Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Yarina Plyus №28
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Дроспиренон, этинилэстрадиол
Страна производитель
Германия
Производитель
Bayer AG, Германия произведено: Bayer Weimar GmbH & Co. KG
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Yarina®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) etinilestradiol, drospirenon
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Yarinaning har bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 0,03 mg etinilestradiol, 3 mg drospirenon,
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, qayta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, povidon K25, magniy stearati, gipromelloza, makrogol 6000, talk, titan dioksidi (E 171), temir (II) oksidi (E 172).
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama qavariq, och-sariq rangli, bir tomoni oltiburchakli, uning ichida «DO» harflari bosib tushirilgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
progestagenlar va estrogenlar (fiksatsiyalangan majmualar)
ATX kodi G03AA12.
Farmakologik xususiyatlari
Yarinaning kontratseptiv samarasi turli omillarning o‘zaro ta'siriga asoslanadi, ulardan eng muximi ovulyatsiyani susaytirilishi va endometriyni o‘zgarishi hisoblanadi.
Yarina - etinilestradiol va progestagen drospirenon saqlovchi majmuaviy kontratseptiv preparatdir. Terapevtik dozada drospirenon shuningdek antiandrogen va o‘rtacha antimineralokortikoid xususiyatlarga ham ega. U estrogen, glyukokortikoid va antiglyukokortikoid samaralarni namoyish etmaydi. Bu drospirenonga tabiiy gormon progesteronning profiliga juda yaqin farmakologik profilni ta'minlaydi.
Klinik tadqiqotlar Yarina preparatining o‘rtacha antimineralokortikoid xususiyatlari o‘rtacha antimineralokortikoid samaralarga olib kelishini ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Kontratseptsiya (istalmagan homiladorlikni oldini olish) uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalarni qachon va qanday qabul qilish kerak
Kalendar o‘ram 21 tabletka saqlaydi. O‘ramda har bir tabletka, u qabul qilinishi kerak bo‘lgan haftaning kuni bilan belgilanadi. Tabletkalarni ichga har kuni kunning bir vaqtida ozgina miqdordagi suv bilan qabul qiling. Strelka yo‘nalishi bo‘ylab, hamma 21 tabletka qabul qilingunicha davom eting. Keyingi 7 kun davomida siz preparat qabul qilmaysiz. Shu 7 kun davomida hayz ko‘rish (preparatni bekor qilish oqibatida qon ketishi) boshlanishi kerak. Odatda u Yarinaning oxirgi tabletkasi qabul qilinganidan keyingi 2-3 kunlari boshlanadi. 7 kunlik tanaffusdan keyin o‘ramdan keyingi tabletkalarni, hatto agar qon ketishi hali to‘xtamagan bo‘lsa ham qabul qilishni boshlang. Bu sizni doimo yangi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni haftaning xuddi o‘sha kuni boshlashingizni bildiradi, va har oyda bekor qilish qon ketishi haftaning taxminan bir kuniga to‘g‘ri keladi.
Yarinaning birinchi o‘ramidan tabletkalarni qabul qilish
• Oldingi oyda hech qanday gormonal homilaga qarshi vositalar ishlatilmagan
Yarinani qabul qilishni siklning birinchi kunidan, ya'ni hayz ko‘rish siklining birinchi kunidan boshlang. Haftaning muvofiq kuni bilan belgilangan tabletkani qabul qiling. So‘ngra tabletkalarni navbati bo‘yicha qabul qiling. Siz shuningdek qabul qilishni hayz ko‘rish siklining 2-5 kunlaridan xam boshlashingiz mumkin, lekin bu xolda birinchi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni birinchi 7 kuni davomida qo‘shimcha ravishda kontratseptsiyaning to‘siqli usullarini (prezervativ) ishlatish kerak.
• Boshqa majmuaviy peroral kontratseptivlardan, qin xalqasidan yoki kontratseptiv plastirdan o‘tishda.
Siz Yarinani qabul qilishni peroral majmuaviy kontratseptivning joriy o‘ramidan oxirgi tabletkani qabul qilgandan keyingi kundan boshlashingiz mumkin (ya'ni qabul qilishda tanaffussiz. Agar joriy o‘ram 28 tabletka saqlasa, Yarinani qabul qilishni oxirgi faol tabletka qabul qilgandan keyingi kuni qabul qilish mumkin. Agar bu qaysi tabletkaligiga ishonmasangiz, shifokordan so‘rang. Shuningdek qabul qilishni kechroq boshlash ham mumkin, lekin hech ham qabul qilishdagi odatdagi tanaffusdan keyingi kundan kech emas (21 tabletkalarni saqlovchi preparatlar uchun) yoki oxirgi nofaol tabletkani qabul qilgandan keyin (o‘ramda 28 tabletkalarni saqlovchi preparatlar uchun).
Yarinani qabul qilishni qin xalqasi yoki plastir olingan kuni boshlash kerak, lekin kechi bilan yangi xalqa kiritiladigan yoki yangi plastir yopishtiriladigan kuni kech boshlash kerak.
