Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nitro-Mik sprey 0.4mg/doza 300doz 15ml
Nitro-Mik sprey 0.4mg/doza 300doz 15ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Нитроглицерин
Страна производитель
Украина
Дозировка
0,4 мг/доза, 300 доз
Производитель
ООО НПФ "Микрохим"
Форма выпуска
Спрей назальный
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Nitro-Mik®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) nitroglitserin
Dori shakli
dozalangan sublingval sprey.
Tarkibi
1 flakon quyidagilarni saqlaydi
Faol modda suyultirilgan nitroglitserin 100% nitroglitseringa qayta hisoblanganda – 0,12 g (1 doza 0,4 mg nitroglitserin saqlaydi);
Yordamchi moddalar propilenglikol, 96% li etanol, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz, spirt hidli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
kardiologiyada qo‘llanadigan periferik vazodilatatorlar (antianginal vosita).
ATX kodi C01DA02.
Farmakologik xususiyatlari
Organik nitratlar guruhiga mansub antianginal vosita, ta'sir mexanizmi sistein yoki boshqa tiollar mavjudligida azot oksidi (relaksatsiyaning endogen omili) ni hosil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, asosan venoz qon-tomirlariga ta'sir etuvchi periferik vazodilatatordir. Azot oksidi guanilattsiklaza faolligini rag‘batlantiradi, sGMF to‘planishiga va qon-tomirlarning silliq mushaklarini relaksatsiyasiga yordam beradi. Venalarni kengayishi venoz sig‘imni oshishi va old yuklamani kamayishiga, arteriyalarni kengayishi esa – qon-tomirlarning umumiy periferik qarshiligini, o‘pka arteriyasida bosimni pasayishi va miokardga bo‘lgan keyingi yuklamani kamayishiga olib keladi. Bunda yakuniy-diastolik bosim pasayadi, koronar tomirlarda qon aylanishi yaxshilanadi, qon bilan ta'minlanishi ayniqsa miokardning subendokardial sohasidagi ishemiyasi sohalarida nisbatan yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Venoz qon aylanishini kamayishi va arterial bosimni pasayishi energiyani sarflanishi va miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamayishiga olib keladi. Yurak yetishmovchiligi va yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda preparat yurakdan otilib chiqayotgan qon xajmi, jismoniy yuklamaga tolerantlikni oshiradi.
Preparat bosh miya qon tomirlarini kengaytiradi, ichki a'zolar qon tomirlarini toraytiradi, bronxlar, me'da-ichak yo‘llari, o‘t va siydik chiqarish yo‘llarining silliq mushaklarini bo‘shashtiradi. Nitroglitserin gemoglobinni metgemoglobinga o‘tishiga yordam beradi va kislorodni tashilishini yomonlashtirishi mumkin, trombotsitlar agregatsiyasi va adgeziyasini biroz susaytiradi.
Farmakokinetikasi
Preparat til ostiga qo‘llanilganidan keyin, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati membranalari orqali juda tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Biokiraolishligi – taxminan 100, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 60% ni tashkil qiladi. Preparat 15 sekunddan keyin qonda aniqlanadi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi (1,8 mkg/l) (2,7±0,38 ng/ml) qabul qilinganidan keyin 2-4 minutdan so‘ng aniqlanadi, 7-8 minut davomida saqlanadi. 20 minutdan keyin qonda preparat deyarli aniqlanmaydi.
Preparat birinchi navbatda arteriovenoz qon tomirda metabolizmga uchraydi, silliq mushak xujayralariga kiradi, u yerda azot oksidiga aylanadi. Preparatning oz qismi asosan glutation-S reduktaza ta'siri ostida jigarda di-, mononitratlar va glitseringacha biotransformatsiyaga uchraydi.
Ichga qabul qilinganida preparatning katta qismi jigar metabolizmga uchraydi (“birinchi o‘tish” samarasi). Dinitrat va mononitratning ko‘p qismi glyukuron kislotasi bilan kon'yugatlar hosil qiladi. Nitroglitserinning metabolitlarini chiqarilishi asosan buyraklar orqali amalga oshiriladi, metabolitlarning bir qismi chiqarilayotgan nafas bilan o‘pka orqali chiqariladi. Nitroglitserinning umumiy klirensi 25-30 l ni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri – 4-5 minutni tashkil etadi. Metabolitlarining yarim chiqarilish davri – 4 soatni tashkil etadi.
