Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Т - Лайф лиоф. для приг. р-ра д/ин. 10мг №5 (02240902##2 427) |
UZS 477 900
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Тимопентин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Xitoy
Dozasi
10 мг
Производитель
Mu Lin Sen
Chiqarilish shakli
Лиофилизат для приготовления раствора для инъекций
T-Layf in'ektsiya uchun liofilizat tayyorlash uchun eritma 10mg №5 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
T-Layf
Ta'sir etuvchi modda (MNN) arginil - alьfa – alьfa-aspartil - lizil - valil - tirozil – arginin (timopentin)
Dori shakli
in'ektsiya uchun liofilizat tayyorlash uchun eritma
Tarkibi
1 flakon quyidagilarni saqlaydi
faol modda – timopentin 10 mg,
yordamchi moddalar mannitol, 99,8% li sirka kislotasi, gidroksid natriy.
Ta'rifi liofilizatsiya qilingan yumshoq fragmentlar yoki oq rangli liofilizatsiya qilingan yumshoq kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
immunomodulyatorlar
Kod ATX L03
Farmakologik xususiyatlari
Timopentin – bu immun tizimi faoliyatini ikki fazali boshqarish uchun qo‘llanadigan dori vositasi.
Farmakodinamika
si
Timopentin T-limfotsitlarni CD4+/CD8+ faolligini va proliferatsiyasini induktsiya qiladi, shuningdek antitelolar ishab chiqarilishini oshiradi va T-limfotsitlarni CD4+/CD8+ podtipini nisbatini normallashtiradi.
Timopentin xujayra immunitetini boshqaradi/oshiradi, periferik qonda mitogen-faollashtirilgan T-limfotsitlarni yetilishini rag‘batlantiradi, turli sitokinlarning(IFN-α, -γ, IL-2 i IL-3 kabilarni) xujayra antigeni yoki mitogeni bilan faolligini oshiradi, T-xujayra limfokinni retseptor darajasini oshishiga olib keladi. T-4 xujayra-yordamchisi faolligi yordamida limfotsitlar reaktsiyasini kuchaytiradi. Bundan tashqari NK xujayra o‘tmishdoshiga (tabiiy killerlar) xemotaksisni muvofiq zaxirasini o‘lchash yo‘li bilan ta'sir ko‘rsatishi mumkin, IFNta'siridan keyin o‘tmishdosh xujayralar xujayralar uchun toksikroq bo‘lib qoladi. Shunday qilib preparat odam immunitetini xujayra faoliyatini boshqarish va kuchaytirish uchun mo‘ljallangan.
Farmakokinetikasi
In'ektsiya joyida to‘liq so‘riladi va qon plazmasida proteaza va aminopeptidaza bilan juda tez yemiriladi. T1/2 taxminan 30 sekundni tashil qiladi. T1/2 plazmadagiga qaraganda qorin bo‘shlig‘ida uzunroq va taxminan 3,5-7 minutni tashkil qiladi. Preparat 25% qo‘llangandan 10 minutdan keyin so‘lakda aniqlash mumkin. Timopentin nishon xujayrasiga bir martalik in'ektsiyadan keyin juda tez ta'sir qiladi, qayta qo‘llanganda samarasi bir necha kun davom etgan.
Qo‘llanilishi
Turli etiologiyali immun tanqislik va toksik xolatlarni oldini olish va davolash
- turli etiologiyali surunkali yallig‘lanish kasalliklari;
- 18 yoshdan katta bemorlarda surunkali V gepatiti;
- 18 yoshdan keyin ayrisimon bezni kichiklashishi bilan bog‘liq xujayra immunitetini buzilishi;
- T-xujayralarini turli birlamchi yoki ikkilamchi yetishmovchiligi;
- autoimmun kasalliklar (revmatoid artrit, tizimli eritematoz yugirik va boshqalar);
- turli kasalliklar bilan chaqirilgan xujayra immunitetini buzilishlari;
- infektsion kasalliklar (shu jumladan opportunistik infektsiyalar) sitomegalovirusli infektsiya, gerpetik infektsiya, toksoplazmoz, xlamidioz (xlamidiyli infektsiya), pnevmotsistoz, kriptosporidioz, OIV-infektsiya/ OITS, surunkali virusli gepatiti, surunkali brutsellez, difteriya (shu jumladan bakteriya saqlovchi);
- o‘smalar (shu jumladan xavfli o‘smalar);
- kuyishlar, uzoq bitmaydigan jaroxatlar;
- sepsis, yiringli-septik asoratlar, septik endokardit;
- bronxoobstruktiv sindrom;
- xoletsistopankreatit;
- psoriaz;
- bakterial va virusli infektsiyalarga qarshi vaktsinatsiyada ad'yuvant sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga, teri ostiga qo‘llanadi.
