Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nitromin sprey 10gr
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Нитроглицерин
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
0,4 мг/доза 10 г 180 доз
Производитель
Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Аэрозоль
Ko'rsatmalar
Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma'lumot saqlaydi.
• Bu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish kerak bo‘lishi mumkin.
• Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling
• Bu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermasligingiz kerak. Hatto agar ularda kasallikni shu simptomlari bo‘lsa ham, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
• Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida davolovchi shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering (4 bo‘limga qarang).
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma'lumotlarni saqlaydi
1.Nitromint® aerozol preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
2.Nitromint® aerozol preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
2.Nitromint® aerozol preparatini qanday qo‘llash kerak
3.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
4.Nitromint® aerozol preparatini qanday saqlash kekrak
5.
Yaroqlilik muddati
6.
Dorixonalardan berish tartibi
7.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot

Nitroglitserin silliq mushaklarni kengaytiradi. Silliq mushaklar venalar va arteriyalarning devorlari tarkibiga kiradi, shunday qilib, nitroglitserin bu qon tomirlar bo‘shlig‘ini kengaytiradi. Nitroglitserin aerozolini til ostiga purkagandan keyin preparat tez so‘riladi, qon oqimiga tushadi. Nitroglitserin qon oqimini yaxshilaydi va tezlashtiradi. Bu yurakka yuklama kamayishini bildiradi. Yurakni qon bilan ta'minlanishini yaxshilanishi shuningdek yurak samaraliroq ishlashini bildiradi. Nitroglitserinning bu samaralari stenokardiya xurujlarini bartaraf etadi va yangi xuruj rivojlanishini oldini olishi mumkin.
Nitroglitserin stenokardiya (ko‘krakda og‘riq) xurujlarini bartaraf etish va oldini olish uchun mo‘ljallangan.

Aerozol bilan nafas olish taqiqlanadi!
Nitromint® aerozol preparatini qo‘llamang, agar Sizda quyidagilar bo‘lsa
• nitroglitserin va boshqa nitratlar yoki 8 bo‘limda keltirilgan har qanday yordamchi moddalarga allergiya (agar Sizda ilgari nitratlar qo‘llanilganidan keyin yuzni, qo‘l-oyoqni, lablarni, og‘iz shilliq qavatini, tilni, haqildoq va/yoki halqumni shishi bo‘lgan bo‘lsa);
• yaqqol gipotenziya (sistolik AB ni 90 mm sim.ust. dan past bo‘lishi bilan arterial bosimni pasayishi);
• aynib yuruvchi qon xajmini kamayishi (qonni yo‘qotish yoki suvsizlanish bilan bog‘liq);
• Sizning yuragingiz organizmni kislorod bilan to‘yingan qon bilan ta'minlab beraolmaydigan holat (kardiogen shok yoki yurak chap qorinchasi yetishmovchiligi);
• gipertrofik obstruvtiv kardiomiopatiyadagi stenokardiya (yurakni normal bo‘lmagan oshishi);
• konstriktiv perikardit (yurak atrofidagi xalta membranasini yallig‘lanishi);
• perikard tamponadasi (yurak atrofidagi xaltada suyuqliqni to‘planishi);
• aortal yoki mitral stenoz (yurak klapanlari kasalligi);
• birlamchi o‘pka gipertenziyasi (o‘pkada qon aylanishiga qarshilikni oshishi);
• yurakni qon bilan ta'minlanishi kamayishi bilan yurak xuruji bo‘lgan bo‘lsa;
• yaqqol anemiya;
• agar Siz sildenafil, tadalafil yoki vardenafil saqlovchi preparatlarni (erkaklarda impotentsiyani davolash uchun preparatlar) qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
• bosh miya ichki bosimini oshishi bilan kechishi mumkin bo‘lgan har qanday holat (masalan, bosh miyaga qon quyilishi yoki jarohat).
Tibbiyotda qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Nitromint® aerozol preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing
• Agar Siz o‘tirayotganda yoki turayotganda bosh aylanishi va/yoki xushdan ketishni chaqirishi mumkin bo‘lgan ortostatik gipotenziyaga (arterial bosimni pasayishi) moyil bo‘lsangiz
• Migrenda va yopiq burchakli glaukomada (ko‘z ichki bosimini oshishi)
• Aerozolni qo‘llash jigar kasalliklari, alkogolni suiste'mol qilish, tutqanoq, bosh miya jarohati va markaziy nerv tizimining boshqa kasalliklarida ayrim xavflarni tug‘dirishi mumkin. Aerozol oz miqdorda alkogol saqlaydi, bu ushbu patsiyentlarga zarar yetkazishi mumkin.
