Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Janin №21
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Этинилэстрадиол, диеногеста
Страна производитель
Германия
Дозировка
0,03 мг/2 мг
Производитель
Bayer AG, Германия произведено: Bayer Weimar GmbH & Co. KG
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Драже
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Janin®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) etinilestradiol va diyenogest
Dori shakli
draje
Tarkibi
Har bir draje saqlaydi
faol moddalar 0,03 mg etinilestradiol va 2,0 mg diyenogest;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, jelatin, talk, magniy stearati, saxaroza, dekstroza (glyukoza siropi), makrogol 35000, kaltsiy karbonati, povidon K 25, titan dioksidi (E 171), karnaub mumi.
Ta'rifi oq silliq drajelar.
Farmakoterapevtik guruhi
majmuaviy kontratseptiv vosita (estrogen + gestagen).
ATX kodi G03AA.
Farmakologik xususiyatlari
Janin – past dozalangan monofaz peroral majmuaviy estrogen-gestagenli kontratseptiv preparatdir.
Janinning kontratseptiv samarasi turli o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi, ulardan eng muhimlariga ovulyatsiyani bostirilishi va servikal shilliqning yopishqoqligini o‘zgarishi kiradi, buning natijasida unga spermatozoidlar kira olmay qoladilar.
To‘g‘ri qo‘llanganida, kontratseptivni bir yil davomida qabul qilgan 100 ayoldagi homiladorliklarning sonini aks ettiruvchi ko‘rsatkich 1 dan kam bo‘lishi kerak. Tabletkani qabul qilish o‘tkazib yuborilganida yoki noto‘g‘ri qo‘llanganida bu ko‘rsatkich o‘sishi mumkin.
Majmuaviy peroral kontratseptivlarni (MOK) qabul qilayotgan ayollarda, hayz ko‘rish sikli muntazam bo‘ladi, og‘riqli hayz ko‘rishlar kamroq kuzatiladi, qon ketishining jadalligi va davomiyligi kamayadi, buning natijasida temir tanqisligi anemiyasining xavfi kamayadi. Bundan tashqari, endometriy raki va tuxumdonlar rakining rivojlanishi xavfini pasayishi to‘g‘risida ma'lumotlar bor.
Qo‘llanilishi
Kontratseptsiya (istalmagan homiladorlikni oldini olish) uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Drajeni qachon va qanday qabul qilish kerak
Janin o‘rami 21 draje saqlaydi. O‘ramdagi har bir draje, uni qabul qilish kerak bo‘lgan haftaning kuni bilan tamg‘alanadi. Drajeni har kuni bir xil vaqtda, ozgina miqdordagi suv bilan qabul qiling. Strelka yo‘nalishi bo‘yicha barcha 21 draje qabul qilinib bo‘lingunicha davom eting. Keyingi 7 kun davomida Siz preparatni qabul qilmaysiz. Xayz ko‘rish (bekor qilish oqibatidagi qon ketishi) shu 7 kun davomida boshlanishi lozim. Odatda u Janin drajesini oxirgisini qabul qilgandan keyin 2-3 kunida boshlanadi. 7-kunlik tanaffusdan keyin, hatto qon ketishi davom etayotgan bo‘lsa ham, keyingi o‘ramdagi drajeni qabul qilishni boshlang. Bu, Siz doimo yangi o‘ramni haftaning aynan o‘sha bir kunida boshlashingizni va har oyda bekor qilish oqibatidagi qon ketishi haftaning taxminan o‘sha kunida boshlanishini anglatadi.
Janinning birinchi o‘ramini qabul qilish
-Oldingi oyda hech qanday gormonal homilaga qarshi vositalar ishlatilmagan bo‘lsa
Janinni qabul qilishni siklning birinchi kunida, ya'ni xayz qon ketishining birinchi kunida boshlang. Tegishli hafta kuni bilan markirovka qilingan drajeni qabul qiling. So‘ngra drajeni navbatma-nabat qabul qiling. Siz shuningdek, xayz ko‘rish siklining 2-5 kunlari ham qabul qilishni boshlashingiz mumkin, lekin bunday holda birinchi o‘ramdagi drajeni birinchi 7 kun davomida qabul qilish vaqtida, qo‘shimcha ravishda kontratseptsiyaning to‘siqli usuli (prezervativ) dan foydalanish kerak.