• Faqat gestagen (mini pili) saqlovchi peroral kontratseptivlardan o‘tishda.
Siz mini-pilini qabul qilishni har qanday kuni to‘xtatishingiz va Yarina qabul qilishni keyingi kuni xuddi shu vaqtdan boshlashingiz mumkin. Tabletkalarni qabul qilishni birinchi 7 kuni davomida shuningdek qo‘shimcha ravishda kontratseptsiyaning to‘siqli usullarini ishlatish kerak.
• In'ektsion kontratseptiv, implant yoki gestagen ajratib chiqaruvchi qin ichki kontratseptivdan (“Mirena”) o‘tishda.
Yarina qabul qilishni navbatdagi in'ektsiya qilinadigan kuni yoki implant yoki qin ichki kontratseptiv olib tashlangan kuni boshlang. Tabletkalarni qabul qilishni birinchi 7 kuni davomida shuningdek qo‘shimcha ravishda kontratseptsiyaning to‘siqli usullarini ishlatish kerak.
• Tug‘ruqdan keyin
Agar siz endi bola tuqqan bo‘lsangiz, shifokor sizga Yarina preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin, birinchi normal hayz ko‘rish sikli tugagunicha kutishni tavsiya qilishi mumkin. Ba'zida, shifokorning tavsiyasi bo‘yicha, preparatni qabul qilishni oldin boshlash mumkin.
• Homiladorlikning birinchi uch oyligidagi o‘z-o‘zidan yoki tibbiy abortdan keyin.
Shifokoringiz bilan maslahatlashing. Odatda qabul qilishni darhol boshlash tavsiya etiladi.
O‘tkazib yuborilgan tabletkalarni qabul qilish
• Agar navbatdagi tabletkani qabul qilishdagi kechikish 12 soatdan kam bo‘lsa, Yarinaning homilaga qarshi ta'siri saqlanadi. Esingizga tushishi bilan tabletkani qabul qiling. Navbatdagi tabletkani odatdagi vaqtida qabul qiling.
• Agar navbatdagi tabletkani qabul qilishdagi kechikish 12 soatdan ko‘prorq bo‘lsa, kontraptsetiv samara pasayishi mumkin. Qanchalik ko‘p ketma-ket tabletkalar o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, va bu o‘tkazib yuborish qabul qilishni boshiga yoki oxiriga yaqin bo‘lsa, homiladorlik yuz berishini xavfi shuncha yuqori.
Bunda quyidagi qoidalarga amal qilish mumkin
• O‘ramdan bittadan ko‘p tabletka unutilgan bo‘lsa
Shifokor bilan maslahatlashing.
• Preparatni qabul qilishni birinchi haftasida bir tabletka o‘tkazib yuborilgan
O‘tkazib yuborilgan tabletkani esingizga tushgan zaxoti, iloji boricha tezroq qabul qiling (xatto bu, bir vaqtda ikki tabletkani qabul qilishni bildirsa xam). Keyingi 7 kun davomida qo‘shimcha ravishda kontratseptsiyaning to‘siqli usulini ishlating. Agar jinsiy aloqa tabletkani o‘tkazib yuborishdan oldingi hafta davomida bo‘lgan bo‘lsa, homiladorlik yuz berishi ehtimolini hisobga olish kerak. Darhol shifokor bilan maslahatlashing.
• Preparatni qabul qilishning ikkinchi haftasida bir tabletka o‘tkazib yuborilgan.
O‘tkazib yuborilgan tabletkani esingizga tushgan zaxoti, iloji boricha tezroq qabul qiling (xatto bu, bir vaqtda ikki tabletkani qabul qilishni bildirsa xam). Navbatdagi tabletkani odatdagi vaqtida qabul qiling. Agar siz birinchi o‘tkazib yuborilgan tabletkadan oldingi 7 kun davomida tabletkalarni to‘g‘ri qabul qilgan bo‘lsangiz, Yarinaning homilaga qarshi ta'siri saqlanadi, va siz qo‘shimcha kontratseptiv choralar ishlatishga muxtoj bo‘lmaysiz. Aks holda, shuningdek ikki va ko‘proq tabletkalar o‘tkazib yuborilganida 7 kun davomida qo‘shimcha ravishda kontratseptsiyaning to‘siqli usullarini ishlatish kerak.
• Preparat qabul qilishni uchinchi haftasida bir tabletka o‘tkazib yuborilgan.
Agar birinchi o‘tkazib yuborilgan tabletkadan oldingi 7 kun davomida xamma tabletkalar to‘g‘ri qabul qilingan bo‘lsa, kontratseptsiyaning qo‘shimcha usullarini ishlatishning zarurati yo‘q. Kontratseptsiyaning qo‘shimcha usullarini ishlatishning zaruratisiz, siz quydagi ikki variantlardan birontasiga amal qilishingiz mumkin.