• Agar Sizda bosh miyani qon bilan ta'minlaydigan qon tomirlar kasalliklari (tserebrovaskulyar kasallik) bo‘lsa
• Agar Sizda o‘pka kasalligi yoki o‘pka kasalligi bilan bog‘liq yurak kasalligi bo‘lsa
• Agar Sizda yaqinda yurak xuruji bo‘lgan bo‘lsa
Dozani oshirganda Sizda bu preparatga tolerantlik rivojlanishi mumkin (stenokardiya xurujlarini oldini olish yoki bartaraf etish uchun Sizga yuqori dozalarni qo‘llashingiz lozim bo‘lganda).
Agar preparat samarasiz bo‘lsa, bu miokard infarktining (yurak xuruji) erta belgisi bo‘lishi mumkin. Agar bu kuzatilsa, Siz darhol davolovchi shifokoringiz yoki shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga murojaat etishingiz lozim.
Agar Sizda qon yoki siydik tahlilini o‘tkazishayotgan bo‘lsa, Siz ushbu preparatni qo‘llayotganligingizni albatta davolovchi shifokoringiz yoki tibbiyot xodimiga xabar bering, chunki u tahlil natijalariga ta'sir qilishi mumkin.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Nitromint® aerozol preparatini bolalar va o‘smirlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Boshqa dori vositalari va Nitromint® aerozol preparati
Ushbu preparat bilan davolash vaqtida Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki keyinchalik qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari haqida albatta shifokorga xabar bering.
Nitromint® aerozolni quyidagi preparatlar bilan hech qachon qo‘llamang
Sildenafil, vardenafil yoki tadalafil saqlovchi erektsiyani buzilishini davolash uchun preparatlar (bunday Nitromint® preparatining antigipertenziv samarasi kuchayishi mumkin).
Quyidagi preparatlar bilan Nitromint® aerozolni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim
• Qon tomirlarni kengaytiruvchi va boshqa antigipertenziv vositalar kabi qon bosimini pasaytiruvchi dori vositalari, neyroleptiklar (ruhiy kasalliklarni davolash uchun preparatlar), depressiyani davolash uchun preparatlar (tritsiklik antidepressantlar), sapropterin (fenilketonuriyani davolash uchun preparat) va N-atsetiltsistein (aminokislotali qo‘shimcha). Ushbu barcha preparatlar nitroglitserinning antigipertenziv samarasini kuchaytirishi mumkin.
• Ayollar reproduktiv tizimida normal bo‘lmagan qon ketishlarni davolash uchun mo‘ljallangan digidroergotamin saqlovchi preparatlar, chunki nitroglitserin bu preparatlarning samarasini kuchaytirishi mumkin.
• Geparin saqlovchi qonni suyultirish uchun preparatlar (geparinning samaradorligini kamaytirishi mumkin).
Agar Siz ilgari uzoq ta'sir etuvchi nitroglitserin (masalan, izosorbid dinitrati yoki mononitrati) qabul qilgan bo‘lsangiz, Sizga nitroglitserinning yuqoriroq dozalari talab etilishi mumkin.
Agar davolovchi shifokoringiz Sizda stenokardiya xurujlarini bartaraf etish uchun til osti tabletkalarini buyurgan bo‘lsa, Siz xuddi shu stenokardiya xurujini bartaraf etish uchun aerozolni ham qo‘llamasligingiz lozim.
Nitromint® aerozolini alkogol bilan qo‘llanishi
Nitromint® aerozol bilan davolash vaqtida alkogolli ichimliklarni iste'mol qilish qat'iyan man qilanadi, chunki ba'zi bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar odatdagi ko‘rinishga nisbatan og‘irroq namoyon bo‘lishi mumkin (4 bo‘limga qarang).
Agar Siz o‘zingizning hozirdagi yoki avval o‘tkazgan kasalliklaringizni aniq bilmasangiz, shifokor bilan maslahatlashing.
Homiladorlik va emizish
Agar Siz homilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirsangiz, bu xaqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.
Nitroglitserinni homiladorlik va emizish vaqtida faqat, agar shifokor ona uchun foyda homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun deb hisoblagandagina qo‘llash mumkin.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatashing.
Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish
Davolashning birinchi bosqichlarida transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish tavsiya etilmaydi, chunki preparatning gipotenziv (qon bosimini pasaytiruvchi) samarasi Sizda bosh aylanishi va o‘zingizni yomon his qilishingizni chaqirishi mumkin. Siz aerozolni qo‘llashga ko‘nikib qolganingizdan keyin Sizda ehtimol bunday muammolar bo‘lmaydi va Siz avtotransportni xavfsiz boshqara olasiz.