-Boshqa majmuaviy peroral kontratseptivlardan, vaginal xalqa yoki kontratseptiv plastirdan o‘tishda.
Siz Janinni qabul qilishni majmuaviy peroral kontratseptivni ishlatilayotgan o‘ramidagi oxirgi tabletkani qabul qilgandan keyingi kundan (ya'ni qabul qilishda tanaffussiz) boshlashingiz mumkin. Agar ishlatilayotgan o‘ram 28 tabletka saqlasa, oxirgi faol drajeni qabul qilgan kunning ertasiga Janinni qabul qilishni boshlash mumkin. Agar Siz bu tabletka qaysiligiga ishonch hosil qilmasangiz, shifokordan so‘rang. Shuningdek, qabulni keyinroq boshlash mumkin, lekin hech qachon odatdagi tanaffusdan keyingi kundan kech emas (21 tabletka saqlovchi preparatlar uchun) yoki faol bo‘lmagan drajeni oxirgisini qabul qilgandan keyin (o‘ramda 28 tabletkani saqlovchi preparatlar uchun).
Janinni qabul qilishni vaginal xalqa yoki plastir olib tashlanganidan keyin boshlash kerak, lekin yangi xalqa qo‘yilishi yoki yangi plastir yopishtirilishdan keyin kechi bilan bir kundan keyin boshlash kerak.
-Faqat gestogen (mini-pili) saqlovchi peroral kontratseptivlardan o‘tishda.
Siz mini-pilini qabul qilishni istalgan kunda to‘xtatishingiz mumkin va Janinni qabul qilishni keyingi kuni, ayni o‘sha vaqtda boshlashingiz mumkin. Draje qabul qilishning birinchi 7 kuni davomida, shuningdek qo‘shimcha ravishda kontratseptsiyaning to‘siqli usulidan foydalanish kerak.
-In'ektsion kontratseptiv, implantant yoki gestagenni ajratib chiqaruvchi bachadon ichki kontratseptiv («Mirena») dan o‘tishda.
Janinni qabul qilishni, navbatdagi in'ektsiya qilinishi kerak bo‘lgan kundan yoki implantant yoki bachadon ichki kontratseptivi olib tashlanadigan kundan boshlang. Drajeni qabul qilishning birinchi 7 kuni davomida, shuningdek qo‘shimcha ravishda kontratseptsiyaning to‘siqli usulidan foydalanish kerak.
-Tug‘ruqdan keyin.
Agar Siz yaqindagina tuqqan bo‘lsangiz, Janinni qabul qilishni boshlashdan oldin, shifokor Sizga birinchi normal hayz ko‘rish sikli tugagunicha kutib turishingizni tavsiya qilishi mumkin. Ba'zida shifokorning tavsiyasiga ko‘ra qabul qilishni ertaroq boshlash mumkin.
-Homiladorlikning birinchi uch oyligidagi o‘z-o‘zidan bola tushishi yoki abortdan keyin.
Shifokoringiz bilan maslahatlashing. Odatda qabul qilishni darhol boshlash tavsiya qilinadi.
O‘tkazib yuborilgan drajeni qabul qilish
-Agar navbatdagi drajeni qabul qilishdagi kechikish 12 soatdan kam bo‘lsa, Janinni homilaga qarshi ta'siri saqlanadi. Bu esingizga tushgan zahoti, drajeni qabul qiling. Keyingi drajeni odatdagi vaqtda qabul qiling.
-Agar navbatdagi drajeni qabul qilishdagi kechikish 12 soatdan ko‘proqni tashkil qilsa, kontratseptiv himoya susaygan bo‘lishi mumkin. Drajeni ketma-ket qabul qilish qanchalik ko‘p o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, va bu, qabul qilishning boshi yoki oxiriga yaqin bo‘lsa, homiladorlikni boshlanish xavfi shunchalik yuqoridir.
Bunday hollarda quyidagi qoidalarga amal qilish mumkin
-O‘ramdagi bir drajedan ortig‘i unutilgan.
Shifokor bilan maslahatlashing.
-Preparatni qabul qilishning birinchi haftasida bir draje o‘tkazib yuborilgan.
O‘tkazib yuborilgan drajeni, esingizga tushgan zahoti, iloji boricha tezroq qabul qiling (hatto, agar bu ikki drajeni bir vaqtda qabul qilishni taqazo qilsa ham). Keyingi drajeni odatdagi vaqtida qabul qiling. Keyingi 7 kun davomida qo‘shimcha kontratseptsiyaning to‘siqli usuli (masalan, prezervativ) ni qo‘llang. Agar drajeni qabul qilishni o‘tkazib yuborishdan oldin bir hafta ichida jinsiy aloqa o‘rin tutgan bo‘lsa, homiladorlikni boshlanish ehtimolini hisobga olish lozim. Zudlik bilan shifokor bilan maslahatlashing.
-Preparatni qabul qilishning ikkinchi haftasida bir draje o‘tkazib yuborilgan.
O‘tkazib yuborilgan drajeni, esingizga tushgan zahoti, iloji boricha tezroq qabul qiling (hatto, agar bu ikki drajeni bir vaqtda qabul qilishni taqazo qilsa ham). Keyingi drajeni odatdagi vaqtida qabul qiling. Agar Siz birinchi o‘tkazib yuborilgan drajedan oldingi 7 kun davomida drajeni to‘g‘ri qabul qilgan bo‘lsangiz, Janinning homilaga qarshi ta'siri saqlanib qoladi va Siz qo‘shimcha kontratseptiv chora-tadbirlarni qo‘llashga muhtoj bo‘lmaysiz. Aks holda, shuningdek ikki va undan ortiq draje o‘tkazib yuborilganida, 7 kun davomida qo‘shimcha ravishda kontratseptsiyaning to‘siqli usullarini qo‘llash lozim.
-Preparatni qabul qilishning uchinchi haftasida bir draje o‘tkazib yuborilgan.
Agar Siz birinchi o‘tkazib yuborilgan drajedan oldingi 7 kun davomida barcha drajelarni to‘g‘ri qabul qilgan bo‘lsangiz, qo‘shimcha kontratseptiv chora-tadbirlarni ishlatishga zarurat yo‘q. Siz quyidagi ikki variantdan hoxlaganingizga amal qilishingiz mumkin
1.O‘tkazib yuborilgan drajeni, esingizga tushgan zahoti, iloji boricha tezroq qabul qiling (hatto, agar bu ikki drajeni bir vaqtda qabul qilishni taqazo qilsa ham). Keyingi drajeni odatdagi vaqtida qabul qiling. Joriy o‘ramdagi drajeni qabul qilish tugagandan keyin darhol keyingi o‘ramni boshlang, shunda o‘ramlar orasida tanaffus bo‘lmaydi. Ikkinchi o‘ramdan drajelar tugamaguncha, bekor qilish oqibatidagi qon ketishlarining ehtimoli kam, lekin preparatni qabul qilish kunlari surkalgan ajralmalar yoki shiddatli qon ketishlari aniqlanishi mumkin.
2.Joriy o‘ramdagi drajeni qabul qilishni to‘xtating, 7 yoki undan kamroq kunga tanaffus qiling (shu jumladan draje o‘tkazib yuborilgan kuni) va so‘ngra yangi o‘ramdan drajeni qabul qilishni boshlang.
Ushbu sxemani ishlatib, Siz keyingi o‘ramdan drajeni qabul qilishni, odatda buni qilgan hafta kunlarida boshlashingiz mumkin.
Agar drajeni qabul qilishda tanaffusdan keyin kutilgan hayz ko‘rish sikli bo‘lmasa, Siz balki homilador bo‘lishingiz mumkin. Yangi o‘ramdan drajeni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
ha
yo‘q
Sizga majmuaviy peroral kontratsevtivni qabul qilishni to‘xtatish tavsiya qilinsa yoki MOK ni ishonchliligi pasaygan vaziyatlarda jinsiy aloqa qilishdan saqlanish yoki nogormonal kontratseptiv usullarni (masalan, prezervativ yoki boshqa to‘siqli usullar) qo‘llash kerak. Ritmik yoki haroratli usullarni qo‘llash mumkin emas. Bu usullar ishonchli bo‘lmasligi mumkin, chunki MOK ni qabul qilish haroratni va servikal shilliqning o‘zgarishlariga olib kelishi mumkin.
