Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Лакома-Т гл. капли 2,5мл (CA0054H##2 433) |
UZS 82 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Латанопрост, тимолол
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Hindiston
Производитель
Ajanta Pharma Limited
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Глазные капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Lakoma-T
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) latanoproyet va timolol maleati
Dori shakli
ko‘z tomchilari
Tarkibi
1 flakon quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar latanoprost - 50 mkg, timololga ekvivalent timolol maleati - 5 mg;
yordamchi moddalar benzalkoniy xloridi, suvsiz kaliy digidrogen ortofosfati, suvsiz dinatriy gidrogen ortofosfati, polioksil 40, gidrogenlangan kanakunjut moyi, natriy xloridi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi qattiq zarrachalarsiz tiniq va rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruxi Glaukomaga qarshi vosita.
ATX kodi SOIED51
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat. Lakoma-T ko‘rinishida kuniga 1 marta qo‘llanadigan bu ikki preparatning majmuaviy ta'siri, alohida qo‘llangan har bir komponentga qaraganda ko‘z ichki bosimini qo‘shimcha pasayishiga olib keladi. Bu ikki komponent turli ta'sir mexanizmi bilan ko‘zning yuqori bo‘lgan ichki bosimini pasaytiradi.
Latanoprost - YeR retseptorining agonisti selektiv prostanoid bo‘lib, u ko‘z suyuqligini okib chiqishini oshirish yo‘li bilan ko‘zning ichki bosimini pasaytiradi. Asosiy ta'sir mexanizmi - yuqori uveaskleral oqib chikishdir. Bundan tashqari, fatsitlitli oqib chiqishni bir muncha oshishi aniqlangan (trabekulyar oqib chiqish chidamliligi kamayishi). Timolol maleati - beta 1 va beta 2-adrenergik repeptorlarning (noselektiv) blokatorlari bo‘lib, ahamiyatli ichki simpatomimetik ta'sirga, miokardga to‘g‘ridan- to‘g‘ri depressiv ta'sirga yoki mahalliy og‘riqsizlantiruvchi moddaning ta'siriga (membranalarni barqarorlantiruvchi) ega emas. Timolol siliar epiteliyda ko‘z suyuqligini hosil bo‘lishini kamaytirish yo‘li bilan ko‘zning ichki bosimini pasaytiradi. Aniq ta'sir mexanizmi aniqlanmagan.
Farmakokinetikasi
Latanoprost - faol bo‘lmagan, izopropil efiri old dorisi bo‘lib, ammo Latanoprostning kislotali shakligacha gidrolizdan so‘ng biologik faol holatga keladi. Old dori shox pardadan yaxshi so‘riladi va ko‘z suyuqligiga o‘tayotgan barcha preparatlar shox pardadan o‘tayotgan vaqtda esteraza tomonidan gidrolizga uchraydi. Taqiqotlar Latanoprost mahalliy qo‘llanganidan taxminan ikki soatdan so‘ng ko‘z suyuqligidagi maksimal kontsentratsiyasi taxminan 30 ng/ml ga yetishini ko‘rsatadi.
Latanoprost kislotasi soatiga 0,40 l/kg/soat plazma klirensiga va 0,16 l/kg plazmada tez yakunlanuvchi yarim parchalanish davrili (17 minut) katta bo‘lmagan taqsimlanishi hajmiga ega.
Mahalliy oftal'mologik qo‘llanganidan so‘ng, Latanoprost kislotasining tizimli biokiraolishligi 45% ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan Latanoprost kislotasining 87% birikadi. Asosiy metabolizm jigarda kechadi. Latanoprost kislotasining hech qanday metabolizmi ko‘zda deyarli sodir bo‘lmaydi. 1,2-dinor va 1,2,3,4-tetranor metabolitlari hayvonlardagi tadqiqotlarda hech qanday yoki kam biologik ta'sir ko‘rsatadi va asosan siydik-chiqarish yo‘li orqali chiqariladi.