Nitromint® aerozol preparati oz miqdorda etanol (alkogol) va propilenglikol saqlaydi
Bu preparat 79,2 xajm % etanol saqlaydi. Har bir purkaladigan doza 0,04 g gacha alkogol saqlaydi. Uni qo‘llash jigar kasalliklari, alkogolizm, tutqanoq, bosh miya jarohati va markaziy nerv tizimining boshqa kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga zarar yetkazishi mumkin.
Preparat terini ta'sirlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan propilenglikol saqlaydi.
3.Nitromint® aerozolni qanday qo‘llash kerak
Ushbu preparatni davolovchi davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtning buyurishiga qat'iy rioya qilgan holda qo‘llash lozim.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokor yoki farmatsevtga murojaat eting.
Qo‘llash usuli
Ushbu preparatni har doim davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtning buyurishiga qat'iy rioya qilgan holda qo‘llang. Agar Sizda ishonch bo‘lmasa, davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Birinchi marta qo‘llashdan oldin dozalovchi klapan ishlayotganini tekshirish lozim. Buning uchun himoyalovchi qalpoqchani yechish va teshikni havoga qaratib, aerozol paydo bo‘lgunigacha klapanning tugmasiga bir necha bosish kerak. Agar moslama ancha vaqtgacha ishlatilmagan bo‘lsa, to‘ldirish jarayonini takrorlash zarurati tug‘ilishi mumkin.
Aerozolni til ostiga purkashni o‘rganish uchun qog‘oz varag‘ida mashq qiling. Agar Sizga aerozolni tez-tez ishlatish zarur bo‘lmasa, dozalovchi klapanning faoliyatini tekshirishni unutmang.
Aerozolni iloji boricha o‘tirgan holatda ishlating. Plastmassa qalpoqchani yeching va ballonni ayertikal holatda tuting.
Ishlatishdan oldin ballonni chayqatish kerak emas.
Purkaydigan klapan teshigini iloji boricha og‘izga yaqin tutish lozim. Aerozol bilan nafas olmaslik uchun nafasni tuting, so‘ngra og‘izni ochib va dozalovchi klapanga bosib va qo‘yib yuborib aerozolni til ostiga purkang. Har bir dozadan (purkashdan) keyin og‘izni darhol yoping.
Aerozol bilan nafas olish mumkin emas.
Dozalovchi klapanning teshigini paypaslab topish oson, bu preparatni tunda qo‘llash imkonini berishni bilish afzal.
Nitromint® aerozol preparati alyumin yoki tiniq plastmassa ballonlarda sotuvga chiqariladi.
Tiniq plastmassa ballonda preparatni birinchi marta ishlatilganda birinchi ochish nazoratli qalpoqchadan himoya xalqasini olib tashlash lozim (1-rasmga qarang).
1-rasm. - Birinchi ochish nazoratli qalpoqchadan himoya xalqasini olib tashlash
Shundan keyin ballonni bir qo‘lga olib, boshqa qo‘l bilan himoya qalpoqchasini yechish mumkin (2-rasmga qarang).
2-rasm. - himoya qalpoqchasini yechish
Alyumin ballondagi preparatni qo‘llaganda himoya qalpoqchasini yengil olib tashlash mumkin (3-rasmga qarang).
3-rasm. – alyumin ballondan birinchi ochish nazoratli himoya xalqasi bo‘lmagan himoya qalpoqchasini yechish
Dozalash tartibi
Tavsiya etiladigan dozalari
Stenokardiyaning boshlanayotgan xurujini bartaraf etish
Bir dozani til ostiga purkash lozim, bundan keyin burun orqali normal nafas olishni tiklagungacha darhol og‘izni yopish kerak. Agar simptomlar o‘tib ketmasa, dozalashni (purkash) 5 minutlik interval bilan takrorlash mumkin, lekin jami uchta dozani purkashdan oshmasligi kerak. Agar uchta dozadan (purkashdan) keyin simptomlar o‘tib ketmasa, darhol shifokorga murojaat eting.
Stenokardiya xurujini oldini olish
Kutilayotgan yuklamadan oldin bir dozani purkash kerak.
Qo‘llagandan keyin aerozolli ballonga himoya qalpoqchasini kiydiring.
Agar Siz aerozol bilan qanday to‘g‘ri qo‘llashga ishonch hosil qilmasangiz, Sizga buni qanday bajarishni tushuntirib berishni farmatsevtdan so‘rang.
Keksa patsiyentlar xuddi shunday dozani qabul qilishlari mumkin.
Nitromint® aerozolni bolalar va o‘smirlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Agar Sizga Nitromint® aerozol haddan tashqari kuchli yoki haddan tashqari kuchsiz samara ko‘rsatayotgandek tuyulsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Agar Siz keragidan ko‘proq Nitromint® aerozol preparatini qo‘llagan bo‘lsangiz
Agar Siz haddan tashqari ko‘p purkashlarni amalga oshirgan bo‘lsangiz, bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim nojo‘ya reaktsiyalar (quyiga qarang) ularni odatdagi doza qo‘llaganda paydo bo‘lishiga nisbatan yomonlashishi mumkin.