1. O‘tkazib yuborilgan tabletkani esingizga tushgan zaxoti, iloji boricha tezroq qabul qiling (xatto bu, bir vaqtda ikki tabletkani qabul qilishni bildirsa xam). Navbatdagi tabletkani odatdagi vaqtida qabul qiling. Navbatdagi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni, joriy o‘ramdagi tabletkalar tugaganidan keyin darhol boshlang, shunday qilib, o‘ramlar orasida tanaffus bo‘lmaydi. Ikkinchi o‘ramdan tabletkalar tugamagunicha “bekor qilish” qon ketishini ehtimoli kam, lekin preparatni qabul qilish kunlari surkaluvchi ajralmalar yoki “muddatli” qon ketishlari aniqlanishi mumkin.
2. Joriy o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni to‘xtating, 7 yoki kamroq kunga (shu jumladan tabletkalar o‘tkazib yuborilgan kun) tanaffus qiling va so‘ngra yangi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni boshlang.
Bu sxemani ishlatib, siz navbatdagi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni, haftani siz odatda qiladigan o‘sha kunidan boshlashingiz mumkin.
Agar tabletkalarni qabul qilishdagi tanaffusdan keyin kutilayotgan hayz ko‘rish bo‘lmasa, siz homilador bo‘lishingiz mumkin. Yangi o‘ramdan qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
ha
Qusish va diareya xolidagi tavsiyalar
Agar Yarina tabletkalarini qabul qilishdan keyin 4 soatgacha chegaralarda sizda qusish yoki diareya (me'dani buzilishi) bo‘lgan bo‘lsa, faol moddalar, ehtimol, to‘liq so‘rilmagan. Bu vaziyat preparat qabul qilishni o‘tkazib yuborilishiga o‘xshash. Shuning uchun o‘tkazib yuborilgan tabletkalar uchun yo‘riqnomaga amal qiling.
Hayz ko‘rish boshlanishini kechikishi
Agar Yarinaning navbatdagi o‘ramida tabletkalarni qabul qilishni, joriy o‘ram tugaganidan keyin darhol boshlasangiz, siz hayz ko‘rishni boshlanishini kechiktirishingiz mumkin. Siz bu o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishni xoxlaganingizcha uzoq, yoki bu o‘ramdan tabletkalar tugagunicha davom ettirishingiz mumkin. Agar siz hayz ko‘rishni boshlanishini xoxlasangiz, tabletkalarni qabul qilishni to‘xtating. Ikkinchi o‘ramdan Yarina tabletkalarini qabul vilish vaqtida tabletkalarni qabul qilish kuni surkaluvchi ajralmalar yoki qon ketishi aniqlanishi mumkin. Navbatdagi o‘ramdan tabletkalar qabul qilishni odatdagi 7 kunlik tanaffusdan keyin boshlang.
Hayz ko‘rishni boshlanish kunini o‘zgartirish
Agar siz tabletkalarni tavsiyalarga muvofiq qabul qilayotgan bo‘lsangiz, sizda har 4 haftaning taxminan xuddi shu bir kunida hayz ko‘rish yuz beradi. Agar siz uni o‘zgartirishni xoxlasangiz, tabletkalarni qabul qilishdan ozod vaqt oralig‘ini qisqartiring (lekin uzaytirmang). Masalan, agar sizning hayz ko‘rish sikli odatda juma kuni boshlansa, kelajakda esa siz uin seshanba kuni boshlanishini xoxlasangiz (3 kun oldin), navbatdagi o‘ramdan tabletkalarni, odatdagidan 3 kun oldin qabul qilishni boshlash kerak. Agar tabletkalarni qabul qilishdan ozod tanaffus juda qisqa bo‘lsa (masalan, 3 kun yoki kam), tanaffus vaqtida hayz ko‘rish yuz bermasligi mumkin. Bunday xolda navbatdagi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilish vaqtida qon ketishi yoki surkaluvchi qonli ajralmalar aniqlanishi mumkin.
Alohida guruh patsiyentlar uchun qo‘shimcha ma'lumot
Bolalar va o‘smirlar
Yarina preparati faqat menarxe dan keyin ko‘rsatilgan. Mavjud bo‘lgan ma'lumotlar bu gurux patsiyentlarda dozani to‘g‘rilashni nazarda tutmaydi.
Keksa yoshli patsiyentlar
Qo‘llash mumkin emas. Yarina preparatini menopauza yuz berganidan keyin ko‘rsatilmagan.
Jigar tomonidan buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar
Jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan ayollarda, jigar faoliyatini ko‘rsatkichlari normaga kelmagunicha Yarina preparatini qo‘llash mumkin emas. Shuningdek “
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga ham qarang.
Buyrak tomonidan buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi yoki o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan ayollarda Yarina preparatini qo‘llash mumkin emas. Shuningdek “
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga ham qarang.
Nojo‘ya ta'sirlari
Har qanday boshqa dori vositalarida bo‘lgani kabi, Yarina preparatini qabul qilishda, garchi ularni paydo bo‘lishi barcha patsiyentlarda shart bo‘lmasa ham, nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Agar har qanday nojo‘ya reaktsiya jiddiy tus olsa yoki siz o‘zingizda ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaktsiyani sezsangiz, iltimos, bu haqida doktorga yoki farmatsevtga xabar bering.
