirish xususiyatiga ega dori preparatlari IA va III sinfi antiaritmik vositalarni va ayrim antipsixotik preparatlar (neyroleptiklar) GXTZ bilan bir vaqtda qo‘llanganda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim, chunki yuz berishi mumkin bo‘lgan gipokaliyemiya fonida “piruyet” turidagi aritmiyalarni rivojlanish xavfi mavjud. Qon plazmasida natriy miqdoriga ta'sir etuvchi dori preparatlari Antidepressantlar, tirishishga qarshi preparatlar (masalan, karbamazepin), antipsixotik preparatlar (neyroleptiklar) va xokazolar bilan uzoq muddat bir vaqtda qo‘llanganda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim, chunki giponatriyemiyani rivojlanish xavfi oshadi. Qon plazmasida natriyni miqdorini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi. Yurak glikozidlari Tiazid diuretiklarni qabul qilish chaqirgan fonidagi gipokaliyemiya va gipomagniyemiya yurak glikozidlari qabul qilinganida yurak aritmiyalarini rivojlanishiga yordam beradi. D vitamini va kaltsiy tuzlari Tiazid diuretiklarni, shu jumladan GXTZ ni D vitamini yoki kaliy tuzlari bilan bir vaqtda qo‘llanilishi, kaltsiyni qayta so‘rilishini kuchayishi natijasida qon plazmasida kaltsiy miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin. Gipoglikemik vositalar (ichga qabul qilish uchun preparatlar va insulin) Bir vaqtda qo‘llanganda gipoglikemik vositalarning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin. Metforminni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak, chunki GXTZ ni qabul qilish fonida induktsiyalangan buyrak yetishmovchiligi, laktoatsidoz rivojlanishi mumkin. Beta-blokatorlar va diazoksid Tiazid diuretiklar, shu jumladan GXTZ bilan bir vaqtda qo‘llanishi gipoglikemiyani rivojlanish xavfini oshiradi. Podagrani davolash uchun preparatlar (probenetsid, sulfinpirazon va allopurinol). GXTZ ni qo‘llaganda qon plazmasida siydik kislotasining kontsentratsiyasi oshishi mumkin, bu podagrani davolash uchun qo‘llanadigan dori vositalarning dozasiga tuzatish kiritishni (masalan, sulfinpirazon va probenetsidning dozasini oshirishni) talab etishi mumkin. Tiazid diuretiklar, shu jumladan GXTZ bilan bir vaqtda qo‘llanishi allopurinolga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalar tez-tezligini oshishiga olib kelishi mumkin. N- va m-xolinoblokatorlar. N- va m-xolinoblokatorlar (atropin, beperiden) me'da-ichak yo‘llari (MIY) ning peristaltik faolligini pasaytirishi va me'dani bo‘shalishini sekinlashtirishi xisobiga tiazid diuretiklarning biokiraolishligini oshirishi mumkin. Muvofiq ravishda MIY motorikasini stimulyatorlari (tsizaprid) tiazid diuretiklarning biokiraolishligini pasaytirishi mumkin. Amantadin Tiazid diuretiklarni, shu jumladan GXTZ ni bir vaqtda qo‘llanishi amantadinning nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfini oshiradi. Anion almashinuvchi qatronlar (xolestiramin va kolestipol) Xolestiramin va kolestipolni bir vaqtda qo‘llanganda tiazid diuretiklar, shu jumladan GXTZ ni so‘rilishi kamayadi. Shuning uchun GXTZ ni anion almashinuvchi qatronlarni qabul qilishdan 4 soat oldin yoki qabul qilgandan so‘ng 4-6 soatdan keyin qabul qilish kerak. Sitotoksik preparatlar (tsiklofosfamid, metotreksat). Tiazid diuretiklar, shu jumladan GXTZ bilan bir vaqtda qo‘llanishi sitotoksik preparatlarinng buyrak chiqarilishini kamaytiradi, bu ularning miyelosupressiv ta'sirini potentsiyalanishiga olib kelishi mumkin. Periferik ta'sirga ega qutubsizlantirmaydigan miorelaksantlar (tubokurarin) GXTZ miorelaksantlarning ta'sirini potentsiyalaydi. Siklosporin GXTZ va siklosporinni bir vaqtda qo‘llanganda davolash giperurikemiyani va podagrasimon simptomlarni rivojlanish xavfi oshadi. Etanol, barbituratlar va narkotik vositalar Tiazid diuretiklar, shu jumladan GXTZ bilan bir vaqtda qo‘llanishi, ortostatik gipotenziyani rivojlanishini potentsiyalashi mumkin. Metildopa Metildopa va GXTZ ni bir vaqtda qabul qilinganda gemolitik anemiyani rivojlanishining ayrim hollari ta'riflangan. Yod saqlovchi rentgenokontrast vositalar Diuretikalarni qabul qilish fonida rivojlangan gipovolemiyada o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi oshadi. Yodning yuqori miqdori bo‘lgan vositalarni (masalan, yod saqlovchi rentgenkontrast vositalarni) qo‘llashdan oldin AQH to‘ldirish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Zardob elektrolitlarning o‘zgarishlari Kaliyli qo‘shimchalar, kaliy tejovchi diuretiklar, tuzning kaliy saqlovchi o‘rinbosarlari yoki qonda kaliy darajasini oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan boshqa preparatlarni (geparin va boshq.) bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Tiazid diuretiklar bilan davolashda gipokaliyemiya rivojlanishini hollari aniqlangan. Qonda kaliy darajasini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Tiazid diuretiklar bilan davolash giponatriyemiya va gipoxlorgidrik alkalozga olib kelishi mumkin. Tiazidlar buyrak tomonidan magniyni chiqarilishini oshiradi, bu gipomagniyemiyaga olib kelishi mumkin. Tiazidlar buyrak tomonidan kaltsiyni chiqarilishini kamaytirishi mumkin, bu giperkaltsiyemiyaga olib kelishi mumkin. Qalqonsimon bezlari oldi bezlarining faoliyatini tadqiqotdan oldin tiazid diuretiklarni bekor qilish kerak. Zardobda elektrolitlar darajasini muntazam nazorat qilish kerak. Natriy va/yoki suyuqlikni yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Tiazid diuretiklarni qabul qilayotgan patsiyentlar suv-elektrolit balansining buzilishini belgilarini doimiy nazoratiga muxtojlar. Bunday buzilishlarning xavotirli belgilari og‘izni qurishi, chanqoqlik, xolsizlik, uyquchanlik, uzoq uyqu, bezovtalik, mushaklarda og‘riq va tirishishlar, mushak kuchsizligi, gipotenziya, oliguriya, taxikardiya va me'da-ichak buzilishlaridir (ko‘ngil aynishi va qusish). Suyuqlik va/yoki natriyning og‘ir yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, diuretiklarning katta dozalarini qabul qilganda), kam xollarda Valsakor bilan davolash boshlanganidan keyin klinik yaqqol gipotenziya rivojlanishi mumkin. Valsakorni qo‘llashni boshlashdan oldin gipovolemiya va natriy tanqisligini yo‘qotish kerak, yaqqol gipotenziya rivojlanishida patsiyentni chalqancha yotqizish va zarurati bo‘lganida vena ichiga fiziologik eritmani yuborishni boshlash kerak. Preparat bilan davolashni arterial bosim barqarorlashganidan keyin davom ettirish mumkin. Suv-elektrolit muvozanatini buzilishlari Tiazid diuretiklar, shu jumladan GXTZ qo‘llanganda gipokaliyemiya, giponatriyemiya va gipoxlorgidrik alkalozni, gipomagniyemiyani (chunki buyrak tomonidan magniyni chiqarilishini oshadi) va gipokaltsiyemiyani (chunki buyrak orqali kaltsiyni chiqarilishi pasayadi) rivojlanish holatlari aniqlangan. Preparat qo‘llanganida qon zardobida elektrolitlar, ayniqsa kaliyning miqdorini muntazam nazorat qili tavsiya qilinadi. Og‘ir dimlanma yurak yetishmovchiligi yoki renin-angiotenzin–aldosteron tizimini rag‘batlantirilishi bilan birga kechuvchi boshqa holatlari bo‘lgan patsiyentlar. Tomirlarning