Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Gonadotropin xorionicheskiy 1000XB amp. fl. №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гонадотропин хорионический
Страна производитель
Россия
Дозировка
1000 МЕ
Производитель
Московский эндокринный завод ,ФГУП,Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Лиофилизат для приготовления раствора для внутривенного и внутримышечного введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Nojo‘ya ta'sir
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorilarning o‘zaro ta'siri
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Gonadotropin xorionicheskiy Ta'sir qiluvchi modda (XPN) xorionik gonadotropin
Dori shakli
mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 1 flakon tarkibi Faol modda Xorionik gonadotropin - 500 XB - 1000 XB - 1500 XB Yordamchi moddalar Mannitol (mannit) - 20,0 mg - 20,0 mg - 20,0 mg Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli liofillangan kukun
Farmakoterapevtik guruhi
lyuteinlovchi vosita ATX kodi G03GA01
Farmakologik xususiyatlari
Odam xorionik gonadotropini (OXG) – homiladorlik vaqtida yo‘ldosh tomonidan ishlab chiqariladigan, so‘ngra buyrak orqali o‘zgarmagan shaklda chiqariladigan gonadotrop gormondir. Preparat siydikdan ekstraktsiya yo‘li bilan olinadi va tozalanadi. Ayol va erkaklarda gametalarni normal o‘sishi va yetishlishi, shuningdek jinsiy gormonlarni ishlab chiqarish uchun zarur. Gonatrop, follikulani rag‘batlantiruvchi va lyuteinlovchi ta'sir ko‘rsatadi. Lyuteinlovchi faolligi follikulani rag‘batlantiruvchi faolligidan ustun turadi. Jinsiy a'zolar va ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanishini rag‘batlantiradi. Preparat ayollarda ovulyatsiyani chaqiradi va estrogenlar (estradiol) va progesteronni rag‘batlantiradi. Erkaklarda – spermatogenez, testosteron va digidrotestosteron ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganidan keyin yaxshi so‘riladi. Yarim chiqarilish davri 8 soatni tashkil etadi. Qon plazmasidagi OXG maksimal kontsentratsiyasiga 4-12 soatdan keyin erishiladi. Xorionik gonadotropinning yarim chiqarilish davri 29-30 soatni tashkil etadi, har kuni mushak ichiga in'ektsiya qilinganda preparatni to‘planishi kuzatilishi mumkin. Xorionik gonadotropin buyrak orqali chiqariladi. Yuborilgan dozaning taxminan 10-20% o‘zgarmagan holda siydikda aniqlanadi, asosiy qismi β-zanjir fragmenti shaklida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Ayollarda tuxumdonlar disfunktsiyasi (anovulyator), amenoreya; sariq tana bosqichini tutib turish; Erkaklarda va o‘g‘il bolalarda gonadotrop gipogonadizm; gipofizning gonadotrop faoliyatini yetishmovchiligi sababli jinsiy yetilishni orqada qolishi; anatomik obstruktsiya bilan bog‘liq bo‘lmagan kriptorxizm; spermatogenez yetishmovchiligi, oligo-astenospermiya, azoospermiya; o‘g‘il bolalarda anorxizm va kriptorxizmni differentsial-diagnostik sinamasini o‘tkazishda; uzoq muddatli rag‘batlantiruvchi davolashni boshlashdan oldin gipogonadotrop gipogonadizmda urug‘donlar faoliyatini baholash uchun Leydig funktsional sinamasini o‘tkazishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Liofilizatga erituvchi qo‘shilganidan keyin xorionik gonadotropinning tayyorlangan eritmasi asta-sekin mushak ichiga yuboriladi. Tayyorlangan eritmani saqlash mumkin emas, chunki keyinchalik saqlashda eritmaning sterilligi kafolatlanmaydi. Ko‘rsatilgan dozalash taxminiy hisoblanadi, preparatni yuborishga zarur reaktsiyaga bog‘liq holda davolash to‘g‘rilanishi kerak. Ayollarda anovulyator siklda xorionik gonadotropin hayz siklining 10-12 kunidan boshlab, 3000 XB dan 2-3 kun interval bilan 2-3 marta yoki 1500 XB dan 6-7 marta kunora buyuriladi; sariq tana bosqichini tutib turish uchun ovulyatsiya yoki embrionni ko‘chirib o‘tkazishdan keyin 9 kun davomida (masalan, ovulyatsiya induktsiyasidan keyin 3-chi, 6-chi va 9 chi