Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Galavit rektal suppozitoriylar 50mg №5
Nomi | Narx | |||||
Галавит суппоз.рект.50мг №5 (431024##2 353) |
UZS 110 400
UZS 115 000
-4%
Экономия UZS 4 600
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Галавит суппоз.рект.50мг №5 (380924##2 361) |
UZS 110 400
UZS 115 000
-4%
Экономия UZS 4 600
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Дозировка
50 мг
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Сэлвим
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Суппозитории ректальные
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Galavit
Ta'sir qiluvchi modda (XPH) aminodigidroftalazindion natriy.
Dori shakli
rektal suppozitoriylar.
Tarkibi
faol modda aminodigidroftalazindion natriy (Galavit) 100 mg;
yordamchi moddalar – vitepsol W-35 (yog‘ kislotalarining glitseridlari) – 575 mg, vitepsol N-15 (yog‘ kislotalarining glitseridlari) – 575 mg.
Ta'rifi oqdan sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan torpedasimon shaklli, uzunligi bo‘yicha kesimda ko‘rinadigan dog‘larsiz suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruxi immunomodullovchi va yallig‘lanishga qarshi vosita.
ATX kodi L03, G02.
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning ta'sir mexanizmi uning xujayralarni (monotsitlar, makrofaglar, neytrofillar, tabiiy killarlar va boshq.) tug‘ma va moslashuvchi immunitetining funktsional va metabolik faolligini boshqarish qobilyati bilan bog‘liq. Galavit monotsitlar makrofaglarning fagotsitar faolligini, neytrofillarning bakteritsid faolligini va NK-xujayralarning sitotoksik faolligini normallashtiradi. Bunda xujayralarning tug‘ma va moslashuvchi immunitetining pasaygan faolligini tiklab, preparat organizmning bakterial, virus va zamburug‘ etiologiyali infektsion kasalliklarga rezistentligini oshiradi, organizmdan qo‘zg‘atuvchining tezroq eliminatsiyasiga yordam beradi, infektsiyalarning tez-tezligi, yaqqolligi va davomiyligini qisqartiradi.
Bundan tashqari, Galavit antiteollar xosil bo‘lishini normallashtiradi, antitelolarning funktsional faolligini (affinitet) oshiradi, bilvosita ishlab chiqaruvchi-xujayralar tomonidan endogen interferonlarning (IFN-α, IFN-γ) ishlab chiqarilishini boshqaradi.
Yallig‘lanish kasalliklarida preparat 6-8 soatga o‘ta yuqori faollashgan makrofaglar tomonidan o‘smalar-α nekrozi omili, interleykin-1, interleysin-6 va boshqa yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning oshiqcha sintezini ingibirlaydi, ularning mikdori yallig‘lanish reaktsiyalar darajasini, ularning siklikligini, shuningdek organizmning intoksikatsiyasi yaqqolligini belgilaydi. Galavit o‘ta yuqori faollangan makrofaglar tomonidan kislorodning faol shakillarini ishlab chiqarilishini pasaytiradi, shu bilan oksidant stress darajasini pasaytiradi va to‘qimalar va a'zolarni radikallarning iikastlovchi ta'siridan ximoya qiladi. Fagotsitar xujayralarning ziyoda oshgan funktsional faolligini normallashuvi, ularning antigenlik va boshqaruvchi faoliyatining tiklanishiga va autoagressiya darajasini pasayishiga olib keladi.
Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, allergik, mutagan, embriotoksik, teratogan va kantserogen ta'sirlarga ega emas.