Jiddiy noxush samaralar
Noxush samaralar, paydo bo‘lgan hollarda, shu jumladan preparatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy reaktsiyalar, “Ehtiyotkorlik bilan”, “
Maxsus ko‘rsatmalar
” va “
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limlariga qarang. Iltimos, bu bo‘limlarni diqqat bilan o‘qib chiqing va zarurati bo‘lgan hollarda shifokor bilan maslahatlashing. Yarina preparatini qabul qilayotgan ayollarda quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabar berilgan
Tez-tez noxush samaralar (1/100 dan ko‘proq va 1/10 dan kamroq)
-depressiya/kayfiyatni tushishi
-bosh og‘rig‘i
-migren
-ko‘ngil aynishi
-sut bezlarining sezuvchanligi va og‘riqliligi, nomuntazam bachadon qon ketishlari (“muddatli” qon ketishlari), aniqlanmagan genezli jinsiy yo‘llardan qon ketishlar, hayz ko‘rish siklini buzilishi, vulvovaginal kandidoz.
Tez-tez uchramaydigannoxush samaralar (1/1000 dan ko‘proq va 1/100 dan kamroq)
-libidoni kamayishi yoki yo‘qolishi (jinsiy moyillikni kamayishi yoki yo‘qolishi)
-gipertenziya
-gipotoniya
-qusish
-diareya
-akne
-ekzema
-qichishish
-alopetsiya
-sut bezlarini kattalashishi
-vaginit
-shish
-tana vaznini oshishi yoki kamayishi
Kam uchraydigan noxush samaralar (1/10000 dan ko‘proq va 1/1000 dan kamroq)
-o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
-astma
-quloqni og‘irligi
-tugunli eritema
-ko‘p shaklli eritema
-venoz yoki arterial tromboemboliya
-sut bezlaridan ajralmalar.
MGK qo‘llangaida venoz trombo- va tromboembolik ko‘rinishlarning, shu jumladan miokard infarkti, insult, tranzitor ishemik xujum, venoz tromboz va o‘pka emboliyasini rivojlanish xavfi oshadi.
MGK qabul qilayotgan ayollarda quyidagi jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar aniqlangan (shuningdek “
Maxsus ko‘rsatmalar
”, “Alohida guruh patsiyentlari uchun ko‘rsatmalar” bo‘limlariga ham qarang)
-venoz tromboembolik buzilishlar
-arterial tromboembolik buzilishlar
-gipertenziya
-jigar o‘smalari
-majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilish vaqtida rivojlanadigan yoki yomonlashadigan holatlar, lekin ularni preparatni qabul qilish bilan bog‘liqligi isbotlanmagan Kron kasalligi, yarali kolit, tutqanoq, bachadon miomasi, porfiriya, tizimli qizil yugurik, homiladorlar gerpesi, Sidengam xoreyasi, gemolitiko-uremik sindrom, xolestaz bilan bog‘liq bo‘lgan sariqlik va/yoki qichishish.
-xloazma
-jigar faoliyatini o‘tkir yoki surunkali buzilishlarida, jigar faoliyatining ko‘rsatgichlari normaga kelmagunicha qabul qilishni to‘xtatish zarurati tug‘ilishi mumkin.
Nasliy angionevrotik shishi bo‘lgan ayollarda estrogenlar uning simptomlarini chaqirishi yoki chuqurlashtirishlari mumkin.
Majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda sut bezi rakining tashxis qilinish tez-tezligi biroz yuqori. 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarda sut bezining raki kam aniqlanishi tufayli, majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda sut bezi raki tashxisi sonini oshishi, bu kasallikning umumiy xavfidan nisbatan ahamiyatsiz hisoblanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Yarina preparati quyida sanab o‘tilgan holatlar/kasalliklardan birontasi bo‘lganida qo‘llanmasligi kerak. Agar preparatni qabul qilish fonida birinchi marta bu holatlar/kasalliklardan birontasi rivojlansa, preparat darhol bekor qilinishi kerak.
Tromboemboliya rivojlanishini xavfi
Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi tromboemboliya (shu jumladan chuqur venalar trombozi yoki o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi).
ARS-qarshilik (shu jumladan Leyden V omili), antitrombin III tanqisligi, S protein tanqisligi, S-protein tanqisligi) kabi venoz trombozga nasliy yoki orttirilgan moyillik.
Uzoq muddatli immobilizatsiya bilan kechuvchi jiddiy jarrohlik aralashuvlari.
Ko‘p sonli xavf omillari tufayli venoz tromboemboliyaning yuqori xavfi.
Arterial tromboemboliya xavfi
Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi arterial tromboemboliya (masalan, miokard infarkti) yoki trombozning prodromal simptomlari (masalan, stenokardiya).
Serebrofaskulyar buzilishlar - hozirgi vaqtdagi yoki anamnezlavgi insult (shu jumladan o‘tkinchi ishemik xurujlar).
