Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Aykrol ko'z tomchilari. fl 4% 10 ml
Nomi | Narx | |||||
Айкрол гл. капли фл 4% 10мл (307002570##2 419) |
UZS 45 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Misr
Дозировка
4% 10 мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Глазные капли
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Aykrol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) natriy kromoglikati
Dori shakli
ko‘z tomchilari
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda 40 mg natriy kromoglikati;
yordamchi moddalar benzalkoniy xloridi, dinatriy edetati, polisorbat 80, natriy gidroksidi, xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsizdan och-sariq ranggacha bo‘lgan eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
oftalmologiyada mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan allergiyaga qarshi preparatlar.
ATX kodi S01GX01
Farmakologik hususiyatlari
Aykrol – allergiyaga qarshi vosita bo‘lib, uning tarkibiga kromoglitsil kislotasining dinatriyli tuzi kiradi. Terapevtik samarasi, semiz xujayralarni degranulyatsiyasiga va ulardan gistamin, bradikinin, leykotriyenlar (shu jumladan anafilaksiyani sekin boshqaruvchi substantsiyasini), prostaglandinlar va boshqa biologik faol moddalarning ajralib chiqishiga to‘sqinlik qiladigan, kromoglitsil kislotasini membranalarni barqarorlashtiruvchi ta'siriga bog‘liq. Aykrol preparati profilaktik qo‘llanganda ko‘proq samaralidir, chunki allergik va yallig‘lanish reaktsiyalarning rivojlanishini oldini oladi. Ko‘zning allergik kasalliklarida to‘liq klinik samara bir necha kun yoki hafta davomida kuzatiladi.
Qo‘llanilishi
• allergik kon'yunktivit (o‘tkir, surunkali, bahorgi);
• allergik keratit va keratokon'yunktivit;
• «quruq ko‘z» sindromi;
• ko‘zlarni allergik reaktsiyalar (atrof-muhit omillari, kasbiy zararliklar, maishiy kimyo vositalari, kosmetik vositalar, oftalmologik dori shakllari, o‘simlik va uy hayvonlari) bilan bog‘liq zo‘riqishi va toliqishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va bolalarga 4% li eritma har ikkala ko‘zga 1-2 tomchidan sutkada 4-6 marta bir vaqt oralig‘ida tomiziladi (klinik samaraga erishilganda qo‘llashlar orasidagi interval asta-sekin uzaytiriladi).
Nojo‘ya ta'sirlari
Qisqa muddatli achishish va ko‘rishni buzilishi, kon'yunktivani giperemiyasi va shishi, ko‘zni yoshlanishi, ko‘zda yot jismlarni xis qilish, ko‘zning atrofini qurishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tarkibi
da glyukokortikosteroidlarni saqlaydigan oftalmologik preparatlarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Aykrolni faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Agar ko‘z tomchilari uzoq vaqt qo‘llanganidan keyin kon'yunktivaning giperemiyasi davom etsa yoki kuchaysa, u holda preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Kontakt linzalar ishlatilganida eritmani tomizishdan oldin ularni yechish va preparat tomizilganidan keyin 15-20 minut o‘tgach taqish lozim.
O‘ramining ichidagisi mikroblar bilan ifloslanishidan saqlanish uchun tomizgich uchini biror-bir yuzaga tegishidan ehtiyot qilish kerak.
Har safar ishlatilganidan keyin flakonni darhol yopish kerak. Pipetka uchi bilan ko‘zga tegish mumkin emas.
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda, preparatni qo‘llashdan kutiladigan foyda homila uchun havfdan ustun bo‘lgan holatdagina Aykrol ko‘z tomchilarini qo‘llash mumkin.
Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Pediatriyada ishlatilishi
4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Aykrol preparatini qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Tomchilar tomizilgan zahoti, ko‘rish o‘tkirligi noaniq bo‘lishi mumkin, bu avtomobilni boshqarishda va mexanizmlar bilan ishlashda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aykrol preparatining dozasini oshirib yuborilishi bo‘yicha ma'lumotlar yuq.
Chiqarilish shakli
Ko‘z tomchilari 10 ml dan tiqin tomchilagich va himoya xalqasi o‘rnatilgan, buraladigan himoya qalpoqchali plastik flakonlarda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilganidan keyin preparat bir oy davomida ishlatilsin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Ye.I.P.I. Ko., Tens ov Ramadan Siti, Birinchi Sanoat Zonasi V1, a/ya 149 Tens, Misr
(«E.I.R.I.SO.» Tenth of Ramadan City, First Industrial Area Bl, P.O. box 149 Tenth, Egypt)
«Uorld Meditsin Oftalmiks», Buyuk Britaniya
(«World Medicine Ophthalmics», Great Britain)
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«EvroFarmBiznes» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Yakkasaroy ko‘ch. 1 uy.
Tel 212-18-41, 212-20-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.