Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аrutimol ko‘z tomchilari 0,5%
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тимолол, бензалкония хлорид
Страна производитель
Австрия
Дозировка
0,5% 5 мл
Производитель
Lannacher Heilmittel GmbH, Австрия произведено: G.L. Pharma GmbH
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Глазные капли
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Arutimol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) timolol
Dori shakli
ko‘z tomchilari.
Tarkibi
25% li1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda timolol maleati - 3,42 mg, bu 2,5 mg timololga mos keladi;
yordamchi moddalar benzalkoniy xloridi - 0,03 mg (konservant sifatida), povidon, dinatriy edetati, dinatriy fosfat dodekagidrati, natriy digidrofosfat digidrati, in'ektsiya uchun suv.
0,5% li 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda timolol maleati - 6,83 mg, bu 5,0 mg timololga mos keladi.
yordamchi moddalar benzalkoniy xloridi - 0,03 mg (konservant sifatida), povidon, dinatriy edetati, dinatriy fosfat dodekagidrati, natriy digidrofosfat digidrati, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, ko‘rinarli zarrachalardan deyarli xoli, rangsiz yoki sarg‘ish tusli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
glaukomaga qarshi vosita.
ATX kodi S01ED01
Farmakologik xususiyatlari
Timolol β1 va β2-adrenoretseptorlarning noselektiv blokatoridir. Timolol ichki simpatomimetik va memebrani barqarorlashtiruvchi faollikka ega emas. Ko‘z tomchilari ko‘rinishida mahalliy qo‘llanilganida ko‘z ichki suyuqligini hosil bo‘lishini kamaytirish hisobiga ham, oshgan ko‘z ichki bosimini pasaytiradi. Ko‘z qorachig‘ining o‘lchami va akkomodatsiyasigata'sir qilmaydi.
Preparatning ta'siri kon'yuktiva bo‘shlig‘iga tomizilgandan keyin 20 minut o‘tgach namoyon bo‘ladi. Ko‘z ichki bosimini maksimal pasayishi 1-2 soatdan keyin boshlanadi va 24 soat davomida saqlanadi.
Qo‘llanilishi
oshgan ko‘z ichki bosimi (ko‘z gipertenziyasi);
glaukoma (surunkali ochiq burchakli glaukoma);
afakiyali glaukoma va ikkilamchi glaukomaning boshqa turlari;
yopiq burchakli glaukomada ko‘z ichi bosimini tushirish uchun qo‘shimcha vosita sifatida (miotiklar bilan majmuada);
tug‘ma glaukomada (boshqa terapevtik choralar yetarli bo‘lmaganda) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Davolashni boshida 0,25% va 0,5% li Arutimol preparatini shikastlangan ko‘zga 1 tomchidan kuniga 2 marta tomiziladi.
Agar muntazam qo‘llanganida ko‘z ichki bosimi normallashsa, preparatni 1 tomchidan kuniga 1 martagacha bo‘lgan doza bilan cheklanish kerak. Arutimol bilan davolash, odatda, uzoq muddat davomida olib boriladi. Tanaffus yoki miqdorini o‘zgartirish faqat davolovchi shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tomchilagichli flakonlarni ishlatilishi bo‘yicha tavsiyalar Arutimol ko‘zning kon'yuktiva bo‘shlig‘iga tomiziladi. Buning uchun boshingizni bir oz orqaga qilib, yuqoriga qarang va ko‘zning pastki qovog‘ini biroz pastga torting. Flakonni teshigini pastga qilib ushlash kerak.
Flakonni ezib, ko‘z tomchilarini pastki qovoq kon'yunktivasiga tomizing. Flakonning teshikli uchi ko‘zga tegmasligi kerak. Eritmani ko‘z kanalchalariga tushmasligini oldini olish va bu yo‘l bilan preparatning bo‘lishi mumkin bo‘lgan tizimli nojo‘ya ta'sirlarini kamaytirish uchun, tomizilgandan keyin tezda ko‘zning ichki burchagini (burun yonidagi) biroz bosing.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy reaktsiyalar kon'yunktivani, qovoq terisini ta'sirlanishi va giperemiyasi, ko‘zda qizish va qichishish, ko‘z yoshini oqishi, yorug‘likdan qo‘rqish, shox pardaning epiteliysini shishishi, nuqtali yuza keratopatiya, shox parda giposteziyasi, diplopiya, ptoz, ko‘z qurishi. Fistulani o‘rnatish bilan olib borilgan antiglaukomatoz operatsiya o‘tkazilganda, operatsiyadan keyingi davrda ko‘zning qon tomir qavatini ko‘chishi rivojlanishi mumkin.