Gipergomotsisteinemiya va antifosfolipid antitelalar (kardiolipinga antitelalar, yugurikli antikoagulyant) kabi arterial tromboemboliyaga nasliy yoki orttirilgan moyillik.
Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi o‘choqli nevrologik simptomlar bilan kechuvchi migren
-qandli diabet
-yaqqol arterial gipertenziya
-yaqqol dislipoproteinemiya kabi ko‘pchilik xavf omillari oqibatidagi arterial tromboemboliyaning yuqori xavfi.
• Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi jigarning og‘ir kasalliklari (jigar sinamalari normallashgunicha)
• Og‘ir yoki o‘tkir buyrak yetishmovchiligi
• Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi jigar o‘smalari (xavfsiz yoki xavfli)
• Aniqlangan gormonga bog‘liq xavfli kasalliklari (shu jumladan jinsiy a'zolar yoki sut bezlarining kasalliklari) yoki ularga gumon
• Noma'lum genezli qindan qon ketishi
• Yarina preparatning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan
Agar majmuaviy peroral kontratseptivlar quyida sanab o‘tilgan har qanday kasalliklar/holatlar mavjudligida qo‘llansa, siz sinchkov kuzatuvga muhtoj bo‘lasiz, nima uchunligini - shifokor tushuntirib beradi. Yarina preparatini qabul qilish oldidan quyida sanab o‘tilgan holatlar va kasalliklar sizda mavjudligi to‘g‘risida, shifokorga xabar bering.
• Tromboz va tromboemboliyani rivojlanish xavf omillari chekish; trombozlar, miokard infarkti yoki yaqin qarindoshlaringizdan birontasida yoshligida miya qon aylanishini buzilishi; semizlik; dislipoproteinemiya (masalan, qonda xolesterinning yuqori darajasi); arterial gipertenziya; yurak klapanlarining nuqsonlari; uzoq muddatli immobilizatsiya, jiddiy jarrohlik aralashuvlari, katta travma
• Periferik qon aylanishini buzilishlari aniqlanishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklar (qandli diabet; tizimli qizil yugurik; gemolitik uremik sindrom; Kron kasalligi va nospetsifik yarali kolit; o‘roq-xujayrali anemiya), yuzaki venalarning flebiti
• Nasliy angionevrotik shishi
• Gipertriglitseridemiya
• Jigar kasalliklari
• Homiladorlik vaqida yoki ilgari jinsiy gormonlarni qabul qilish fonida birinchi marta paydo bo‘lgan yoki kechishi yomonlashgan kasalliklar (masalan, xolestaz bilan bog‘liq bo‘lgan sariqlik va/yoki qichishish, xolelitiaz, eshitishni yomonlashishi bilan kechuvchi otoskleroz, porfiriya, homiladorlar gerpesi, Sidengam xoreyasi)
• Tug‘ruqdan keyingi davr.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ayrim dori vositalari Yarinaning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Ularga tutqanoqni (masalan, primidon, fenitoin, barbituratlar, karbamazepin, okskarbamazepin, topiramat, felbamat), tuberkulyoz (masalan, rifampitsin, rifabutin) va OITV-infektsiyasini (masalan, ritonavir, nevirapin) davolash uchun preparatlar; boshqa infektsion kasalliklarni davolash uchun antibiotiklar (masalan, penitsillin, tetratsiklinlar, grizeofulvin), shuningdek dalachoy (asosan pasaygan kayfiyatni davolash uchun ishlatiladigan) asosidagi dori vositalari xam kiradi.
Peroral majmuaviy kontratseptivlar boshqa preparatlarning (masalan, siklosporin va lamotridjin) metabolizmiga ta'sir qilishi mumkin.
Yarinani kaliyni zardobdagi darajasini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda olayotgan ayollarda, nazariy kaliyning zardobdagi darajasi oshishi mumkin. Bu preparatlarga angiotenzin-II retseptorlarining antagonistlari, ayrim yallig‘lanishga qarshi preparatlar (masalan, indometatsin), kaliyni tejovchi diuretiklar va aldosteron antagonistlari kiradi. Lekin, drospirenonni AAF ingibitorlari yoki indometatsin bilan o‘zaro ta'sirini baholovchi tadqiqotlarda, platsebo bilan solishtirganda, kaliyning zardobdagi kontsentratsiyasi orasida ishonchli farqlar aniqlanmagan.
Sizga Yarinani buyurayotgan shifokorga doimo siz qanday preparatlarni qabul qilayotganingiz haqida xabar bering. Shuningdek boshqa preparatlarni buyurayotgan har qanday shifokorga yoki stomatologga, dorixonada shu preparatlarni sotayotgan farmatsevtga, siz Yarina qabul qilayotganingiz haqida xabar bering.
Ayrim hollarda shifokor sizga qo‘shimcha ravishda kontratseptsiyaning to‘siqli (prezervativ) usulini ishlatishni tavsiya qilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yarinani qo‘llashda ham boshqa majmuaviy peroral kontratseptivlarni ishlatishga taalluqli bo‘lgan quyidagi ogohlantirishlarni hisobga olish kerak.
