Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Farmateks vaginal suppozitoriylar 18,9mg №10
Nomi | Narx | |||||
Фарматекс супп ваг 18,9мг №10 (U426A##2 304) |
UZS 104 600
UZS 109 000
-4%
Экономия UZS 4 400
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Fransiya
Дозировка
18,9 мг
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Laboratoire Innotech International manufactured by Innothera Chouzy
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Суппозитории
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Farmateks
Ta’sir etuvchi modda (XPN) benzalkoniy xloridi
Dori shakli
vaginal suppozitoriylar
Tarkibi
1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol modda - 37,8 mg benzalkoniy xloridining 50% eritmasi, bu 18,9 mg benzalkoniy xloridiga mos keladi
yordamchi moddalar gidroksipropiltsellyuloza, qattiq yog’, Witepsol S51
Ta’rifi
silindrik shaklli, oxiri konussimon, oq rangli suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi
ginekologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlar. Mahalliy qo’llash uchun kontratseptivlar. Intravaginal kontratseptivlar.
ATX kodi G02BB
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Benzalkoniy xloridi bir vaqtning o’zida spermitsid va antiseptik vosita xisoblanadi. Faol modda spermatozoidlarning membranasini parchalaydi. Spermatozoidlarning parchalanishi ikki bosqichda kechadi dastlab dumini, so’ngra boshchasini, bu shikastlangan spermatozoid tomonidan tuxum xujayrani urug’lanish imkonini yo’q bo’lishiga olib keladi.
Usulning samaradorligi qo’llanish bo’yicha tavsiyalarni to’liq va aniq rioya etilishiga bog’lik.
Qinning saprofit florasi kontratseptivlar ta’sirida o’zgarmaydi - Farmateks laktobatsillalar (Doderlyayn tayoqchasiga) miqdoriga ta’sir qilmaydi.
Farmateks gormonal preparati emas va xayz davri, libido va ayollar fertil davriga ta’sir ko’rsatmaydi.
Benzalkoniy xloridi antiseptik faollikni ko’rsatadi
In vitro sharoitida, preparat jinsiy yo’li orqali yuqadigan kasalliklarga nisbatan faol, ayniqsa Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia spp., Trichomonas vaginalis, Herpes simplex 2 turi, Staphylococcus aureus. Mycoplasma spp. ga nisbatan faol va Gardnerella vaginalis, Candida albicans, Haemophilus ducreyi va Treponema pallidum ga sust ta’sir qiladi.
• In vivo sharoitida, ba’zi elementlar jinsiy yo’li bilan o’tadigan kasalliklarga nisbatan faol.
Profilaktik sifatida foydalanish to’g’risida ma’lumotlar yo’q.
Farmakokinetikasi
Benzalkoniy xloridi qin shilliq qavatidan so’rilmaydi. Oddiy suv bilan yuvilganda bartaraf qilinadi va normal fiziologik ajralmalar bilan chiqariladi.
Qo’llanilishi
Reproduktiv yoshdagi ayollar uchun mahalliy kontratsepsiya va ayniqsa
- gormonal kontratseptivlar yoki bachadon ichki kontratsepsiyasini (BIT) vaqtinchalik yoki mutlaq qo’llash mumkin bo’lmaganda;
- tug’ruqdan keyingi davrda va emizish vaqtida
- menopauzadan oldingi davrda;
- zarurati bo’lganda homiladorlikdan epizodik saqlanishda;
- vaginal diafragma, bachadon bo'yni qopqog'i yoki bachadon ichi spiralidan qo'shimcha mahalliy kontratseptsiya sifatida foydalanganda (ayniqsa, nosteroid yallig’lanishga qarshi vositalar kabi dori preparatlarini uzoq muddatli qo'llanganda);
- agar siz peroral gormonal kontratseptivlarni qabul qilishni o'tkazib yuborsangiz yoki kechiksangiz, kontratseptsiyaning qo'shimcha usuli sifatida. Bunday holda, hayz davrining qolgan kunlarida kontratseptsiyaning ikkala usulini birlashtirish tavsiya etiladi.
Qo’llash usuli
va dozalari
Qin ichiga qo’llash uchun.
Chalqancha yotgan holda, suppozitoriyni jinsiy aloqadan 5 minut oldin qinga chuqur yuboriladi. Ta’sirining davomiyligi – 4 soat. Har bir takror jinsiy aloqadan oldin albatta yangi kapsulani yuborish kerak.
