Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
| Nomi | Narx | |||||
| Катаксол глаз.капли 0,015% по 15мл №1 (410002580##2 760) |
UZS 69 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Азапентацен
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ruminiya
Dozasi
0,015%/15 мл
Производитель
S.C.Rompharm Company S.R.L.
Chiqarillish shakli
Kataksol ko‘z tomchilari 0,015% 15 ml dan №1 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kataksol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) azapentatsen
Dori shakli
ko‘z tomchilari
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda azapentatsen natriy polisulfonati – 0,15 mg.
yordamchi moddalar borat kislotasi, natriy tetraborat dekagidrati, kaliy xloridi, metilgidroksibenzoati, propilparagidroksibenzoati, timerosal, natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Ta'rifi yorqin-qizil rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
kataraktani davolash uchun qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi S01XA
Farmakologik xususiyatlari
Kataksol – kataraktada qo‘llanadigan oftalmologik preparatdir. Azapentatsen ko‘z gavharining sulfgidril guruhlarini oksidlanishdan himoya qiladi va gavharning tiniq bo‘lmagan oqsillarini so‘rilib ketishiga yordam beradi. Ko‘zning old kamerasi suyuqligida saqlanadigan proteolitik fermentlarga faollashtiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Preparat zo‘rayib boruvchi kataraktaga qarshi nafaqat profilaktik vosita sifatida, balki tiniq bo‘lmagan proteinlarni erituvchi vosita sifatida ham qo‘llanishi mumkin.
Qo‘llanilishi
• keksalardagi katarakta;
• tug‘ma katarakta;
• jarohat oqibatidagi katarakta;
• ikkilamchi katarakta.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Kataksol preparati shikastlangan ko‘zning kon'yunktivasiga 2 tomchidan sutkada 3-5 marta tomiziladi.
Tomizilganidan so‘ng, dori preparatining tizimli so‘rilishini kamaytirish uchun qovoqlarni yopish va burun-ko‘z yoshi yo‘llarini bosib turish tavsiya etiladi, bunda uning nojo‘ya ta'sirlari kamayadi.
Preparat uzoq muddat davolash uchun mo‘ljallangan. Hatto, ko‘z gavharining holatini tez yaxshilanishi kuzatilsa ham, davolashni to‘xtatish tavsiya etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy reaktsiyalar kam hollarda - achishish, qovoq sohasida qichishish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kataksol preparatini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kataksol preparatini qo‘llash vaqtida kontakt linzalarni taqish tavsiya etilmaydi, chunki uning komponentlari yumshoq kontakt linzalarda to‘planishi va ko‘z to‘qimasiga noxush ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Tiqin-tomchilagichning uchini ko‘zga va boshqa har qanday yuzalarga tekkazish mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanilishi
Homilador ayollarda Kataksol ko‘z tomchilarini faqat shifokorning ko‘rsatmasi va jiddiy kuzatuvi ostida qo‘llash mumkin.
Davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Pediatriyada ishlatilishi
Bolalarda Kataksolni qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Kataksol preparati tomizilganidan so‘ng ko‘rish o‘tkirligini vaqtincha yo‘qolishi bo‘lgan patsiyentlar diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat ko‘z tomchilari shaklida qo‘llanganida dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Kataksol ko‘z tomchilari 0,015% 15 ml dan tiqin-tomchilagichli va himoya halqasi bilan ta'minlangan, buraluvchi himoya qopqoqchali plastik flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilganidan so‘ng preparatni 4 hafta davomida ishlatish kerak.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Uorld Meditsin Oftalmiks», Buyuk Britaniya
(“World Medicine Ophthalmics”, Great Britain)
«Romfarm Kompanii S.R.L.», Otopen, Yeroilor 1 A ko‘ch., Rumniyada ishlab chiqarilgan.
(S.C. “Rompharm Company S.R.L.”, Otopeni, Eroilor street 1A, Romania)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.