Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Trimekor MR tab. 35mg №60
Nomi | Narx | |||||
Тримекор MR таб. 35мг №60 (280110224##2 235) |
UZS 133 300
UZS 138 900
-4%
Экономия UZS 5 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Тримекор MR таб. 35мг №60 (280070224##2 332) |
UZS 134 900
UZS 140 600
-4%
Экономия UZS 5 700
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Тримекор MR таб. 35мг №60 (280070224##2 335) |
UZS 134 900
UZS 140 600
-4%
Экономия UZS 5 700
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Gruziya
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
GM Pharmaceuticals Ltd, LLC, Грузия
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Trimekor MR
Ta'sir etuvchi modda (XPN) trimetazidin (trimetazidine)
Dori shakli
ajralib chiqishi modifikatsiyalangan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Trimekor MR qobiq bilan qoplangan, ajralib chiqishi modifikatsiyalangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 35 mg trimetazidin digidroxloridi;
yordamchi moddalar gipromelloza (metotsel K 100 M SK), gipromelloza (metotsel K 15 M), mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, kremniy dioksidi.
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama qavariq, pushti rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
antianginal, ishemiyaga qarshi preparat.
ATX kodi S01EV15.
Farmakologik xususiyatlari
Antianginal, ishemiyaga qarshi preparat.
Trimekor MR gipoksiya yoki ishemiyaga uchragan hujayralarning energetik metabolizmini normallashtiradi, hujayra ichidagi ATF miqdorining kamayishini oldini oladi. Shunday qilib, preparat membranalar ion kanallarining normal faoliyat ko‘rsatishini, membranalararo kaliy va natriy ionlarini o‘tkazilishi, shuningdek hujayra gemostazini saqlanishini ta'minlaydi.
Trimekor MR yog‘ kislotalarini oksidlanishini sekinlashtiradi, glyukozani oksidlanishini oshiradi va glikoliz va oksidlanishli dekarboksillanish o‘rtasidagi yaqinlikni tiklaydi va miokardning ishemiyadan himoyasini ta'minlaydi. Preparatning antianginal ta'siri asosida yog‘ kislotalarini oksidlanishini glyukozaning oksidlanishiga o‘tkazilishi yotadi.
Trimetazidin ishemiyaning epizodlari davrida yurak va neyrosensor a'zolarning energetik metabolizmini tutib turadi; hujayra ichki atsidozi kattaligini kamaytiradi; polinuklear neytrofillarni yurakning ishemik va reperfuzion to‘qimalarga migratsiyasi va infil'tratsiyasi darajasini pasaytiradi, miokardning shikastlanish o‘lchamlarini kamaytiradi. Preparatning ushbu samaralari har qanday bevosita gemodinamik samarasisiz kuzatiladi.
Stenokardiyasi bo‘lgan patsiyentlarda, trimetazidin koronar zahirani oshiradi, shu yo‘l bilan jismoniy yuklama chaqirgan ishemiyani rivojlanishini sekinlashtirib, yurak ritmini hech qanday ahamiyatli o‘zgarishlarisiz AB ning keskin tebranishlarini cheklaydi, stenokardiya xurujlarining tiyez-tezligini ahamiyatli kamaytiradi, nitratlarni qabul qilishga ehtiyojni jiddiy kamaytiradi, ishemik disfunktsiyasi bo‘lgan bemorlarda chap qorinchaning qisqaruvchanlik faoliyatini yaxshilaydi.
Ichga qabul qilinganidan so‘ng trimetazidin tez so‘riladi. Cmax ga 5 soatdan so‘ng erishiladi. Organizmdan asosan buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. T½ – taxminan 7 soat, 65 yoshdan katta patsiyentlarda – taxminan 12 soat.
Qo‘llanilishi
— kardiologiya yurak ishemik kasalligini uzoq muddatli davolash, stenokardiya xurujlarini oldini olish (monoterapiya yoki majmuaviy davolash tarkibida);
— LOR-kasalliklari ishemik tabiatli koxleo-vestibulyar buzilishlarni davolash (bosh aylanishi, quloqlardagi shovqin, eshitishni buzilishi);
— oftal'mologiyaz ishemik komponentli xorioretinal tomir buzilishlarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Trimekor MR 1 tabletkadan sutkada 2 marta, ertalab va kechqurun ovqat qabul qilish vaqtida buyuriladi. Davolash davomiyligi individual ravishda belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari .
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan kam hollarda - ko‘ngil aynishi, qusish.
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
— homiladorlik; emizish davrida;
— preparatga bo‘lgan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Trimekor MR preparatini dorilar bilan o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Shuni nazarda tutish kerakki, Trimekor MR stenokardiya xurujlarini bartaraf qilish uchun mo‘ljallanmagan va turg‘un bo‘lmagan stenokardiya yoki miokard infarktining boshlang‘ich davolash kursi uchun qo‘llanmaydi.
Trimekor MR preparatini KK 15 ml/min dan kam bo‘lgan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga va shuningdek jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya
Trimetazidin ko‘krak suti bilan chiqariladimi, yo‘qmi noma'lum. Shuning uchun preparatni laktatsiya davrida buyurish zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarish va avtomobilni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtda Trimekor MR preparatining dozasini oshirib yuborilish hollari haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
Ajralib chiqishi modifikatsiyalangan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar 35 mg dan;
o‘ramida 30 tabletka.
Saqlash sharoiti
10-25°C haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
3 yil. Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
GM Pharmaceuticals Ltd.
Gruziya, Tbilisi sh., Ponichala 65
Tel. +995 32 2404801/02; Faks +995 32 2404803
Sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot
«GMP» MChJ vakolatxonasi,
O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh., Mustaqillik prospekti, 75
Tel. 141-03-73
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.