Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Irs-19 sprey 20ml
Nomi | Narx | |||||
ИРС-19 спрей 20мл (130923##2 234) |
UZS 109 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
ИРС-19 спрей 20мл (130923##2 254) |
UZS 109 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
ИРС-19 спрей 20мл (130923##2 274) |
UZS 109 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Смесь лизатов бактерий
Страна производитель
Россия
Дозировка
20 мл
Производитель
Фармстандарт-Томскхимфарм,ОАО,производитель: Abbott Healthcare SAS, Франция,Россия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Спрей назальный
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
IRS® 19
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN)
Bakteriyalar lizatlarining aralashmasi [Streptococcus pneumoniae, type I + Streptococcus pneumoniae, type II + Streptococcus pneumoniae, type III + Streptococcus pneumoniae, type V + Streptococcus pneumoniae, type VIII + Streptococcus pneumoniae, type XII + Haemophilus influenzae, type B + Klebsiella pneumoniae ss pneumoniae + Staphylococcusaureusssaureus+Acinetobacter calcoaceticus + Moraxella catarrhalis + Neisseria subflava + Neisseria perflava + Streptococcus pyogenes group A + Streptococcus dysgalactiae group C + Enterococcusfaecium + Enterococcus faecalis + Streptococcus group G]
Dori shakli
nazal sprey
Tarkibi
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
bakteriyalar lizatlari*.....................................43,27 ml
*Bakteriyalar lizatlarining tarkibi
Streptococcus pneumoniae, type I............................1,11 ml
Streptococcus pneumoniae, type II...........................1,11 ml
Streptococcus pneumoniae, type III..........................1,11 ml
Streptococcus pneumoniae, type V...........................1,11 ml
Streptococcus pneumoniae, type VIII........................1,11 ml
Streptococcus pneumoniae, type XII.........................1,11 ml
Haemophilus influenzae, type B................................3,33 ml
Klebsiella pneumoniae ss pneumoniae.....................6,66 ml
Staphylococcus aureus ss aureus............................9,99 ml
Acinetobacter calcoaceticus ....................................3,33 ml
Moraxella catarrhalis................................................2,22 ml
Neisseria subflava....................................................2,22 ml
Neisseria perflava.....................................................2,22 ml
Streptococcus pyogenes group A..............................1,66 ml
Streptococcus dysgalactiae group C.........................1,66 ml
Enterococcus faecium..............................................0,83 ml
Enterococcus faecalis...............................................0,83 ml
Streptococcus group G.............................................1,66 ml
yordamchi moddalar
Glitsin.........................................................................4,25 g
Natriy mertiolyati..............................1,2 mg dan ko‘p emas
Nerol asosidagi aromatizator**.........................12,50 mg
Tozalangan suv..................................................100 ml gacha
**Nerol asosidagi aromatizator tarkibi linalol, alfa-terpineol, geraniol, metil antranilat, limonen, geranilatsetat, linalilatsetat, dietilenglikolning monoetil efiri, feniletil spirti.
Ta'rifi rangsiz yoki sarg‘ish tusli, kuchsiz o‘ziga xos hidli, tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Bakterial lizatlar asosidagiimmunitetnirag‘batlantiruvchipreparat.
ATX kodi R07AX
Farmakologik xususiyatlari
Immunologik xususiyatlari
IRS® 19 spetsifik va nospetsifik immunitetni oshiradi.
IRS® 19 purkalganda burun shilliq qavatini qoplovchi mayda dispersli aerozol hosil qiladi, bu mahalliy immun javobni tez rivojlanishiga olib keladi. Spetsifik himoya shilliq qavatda infektsiyalarning qo‘zg‘atuvchilarini fiksatsiyasi va ko‘payishiga to‘sqinlik qiluvchi A tip sekretor immunoglobulinlar (IgA) sinfi tomonidan mahalliy antitelalari hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Nospetsifik immun himoya makrofaglarning fagotsitar faolligini oshishi va lizatsim miqdorini oshishida namoyon bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
-Yuqori nafas yo‘llarining va bronxlarning surunkali kasalliklarini oldini olish.