Til ostiga qo‘llanilganida samarasi 1-5 minutdan keyin rivojlanadi,8-15 minut (30 minutgacha) davom etadi. Sprey shaklidagi preparat, til osti tabletkalariga nisbatan tezroq –30-60 sekunddan keyin gipotenziv va antianginal samara chaqiradi, uchinchi minutda maksimal samaraga erishiladi.
Qo‘llanilishi
Stenokardiya xurujlarini davolash (bartaraf etish), miokard infarkti va yurak chap qorinchasi o‘tkir yetishmovchiligini majmuaviy davolash, stenokardiya xurujlarini oldini olish va jismoniy yuklamadan oldin qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sprey til ostiga purkaladi. Dozasi va davolash sxemasi ko‘rsatmalar, konkret klinik holatga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi.
Stenokardiya xurujlarini davolash uchun og‘riq paydo bo‘lganidan keyin preparat darhol til ostiga purkaladi. Preparatning dozasi purkalganidan keyin og‘izni yopish kerak. Antianginal samarasi 0,5-2 minutdan keyinoq rivojlanadi. 3-5 minut davomida antianginal samarasi bo‘lmaganida yana bir marta purkaladi. Maksimal dozasi – 15 minut davomida 3 marta purkashni tashkil etadi.
Garchi nitroglitseringa tolerantlik kam hollarda rivojlansada, ba'zida preparatning dozasini 0,8-1,2 mg gacha yetkazib, asta sekin oshirishga to‘g‘ri keladi, chunki avvalgi dozalarda preparat samarasiz bo‘ladi. Yurak chap qorinchasi o‘tkir yetishmovchiligida (yurak astmasi va o‘pka shishi) Nitro-Mikning samarasi davomli bo‘lmaganligi tufayli, preparatni 10-15 minut interval bilan takroran qabul qilish mumkin. Bir martalik doza 2-3 purkashdan oshmasligi kerak, chunki buning fonida kollaptoid holat va yurak qorinchalari ekstrasistoliyasi va sinoaurikulyar blokada ko‘rinishidagi ritmni va o‘tkazuvchanlikni buzilishi yuz berishi mumkin. O‘tkir miokard infarktida Nitro-Mik spreyi anginal og‘riqni bartaraf etish va oldini olishga yordam beradi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Davolashning boshida vazotilatatsiya natijasida bosh og‘rig‘i rivojlanishi mumkin. Ba'zida birinchi doza yoki oshirilgan birinchi doza arterial bosimni pasayishi va/yoki yaqqol taxikardiya, bosh aylanishi yoki xolsizlik bilan kechuvchi postural gipotenziyaga olib kelishi mumkin.
Preparatni qo‘llash natijasida tomoqda o‘rtacha, o‘tkinchi achishish hissi aniqlanishi mumkin.
Ko‘ngil aynishi, qusish, yuzga qon oqib kelishlari, allergik dermatit, uyquchanlik kam hollarda paydo bo‘ladi, ba'zi hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va eksfoliativ dermatit rivojlanishi mumkin.
Arterial bosim haddan tashqari pasayganida preparat bilan davolash stenokardiya xurujlarini kuchaytirishi mumkin (nitratlarga paradoksal reaktsiya).
Ba'zida bradiaritmiya va hushdan ketish holati bilan kollaps paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
-O‘tkir qon tomir yetishmovchiligi (shok, kollaps).
-Yaqqol gipotenziya (sistolik bosim 90 mm.sim.ust. dan past).
-Kardiogen shok.
-Chap qorinchani yetarli bosimda to‘lmasligi oqibatidagi o‘tkir miokard infarkti.
-Chap qorinchani yetarli bosimda to‘lmasligi oqibatidagi yurak chap qorinchasi yetishmovchiligi.
-Gipertrofik, obstruktiv kardiomiopatiya oqibatidagi stenokardiya.
-Konstriktiv perikardit.
-Perikard bo‘shlig‘i tamponadasi.