Bir martalik doza bitta suppozitoriy bitta jinsiy aloqa uchun mo'ljallangan.
Foydalanish tez-tezligi faol moddaning individual o’zlashtiraolishi va jinsiy aloqa tez-tezligi bilan cheklangan.
Farmateksni vaginal diafragma yoki BIT bilan birgalikda qo'llash mumkin.
Jinsiy aloqadan so'ng darhol oddiy suv bilan faqat tashqi jinsiy a'zolarni yuvishga ruxsat beriladi.
Nojo’ya ta’sirlari
- Allergik reaktsiyalar, kontakt dermatit, qin va/yoki sherigining jinsiy olatida qichishish va achishish.
- Ular paydo bo’lgan hollarida Farmateksni qo’llash to’xtatilsin.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik
- kolpit, vaginit
- qin yoki bachadon shilliq qavatini yaralanishi va ta’sirlanishi
- ruxiy kasalliklar bo’lgan shaxslarda yoki kontratseptiv vositalardan foydalanishga to’sqinlik qiladigan jinsiy a’zolarda aralashuvlarga yo’l qo’ymagan shaxslarda qo’llash mumkin emas.
Dorilarning o’zaro ta’siri
Qin ichiga qo’llaniladigan har qanday dori vositasi preparatning spermitsid ta’sirini pasaytirishi mumkin. Faol modda - benzalkoniy xloridi sovun ta’sirida parchalanadi, shuning uchun xattokikam miqdorda bo’lsa ham jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi.
Maxsus ko’rsatmalar
Farmateks homiladorlikdan saqlanish uchun samarali preparat hisoblanadi, agar preparat to’g’ri qo’llanilsa. Biroq, spermitsid mahalliy kontratsepsiyasi doim gormonal kontratsepsiyasi, bachadon ichki kontratsepsiyasi, qin diafragmasi, tservikal qopqoqchasi’i yoki prezervativlarga nisbatan doim samarasiz.
Kontratsepsiyaning samaradorligi preparatni qo’llash qat’iy rioya qilish bilan bog'liq .
• Xar bir jinsiy aloqadan oldin muntazam ravishda qo’llaniladi.
• Jinsiy aloqadan 2 soat oldin va keyin jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi, chunki sovun Farmateksning ta’sir qiluvchi moddasini parchalaydi.
• Jinsiy aloqadan keyin faqat toza suv bilan tashqi jinsiy a’zolarni tozalash mumkin. Jinsiy aloqadan 2 soatdan keyin qinni tozalash mumkin.
• Qinga yuborilgan Farmateksning kontratseptiv ta’sirini pasayishi xavfi sababli vanna qabul qilish dengizda, basseynda va suv xavzalarida cho’milish mumkin emas.
• Qin kasalliklarini davolashda qin dori vositalari bilan davolash to’xtamagunigacha Farmateksni qo’llashni vaqtincha to’xtatish kerak.
Bu kontratsepsiya usuli jinsiy aloqa yo’li bilan o’tadigan yoki Odam immun tanqisligi virusi sabab bo’lgan infektsiyalardan himoya qilmaydi. Ushbu kasallliklardan faqat to’siqli kontratseptiv usuli –prezervativ mavjud.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparat kontratseptiv vosita hisoblanadi, homiladorlik vaqtida qo’llanmaydi.
Homiladorlik vaqtida bu spermitsidni tasodifan qo’llanganda, homilaga xech qanday salbiy ta’sirlari aniqlanmagan. Ona sutiga o’tishi juda kam miqdorda ma’lum salbiy ta’sirlar ko’rsatmasdan amalga oshirilishi mumkin. Preparatni emizish davrida qo’llash mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Ta’sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshrib yuborilishi hollari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
5 suppozitoriydan polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folgadan tayyorlangan kontur uyali o’ramga joylashtiriladi.
2 kontur uyali o’ramdan davlat va rus tilllarida tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O’rami
da ko’rsatilgan yaroqlilik muddati o’tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ro’yxatdan o’tkazilganlik guvohnomasinig egasi
Laboratoriya Innotek Internasional
Ishlab chiqaruvchi
Innotera Shuzi, Ryu Rene Shantero, Shuzi-Syur-Sis
41150 Valuar-syur-Sis, Frantsiya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.