kunlari) har bir 1500 XB dan 5000 XB gacha dozada ikkidan uchtagacha preparat in'ektsiyalari o‘tkazilishi mumkin. Erkaklar va o‘g‘il bolalarda gipogonadotrop gipogonadizmda – 1000-2000 XB preparat haftasiga 2-3 marta buyuriladi. Bepushtlik hollarida xorionik gonadotropinni qo‘shimcha follitropin (follikulani rag‘batlantiruvchi gormon) saqlovchi preparat bilan birga qo‘llash mumkin. Davolash kursi kamida 3 oy davom etishi kerak, bunda spermatogenezni biroz yaxshilanishini kutish mumkin. Bu vaqtda testosteron bilan o‘rinbosar davolashni to‘xtatish kerak. Spermatogenezni yaxshilanishiga erishilganidan keyin uni tutib turish uchun xorionik gonadotropinni alohida qo‘llash yetarli; gipofizning gonadotrop faoliyatini yetishmovchiligi bilan bog‘liq jinsiy yetilishni orqada qolishida – 1500 XB haftasiga 2-3 marta buyuriladi. Davolash kursi – kamida 6 oy; anatomik obstruktsiya bilan bog‘liq bo‘lmagan kriptorxizmda 3 yoshdan 6 yoshgacha – 500-1000 XB haftasiga ikki marta 6 hafta davomida; 6 yoshdan katta – 1500 XB haftasiga ikki marta 6 hafta davomida. Zarurati bo‘lganida davolash kursi takrorlanadi; spermatogenezni yetishmovchiligi, oligoastenospermiya, azoospermiyada 500 XB menotropin (75 XB follikulani rag‘batlantiruvchi gormon + 75 XB lyuteinlovchi gormon) bilan birga har kuni yoki 2000 XB har 5 kunda menotropin (150 XB follikulani rag‘batlantiruvchi gormon + 150 XB lyuteinlovchi gormon) bilan birga haftasiga 3 marta 3 oy davomida buyuriladi. Daolashga reaktsiya bo‘lmaganida 2000 XB haftasiga 2-3 marta menotropin (150 XB follikulani rag‘batlantiruvchi gormon + 150 XB lyuteinlovchi gormon) bilan birga haftasiga 3 marta 3-12 oy davomida buyuriladi. Spermatogenezni yaxshilanishiga erishilganida, keyingi davolash ba'zi hollarda xorionik gonadotropinning tutib turuvchi dozalari bilan amalga oshirilishi mumkin; o‘g‘il bolalarda kriptorxizm va anorxizmni differentsial tashhislash maqsadida xorionik gonadotropin 100 XB/kg dozada bir marta mushak ichiga yuboriladi, qon zardobidagi testosteronning kontsentratsiyasi sinamadan oldin va preparat in'ektsiyasidan 72-96 soatdan keyin aniqlanadi. Anorxizmda sinama manfiy bo‘ladi, bu testikulyar to‘qima yo‘qligidan dalolat beradi, krintorxizmda hatto bitta urug‘don mavjud bo‘lsa ham sinama musbat bo‘ladi (testostronning kontsentratsiyasini 5-10 marta oshishi kuzatiladi). Agar sinama sust musbat bo‘lsa gonadani qidirish kerak (qorin bo‘shlig‘ini ultratovush tekshiruvi yoki laparoskopiya), chunki malignizatsiyani yuqori xavfi mavjud.
Nojo‘ya ta'sir
lari Immun tizimi tomonidan buzilishlar ayrim hollarda tarqalgan toshma yoki isitma paydo bo‘lishi mumkin. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar xorionik gonadotropinni qo‘llaganda in'ektsiya joyida reaktsiyalar, masalan, qon talashish, og‘riq, qizarish, shish va qichishish paydo bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda allergik reaktsiyalar haqida xabarlar berilgan, ularning ko‘pchilik qismi in'ektsiya joyida og‘riq va/yoki toshma ko‘rinishida namoyon bo‘lgan; kuchli toliqish. Ayollarda Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar shishlar. Ruhiyatni buzilishi ta'sirchanlik, xavotirlik, depressiya. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi. Erkaklar va o‘g‘il bolalarda Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar muddatidan avval jinsiy yetilish. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar husnbuzar. Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar xorionik gonadotropin bilan davolash sporadik ravishda ginekomastiya; prostata bezi giperplaziyasi, jinsiy olatni kattalashishi, erkaklarda sut bezlari so‘rg‘ichlarini yuqori sezuvchanligi, kriptorxizmda chov kanalida urug‘donlarni kattalashishini chaqirishi mumkin. Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralar og‘irlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