Qusish va diareya bo‘lgan hollarda tavsiyalar
Agar Sizda Janinni qabul qilganingizdan keyin 4 soatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida qusish yoki diareya (me'dada buzilishlar) bo‘lgan bo‘lsa, faol moddalari, ehtimol, to‘liq so‘rilmagan. Bu vaziyat preparatni qabul qilishni o‘tkazib yuborishga o‘xshash. Shuning uchun o‘tkazib yuborilgan drajelar uchun yo‘riqnomaga amal qiling.
Xayz ko‘rishni boshlanishini orqaga surish
Agar Janinni navbatdagi o‘ramini, qo‘llanayotgan ilgarigi o‘ram tamom bo‘lishi bilan darhol boshlasangiz, Siz xayz ko‘rish boshlanishini orqaga surishingiz mumkin. Siz bu o‘ramdan draje qabulini xohlaganingizcha, yoki o‘ramdagi tamom bo‘lgunicha qabul qilishingiz mumkin. Agar xayz ko‘rish boshlanishini xohlasangiz, preparat qabul qilishni to‘xtating. Janinni ikkinchi o‘ramdan qabul qilish vaqtida, drajeni qabul qilish kunlarida surkaluvchi ajratmalar yoki qon ketishi kuzatilishi mumkin. Keyingi o‘ramni odatdagi 7 kunlik tanaffusdan keyin boshlang.
Xayz ko‘rishni boshlanish kunini o‘zgartirish
Agar Siz drajeni tavsiyalarga muvofiq ravishda qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Sizda har 4 haftada taxminan aynan bir kunda xayz bo‘ladi. Agar Siz uni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, draje qabul qilishdan holi vaqt oralig‘ini qisqartiring (lekin uzaytirmang). Masalan, agar Sizni xayz ko‘rish siklingiz odatda jumada boshlanadigan bo‘lsa, kelajakda Siz uni seshanbada (3 kun oldin) bo‘lishini xohlasangiz, navbatdagi o‘ramni odatdagidan 3 kun oldin boshlashingiz kerak. Agar draje qabul qilishdan holi bo‘lgan tanaffus vaqti juda qisqa (masalan, 3 kun va kamroq) bo‘lsa, tanaffus vaqtida xayz ko‘rish bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda, navbatdagi o‘ramdagi preparatni qabul qilish vaqtida, qon ketishi yoki surkaluvchi qonli ajralmalar kuzatilishi mumkin.
Maxsus toifa patsiyentlari uchun qo‘shimcha ma'lumot
Bolalar va o‘smirlar
Janin preparatini faqat menarxe boshlangandan keyingina qo‘llash mumkin.
Keksa yoshli patsiyentlar
Qo‘llash mumkin emas. Janin preparati menopauza boshlangandan keyin qo‘llanmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar
Janin preparatini jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan ayollarga, jigar faoliyatining ko‘rsatkichlari normaga kelmaguncha qo‘llash mumkin emas. Shuningdek «
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
» bo‘limiga qarang.
Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar
Janin preparatini og‘ir buyrak yetishmovchiligi yoki o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. Mavjud bo‘lgan ma'lumotlar ushbu guruh patsiyentlarida davolashni o‘zgartirishni taxmin qilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Majmuaviy peroral kontratseptivlar qabul qilinganda, ayniqsa qo‘llashning birinchi oylari davomida muntazam bo‘lmagan qon ketishlari (surkaluvchi qon aralash ajralmalar yoki shiddatli qon ketishlari) aniqlanishi mumkin.
Janin preparatini qabul qilinganda xam, garchi bu samaralarni barcha patsiyentlarda paydo bo‘lishi shart bo‘lmasada, noxush samaralar kuzatilishi mumkin.