Bunday hollarda darhol davolovchi shifokoringizga murojaat eting.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat eting.
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar
Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya reaktsiyalar chaqirishi mumkin, lekin ular hammada patsiyentlarda paydo bo‘lavermaydi.
Juda tez-tez (10 patsiyentdan 1 tasida uchraydi)
-bosh og‘rig‘i*
Tez-tez (100 patsiyentdan 1-10 tasida uchraydi)
-bosh aylanishi
-uyquchanlik
-yurak ritmini tezlashishi
-qon bosimini pasayishi**
-turganda yoki yotgan holatdan o‘tirgan holatga o‘tganda qon bosimini pasayishi**
-holsizlik
Tez-tez emas (1000 patsiyentdan 1-10 tasida uchraydi)
-sinkope (hushdan ketish)
-stenokardiya xurujlarini kuchayishi (ko‘krakdagi og‘riqni kuchayishi)
-yurak ritmini sekinlashishi
-sianoz (terga yaqin joylashgan to‘qimalarda kislorod miqdorini kamligi bilan bog‘liq teri va shilliq qavatlarini ko‘k-binafsha rangi)
-yuz terisida qizib ketish hissi
-qon tomir yetishmovchiligi
-ko‘ngil aynishi
-qusish
Juda kam hollarda (10000 patsiyentdan 1 tadan kamroq uchraydi)
-metgemoglobinemiya (qonda metgemoglobin darajasini oshishi bilan bog‘liq holat, bu qizil qon tanachalarining kislorodni to‘qimalarga berish qobiliyatini pasaytiradi).
-bezovtalik
-bosh miyani kislorod bilan ta'minlanishini kamayishi
-jig‘ildon qaynashi
-og‘izdan yoqimsiz hid kelishi
-nafas olishni buzilishi
-dermatit
-dori vositasi chaqirgan toshma
* odatda davolashni boshida paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘i nitroglitserinning eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samarasi hisoblanadi. Bu “nitrat bosh og‘rig‘i” deb nomlanuvchi bosh og‘rig‘i bir necha kun davomida o‘tib ketadi.
** davolashni boshida va doza oshirilganida kuzatiladi.
Boshqa nojo‘ya samaralar (tez-tezligi noma'lum)
Allergik reaktsiyalar.
Aerozolni qo‘llash og‘izda kuchsiz, o‘tuvchan achishishni chaqirishi mumkin.
Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish
Agar Sizda biron-bir noxush samaralar, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan noxush samaralar aniqlansa, bu haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Sizning xabarlaringiz tufayli, Siz bu dori vositasining xavfsizligi xaqida ko‘proq ma'lumot olishingiz mumkin.
5.Nitromint® aerozolni qanday saqlash kerak
Original o‘ramida, 15-25oS haroratda, yorug‘likdan va issiqlikdan himoyalangan joyda saqlansin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Preparatni ochiq olovga yoki chekish joylariga yaqin joyda saqlash va qo‘llash taqiqlanadi! Aerozolni olovga yoi issiq yuzalarga purkash mumkin emas.
Bo‘sh ballonni teshish yoki olovga tashlash taqiqlanadi!
Ballon potlashi xavfi va olovdan xavfli!
Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldin olishga yordam beradi.
6.
Yaroqlilik muddati
Yaroqlilik muddati
o‘ramida ko‘rsatilgan.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
ning o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
7.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot
Nitromint® aerozol preparati nimalarni saqlaydi
Ta'sir etuvchi modda
Bir ballon (10 g) 8 g 1%-li nitroglitserin eritmasi saqlaydi. Aerozolning bir dozasi 0,4 mg nitroglitserin saqlaydi. Har bir ballon kamida 180 doza saqlaydi.
Yordamchi moddalar etanol, propilenglikol.
Nitromint® aerozol preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Tashqi ko‘rinishi Rangsiz yoki deyarli rangsiz, tiniq, cho‘kmasiz eritma.
O‘rami 10 g purkovchi uchlikli dozalovchi nasos va himoya qalpoqchasi bilan ta'minlangan SOS (tsikloolefin sopolimer) ballon yoki alyumin ballonga quyiladi. Ballon preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha patsiyentlar uchun yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
MARKETINGGA LITSENZIYA EGASI VA ISHLAB CHIQARUVCHI
“Farmatsevticheskiy zavod EGIS” YOAJ
1106 Budapesht, Keresturi ko‘ch., 30-38
VENGRIYA
Ishlab chiqarish maydonchasi
“Farmatsevticheskiy zavod EGIS” YOAJ
9900 Kyormend, Matyash kiray ko‘ch., 65

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.