Tizimli reaktsiyalar
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan yurak yetishmovchiligi, bradikardiya, bradiaritmiya, arterial bosimni pasayishi, kollaps, atrioventrikulyar blokada, yurakni to‘xtab qolishi, bosh miyada qon aylanishini o‘tuvchi buzilishi.
Nafas tizimli tomonidan hansirash, bronxospazm, o‘pka yetishmovchiligi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, depressiya, paresteziya.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, diareya.
Allergik reaktsiyalar eshakemi, ekzema.
Rinit, jinsiy faoliyatni buzilishi, alopetsiya kuzatilishi mumkin.
Chaqaloqlarda mahalliy qo‘llanishi apnoega olib kelishi mumkin.
Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan hollarda preparatni qo‘llashni to‘xtatish va imkoni boricha tezroq davolovchi shifokorga (oftalmologga) murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Agar ilgari timololga shaxsiy yuqori sezuvchanlik aniqlangan bo‘lsa, Arutimolni qo‘llash mumkin emas. Preparatni shuningdek anamnezida quyidagi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas
bronxial astma yoki nafas yo‘llarining boshqa og‘ir surunkali obstruktiv kasalliklari;
sinusli bradikardiya (yurak urishini sekinlashishi);
II va III darajali atrioventrikulyar blokada;
yaqqol yurak yetishmovchiligi;
kardiogen shok;
tarqalgan teri toshmasi bilan kechuvchi allergik reaktsiya;
og‘ir atrofik rinit;
ko‘zning shox pardasini distrofiyasi;
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
laktatsiya davri.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Arutimolni adrenalin saqlovchi ko‘z tomchilari bilan birga qo‘llanganda ko‘z qorachig‘ini kengaytirishi mumkin.
Preparatning spetsifik ta'siri - ko‘z ichki bosimini pasayishi adrenalin va pilokarpin saqlovchi ko‘z tomchilari bir vaqtda qo‘llanilganda kuchayishi mumkin, ko‘zlarga ikki xil beta-adrenoblokatorlarni tomizish mumkin emas.
Arterial bosimni tushishi va yurak urishini sekinlashishi, preparatni kaltsiy antagonistlari, rezerpin va beta-adrenoretseptorlar bilan birga qo‘llanganda potentsiyalanishi mumkin.
Insulin yoki oral diabetga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanishi gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin.
Timolol miorelaksantlar ta'sirini kuchaytiradi, shuning uchun umumiy narkoz bilan rejalashtirilgan jarrohlik aralashuvidan 48 soat oldin preparatni bekor qilinishi kerak. Bu ma'lumotlar bundan biroz avval qabul qilingan dori vositalariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Kardiodepressiv ta'siri xinidinsimon ta'sirga ega bo‘lgan antiaritmik preparatlarni bir vaqtda qo‘llanganda oshishi mumkin.
Manfiy xronotrop va dromotrop samaralar yurak glikozidlarini bir vaqtda qo‘llaganda oshishi mumkin. Beta-adrenoretseptorlar va β2-simpatomimetiklarning blokatorlari bir vaqtda qo‘llanganida oxirgilarning samaralari pasayishi mumkin, va bronxospazm rivojlanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Arutimolni o‘pka yetishmovchiligi, og‘ir serebrovaskulyar yetishmovchiligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabeti, gipoglikemiya, tireotoksikoz, miasteniyasi bo‘lgan bemorlarda va shuningdek boshqa beta-blokatorlar bilan bir vaqtda buyurilgan ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Timolol va “kaltsiy antagonistlari” preparatlarini bir vaqtda qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar yuz berishi mumkin. Bosh miyada qon aylanishini buzilishi bo‘lgan odamlarda Arutimolni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Agar tunda ko‘z ichki bosimi oshishi kuzatilayotgan bo‘lsa, Arutimol ko‘z tomchilarini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Og‘irlashgan allergik anamnezi bo‘lgan bemorlarga, tarkibida timolol bo‘lgan preparatlarni ehtiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida qo‘llash kerak.
Shuni e'tiborga olish kerakki, ko‘z ichki bosimini barqarorlashtirish vaqtida boshlang‘ich pasayishi 50% gacha ni tashkil qilish mumkin, keyin esa preparatning samaradorligi pasayishi mumkin. (taxifilaksiya). 3 oydan 12 oygacha bo‘lgan davr mobaynida bosimni pasayishi barqarorlashadi. Shuning uchun Arutimol ko‘z tomchilari buyurilgan vaqtdan boshlab, ko‘z ichki bosimini nazoratini va shox parda tekshiruvini muntazam amalga oshirish kerak.