Jiddiy noxush samaralar
«Ehtiyotkorlik bilan» va «
Maxsus ko‘rsatmalar
» bo‘limlariga qarang. Iltimos, bu bo‘limlarni diqqat bilan o‘qib chiqing va nohush samaralar, shu jumladan preparatni qo‘llash bilan bog‘liq jiddiy reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda shifokor bilan maslahatlashing.
Janin preparatni o‘rganish vaqtida aniqlangan boshqa noxush samaralar
Tez-tez uchraydigan nohush samaralar (1/100 dan ortiq va 1/10 dan kam)
• bosh og‘rig‘i;
• sut bezlarida og‘riq, shu jumladan sut bezlarida noxush hislar sut bezlarini dag‘allashishi.
Tez-tez uchramaydigan nohush samaralar (1/1000 dan ortiq va 1/100 dan kam)
• vaginitlar/vulvovaginitlar (ayollar jinsiy a'zolarining yallig‘lanishi);
• vaginal kandidoz (molochnitsa) yoki boshqa vulvovaginal zamburug‘li infektsiyalar;
• ishtahani oshishi;
• kayfiyatni pasayishi;
• bosh aylanishi;
• migren;
• qon bosimini oshishi yoki pasayishi;
• qorinda og‘riq (shu jumladan qorinning yuqori va pastki qismlarida og‘riqlar, diskomfort/qorin dam bo‘lishi);
• ko‘ngil aynishi, qusish yoki diareya;
• akne;
• alopetsiya (sochlarni to‘kilishi);
• toshma (shu jumladan dog‘li toshma);
• qichishish (ba'zan butun tanada qichishish);
• anomal hayz ko‘rishlar, shu jumladan menorragiyalar (katta hayz ko‘rishlar), gipomenoreya (juda oz hayz ko‘rishlar), oligomenoreya (muntazam bo‘lmagan hayz ko‘rishlar), va amenoreya (hayz ko‘rishni bo‘lmasligi);
• hayz ko‘rishlar orasidagi qon ketishlari, shu jumladan qindan qon ketishlari va metrorragiya (hayz ko‘rishlar orasidagi muntazam bo‘lmagan qon ketishlari);
• sut bezlarining o‘lchamini kattalashishi, shu jumladan sut bezlarini shishishi va taranglashishi;
• sut bezlarini shishi;
• dismenoreya (og‘riqli hayz ko‘rishlar);
• qindan ajralmalar;
• tuxumdon kistasi;
• kichik chanoq sohasida og‘riqlar;
• toliqish, shu jumladan asteniya (holsizlik) va lohaslik (charchoq, shu jumladan umumiy holsizlik va kayfiyatni umumiy yomonlashishi);
• tana vaznini o‘zgarishi (oshishi yoki kamayishi);
Kam uchraydigan noxush samaralar (1/10000 dan ortiq va 1/1000 dan kam)
• adneksit (fallopiy (bachadon) naylari va tuxumdonlarni yallig‘lanishi);
• siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari;
• sistit (qovuqni yallig‘lanishi);
• mastit (sut bezini yallig‘lanishi);
• servitsit (bachadon bo‘ynini yallig‘lanishi);
• kandidoz yoki boshqa zamburug‘li kasalliklar;
• og‘iz bo‘shlig‘ini gerpetik shikastlanishi;
• gripp;
• bronxit;
• sinusit;
• yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari;
• virusli infektsiya;
• bachadon miomasi (bachadonda xavfsiz yoki xavfli o‘smalar);
• sut bezi lipomasi (yog‘ to‘qimasining xavfsiz yoki xavfli o‘smalari);
• anemiya;
• o‘ta yuqori sezuvchanlik (allergik reaktsiyalar);
• virilizm (erkaklarning ikkilamchi jinsiy belgilarini rivojlanishi);
• anoreksiya (ishtahani kuchli yo‘qolishi);
• depressiya;
• ruhiy buzilishlar;
• uyqusizlik;
• uyquni buzilishi;
• tajovuz;
• ishemik insult (bosh miyaning bir qismini qon bilan ta'minlanishini pasayishi yoki behosdan to‘xtab qolishi);