• Tromboz
Tromboz - qon laxtasini (tromb) hosil bo‘lishi, u qon tomirini bekitib qo‘yishi mumkin. Tromb uzilganida tromboemboliya rivojlanadi. Ba'zida oyoqlarning chuqur venalarini (chuqur venalar trombozi), yurak qon tomirlarini (miokard infarkti), bosh miyani (insult) va juda kam hollarda - boshqa a'zolarning qon tomirlari trombozi rivojlanadi. Epidemiologik tekshirishlarning natijalari majmuaviy preroral kontratseptivlarni qabul qilishda, majmuaviy peroral kontratseptivlarni qo‘llash va venoz va arterial trombozlar va tromboemboliyalar (chuqur venalar tormbozi, o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi, miokard infarkti, serebrovaskulyar buzilishlar kabi)rivojlanish tez-tezligini oshishi orasida aloqa borligini ko‘rsatadi. Venoz tromboemboliya (VTE) rivojlanishini xavfi, bunday preparatlarni qabul qilishni birinchi yilida maksimal bo‘ladi. Yuqori xavf majmuaviy peroral kontratseptivlar birinchi marta ishlatilganidan yoki birining o‘zini yoki turli majmuaviy peroral kontratseptivlarni ishlatish qayta boshlanganidan keyin (preparatlarni qo‘llash orasidagi 4 hafta yoki ko‘proq tanaffusdan keyin) o‘rin tutadi. Yirik tadqiqotning ma'lumotlari, yuqori xavfni asosan birinchi 3 oy davomida mavjud bo‘lishini ko‘rsatadi.
Past dozalangan (<50 mkg etinilestradiol) majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda VTE umumiy xavfi, majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilmayotgan homilador bo‘lmagan patsiyentlarga qaraganda ikki-uch marta yuqori, shunga qaramasdan, bu xavf homiladorlik va tug‘ruqlardagi VTE xavfi bilan solishtirganda kamroq bo‘lib qoladi. Juda kam hollarda venoz yoki arterial tromboemboliya jiddiy funktsional buzilishlarga olib kelishi, hayotga xavf tug‘dirishi yoki o‘limga olib kelishi mumkin. Chuqur venalar trombozi, yoki o‘pka arteriyasiningg tromboemboliyasi sifatida namoyon bo‘luvchi VTE, har qanday majmuaviy peroral kontratseptivlarni qo‘llashda yuz berishi mumkin. Juda kam hollarda majmuaviy peroral kontratseptivlar qo‘llanganida boshqa qon tomirlarining trombozi masalan, jigar, ichak tutqichi, buyrak, miya venalari va arteriyalari yoki to‘r parda tomirlarining trombozi paydo bo‘ladi,.
Tromboz (venoz va/yoki arterial) va tromboemboliya rivojlanishi xavfi oshadi
-yosh oshishi bilan;
-chekuvchilarda (sigaretalar miqdorini oshishi yoki yosh oshgan sayin xavf oshadi, ayniqsa 35 yoshdan oshgan ayollarda);
quyidagilar bo‘lganida
-oilaviy anamnezda (masalan, nisbatan yoshlikda yaqin qarindoshlar yoki ota-onalaridan birida venoz yoki arterial tromboemboliya bo‘lganida). Nasliy yoki orttirilganmoyillikda ayol, preparatni qabul qilish mumkinligi masalasini hal qilish uchun muvofiq mutaxassisdan ko‘rikdan o‘tishi kerak;
-semizlik (tana vazni indeksi 30 kg/m2 dan ortiq);
-dislipoproteidemiya;
-arterial gipertenziya;
-migren;
-yurak klapanlari kasalliklari;
-yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasi;
-uzoq muddatli immobilizatsiya, jiddiy jarrohlik aralashuvlari, oyoqlardagi har qanday operatsiya yoki katta travma. Bunday hollarda Yarina preparatini qo‘llashni to‘xtatish yaxshiroq (rejalashtirilgan operatsiya holida, hech bo‘lmaganda, undan to‘rt hafta oldin) va immobilizatsiya tugaganidan keyin ikki hafta davomida uni qayta tiklamaslik kerak.
• O‘smalar
Ayrim epidemiologik tadqiqotlarda majmuaviy peroral kontratseptivlar uzoq vaqt qo‘llanganida (5 yildan ko‘p), bachadon bo‘yni raki rivojlanishini yuqori xavfi haqida xabar berilgan. Lekin majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilish bilan aloqasi isbotlanmagan. Bu ma'lumotlarning o‘zaro aloqasi mumkinligi, bachadon bo‘yni kasalliklarini skriningi bilan yoki jinsiy xulqning o‘ziga xosliklari (kontratseptsiyaningg to‘siqli usullarini kamroq qo‘llash) bilan muhokama qilinmoqda.