tonusi asosan rekin-angiotenzin –aldosteron tizimining faolligiga bog‘liq bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, og‘ir dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar), angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari yoki angiotenzin retseptorlarining antagonistlari bilan davolash o‘tkir gipotenziya, azotemiya, oliguriya, va kam hollarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligining rivojlanishi bilan birga kechadi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda Valsakor qo‘llashni xavfsizligi aniqlanmagan. Shuning uchun renin-angiotenzin-aldosteron tizimini bostirilishi oqibatida Valsakorni qabul qilish o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanishiga olib kelishi mumkinligini istisno qilib bo‘lmaydi. Valsakorni bunday patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. Buyrak arteriyasining stenozi Buyrak arteriyasining bir tomonlama yoki ikki tomonlama stenoz bo‘lgan yoki yagona buyrakning arteriyasini stenozi bo‘lgan patsiyentlarda preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi lozim, chunki qon plazmasida mochevina va kreatininning kontsentratsiyasini oshishi mumkin. Birlamchi giperaldosteronizm Birlamchi giperaldosteronizm bo‘lgan patsiyentlarda renin-angiotenzin-aldosteron tizimi (RAAT) ni faollashuvi bo‘lmaganligi sababli, preparat AG ni davolash uchun samarasizdir. Aortal va/yoki mitral klapanlarning stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya-GOKMP Preparatni aortal va/yoki mitral klapanlarning gemodinamik jihatdan ahamiyatli stenozi yoki GOKMP bo‘lgan patsiyentlarda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Buyrak faoliyatini buzilishi Buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan ortiq) bo‘lgan patsiyentlarda preparatning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanganda qon plazmasida kaliy miqdorini, kreatinin va siydik kislotasining kontsentratsiyasini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi. Buyrak transplantatsiyasidan keyingi holat Yaqinda buyrak transplantatsiyasini o‘tkazgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Jigar faoliyatini buzilishi Jigar faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda preparat qo‘llanmaydi. Jigar faoliyatini yengil yoki xolestaz holatisiz jigar faoliyatini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari GXTZ ni qo‘llash fonidagi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari eng ko‘p anamnezida allergik reaktsiyalari va bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda aniqlangan. Valsartan qo‘llanganda patsiyentlarda angionevrotik shishni, shu jumladan nafas yo‘llarining obstruktsiyasiga olib keluvchi xiqildoq va tovush boylamlarini shishini va/yoki yuz, lablar, tomoq va/yoki tilni shishini rivojlanishi kuzatilgan; bu patsiyentlarning ayrimlarida anamnezida boshqa dori vositalarni, shu jumladan AAF ingibitorlarini qo‘llash fonida angionevrotik shishni rivojlanishi aniqlangan. Angionevrotik shish rivojlangan hollarda preparatni darhol bekor qilish va preparat bilan davolashni qayta boshlamaslik kerak. Tizimli qizil yugurik Tiazid diuretiklar (shu jumladan GXTX) qo‘llanganida biriktiruvchi to‘qima kasalliklarini (masalan, tizimli qizil yugurikni) zo‘rayishini va kechishini yomonlashishini rivojlanish hollari ta'riflangan. Boshqa metabolik buzilishlar Tiazid diuretiklar, shu jumladan GXTX glyukozaga bo‘lgan tolerantlikni o‘zgartirishini va zardobda xolesterin, triglitsidlar va siydik kislotasining darajasini oshishini chaqirishi mumkin. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga insulin yoki peroral gipoglikemik vositalarning dozasiga tuzatish kiritish kerak bo‘lishi mumkin. Tiazid diuretiklar kaltsiyni siydik bilan ekskretsiyasini kamaytiradi va kaltsiyning metabolizmini ma'lum buzilishlarisiz zardobdagi kaltsiyning darajasini oraliq va biroz oshishiga olib kelishi mumkin. Tiazid diuretiklarni qo‘llash fonidagi yaqqol giperkaltsiyemiya giperparatireozdan dalolat berishi mumkin. Qalqonsimon oldi bezi faoliyatini teshirishdan oldin, tiazid diuretiklarni, shu jumladan GXTZ bekor qilish kerak. Fotosezuvchanlik GXTZ ni qabul qilish fonida fotosezuvchanlikni rivojlanish hollari ta'riflangan. Fotosezuvchanlikni ko‘rinishlari rivojlangan hollarda davolashni to‘xtatish tavsiya qilingan. Davolashni davom ettirish zarurati tug‘ilganida terining ochiq sohalarini quyosh yoki ultrabinafsha nurlarining ta'siridan himoya qilish kerak. Sensibilizatsiya holatlari haqida xabarlar bor. Agar davolash vaqtida fotosezuvchanlik reaktsiyalari yuz bersa, preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak. Agar diuretikni takror yuborish zarurati bo‘lsa, Yopiq burchakli glaukomaning o‘tkir xuruji GXTZ ni qabul qilish fonida tranzitor miopiyani va yopiq burchakli glaukomani o‘tkir rivojlanishi holatlari aniqlangan. Simptomlari keskin boshlanishni, ko‘rish o‘tkirligini keskin pasayishi yoki ko‘zda og‘riqni o‘z ichiga oladi va odatda davolash boshlanganidan keyin bir necha soatdan bir haftagacha davrda yuz beradi. Davolanmagan yopiq burchakli glaukoma ko‘rishni turg‘un yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Birinchi navbatda, iloji boricha tezroq GXTZ ni bekor qilish lozim. Agar ko‘z ichki bosimi nazorat qilinmaganligicha qolsa, shoshilinch tibbiy yoki jarrohlik yo‘li bilan davolash talab qilinishi mumkin. O‘tkir yopiq burchakli glaukomani rivojlanishining xavf omili patsiyentda anamnezda sulfonamidlarga yoki penitsillinlarga allergik reaktsiyalarni mavjudligi bo‘lishi mumkin. Yordamchi moddalar bo‘yicha maxsus ma'lumot Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun quyidagi holatlarda laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoz malabsorbtsiya sindromida qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Valsakor dozasini oshirib yuborilishi bo‘yicha tajriba yo‘q. Valsartan dozasini oshirib yuborilishini eng tez-tez uchraydigan simptomlari bu yaqqol gipotenziya va bosh aylanishi. Gidroxlorotiazidning dozasini oshirib yuborilish belgilari va simptomlari – ko‘ngil aynishi, uyquchanlik, yurak aritmiyalari va mushaklar spazmi bilan birga kechuvchi gipovoliyemiya va elektrolit buzilishlar. Davolash chora-tadbirlari preparatni qabul qilingan vaqti va simptomlarining og‘irligiga bog‘liq. Gemodinamik parametrlarni barqarorlashtirilishi asosiy ahamiyatga ega. Patsiyentga yetarli miqdorda faollashtirilgan ko‘mir kiritish kerak. Gipotenziya rivojlanganida patsiyentni chalqancha yotqizish va tez suyuqlik va tuzlarni yuborishni ta'minlash kerak. Valsartan plazma oqsillari bilan mustaxkam bog‘langanligi xisobiga gemodializda chiqarilmaydi, gidroxlorotiazid esa gemodializ bilan yo‘qotilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
7 va 14 tabletka blisterda. 2, 4 yoki 8 blisterlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
30ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda, nam va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.