• serebrovaskulyar buzilishlar (miyaga qon oqimini buzilishlari);
• distoniya (noqulay vaziyat oqibatidagi mushaklarni zo‘riqishi (kontrakturalar));
• ko‘z shilliq qavatini qurishi yoki ta'sirlanishi;
• ostsillopsiya (ko‘rish aniqligini buzilishi, harakatsiz jismlarni tebranishini illyuziyasi) yoki ko‘rishni boshqa buzilishlari;
• eshitishni birdan yo‘qolishi;
• quloqlarni shang‘illashi;
• bosh aylanishi;
• eshitishni yomonlashishi;
• yurak-qon tomir buzilishlari (yurakni qon bilan ta'minlanishini buzilishi);
• taxikardiya (yurakni tez urishi);
• tromboz (qon tomirlarida qon quyqasini hosil bo‘lishi);
• o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi (o‘pka arteriyasining shoxlarini tromblar bilan berkilib qolishi);
• tromboflebit (vena ichida tromb hosil bo‘lishi bilan kechuvchi vena devorini yallig‘lanishi);
• diastolik bosimni oshishi (yurak urishlari orasida arterial tomirlardagi bosimga mos keluvchi arterial bosimning minimal ko‘rsatkichi);
• ortostatik sirkulyar distoniya (o‘tirgan yoki yotgan holatdan vertikal holatga o‘tishda tana holati o‘zgarganida bosh aylanishi, holsizlik yoki hushdan ketish holatini his etish);
• qizib ketishlar;
• venalarni varikoz kengayishi;
• venalar sohasida venalarning patologiyasi;
• bronxial astma;
• giperventilyatsiya;
• gastrit;
• enterit;
• dispepsiya (ovqat hazm bo‘lishini buzilishi);
• terida reaktsiyalar;
• teri patologiyasi, shu jumladan allergik dermatit, neyrodermit/atopik dermatit, ekzema, psoriaz;
• gipergidroz (xaddan tashqari terlash);
• Xloazma (“homiladorlar dog‘i” deb nomlanadigan, asosan yuzda bo‘luvchi tillarang-jigarrang dog‘lar);
• pigmentatsiyani buzilishi/giperpigmentatsiya;
• seboreya (yog‘li teri);
• qazg‘oq;
• girsutizm (sochlarni erkaklar tipida o‘sishi);
• apelsin po‘sti;
• qon tomir yulduzchalari (markaziy qizil dog‘li to‘r ko‘rinishidagi teri osti qon tomirlarini kengayishi);
• belda og‘riq;
• skelet mushaklari va suyaklari sohasida diskomfort;
• mialgiya (mushakda og‘riq);
• qo‘l va oyoqlarda og‘riq;
• bachadon bo‘yni displaziyasi (bachadon bo‘yni epiteliysini anormal o‘zgarishlari);
• bachadon hosilalari sohasida og‘riq yoki bachadon hosilalari (tuxumdonlar va fallopiy (bachadon) naylarining) kistasi;
• sut bezlari kistasi;
• fibroz-kistoz mastopatiya (sut bezlaridagi xavfsiz o‘smalar)
• dispareuniya (jinsiy aloqa vaqtida og‘riq);
• galaktoreya (sutni ajralib chiqishi);
• hayz ko‘rish siklini buzilishi;
• ko‘krakda og‘riq;
• periferik shishlar;
• grippga o‘xshash simptomlar;
• yallig‘lanish.
Preparatni o‘rganish vaqtida aniqlangan, namoyon bo‘lish tez-tezligi noma'lum deb baholangan noxush samaralar kayfiyatni o‘zgarishi, libidoni oshishi yoki pasayishi, kontakt linzalarni o‘zlashtirolmaslik, eshakemi, terida buzilishlar (tugunli yoki ko‘p shaklli eritema kabi), sut bezlaridan ajralmalar, suyuqlikni tutilishi.
Agar Sizda nasliy angiotevrotik shish bo‘lsa, ayollarning ma'lum bir jinsiy gormonlari (estrogenlar) saqlovchi dori vositalar simptomlarni zo‘rayishini chaqirishi mumkin (“Ehtiyotkorlik bilan” bo‘limiga qarang).