-Rinit, sinusit, laringit, faringit, tonzillit, traxeit, bronxit va boshqalar kabi yuqori nafas yo‘llarining va bronxlarning o‘tkir va surunkali kasalliklarini davolash.
-Gripp va boshqa virusli kasalliklardan keyin mahalliy immunitetni tiklash.
-LOR-a'zolarda rejali jarroxlik aralashuviga tayyorlash va operatsiyadan keyingi davrda qo‘llanadi.
IRS® 19 ni kattalarga ham, 3 oylikdan oshgan bolalarga ham buyurish mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat 1 dozani aerozol yuborish yo‘li bilan intranazal qo‘llanadi (1 doza = pulverizatorga 1 marta qisqa bosish).
• profilaktika maqsadida kattalar va 3 oylikdan katta bolalarga preparatning 1 dozasidan har bir burun yo‘ligi kuniga 2 marta 2 xafta davomida (davolash kursini kasallikni oshishi kutilgandan 2-3 hafta oldin boshlash tavsiya etiladi);
• yuqori nafas yo‘llarining va bronxlarning o‘tkir va surunkali kasalliklarini davolash uchun
- 3 oylikdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda dastlab shilliq ajralmadan tozalagandan keyin preparatning bir dozasidan har bir burun yo‘liga kuniga 2 marta, infektsiya simptomlari yo‘q bo‘lguniga qadar yuboriladi;
- 3yoshdankattabolalargavakattalarga preparatning bir dozasidan har bir burun yo‘liga kuniga 2 martadan 5 martagacha infektsiya simptomlari yo‘qolguniga qadar yuboriladi;
• gripp va boshqa respirator virusli infektsiyalarni o‘tkazgandan keyin bolalar va kattalarda mahalliy immunitetni tiklash uchun preparatning 1 dozasi har bir burun yo‘liga kuniga 2 marta 2 xafta davomida;
• kattalarvabolalardarejalijarroxlik aralashuviga tayyorgarlikda va operatsiyadan keyingi davrda preparatning 1 dozasi har bir burun yo‘liga kuniga 2 marta 2 xafta davomida buyuriladi (rejalashtirilgan jarroxlik aralashuvidan 1 xafta oldin davolash kursini boshlash tavsiya etiladi).
Davolashni boshida aksirish va burundan ajralmalar ajralishini kuchayishi kabi mahalliy reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Agar bu reaktsiyalar og‘ir kechsa preparatni yuborish sonini kamaytirish yoki uni bekor qilish kerak.
Juda muhim! Moslama quyidagi holatlarda to‘g‘ri ishlaydi
Flakonga uchlikni taqing, uni iloji boricha markazga joylashtiring
va unga kuch ishlatmasdan sekin bosing.
Moslama qo‘llash uchun tayyor.
PREPARAT PURKALGANDA FLAKONNI VERTIKAL HOLATDA
UShLAShLARI KERAK VA BOShNI ORQAGA TAShLASh MUMKIN
EMAS.
Agar Siz purkash vaqtida flakonni qiyshartirsangiz, bir necha sekund
davomida propellent chiqib ketadi va moslama yaroqsiz holatga
tushadi.
Preparat muntazam ishlatilganda uchlikni yechish tavsiya etilmaydi.
Agar preparatni qo‘llamasdan uzoq vaqt qoldirilsa, suyuqliktomchisiparlanishivahosilbo‘lgan kristallar uchlikning chiqish teshigini berkitib qo‘yishi mumkin. Bu holat ko‘pincha uchlikni dastlab yuvmasdan va uni quritmasdan yuqori uchini pastga qaratib flakon bilan yonma-yon o‘ramga joylanganda kuzatiladi. Agar uchlik tiqilgan bo‘lsa, suyuqlik ortiqcha bosim ta'siri
ostida o‘tib olishi uchun, uni bir necha marta bosing.
Agar bu yordam bermasa, uchlikni bir necha minut iliq suvga tushiring.
Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Flakon-sprey
• 50°Sdanyuqoriqizishdanvabevositaquyosh nurlaridan saqlansin;
• flakon teshilmasin;
• hatto flakon bo‘sh bo‘lsa ham, yoqilmasin.