OXG yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; Hozirgi vaqtdagi yoki gumon qilinayotgan jinsiy a'zolar va sut bezlarining gormonga bog‘liq xavfli o‘smalari (tuxumdon raki, sut bezi raki, ayollarda bachadon raki va prostata bezi raki, erkaklarda sut bezi kartsinomasi); Markaziy nerv tizimini (MNT) organik shikastlanishlari (gipofiz, gipotalamus o‘smalari); Chuqur venalar tromboflebiti; Gipotireoz; Buyrak usti bezi yetishmovchiligi; Giperprolaktinemiya; 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar; O‘g‘il bolalarda (qo‘shimcha) muddatdan avval jinsiy yetilish; Erkaklarda (qo‘shimcha) gipogonadotrop gipogonadizm bilan bog‘liq bo‘lmagan bepushtlik; Ayollarda (qo‘shimcha) homiladorlik bilan nomutanosib jinsiy a'zolarni noto‘g‘ri shakllanishi; homiladorlik bilan nomutanosib bachadonning fibroz o‘smasi; tuxumdonlarning birlamchi yetishmovchiligi; anovulyatsiya bilan bog‘liq bo‘lmagan bepushtlik (masalan, bachadon naylari yoki bo‘yni sababli); noma'lum etiologiyali qindan qon ketishi yoki qonli ajralmalar; homiladorlik va emizish davri. Ehtiyotkorlik bilan Tromboz xavf omillari bo‘lgan shaxslar (shaxsiy yoki oilaviy anamnez, og‘ir darajali semizlik (tana vazni indeksi >30 kg/m2) yoki trombofiliya). Erkaklar va o‘g‘il bolalarda yashirin yoki yaqqol yurak yetishmovchiligi, buyrak faoliyatini buzilishi, arterial gipertenziya, tutqanoq yoki migren (yoki anamnezida bu holatlarni mavjudligi); o‘g‘il bolalarda pubertant yoshdan oldingi yoshda; bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda. Agar Sizda sanab o‘tilgan kasalliklardan biri bo‘lsa, preparatni qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Xorionik gonadotropin preparatini glyukokortikosteroidlarning yuqori dozalari bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Dori vositalari bilan boshqa o‘zaro ta'sirlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gonadotropinni qo‘llash venoz yoki arterial tromboemboliya rivojlanishi xavfini oshiradi, shuning uchun xavf guruhiga kiruvchi patsiyentlarda ekstrakorporal urug‘lantirish yuzasidan davolashning afzalliklarini baholash kerak. Shuni ta'kidlash kerakki, homiladorlikning o‘zi trombozning yuqori xavfi bilan kechadi. Ko‘p homilali homiladorlik ehtimoli ortadi. Preparat bilan davolash vaqtida va davolash to‘xtatilganidan keyin 10 kun davomida xorionik gonadotropin immunologik sinamalarni qon plazmasi va siydikdagi OXG kontsentratsiyasiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin, bu homiladorlikka sinamani soxta musbat natijasiga olib kelishi mumkin. Xorionik gonadotropin yordamida erkak jinsiga mansub patsiyentlarni davolash androgenlar ishlab chiqarilishini oshishiga olib keladi, shuning uchun xavf guruhiga kiruvchi patsiyentlar qat'iy shifokor nazorati ostida bo‘lishi kerak, chunki kasallikni zo‘rayishi yoki qaytalanishi adrogenlarni ortiqcha ishlab chiqariilishini natijasi bo‘lishi mumkin. OXG epifizlarni muddatidan oldin yopilishi yoki muddatidan oldin jinsiy yetilishga yordam beradi. Skelet rivojlanishini muntazam nazorat qilish kerak. Erkaklarda follikulani rag‘batlantiruvchi gormon miqdori yuqori bo‘lganida preparat samarasizdir. Krintorxizmda preparatni asossiz uzoq muddat qo‘llash, ayniqsa agar jarroxlik yo‘li bilan davolash ko‘rsatilgan bo‘lsa, jinsiy bezlarning degeneratsiyasiga olib kelishi mumkin. Uzoq muddatli yuborish preparatga antitelolarni hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Xorionik gonadotropin preparatini homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Davolash davrida avtomobilni haydash va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Xorionik gonadotropin o‘ta past toksiklik bilan xarakterlanadi. Ayollarda dozani oshirib yuborilishi fonida tuxumdonlarni haddan tashqari rag‘batlantirishi sindromi (THRS) paydo bo‘lishi mumkin. Og‘irlik darajasiga bog‘liq holda (klinik-laborator simptomlar asosida) THRS ning bir necha turlari