Agar noxush samaralardan birontasi jiddiy tus olsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan qandaydir noxush samaralarni sezsangiz, iltimos, bu haqida O‘z doktoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Quyida sanab o‘tilgan holatlar/kasalliklardan birontasi bo‘lganida Janin qo‘llanmasligi lozim. Agar bu holatlardan qaysidir biri preparatni qabul qilish fonida ilk bor rivojlansa, preparatni darhol bekor qilish kerak.
• Hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi trombozlar (venoz va arterial) va tromboemboliyalar (shu jumladan chuqur venalar trombozi, o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi, miokard infarkti, insult), serebrovaskulyar buzilishlar.
• Hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi trombozlarga o‘tmishdosh holatlar (shu jumladan tranzitor ishemik hurujlar, stenokardiya).
• Hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi o‘chog‘li nevrologik simptomlar bilan kechuvchi migren.
• Qon tomir asoratlari bilan kechuvchi qandli diabet.
• Venoz yoki arterial trombozning ko‘p sonli yoki yaqqol xavf omillari, shu jumladan yurakning klapan apparatining asoratlangan shikastlanishlari, bo‘lmachalarning lippilashi, bosh miya tomirlari yoki yurakning koronar arteriyalarining kasalliklari; nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya, o‘zoq muddatli immobilizatsiya bilan kechuvchi jiddiy jarrohlik aralashuvi, 35 yoshdan oshgan yoshda chekish.
• Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi yaqqol gipertriglitseridemiya bilan kechuvchi pankreatit.
• Jigar yetishmovchiligi va jigarning og‘ir kasalliklari (jigar sinamalari normallashguncha).
• Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi jigar o‘smalari (xavfsiz yoki xavfli).
• Aniqlangan gormonlarga bog‘liq xavfli (shu jumladan sut bezlari yoki jinsiy a'zolarning) kasalliklar yoki ularga shubha qilinganida.
• Noma'lum genezli qindan qon ketishlar.
• Homiladorlik yoki homiladorlikka gumon
• Emizish davri.
• Janin preparatining har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Quyidagi kasalliklar/holatlar yoki xavf omillari mavjudligida har bir shaxsiy holatda potentsial xavf va majmuaviy peroral kontratseptivlarni qo‘llashdan kutilayotgan foydani sinchiklab baholash kerak.
• Tromboz va tromboemboliyalarning rivojlanishini xavf omillari chekish; semizlik; dislipoproteinemiya, arterial gipertenziya; migren; yurak klapanlarining nuqsonlari; uzoq muddatli immobilizatsiya; jiddiy jarrohlik aralashuvlari, katta jarohat; trombozga nasliy moyillik (trombozlar, miokard infarkti yoki yaqin qarindoshlarning qaysidir birida yoshlik vaqtida miyada qon aylanishini buzilishi)
• Periferik qon aylanishini buzilishlari qayd etilishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklar qandli diabet; tizimli qizil yugirik; gemolitik uremik sindrom; Kron kasalligi va nospetsifik yarali kolit; o‘roqsimon xujayrali anemiya; yuza venalarning flebiti
• Nasliy angionevrotik shish
• Gipertriglitseridemiya
• Jigar kasalliklari
• Homiladorlik vaqtida yoki jinsiy gormonlarni avvalgi qabul qilish fonida birinchi bor paydo bo‘lgan yoki og‘ir kasalliklar (masalan, sariqlik, xolestaz, o‘t qopchasining kasalliklari, eshitishni yomonlashishi bilan kechuvchi otoskleroz, porfiriya, homiladorlar gerpesi, Sidengam xoreyasi)
• Tug‘ruqdan keyingi davr.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ayrim dori vositalari Janinning samaradorligini kamaytirishi mumkin. Ularga tutqanoqni davolashda ishlatiladigan (masalan, primidon, fenitoin, barbituratlar, karbamazepin, okskarbazepin, topiramat, felbamat), tuberkulezni davolashda ishlatiladigan (masalan, rifampitsin, rifabutin) va OITV-infektsiyasini davolashda ishlatiladigan (masalan, ritonavir, nevirapin) preparatlar; ayrim infektsion kasalliklarni davolashda ishlatiladigan antibiotiklar (masalan, penitsillin, tetratsiklin, grizeofulvin), shuningdek dalachoy asosidagi dori vositalari (asosan kayfiyat pasayishini davolashda ishlatiladigan) kiradi.