Kam hollarda jinsiy steroidlarni qo‘llash fonida jigarning xavfsiz, o‘ta kam hollarda esa - xavfli o‘smalarini rivojlanishi kuzatilgan, ular hayot uchun xavfli qorin ichki qon ketishlarga olib kelishi mumkin. Preparatni qo‘llash bilan bog‘liqligi isbotlanmagan. Qorinda to‘satdan kuchli og‘riq paydo bo‘lganida darhol shifokor bilan maslahatlashing.
Bachadon bo‘yni rakini rivojlanishini eng ahamiyatli omili persistirlovchi papillomavirusli infektsiya hisoblanadi. Bachadon bo‘yni raki uzoq vaqt davomida majmuaviy peroral kontratseptivlarni ishlatayotgan ayollarda biroz ko‘proq aniqlanadi. Majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilish bilan bog‘liqligi isbotlanmagan. Bu bachadon bo‘yni kasalliklarini aniqlash uchun ko‘proq o‘tkaziladigan ginekologik ko‘riklar yoki jinsiy xulq-atvor xususiyatlari (kontratseptsiyaning to‘siqli usullarini kamroq qo‘llash) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yuqorida eslatilgan o‘smalar xayotga xavf tug‘dirishi yoki o‘limga olib kelishi mumkin.
• Boshqa holatlar
-Xloazmaga moyilligi bo‘lgan ayollar preparatni qabul qilish vaqtida quyoshda uzoq vaqt bo‘lishdan va ultrabinafsha nurlarning ta'siridan saqlanishlari kerak.
-Angionevrotik shishning nasliy shakllari bo‘lgan ayollarda ekzogen estrogenlar, angionevrotik shish chaqirishlari yoki uning simptomlarini yomonlashtirishlari mumkin.
-Majmuaviy kontratseptivlarni qo‘llash fonida Kron kasalligi va nospetsifik yarali kolit hollari, shuningdek endogen depressiya va tutqanoqni og‘irlashishi ham ta'riflangan.
Samaradorligini pasayishi
Yarina preparatining samaradorligi quyidagi hollarda tabletkalar o‘tkazib yuborilganida, qusish va diareyada yoki dorilarning o‘zaro ta'siri natijasida pasayishi mumkin.
Hayz ko‘rishga o‘xshash siklni yetarli bo‘lmagan nazorati
Boshqa majmuaviy peroral kontratseptivlarni qo‘llaganda bo‘lgani kabi Yarinani qabul qilishda, birinchi bir necha oylar davomida qindan nomuntazam qon ketishlar (surkaluvchi qonli ajralmalar yoki “shiddatli” qon ketishi) kuzatilishi mumkin. Gigiyena vositalarini ishlating va tabletkalarni qabul qilishni odatdagidek davom ettiring. Nomuntazam hayz ko‘rishga o‘xshash qon ketishlari odatda, sizning organizmingiz Yarinaga moslashib borgan sari to‘xtaydi (odatda tabletkalarni 3 sikl davomida qabul qilinganidan keyin). Agar ular davom etsa, og‘ir bo‘la boshlasa yoki to‘xtaganidan keyin qayta boshlansa, shifokorga murojaat qiling.
Navbatdagi hayz ko‘rishga o‘xshash qon ketishini bo‘lmasligi
Agar siz hamma tabletkalarni to‘g‘ri qabul qilgan bo‘lsangiz, va tabletkalarni qabul qilish vaqtida sizda qusish yoki diareya bo‘lmagan bo‘lsa yoki bir vaqtda boshqa dori vositalarini qabul qilmagan bo‘lsangiz, unda homiladorlikning ehtimoli kam. Yarinani odatdagidek qabul qilishni davom ettiring. Agar ketma-ket ikki hayz ko‘rishga o‘xshash qon ketishi kuzatilmasa, darhol shifokorga murojaat qiling. Shifokor homiladorlikni istisno qilmagunicha, keyingi o‘ramdan qabul qilishni boshlamang.
Homiladorlik va laktatsiya
Yarinani homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Agar Yarina preparatini qabul qilish vaqtida homiladorlik aniqlansa, preparatni darhol bekor qilish va shifokorga murojaat qilish lozim. Lekin keng qamrovli epidemiologik tadqiqotlarda homiladorlikkacha jinsiy gormonlarni qabul qilgan yoki homiladorlikning ilk muddatlarida ehtiyotsizlik tufayli jinsiy gormonlarni qabul qilgan onalardan tug‘ilgan bolalarda, nuqsonlarni rivojlanishini yuqori xavfi aniqlanmagan.
Hayvonlardagi tadqiqotlar homiladorlik va laktatsiya davrida preparatning noxush ta'sirini ko‘rsatdi. Hayvonlardagi tadqiqotlar davomida olingan ma'lumotlar asosida, faol moddalarning gormonal ta'siri bilan bog‘liq bo‘lgan noxush samaralarini istisno qilinishi mumkin emas. Lekin homiladorlik vaqtida majmuaviy oral kontratseptivlarni (MOK) qo‘llashning umumiy tajribasi, odamlarga salbiy ta'siridan dalolat bermaydi.