-Og‘ir aortal va mitral stenoz.
-Birlamchi o‘pka gipertenziyasi.
-Bosh miya ichki bosimini oshishi bilan kechuvchi har qanday holat.
-Bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa vazodilatatorlar, AAF ingibitorlari, kaltsiy kanallari blokatorlari, beta-adrenoblokatorlar, diuretiklar, tritsiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari, viagra (sildenafil), opioid analgetiklar, etanol va etanol saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida Nitro-Mikning gipotenziv samarasi kuchayadi; beta-blokatorlar, kaltsiy kanallari blokatorlari va AAF ingibitorlari bilan - antianginal ta'siri kuchayadi, simpatomimetiklar (noradrenalin, mezaton) bilan esa, antianginal samarasi susayadi; digidroergotamin bilan bir vaqtda qo‘llanilganida – plazmada nitroglitserinning kontsentratsiyasi oshishi mumkin. Xinidin yoki novokainamid fonida Nitro-Mikni qo‘llash ortostatik kollapsni chaqirishi mumkin. Geparin bilan qo‘llanilganida antikoagulyant ta'siri kamayishi mumkin. Atropin va M-xolinobloklovchi ta'sirga ega boshqa preparatlar (etatsizin, etmozin) Nitro-Mikning samarasini pasaytirishi mumkin. Sulfgidril guruh donatorlari (kaptopril, atsetiltsistein, unitiol) preparatga bo‘lgan pasaygan sezuvchanlikni tiklaydi.
Alkogolni qabul qilish Nitro-Mikning vazodilatatorlik ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yaqqol serebral aterosklerozi, bosh miyada qon aylanishini buzilishi, ortostatik gipotenziyaga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda, og‘ir darajali anemiya, glaukomada, keksa patsiyentlarda, shuningdek gipovolemiya va jigar va buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Davolash davrida alkogolni iste'mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Preparat spirt saqlaydi. Uni tutqanoq, bosh miya jarohatlari va markaziy nerv tizimining boshqa kasalliklarida qo‘llash xavfli bo‘lishi mumkin.
Ortostatik reaktsiyalar kuchayishi tufayli, gorizontal holatda jismoniy mashqlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Nitro-Mikni homiladorlik va emizish davrida faqat, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.
Bolalar. Preparatni pediatrik amaliyotda qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun preparat bolalarga buyurilmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Nitro-Mik psixomotor reaktsiyalarning tezligini kamaytirishi mumkin, buni transport vositalarini boshqarish yoki boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda e'tiborga olish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi ma'lum nojo‘ya reaktsiyalarni (bosh og‘rig‘i, bezovtalik, hushdan ketish, bradikardiya, yaqqol arterial gipotenziya, taxikardiya, bosh aylanishi, diareya) kuchaytirishi mumkin. Ortiqcha dozalar metgemoglobinemiya, sianoz chaqirishi mumkin.
Dozani biroz oshirib yuborilganida patsiyent uchun oyoqlarini yuqoriga ko‘targan holatda yotish yetarli bo‘lishi mumkin.
Dozani og‘ir darajali oshirib yuborilganida zaharlanish va shokda o‘tkaziladigan umumiy choralarni (suyuqlikni, norepinefrin va/yoki dopaminni yuborish) ko‘rish zarur. Epinefrin (adrenalin) ni qo‘llash mumkin emas.
Metgemoglobinemiya rivojlanganida quyidagi antidotlar va choralar ko‘rsatilgan
1.S vitamini tabletka ko‘rinishida – 1 g peroral yoki vena ichiga – 1 g askorbin kislotasining natriyli tuzi eritmasi ko‘rinishida.
2.Metilen ko‘ki maksimal dozasi – 50 ml 1% li eritma, vena ichiga.
3.Toluidin ko‘ki vena ichiga tana vazniga 2-4 mg/kg boshlang‘ich dozada, so‘ngra 2 mg/kg takroran.
4.Oksigenoterapiya, gemodializ, qon quyish.
Chiqarilish shakli
15 ml dan flakonlar.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“MIKROXIM” IICHF MCHJ.
93000, Lugansk vil., Rubejnoye sh., Lenin ko‘ch., 33, Ukraina.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.