ajratiladi Og‘irlik darajasi Sipmtomlari Yengil darajali THRS Abdominal diskomfort. Biroz jadallikdagi qorin og‘rig‘i. Tuxumdonlar o‘lchami odatda <8 sm*. O‘rtacha darajadagi THRS Sut bezlarida og‘riq. O‘rtacha jadallikdagi qorin og‘rig‘i. Ko‘ngil aynishi va/yoki qusish. Diareya. Astsitni ultratovush belgilari. Tuximdonlar kistasini biroz yoki o‘rtacha kattalashishi. Tuxumdonlar o‘lchami odatda <8-12 sm*. Og‘ir darajali THRS Tana vaznini oshishi. Ayrim holatlarda tromboemboliya hollari. Astsitni klinik belgilari (ba'zida gidrotoraks). Oliguriya. Gemokontsentratsiya, gematokrit >45%. Gipoproteinemiya. Tuxumdonlarning katta kistalari (yorilishga moyillik). Tuxumdonlar o‘lchami odatda <12 sm*. * tuxumdonlarning o‘lchami follikulalarni punktsiyasi o‘tkazilishi sababli yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YoRT) siklida THRS og‘irlik darajasi bilan mos kelmasligi mumkin. YoRT davolash printsipi Yengil daraja Yotoq tartibi; mineral suvni ko‘p miqdorda ichish; bemor holatini kuzatish. O‘rtacha va og‘ir darajasi (faqat statsionar sharoitda) Yurak-tomir tizimi (YuTT) faoliyati, nafas tizimi, jigar, buyrak, elektrolit va suv muvozanati (diurez, vazn dinamikasi, qorin aylani o‘lchamini o‘zgarishi) nazorat qilish; Gematokrit ko‘rsatkichini nazorat qilish; Kristalloid eritmalarni vena ichiga yuborish (aylanayotgan qon xajmini (AQX) tiklash va tutib turish uchun); Kolloid eritmalarni vena ichiga yuborish – sutkada 1,5-3 l (gemokontsentratsiya saqlanganida) va turg‘un oliguriyada; Gemodializ (buyrak yetishmovchiligi rivojlanganida); Kortikosteroid, antiprostaglandin, antigistamin preparatlari (kapillyarlarni o‘tkazuvchanligini kamaytirish uchun) yuborish; Tromboemboliyada – quyimolekulyar geparinlar (fraksiparin, kleksan); Plazmaferez – 1-2 kun interval bilan 1-4 seans (qonning reologik xususiyatlarini yaxshilash, qonning kislota-asos holatini (KAH) va gaz tarkibini normallashtirish, tuxumdonlar o‘lchamini kamaytirish); Astsitda paratsentez va qorin bo‘shlig‘ini transvaginal punktsiyasi. O‘rtacha va og‘ir darajali THRS rivojlanishida statsionarga yotqizish kerak. Erkaklar va o‘g‘il bolalarda ginekomastiya rivojlanishi mumkin; o‘g‘il bolalarda jinsiy yetilishning birinchi bosqichi vaqtida kuztiladigan hatti-harakatni o‘zgarishi; jinsiy bezlar degenaratsiyasi (kriptorxizmda asoslanmagan uzoq muddatli qo‘llashda), urug‘ chiqarish kanalchalari atrofiyasi (androgenlar va estrogenlarn ishlab chiqarilishini rag‘batlantirilishi natijasida follikulani rag‘batlantiruvchi gormon (FRG) ishlab chiqarilishini tormozlanishi); eyakulyatda spermatozoidlar sonini kamayishi (erkaklarda preparatni xaddan ziyod qabul qilinganda) rivojlanishi mumkin. Preparatni uzoq muddat qo‘llash nojo‘ya samaralarni kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Chiqarilish shakli
500 XB, 1000 XB va 1500 XB mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat shisha nayli flakonda. 5 preparatli ampula polivinilxlorid plyonkali kontur uyali o‘ramda 1 ml dan 5 ampula erituvchisi (natriy xloridi, in'ektsiya uchun eritma 9 mg/ml) bilan polivinilxlorid plyonkali kontur uyali o‘ramda preparat va erituvchini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma, skarifikator yoki ampula pichog‘i bilan karton qutida. O‘yiqchali, halqali va sindirish nuqtali ampulani qadoqlashda skarifikatorlar yoki ampula pichog‘i joylanmaydi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha. Qayd etish guvohnomasining egasi/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot “Moskovskiy endokrinniy zavod” federal davlat unitar korxonasi 109052 Moskva sh., Novoxoxlovskaya ko‘ch., 25. Tel./faks (495) 678-00-50/911-42-10.
Ishlab chiqaruvchi
“Moskovskiy endokrinniy zavod” federal davlat unitar korxonasi 109052 Moskva sh., Novoxoxlovskaya ko‘ch., 25. Tel./faks (495) 678-00-50/911-42-10.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.