Mahalliy oftal'mologik qo‘llanganidan keyin 1 soat o‘tgach ko‘z suyuqligida Timololning maksimal kontsentratsiyasiga erishiladi. Dozaning bir qismi tizimli so‘riladi va har kuni har bir ko‘zga 1 tomchidan (kuniga 300 g) mahalliy oftal'mologik qo‘llanganidan
so‘ng 10-20 minut o‘tgach, 1 mg/ml maksimal plazma kontsentratsiyasiga yetadi. Plazmada Timololning yarim parchalanish davri taxminan 6 soatni tashkil qiladi. Timolol jigarda jadal metabolizmga uchraydi. Metabolitlari va Timolol siydik bilan chiqariladi. Latanoprost va Timolol orasida farmakokinetik o‘zaro ta'sir kuzatilmagan, biroq ko‘z suyuqligidagi Latanoprost kislotasining kontsentratsiyasi, ushbu komponentlarning birortasi bilan monoterapiya o‘tkazilganiga qaraganda, majmuaviy i qabul qilishida 1 soatdan 4 soatgacha oshish moyilligiga ega.
Qo‘llanilishi
Ochiq burchakli glaukoma yoki ko‘z gipertoniyasi bo‘lgan beta-blakatorlar, prostaglandinlar yoki boshka ko‘z ichki bosimini pasaytiruvchi (IOR) boshqa preparatlarga yetarlicha javob bermaydigan va Lakoma-T ni (majmuaviy preparati) qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblangan bemorlarning ko‘z ichki bosimini (IOR) pasaytirish uchun ko‘rsatilgan. Davolashning boshida Lakoma-T ni ko‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar uchun (shu jumladan keksalar uchun) - preparatning tavsiya etilgan dozasi bir tomchidan shikastlangan ko‘zga kuniga bir marta.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘pchilik hollarda preparat yaxshi o‘zlashtiriladi. Klinik tadqiqotlarda hech qanday alohida nojo‘ya ta'sirlari kuzatilmagan. Avval Latanoprost yoki Timolol maleati qabul qilganlarda, kam hollarda nojo‘ya ta'sirlari kuzatiladi. Ketma-ketlikdagi sur'atlarning ko‘rsatmalariga asoslanib, preparat bilan bir yildan ko‘proq davolash qabul qilgan 16-20% bemorlarda ko‘zning rangdor pardasining pigmentatsiyasini oshishi aniqlangan. Rangdor pardaning yuqori pigmentatsiyasi bo‘yicha eng ko‘p ma'lumotlar ko‘zlarning rangi yashil-jigarrang, och-jigarrang va zangori (kulrang-jigarrang) bo‘lgan guruhlarda kuzatilgan. Ko‘zning rangi gomogen havorang, kulrang, yashil yoki jigarrangli bo‘lgan bemorlarda o‘zgarishlar kam kuzatilgan. 37,4% bemorlarda kipriklarni qorayishi, qalinlashishi va uzayishi aniqlangan. Alohida preparatni qabul qilishda kuzatilgan nojo‘ya ta'sirlari haqida qo‘shimcha ma'lumotlarni muvofiq preparatning moynografiyadan olish mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni quyidagi bemorlarda qo‘llash mumkin emas
• Nafas yo‘llarining kasalliklari, shu jumladan bronxial astma, anamnezida bronxial astma yoki o‘pkaning o‘tkir surunkali obstruktiv kasalliklari;
• sinusli bradikardiyali, ikkinchi yoki uchinchi darajali atrioventikulyar blokada, yaqqol yurak yetishmovchiligi yoki kardiogen shok;
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Preparatni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi haqida yetarli ma'lumotlarning yo‘qligi tufayli bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda preparatni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun bunday bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirini maxsus tekshirishlari o‘tkazilmagan.
Preparatni va beta-adrenoblokatorlarki qabul qilayotgan patsiyentlar beta-blokadaning ham tizimli, ham ko‘z ichki bosimiga potentsial additiv samaralariga tekshiruvdan o‘tishlari kerak. Ikki mahalliy beta-adrenoblokatorlarni yondosh qo‘llash tavsiya etilmaydi. Timololning ko‘z tomchilari oral kal'tsiy antagonistlari, katexolamin kamaytiruvchi dorilar yoki beta-adrenoblokatorlar, aritmiyaga qarshi ingibitorlar (shu jumladan amiodaron va xinidin), angishvonagul glikozidlari, parasimpatomimetik vositalari, narkotik vositalar va monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari bilan birga buyurilganida, yaqqol bradikardiya va yoki gipotoniya natijasida amalga oshadigan additiv ta'siri uchun potentsial mavjud.
Preparatni ko‘z qorachig‘iga biroz ta'siri yoki umuman hech qanday ta'sir qilmasligiga qaramasdan, Timolol epinefrin bilan qabul qilish midriaz kuzatilgan. Beta-blokatorlar diabetga qarshi preparatlarning gipoglikemik ta'sirini oshirishi mumkin.