Farmakokinetikasi
Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi. Rektal qo‘llangandan keyin yarimchiqarilish davri 40-60 minutni tashkil qiladi. Asosiy farmakolgogik samaralari 72 soat davomida kuzatiladi. Suppozitoriylardagi aminodigidroftalazindion natriy rektal yuborilganda yuqori biokiraolishlikka ega, shuning munosabati bilan xam maxalliy, xam yaqqol tizimli ta'sirga erishiladi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda immun tanqisligi xolatlarni majmuaviy davolashda immunomodullovchi va yallig‘lanisha qarshi vosita sifatida quydagilarda qo‘llanadi
- intoksikatsiya va yoki diareya bilan birga kechuvchi infektsion ichak kasalliklari;
- me'da va 12-barmoq ichakning yara kasalligi;
- virusli gepatitlar;
- gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklar;
- odam papillomasi virusi chaqirgan kasalliklar;
- infektsion-yallig‘lanishli urogenital kasalliklar (xlamidiya va trixomonada etiologiyali uretrit, xlamidiyali prostatit, o‘tkir va surunkali sal'pingooforit, endometrit);
- kichik chanoq a'zolarining yiringli-yallig‘lanish kasalliklari;
- bachadon miomasi bo‘lgan bemorlarning operatsiyadan keyingi reabilitatsiyasi;
- reproduktiv yoshdagi ayollarda operatsiyadan keyingi davrdagi asoratlar;
- operatsiyadan keyingi yiringli-septik asoratlar va ularni oldini olish (shu jumladan, onkologik kasallarda);
- surunkali qaytalanuvchi furunkulez, sarasmas;
- astenik xolatlar, nevrotik va somatoform buzilishlar, jismoniy ishlash qobilyatining pasayishi (shu jumladan, sportchilarda); alkogolli va narkotik qaramlikdagi ruxiy, xulqiy va postabstinent buzilishlar;
- markaziy va periferik nerv tizimining yallig‘lanish va infektsion-allergik kasalliklari;
- nerv tizimining degenerativ kasalliklari;
- og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari, paradontning kasalliklari;
- o‘tkir respirator infektsiyalar, nafas yo‘llari va LOR-a'zolarining bakterial va virus etiologiyali (shu jumladan, tez-tez qaytalanuvchi) kasalliklari (O‘RVI, gripp, bronxit, pnevmoniya, tonzillitlar, otitlar, adenoidlar) va ularni oldini olish.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal. Suppozitoriy kontur o‘ramdan chiqarib olinadi va so‘ngra to‘g‘ri ichakka kiritiladi. Oldin ichakni tozalash tavsiya etiladi.
Preparatning dozasi va qo‘llashning davomiyligi kasallikning xarakteri, og‘irligi va davomiyligiga bog‘liq.
- Diareya sindromi bilan birga kechuvchi o‘tkir infektsion ichak kasalliklarida boshlang‘ich doza bir marta 2 suppozitoriyni tashkil qiladi, so‘ngra 1 sushozitoriydan kuniga 2 marta intoksikatsiya simptomlari yo‘qolganicha. Keyin kursni 72 soatlik interval bilan 1 suppozitoriydan davom ettirish mumkin. Kurs 20-25 shamcha.
- Me'da va 12 barmoq ichak yara kasalligining o‘tkir davrida 2 kun 2 shamchadan kuniga 1 marta, so‘ngra 1 suppozitoriydan 72 soatlik interval bilan. Kurs 15-25 suppozitoriy. Surunkali davrida 5 sutka 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta, so‘ngra bittadan – 72 soatdan keyin. Kurs 20 suppozitoriy.
- Virusli gepatitlarda boshlang‘ich doza 1 marta 2 suppozitoriyni tashkil qiladi, so‘ngra bittadan – kuniga 2 marta intoksikatsiya va yallig‘lanish simptomlari yo‘qolguncha. Keyin kurs 1 suppozitoriydan 72 soatlik interval bilan davom ettiriladi. Kurs 20-25 suppozitoriy.
- Gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklarda 1 suppozitoriydan xar kuni 5 suppozitoriy, so‘ngra bittadan kunora - 15 suppozitoriy.
- Odam papillomasi virusi chaqirgan kasalliklarda 5 kun 1 suppozitoriydan kuniga 4 marta, so‘ngra bir suppozitoriydan kunora. Kurs – 20 suppozitoriy.
- Urogenital kasalliklarda – xlamidiya va trixomonada etiologiyali uretritlar, xlamidiyali prostatit 1 kuni 1 suppozitoriydan 2 marta, so‘ngra bittadan kunora. Kurs 10-15 suppozitoriy (patologik jarayonning og‘irligiga qarab).
- Sal'pingooforitda, endometritda o‘tkir davrida 2 kun 2 suppozitoriydan kuniga 1 marta, so‘ngra bittadan 72 soatlik interval bilan. Surunkali davrida 5 kun 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta, so‘ngra bittadan xar 72 soatdan keyin. Kurs – 20 suppozitoriy.