Ayni vaqtda, homiladorlik vaqtida Yarina preparatini qabul qilish natijalari yuzasidan ma'lumotlar cheklangan, bu preparatni homiladorlikka, yangi tug‘ilgan chaqaloqning sog‘lig‘iga va homilaga salbiy ta'siri haqida qandaydir xulosalar qilish imkonini bermaydi. Hozirgi vaqtda qandaydir ahamiyatli epidemiologik ma'lumotlar yo‘q.
Yarina preparatini qabul qilish tiklanganida tug‘ruqdan keyingi davrda VTE yuqori xavfini hisobga olish kerak.
Majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilish ko‘krak sutining miqdorini kamaytirishi va uning tarkibini o‘zgartirishi mumkin, shuning uchun emizishni to‘xtatmaguncha ularni ishlatish tavsiya etilmaydi. Jinsiy steroidlar va/yoki ularning metabolitlarini katta bo‘lmagan miqdori sut bilan chiqariladi. Bu miqdorlari bolaga ta'sir qilishi mumkin.
Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Qachon shifokor bilan maslahatlashishi kerak
Muntazam ko‘riklar
Agar siz Yarinani qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokor sizga muntazam, hech bo‘lmaganda 6 oyda 1 martadan kam bo‘lmagan ko‘riklar o‘tkazilishi kerakligi haqida xabar beradi.
Shifokor bilan iloji boricha tezroq maslahatlashing
-sog‘lig‘ingizni qanday bo‘lmasin o‘zgarishlarida, ayniqsa ushbu ilova-varaqada sanab o‘tilgan har qanday holatlarda (shuningdek «
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
» va «Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash» ga qarang);
-sut bezida lokal zichlanish aniqlanganida;
-agar siz boshqa dori preparatlarini ishlatmoqchi bo‘lsangiz (shuningdek «Dorilarning o‘zaro ta'siri»ga qarang);
-agar uzoq muddatli harakatsizlik kutilsa (masalan, oyoqqa gips qo‘yilsa), gospitalizatsiya yoki operatsiya rejalashtirilgan bo‘lsa (kamida to‘rt hafta undan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing);
-odatdagi bo‘lmagan qindan kuchli qon ketishi paydo bo‘lsa;
-agar siz birinchi hafta o‘ramidan tabletka qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz va bundan yetti yoki kamroq kun oldin jinsiy aloqada bo‘lganingizda;
-sizda ikki marta ketma-ket navbatdagi hayz ko‘rish bo‘lmagan bo‘lsa yoki Siz homilador bo‘lganingizga gumon qilsangiz (shifokor bilan maslahatlashmaguningizcha, keyingi o‘ramni qabul qilishni boshlamang)
Agar Siz tromboz, miokard infarkti yoki insultning mumkin bo‘lgan belgilarini sezgan bo‘lsangiz tabletka qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokor bilan maslahatlashing odatdagicha bo‘lmagan yo‘tal; chap qo‘lga beruvchi to‘sh orqasidagi odatdagicha bo‘lmagan kuchli og‘riq; kutilmaganda paydo bo‘lgan xansirash; odatdagicha bo‘lmagan, kuchli yoki uzoq muddatli bosh og‘rig‘i yoki migren xuruji; ko‘rishni butunlay yoki qisman yo‘qolishi yoki ko‘zlarda ikkilanish; noaniq nutq; eshitish, hid va ta'm sezishni birdan o‘zgarishi; bosh aylanishi yoki xushdan ketish holati; tanani har qanday qismida bo‘shashish yoki sezuvchanlikni yo‘qolishi; qorinda kuchli og‘riq; oyoqda kuchli og‘riq yoki birdan paydo bo‘lgan oyoqni shishi.
Yarina OITV – infektsiyasi (OITS) yoki har qanday boshqa jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar yuqishidan saqlamaydi.
Yarina shifokor tomonidan shaxsan sizga tavsiya qilingan, preparatni boshqalarga bermang!
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida jiddiy buzilishlar to‘g‘risida xabar berilmagan. Majmuaviy peroral kontratseptivlarni qo‘llashning umumiy tajribasi asosida, faol tabletkalarning dozasi oshirib yuborilganida aniqlanishi mumkin bo‘lgan simptomlar ko‘ngil aynishi, qusish, surkaluvchi qonli ajralmalar yoki metroragiya.
Doza oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 21 tabletkadan alyumin folga va polivinilxlorid plyonka blisterga joylanadi. 1 yoki 3 blister, blisterni olib yurish uchun karmoncha va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
.
Bayer Farma AG, Germaniya
D-13342 Berlin, Germaniya
Bayer Pharma AG
D-13342 Berlin, Germany
Qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi manzildan olish mumkin
220073, Minsk,1-chi Zagorodnыy muyulish, 20 uy, 10 qavat.
Tel. +375 (17) 202-23-91
Faks . +375 (17) 202-23-92
www.bayerpharma.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.