In vivo sharoitdagi tadqiqotlar timerosal saqlovchi ko‘z tomchilari benzalkoniy xloridi va preparatda ishlatiladigan konservatorlar bilan aralashganida, agar bunday preparatlar qo‘llansa, pretsipitatsiya yuz berishini ko‘rsatadi, u holda preparatlarni kabullari orasidagi oraliq kamida 5 minutni tashkil qilishi kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Artifaktik bemorlardagi yopiq burchakli yallig‘lanishli yoki neovaskulyar glaukomani va pigmentli glaukomani Latanoprost bilan davolashning cheklangan tajribasi bor. Latanoprost ko‘z qorachig‘iga kam yoki umuman ta'sir etmaydi, biroq yopiq burchakli glaukomaning o‘tkir xurujlarini davolash tajribasi mavjud emas. Demak, bunday hollarda preparatni qo‘llashda yetarli tajriba olingunicha preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi.
Latanoprostning oftal'mologik eritmasi bilan davolash vaqtida molekulyar shish, shu jumladan kistali molekulyar shish qayd qilingan. Bu kuzatuvlar asosan afakik patsiyentlarda, ko‘z gavharining orqa kapsulasi yirtilgan artifakik patsiyentlarda yoki makulyar shish uchun ma'lum xavf ko‘rsatgichlari bo‘lgan patsiyentlarda kayd qilingan Latanoprost bunday patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Oftal'mologik gipotenziv preparatlarni qo‘llashda fil'tratsiya muolajalaridan so‘ng xorioidal ko‘chish kuzatilgan.
Boshqa mahalliy oftal'mologik preparatlar kabi Lakoma-T tizimli so‘rilishi mumkin. Timololning beta-adrenergik komponenti tufayli, tizimli beta-blokatorlarning nojo‘ya ta'sirlari kabi Printsmetal stenokardiyasini yomonlashishi, periferik va markaziy sirkulyagor buzilishlarini yomonlashishi, bradikardiya va gipotoniya kuzatilishi mumkin. Timolol qabul qilinganidan so‘ng astmasi bo‘lgan bemorlarda bronxospazm natijasida jiddiy respirator reaktsiyalar, shu jumladan letal holat va yurak yetishmovchiligi bilan bog‘lik kam letal holat kabi kuzatilgan. Davolashni boshlashdan avval yurak yetishmovchiligi muvofik nazorat qilinishi kerak. Anamnezida jiddiy yurak kasalligi bo‘lgan bemorlarda yurak setishmovchiligining simptomlarini va pul's tez-tezligini tekshirish kerak.
Anafilaktik reaktsiyalar
Anamnezida atoniya yoki qator allergenlarga jiddiy anafilaktik reaktsiyalar bo‘lgan patsiyontlar beta-blokatorlarni qabul qilganlarida, tasodifiy, diagnostik yoki terapevtik allergenlar qayta kasallanishiga moyilroq bo‘lishlari mumkin.
Bunday bemorlar anafilaktik reaktsiyalarni davolash uchun ishlatiladigan adrenalinning odatdagi dozalariga reaktsiya bermasliklari mumkin. Spontan gipoglikemiyali yoki insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlarni olayotgan diabeti ayniqsa (asosan labil' diabet) bo‘lgan bemorlar beta-blokatorlarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.
Beta-blokatorlar o‘tkir gipoglikemiyaning simptomlari va belgilarini yashirishlari mumkin.