Nojo‘ya ta'sirlari
IRS®19 ni qo‘llash vaqtida preparatni qo‘llash bilan bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan quyidagi nojo‘ya samaralar kuzatilishi mumkin.
Teri reaktsiyalari kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (eshakemi, angionevrotik shish) va teri eritemasimon va ekzemasimon reaktsiyalari bo‘lishi mumkin.
LOR-a'zolari va nafas a'zolari tomonidan kam hollarda – astma va yo‘tal xuruji.
Davolashni boshida kam hollarda quyidagilar kuzatilishi mumkin
Ko‘rinarsiz sabablarsiz haroratni oshishi (≥ 39°S), ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, diareya, rinofaringit, sinusit, laringit, bronxit.
Trombotsitopenik purpura va tugunli eritema paydo bo‘lishining yakka holatlari ta'riflangan.
Yuqorida ko‘rsatilgan simptomlar paydo bo‘lganda shifokorga murojaat etish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- anamnezida preparatga yoki uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
- autoimmun kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga IRS® 19 ni buyurish mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan salbiy o‘zaro ta'siri holatlari noma'lum.
Bakterial infektsiyaning klinik simptomlari paydo bo‘lgan hollarda IRS® 19 ni qo‘llashni davom ettirish fonida antibiotiklarni buyurish mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni boshida kam hollarda harorat oshishi(≥ 39°S) mumkin. Bunday hollarda davolashni bekor qilish kerak. Lekin bunday holatni LOR-a'zolarning kasalliklarini rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan lohaslik bilan kechuvchi tana haroratini oshishidan farqlash kerak. Bakterial infektsiyaning tizimli klinik belgilari mavjudligida tizimli antibiotiklarni qo‘llashni maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish kerak.
Bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarda immunostimulyatsiya maqsadida bakterial lizatlar asosidagi preparatlar buyurilganda astma xurujlari paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda davolashni to‘xtatish va keyinchalik bunday sinfdagi preparatlarni qabul qilmaslik kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik vaqtida homilaga teratogen yoki toksik ta'sirining potentsial ehtimoli haqida yetarli ma'lumotlar mavjud emas, shuning uchun preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
IRS® 19niqo‘llashavtomobilnihaydashyoki mashinalar va mexanizmlarni boshqarish bilan bog‘liq psixomotor faoliyatga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi holatlari noma'lum.
Chiqarilish shakli
Nazal sprey.
20 ml dan uzluksiz ta'sirli klapanli, azot bosimi ostida bo‘lgan plastik himoya qavat bilan qoplangan quyi ishqoriy rangsiz tiniq shishali aerozol ballonda, oq rangli yuqori zichlikdagi polietilen uchlik bilan to‘plamda. Ballonga o‘z yopishadigan yorliq yopishtiriladi yoki trafaret yoki quruq ofset bosma usulida plastikning himoya qavatiga markirovka qilinadi.
1 ballon uchlik va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan to‘plamda karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoitlari
Qat'iy vertikal holatda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Muzlatilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
korxonaning nomi va manzili
Maylan Leboratoriz SAS
Yuridik manzili
42, ul. Ruje de Lisl,
92150 Syuren, Frantsiya
Ishlab chiqarish maydonchasining manzili
Rut de Belvill, Le-di Mayar,
01400, Shatiyon syur Shalaron, Frantsiya
Qadoqlovchi va o‘ramlovchi firmaning nomi va manzili
"Farmstandart-Tomskximfarm" OAJ
Rossiya, 634009, Tomsk sh., Lenin pr., 211,
tel/faks (3822) 40-28-56
Preparatga reklamatsiyaniquyidagimanzilga yuborilsin
"Farmstandart-Tomskximfarm" OAJ
Rossiya, 634009, Tomsk sh., Lenin pr., 211,
tel/faks (3822) 40-28-56
O‘zbekistonRespublikasixududidadori vositalariningsifatibo‘yichae'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
O‘zbeksiton Respublikasi, 100179, Tashkent sh., Olmazor tumani, Chimboy mavzesi 5 A.
tel + 998712292709.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.