Preparatni tavsiyalar bo‘yicha qo‘llash kerak.
Immunotanqislik xolatlarini davolash va oldini olish (surunkali yallig‘lanish kasalliklari, kuyishlar, uzoq bitmaydigan jaroxatlar, T-xujayra yetishmovchiligi) 1 kg tana vazniga 0,5 mg/kg dan haftada 3 marta. Davolash kursi 3-6 xafta;
Surunkali gepatit V 1 kg tana vazniga 0,5 mg/kg dan haftada 3 marta. Davolash kursi 4 hafta.
Autoimmun kasalliklar (revmatoid artrit, tizimli eritematoz qizil yugirik) 1 kg tana vazniga 0,5 mg/kg dan haftada 3 marta. Davolash kursi 10 kun, jami 4 davolash kursi o‘tishi kerak, kurslar orasidagi tanaffus 10 kun.
Hujayra immunitetini buzilishlari 0,5 mg/kg dan kuniga 1 marta. Davolash kursi 16-30 kun;
Infektsion kasalliklar (TSMV, gerpes, toksoplazmoz, xlamidioz, pnevmotsistoz, ikriptosporidioz, OIV-infektsiyalari/OITS, surunkali virusli gepatit, brutsellyoz va boshqalar) 1 kg tana vazniga 0,5 mg/kg dan haftada 3 marta. Davolash kursi 12 xafta;
O‘smalar (shu jumladan xavfli o‘smalar) 0,5 mg/kg dan kuniga 1 marta, 10 kun davomida. Kurslar orasida 20 kun tanaffus bilan davolashning 3 kursi zarur.
Sepsis, yiringli-septik asoratlar, septik endokardit 0,5 mg/kg kuniga 1 marta, 7 kun davomida. Kurslar orasida 20 kun tanaffus bilan davolashning 3 kursi zarur.
Bronxoobstruktiv sindrom 0,5 mg/kg dan haftasiga 3 marta, 14 kun davomida. Kurslar orasida 20 kun tanaffus bilan davolashning 3 kursi zarur.
Xoletsistopankreatit, psoriaz 0,5 mg/kg dan haftasiga 3 marta. Davolash kursi 36 hafta.
Bakterial va virusli infektsiyalarga qarshi vaktsinatsiyada ad'yuvant sifatida 0,5 mg/kg dan kuniga 1 marta. Davolash kursi 7 kun. Kurslar orasida 20 kun tanaffus bilan davolashning 3 kursi zarur.
Nojo‘ya ta'sirlari
Odatda preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, ayrim bemorlardako‘ngil aynishi, yuqori isitma, bosh aylanishi, ko‘krak qafasida og‘irlik xissi, xolsizlik, uyquchanlik kuzatilishi mumkin. Surunkali V gepatitili patsiyentlarda jigar faoliyatini buzilishlari belgilarisiz qisqa muddatli ALT oshishi kuzatilishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganda preparatni qo‘llashni davom ettirish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
- preparat komponentlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik (shu jumladan anamnezidagi yuqori sezuvchanlik)
- homiladorlik, rezus-konflikt bilan asoratlangan
- a'zolarni ko‘chirib o‘tkazishda qo‘llanmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni interferon, antibiotiklar, gormonal, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, gipotenziv preparatlar, diuretiklar yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallanganpreparatlar, markaziy nerv tizimi uchun, kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llangandainterferentsiya kuzatilmaydi.
Interferon immun faoliyatni yaxshilab, sinergik ta'sir qiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat immun tizimini faoliyatini oshirishi tufayli, preparatni immunosupressiv terapiya oluvchi patsiyentlarga (maslan, a'zolar ko‘chirib o‘tkazilganda),davolashdan foyda mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgandagidan tashqari xolatlarda qo‘llash mumkin emas.
Davolanish vaqtida jigar faoliyatini muntazam nazorat qilish zarur.
Preparatni 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash xaqida klinik ma'lumotlar yo‘q.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda preparatni faqat klinik zaruratda, yetarlicha ma'lumotlar bo‘lmaganligi tufayli qo‘llanadi.
Laktatsiya davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Kutiladigan yoki tasodifan dozani oshirib yuborilish xollari aniqlanmagan. Xayvonlardagi o‘tkir toksiklik tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, timopentin 10 mg/kg dozada (tadqiqotdagi eng yuqori doza) hech qanday nojo‘ya reaktsiyalar chaqirmaydi.
Chiqarilish shakli
10 mg dan shisha flakonlarda. 5 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
Hainan Zhonghe Pharmaceutical Co., Ltd.
Manzili Erkin savdo xududi, Nanxay avenyu, 168, Xaykou sh., prov. Xaynan', XXR.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.