Oftal'mologik ta'sirlar
Pigmentlangan to‘qimalarning o‘zgarishlari
Preparatning tarkibida bo‘lgan prostaglandin komponenti Latanoprost, rangdor parda jigarrang pigment miqdorini ko‘paytirib, ko‘zning rangini asta-sekin o‘zgartirishi mumkin. Rangni o‘zgarishi melanotsitlar miqdorini ko‘payishi emas, rangdor parda stromasi melanotsitlarida melaninning miqdorini ko‘pligini natijasidir. Odatda qorachiq atrofidagi jigarrang pigmentatsiya shikastlangan ko‘zning periferiyasiga kontsentrik tarqaladi, biroq rangdor pardaning hammasi yoki uning bir qismi ham ko‘proq to‘q jigarrang bo‘lishi mumkin. Rangdor parda rangini o‘zgarishi sekin yuz beradi va bir necha oydan bir necha yillargacha sezilmasligi mumkin. Melanotsitlarga uzoq ta'siri va melanotsitlarni potentsial shikastlanishi va yoki ko‘zning boshqa sohalarida pigment granulalarini to‘planishi hozirgi vaqtgacha ma'lum emas. Bemorlar muntazam tekshirilib turishlari kerak va klinik vaziyatga qarab, agar rangdor pardaning yuqori pigmentatsiyasi kuzatilsa, davolash to‘xtatilishi kerak. Bunday samara asosan rangdor pardaning rangi aralash (ya'ni kulrang-jigarrang, zangori-jigarrang yoki sarg‘ish-jigarrang) bo‘lgan bemorlarda kuzatiladi. Rangi bir xil ko‘k, kulrang, zangori yoki jigarrang ko‘zli bemorlarda, klinik sinov vaqtida preparat ikki yil davomida qo‘llanganida o‘zgarishlar kam hollarda kuzatilgan. Patsiyentlar rangdor pardaning rangini o‘zgarishi mumkinligi haqida ma'lumot olishlari kerak. Faqat bir ko‘zni davolashni rejalashtirayotgan patsiyentlar, ushbu ko‘zning yuqori jigarrang pigmentatsiya potentsiali va shu jumladan, ko‘zlar orasidagi doimiy geteroxromiya kuzatilishi haqida ma'lumot olishlari kerak. Yuqori pigmentatsiya doimiy bo‘ladi.
Klinik tadqiqotlarda rangdor qavatdan trabekulyar tarmoqda melanotsitlardan melaninni olinishi tasdiqlanmagan, u Latanoprost bilan davolash natijasida trabekulyar tarmoqda giperglintatsiya bo‘lmasligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, rangdor qavatni yuqori pigmentatsiyasi bilan bo‘lgan Lantoprost bilan davolangan va davolanmagan ko‘zlar orasidagi rangdor qavatda, rang o‘zgargandan keyin rangdor qavatni namunalarini miqdoriy morfologik tekshirishlarda epitelial melanin pigmentini mikdorida farqlar kuzatilmagan. Gistologik, pigmentatsiyani oshishi rangdor qavatni stromasida melanin granulalarining o‘lchamlarini biroz oshishi bilan cheklangan.
Homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo‘llanishi
Homiladorlik davrida preparatni faqat ona uchun kutilayotgan foyda va xomila uchun mumkin bo‘lgan xavfi sinchiklab baholaganidan so‘ng qo‘llash mumkin.
Latanoprost va uning metabolitlari ko‘krak sutiga o‘tishi mumkin. Timolol maleati preparat ayollarda og‘iz orqali va oftal'mologik qo‘llanganida ko‘krak sutida aniqlangan.
Emizikli bolalarda preparatdan jiddiy nojo‘ya ta'sirlar bo‘lishi mumkinligi sababli, emizikli ayollar preparatni qabul qilishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Umuman, ko‘z tomchisini boshqa ko‘z preparatlari bilan birga instilyatsiyasi ko‘rishning qisqa muddatli xiralashishini chaqirishi mumkin.
Kontakt linzalardan foydalanish
Preparat kontakt linzalar so‘rib olishi mumkin bo‘lgan benzalkoniy xloridini saqlaydi. Eritma bilan shimdirilgan ayrim kontakt linzalar, Benzalkoniy xloridini pretsipitatini shakllantirishi mumkin bo‘lgan timerosal saqlaydi. Ko‘z tomchilarini instilyatsiyasidan oldin kontakt linzalarni yechish kerak, va 15 minutdan so‘ng yana ularni taqish mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari haqida ma'lumotlar yo‘q. Alohida preparatning tizimli dozasini oshirib yuborilishini davolash simptomatik va tutib turuvchidir.
Chiqarilish shakli
2,5 ml eritma saqlovchi tiniq bo‘lmagan past zichlikdagi poliztilenL aro dan tayyorlangan, ochiq tinik nayli, oq qopqoqli plastik flakon va tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton quttiga joylashtirilgan.
Saqlash sharoiti
Yopiq flakonda 2-8°C haroratda saqlansin.
Bemorga preparatni yuborish paytida flakon 8 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda 40°C gacha bo‘lgan haroratda saqlanishi kerak.
Agar flakon preparatni qo‘llash uchun ochilgan bo‘lsa, u 6 xafta davomida 25°C gacha xona haroratida saqlanishi kerak.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
36 oy.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Adjanta Farma Limited
Adjanta Xaus, Charkop, Kandivali (3). Mumbay 400067, Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.