- Kichik chanoq a'zolarining o‘tkir va surunkali yiringli kasalliklarida o‘tkir davrida – 1 kuni 2 suppozitoriydan bir marta, 3 kun bir suppozitoriydan xar kuni, so‘ngra bittadan kunora 5 kun. Kurs – 10 suppozitoriy. Surunkali davrida 5 kun 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta, so‘ngra bittadan xar 72 soatdan keyin. Kurs – 20 suppozitoriy.
- Bachadon miomasi bo‘lgan bemorlarda operatsiyadan keyingi reabilitatsiya uchun va reproduktiv yoshdagi ayollarda operatsiyadan keyingi asoratlarda 5 kun 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta, so‘ngra bittadan - kunora. Kurs – 15 suppozitoriy.
- Operatsiyagacha va operatsiyadan keyingi davrda xirurgik asoratlarni oldini olish va davolash uchun (shu jumladan onkologik kasalliklarda) operatsiyadan oldin 5 kun davomida 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta, 5 - operatsiyadan keyin bittadan kunora va 5 suppozitoriy — 72 soatlik interval bilan buyuriladi. Kasallikning og‘ir kechishida boshlang‘ich doza 2 suppozitoriy bir marta yoki bittadan kuniga 2 marta. Kurs – 20 suppozitoriy.
- Surunkali qaytalanuvchi furunkulez va sarasmasda 5 kun 1 suppozitoriydan kuniga 1 marta, so‘ngra bittadan – kunora. Kurs – 20 suppozitoriy.
- Astenik xolatlarda, nevrotik va somatoform buzilishlarda, alkogolli va narkotik qaramligi bo‘lgan pauiyentlardagi ruxiy, hulqiy va postabstinent buzilishlarda 5 kun 1 suppozitoriydan xar kuni, so‘ngra bittadan – 72 soatdan keyin. Kurs – 15-20 suppozitoriy.
Jismoniy ishlash qobilyatini oshirish uchun 1 suppozitoriydan kunora - 5 suppozitoriy, so‘ngra bittadan – 72 soatdan keyin. Kurs — 20 suppozitoriygacha.
- Markaziy va periferik nerv tizimining yallig‘lanish va infektsion-allergik kasalliklarida 5 kun bir suppozitoriydan xar kuni, so‘ngra bittadan – 72 soatdan keyin. Kurs — 15-20 suppozitoriy.
- Nerv tizimining degenerativ kasalliklarida 5 kun bir suppozitoriydan xar kuni, so‘ngra bittadan – 72 soatdan keyin. Kurs – 15-20 suppozitoriy.
- Og‘iz bo‘shligi va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklarida, paradontning kasalliklarida boshlang‘ich doza 1 suppozitoriydan xar kuni – 5 suppozitoriy, so‘ngra bittadan – 72 soatlik interval bilan. Kurs – 15 suppozitoriy.
- Gripp, o‘tkir reapirator infektsiyalar, bronxit, pnevmoniya, tonzillit, otit, adenoiditni nospetsifik oldiniolish va davoash uchun bir suppozitoriydan kuniga 1 marta. Kurs 5 kun. Surunkali va tez-tez qaytalanuvchi kechishida bir suppozitoriydan kuniga 1 marta kunora 15 kungacha kurs bilan davom ettiriladi.
Galavit bilan davolashni kasallikning xar qanday bosqichida boshlash mumkin.
Prepartani yo‘riqnomada belgilangan ko‘rsatmalar, qo‘llash usuli va dozalarga muvofiq qo‘llang.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam xollarda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, xomiladorlik va emizish davri; 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanganda antibiotiklarning kursli dozalarini pasaytirish mumkin.
Galavit antibiotiklar bilan davolashning samaradorligini oshirish va uning nojo‘ya samaralarini pasaytirish imkoniyatini beradi. Boshqa dori preparatlari bilan nomutanosiblik xollari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Urogenital infektsiyalarni oldini olish uchun, jinsiy xamkorni bir vaqtda davolash masalasini ko‘rish tavsiya etiladi.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta'siri
Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobilyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozaning oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish xollari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriylar 100 mg dan. 5 donadan kontur uyali o‘ramda, 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
"Selvim" MChJ,
manzili 123290, Rossiya, Moskva sh., Magistral'niy tupik, 1-nchi uy, 5A, xona 91.
Tel./faks (495) 269-03-43, 269-03-44.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.