Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Brimoptik™ ko'z tomchilari 2 mg / ml, 5 mg / ml 10 ml
Brimoptik™ ko'z tomchilari 2 mg / ml, 5 mg / ml 10 ml
Nomi | Narx | |||||
Бримоптик™ глазные капли 2мг/мл, 5мг/мл 10мл (BM010723##2 061) |
UZS 103 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бримонидина тартрат, тимолола малеат
Страна производитель
Армения
Дозировка
2мг/мл 5мг 10мл
Производитель
ЗАО «Ликвор», Армения
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Глазные капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Brimoptik™
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) brimonidin, timolol
Dori shakli
ko‘z tomchilari
Tarkibi
faol moddalar – brimonidin tartrati – 2,0 mg, timolol maleati – 6,8 mg (5,0 mg timololga ekvivalent);
yordamchi moddalar natriy monofosfati – 6,5 mg, natriy difosfati – 7,6 mg, karboksimetiltsellyuloza natriy – 5,0 mg, benzalkoniy xloridi – 0,05 mg, in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.
Ta'rifi sarg‘ish rangli, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
glaukomaga qarshi vosita.
ATX kodi S01EX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Brimoptik™ - ikki faol ingrediyent brimonidin tartrati va timolol maleati saqlovchi majmuaviy preparatdir.
Yuqori ko‘z ichki bosimini samarali pasayishi preparatning ikkala komponentlarining bir-birini to‘ldiruvchi ta'siri hisobiga ta'minlanadi.
Preparatning terapevtik ta'siri tez, maksimal samaraga instillyatsiyadan 2 soatdan keyin erishiladi. Ta'sir davomiyligi 12 soat va undan ko‘p.
Brimonidin tartrati – alfa-2 adrenoretseptorlarning selektiv agonisti, selektivligi shu guruhning boshqa vakillariga nisbatan 30 marta yuqori.
Ko‘z ichki bosimini pasaytirish mexanizmi ko‘zning old kamerasida namlikni ishlab chiqarishni kamayishi bilan ham, uni ko‘zdan chiqarilishini oshishi bilan ham bog‘liq. Brimonidin midriaz va to‘r parda qon tomirlarining vazokonstriktsiya rivojlanishiga olib kelmaydi. Brimonidin terapevtik dozalarda yurak-qon tomir tizimiga kam ta'sir ko‘rsatadi.
Timolol maleati – nokardioselektiv β-adrenoblokator. Mahalliy qo‘llanilganda ko‘z ichki bosimini (oshgan va normal bosimni) kamaytirib, ko‘zning old kamerasida namlikni ishlab chiqarishni kamaytiradi va uni chiqarishiga yordam beradi. Akkomodatsiya, qorachiq refraktsiyasi va o‘lchamiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Brimonidin instillyatsiyasidan keyin plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi 1-3 soatdan keyin, timololning – 1-3 soatdan keyin kuzatiladi. Qon plazmasidagi brimonidin va timololning maksimal kontsentratsiyasi muvofiq ravishda 32 va406 ng/ml ni tashkil qiladi.
Preparatni mahalliy qo‘llaganda brimonidin va timololning cho‘qqi kontsentratsiyasi, brimonidin va timololni shu dozada alohida qo‘llagandagiga nisbatan 30-40% ko‘proq saqlanadi.
Brimonidin tartrati – yarim chiqarilish davri taxminan 3 soat. O‘zgarmagan ko‘rinishda va metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi.
Timolol maleati – yarim chiqarilish davri taxminan 7 soat. O‘zgarmagan ko‘rinishda va metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-ochiq burchakli glaukoma;
-monoterapiyaga berilmaydigan ko‘z ichki bosimini oshishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Shikastlangan ko‘zga 1-2 tomchidan kuniga 2 marta instillyatsiya qilinadi. Instillyatsiyalar orasidagi oraliq 12 soatni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘rish a'zosi tomonidan tipik bo‘lgan nojo‘ya samaralar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi kon'yunktiva giperemiyasi, ko‘zlarda achishish va qichishish hissi, allergik kon'yunktivit, ko‘zlarni qurishi, diplopiya, ptoz, blefarit, keratit, shox parda sezuvchanligi pasayishi.
Boshqa a'zolar tomonidan bradikardiya, aritmiya, gipotenziya, hushdan ketish, atrioventrikulyar blokada, bosh miyada qon aylanishini buzilishi, serebral ishemiya, dimlangan yurak yetishmovchiligi, shish, ko‘chib yuruvchi oqsoqlik, Reyno fenomeni, ko‘krakda og‘riq, toliqish, quloqlarda shang‘illash, bosh aylanishi, uyqusizlik, depressiya, paresteziya, qo‘l va oyoqlarni sovushi, bronxospazm (asosan bronxoobstruktiv kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda), nafas yetishmovchiligi, hansirash, yo‘tal, allergik reaktsiyalar, shu jumladan angionevrotik shish, eshakemi, psoriazsimon toshma yoki psoriazni zo‘rayishi, ko‘ngil aynishi, dispepsiya, diareya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik, bronxial astma yoki avval bronxial astmaga ko‘rsatmalar, o‘pkaning og‘ir surunkali obstruktiv kasalliklari, sinusli bradikardiya, ikkinchi va uchinchi darajadagi atrio-ventrikulyar blokada, yaqqol yurak yetishmovchiligi, kardiogen shok. Preparatni shuningdek MAO preparatlarini qabul qiluvchi patsiyentlarda ham qo‘llash mumin emas.
Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Ogohlantirishlar
Boshqa oftalmologik vositalar kabi qonga so‘rilishi mumkin.
Preparatning yurak-qon tomir va nafas tizimlariga β-adrenergik ta'siri tufayli nojo‘ya samaralar rivojlanishi mumkin.
Preparatni quyidagilarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi
-yurak-qon tomir kasalliklarini (nostabil stenokardiya) zo‘rayishi; - ortostatik gipotenziya;
-obliteratsiyalanuvchi endarteriit;
-bosh miyada qon aylanishini buzilishlari.
Jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash haqida ma'lumotlar yo‘q. Ko‘zning biron-bir interkurrent kasalliklari bo‘lganida shifokorga murojaat etish kerak. β-blokatorlar qabul qilayotgan patsiyentlar preparatni qo‘llaganda additiv samaradan saqlanish uchun ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Spontan gipoglikemiya yoki diabeti bo‘lgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki β-blokatorlar (timolol) o‘tkir gipoglikemiya simptomlarini niqoblashi mumkin.
Brimoptik™ o‘tkir yopiq burchakli glaukomada monoterapiya sifatida qo‘llanilmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
MNT susaytiruvchi vositalar (alkogol, barbituratlar, opiatlar, sedativ vositalar, anestetiklar) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda additiv samaralar rivojlanishi mumkin. Oral β-blokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda gipotenziya, bradikardiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Kaltsiy antagonistlari bilan bir vaqtda buyurilganda gipotenziya va atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi kuzatilishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar bilan birga qo‘llash aylanib yuruvchi aminlarning o‘zlashtirilishini va metabolizmini buzilishlariga olib kelishi mumkin. Rezerpin kabi organizmda katexolaminlarning darajasini kamaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda gipotenziya va bradikardiya rivojlanishi mumkin. MAO ingibitorlari brimonidinning metabolizmiga ta'sir ko‘rsatishi va gipotenziya kabi nojo‘ya samaralarni potentsial kuchayishiga olib kelishi mumkin. Antigipertenziv vositalar va yurak glikozidlari bilan buyurilganda gipotoniya rivojlanishi mumkin. β-blokatorlar (timolol) antidiabetik vositalarning ta'sirini kuchaytirishi, shuningdek gipoglikemiya simptomlarini yashirishi mumkin. Epinefrin yoki norepinefrin saqlovchi ko‘z tomchilarini bir vaqtda qo‘llash midriaz chaqirishi mumkin. Epinefrin va pilokarpin saqlovchi ko‘z tomchilari ko‘z ichki bosimini pasayishi kuchaytiradi. Xinidin bilan bir vaqtda qo‘llash yurak ritmini tezlashishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tizimli so‘rilishini kamaytirish uchun, instillyatsiyadan keyin darhol ko‘z yoshi kanalini bosish kerak.
Boshqa oftalmologik preparatlar bir vaqtda buyurilganda, instillyatsiyalar orasidagi oraliq kamida 5-10 minut bo‘lishi kerak.
Kontakt linzalar taquvchi patsiyentlar preparatni tomizishdan oldin yechishlari va tomizilgandan keyin kamida 15 minutdan keyin taqishlari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Mashinalarni haydash va foydalanish qobiliyatiga ta'siri
Applikatsiyadan keyin ko‘rishni aniqligi vaqtincha yo‘qoladigan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak; tomizilgandan keyin darhol mashinani boshqarish yoki texnika, uskunalar bilan yoki ko‘rishni aniqligini talab etuvchi biron-bir murakkab uskunalar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni mahalliy qo‘llanilganda dozani oshirib yuborilishi haqidagi ma'lumotlar yo‘q.
Brimonidin tartrati
Dozani oshirib yuborilishi
simptomlari gipotenziya, bradikardiya, gipotermiya, apnoe.
Timolol maleati
Dozani oshirib yuborilishi
simptomlari bradikardiya, bronxospazm, aritmiya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hansirash, yurakni to‘xtashi.
Chiqarilish shakli
Ko‘z tomchilari 10 ml dan flakon-tomchilagichda. 10 o‘ram karton blokda.
Saqlash sharoiti
15°S dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
1,5 yil.
Flakon ochilgandan keyin bir oy davomida ishlatilsin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
“Likvor” YoAJ, Armaniston
Yerevan, Kochinyana 7/9
Tel. 37460 37 88 00; E-mail info@liqvor.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.