Ahamiyatli darajada pigmentli kamalak pardasi bo‘lgan patsiyentlarda ko‘z ichki bosimi pasayishi kech va kam darajada kuzatilishi mumkin.
Agar Siz shuningdek beta-adrenoretseptorlari blokatorlarini ichga qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokor tekshiruvidan muntazam o‘tishingiz kerak.
Agar patsiyent yumshoq kontakt linzalarini taqsa, unda 0,25% va 0,5% li Arutimol ko‘z tomchilarini qo‘llash mumkin emas, chunki konservant yumshoq kontakt linzalarida yig‘ilishi va ko‘z to‘qimalariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Preparatni tomizishdan oldin qattiq kontakt linzalarini olib qo‘yish va faqat 15 minut o‘tgachgina taqish kerak.
Umumiy og‘riqsizlantirish bilan o‘tkaziladigan operativ aralashuvi bo‘lsa, preparatni 48 soat oldin bekor qilish kerak. Bu ma'lumotlar bundan oldin qo‘llangan boshqa dori preparatlarga tegishli bo‘lishi mumkin.
Davolash to‘xtatilganidan keyin Arutimol ko‘z tomchilarining samarasi bir necha kun davom etishi mumkin. Agar davolash uzoq vaqt qo‘llanganidan keyin to‘xtatilsa, Arutimol ko‘z tomchilari ta'siri chaqirgan ko‘z ichki bosimini pasayishi 2-4 hafta davom etishi mumkin. Faqat bir ko‘zga tomizilganda beta-adrenoretseptorlar blokatorlarining ko‘z tomchilari tomizilmagan ikkinchi ko‘zda ko‘z ichki bosimini pasaytirishi mumkin.
Arutimol preparatini qabul qilayotgan va doping-nazoratidan o‘tayotgan sportchilarda ijobiy reaktsiya kuzatilishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
0,25% va 0,5% li Arutimol ko‘z tomchilarini, agar ularni qo‘llashga aniq ko‘rsatmalar bo‘lmasa, homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Ko‘zga tomizilgandan keyin timolol ko‘krak sutiga o‘tadi, bunda u ona qorniga qaraganda ancha yuqori kontsentratsiyalarda to‘planishi mumkin. Timolol emizikli bolalarda jiddiy nohush reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Timololni ona uchun buyurilishini muhim ekanligini e'tiborga olib preparatni bekor qilish yoki emizishni to‘xtatish haqida qaror qabul qilinishi lozim.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir etish qobiliyati
Dori vositasini qabul qilishda ko‘rish aniqligi pasayishi va ruhiy reaktsiya sekinlashishi mumkin, va bu yo‘l xarakatiga faol qatnashishda, mashinalarga xizmat ko‘rsatishda yoki ishonchli tayanchsiz ishlarda qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Ushbu samara yanada yuqori darajada preparatni alkogol bilan o‘zaro ta'sirida o‘rin tutishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni yo‘riqnomaga muvofiq qo‘llanganda tizimli toksik ta'sirlar bo‘lishi deyarli istisno etiladi.
Dozani oshirib yuborilishi
ning belgilari bo‘lib, arterial bosimni sezilarli pasayishi, yurak yetishmovchiligini rivojlanishi, kardiogen shok, yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir bradikardiya hisoblanadi. Bundan tashqari, nafas buzilishlari, bronxospazm, me'da-ichak buzilishlari, ongni chalkashishi va tirishishlar rivojlanishi mumkin.
Davolash Tezda shifokorga murojaat qiling! Ko‘zni darhol suv yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasi bilan yuvish, simptomatik davolash o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
0,25% va 0,5% li ko‘z tomchilari 5 ml dan polietilen flakon tomchilagichda, 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutida.
Yaroqlilik muddati
3 yil. Flakon ochilganidan keyin yaroqlilik muddati 6 hafta.
Saqlash sharoiti
25oS yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Dorixonala
rdan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
, qadoqlovchi (birlamchi o‘ram)
«Laboratoriya Shoven», Fransiya
Seriyani chiqarish uchun ma'sul, o‘ramlovchi (ikkilamchi o‘ram)
«Dr.Gerhard Mann Chem. - pharm. Fabrik GmbH», Brunsbyutteler Damm 165-173
13581 Berlin, Germaniya
Qayd etish guvohnomasining egasi
“VALEANT” OAJ, Rossiya
Mahsulotning sifati bo‘yicha iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilotning manzili
“VALEANT” OAJ, Rossiya
115162, Moskva, Shabolovka ko‘ch., 31 uy, 5 qur.
Telefon/faks + 7 495 510 28 79
Elektron pochta Office.RU@valeant.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.