Peroral majmuaviy kontratseptivlar boshqa preparatlarning (masalan, siklosporin va lamotridjin) metabolizmiga ta'sir qilishi mumkin.
Ayrim dori vositalar Janin preparatining faol komponentlari metabolizmiga ta'sir qilishi mumkin. Ularga zamburug‘larga qarshi preparatlar (masalan, ketokonazol), me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun qo‘llanadigan N2-blokatorlari (masalan, simetidin), arterial gipertenziyani davolash uchun qo‘llanadigan ayrim preparatlar (masalan, verapamil, diltiazem), bakterial infektsiyalarni davolash uchun antibiotiklar (makrolidlar, masalan eritomitsin), antidepressantlar, greypfrut sharbati kiradi.
Sizga Janinni buyurgan shifokorga qanday dorilarni qabul qilayotganingizni xabar bering. Shuningdek Sizga boshqa preparatlarni buyurayotgan shifokorga yoki stomatologga, shuningdek Sizga dorixonada dori preparatlarni sotgan farmatsevtga, Siz Janinni qabul qilayotganingizni xabar bering.
Ayrim hollarda shifokor Sizga qo‘shimcha to‘siqli kontratseptsiya usulini (prezervativ) ishlatishni tavsiya qilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Boshqa majmuaviy peroral kontratseptivlarni qo‘llashga taalluqli bo‘lgan quyidagi ogohlantirishlarni, Janinni qo‘llaganda ham hisobga olish kerak.
-Tromboz
Tromboz - qon laxtasi (tromb) ni hosil bo‘lishi, u qon tomirini berkitib qo‘yishi mumkin. Tromb ko‘chganida tromboemboliya rivojlanadi. Ba'zida tromboz oyoqlarning chuqur venalarida (chuqur venalar trombozi), yurak tomirlarida (miokard infarkti), bosh miya tomirlarida (insult), kamdan-kam – boshqa a'zolarning tomirlarida rivojlanadi.
Majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda chuqur venalarining trombozini xavfi, ulardan foydalanmayotganlardan yuqori, lekin homiladorlikdagidek yuqori emas.
Trombozlarni rivojlanish xavfi yosh o‘tgan sari oshadi, shuningdek chekilgan sigaretalarning soni oshganida oshadi. Janin qo‘llanganida, ayniqsa, agar Siz 35 yoshdan oshgan bo‘lsangiz, chekishni to‘xtatish kerak.
Chuqur venalar trombozining xavfi operatsiyada yoki uzoq muddatli immobolizatsiyada (harakatsizlikda), masalan, oyoqqa gips qo‘yilganida, uzoq muddatli yotoq tartibida vaqtinchalik oshadi. Operatsiya yoki gospitalizatsiya rejalashtirilganida oldindan shifokorni Siz majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilayotganingizni ogohlantiring. Shifokor preparatni qo‘llashni to‘xtatishni (operatsiya rejalashtirilganida, hech bo‘lmaganda, undan to‘rt oy oldin) va immobilizatsiya tugaganidan keyin ikki hafta davomida qabul qilishni qaytadan boshlamaslikni tavsiya qilinadi.
Oshgan arterial bosim aniqlanganida, shifokor Sizga majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilishni to‘xtatishni tavsiya qilishi mumkin.
-O‘smalar
Majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilish va sut bezlarini raki orasidagi bog‘liqlik isbotlanmagan, garchi majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda u, xuddi shu yoshdagi, lekin ularni ishlatmaydigan ayollarga qaraganda ko‘proq aniqlangan. Ehtimol, bu farq preparatni qabul qilganda ayollar ko‘proq tekshirishdan o‘tishlari bilan chaqirilgan bo‘lishi mumkin, va shuning uchun sut bezining raki erta bosqichlarda aniqlanadi.
Kam hollarda jinsiy steroidlarni qabul qilish fonida jigarning xavfsiz, kamdan-kam hollarda esa – xavfli o‘smalarni rivojlanishi kuzatilgan, ular hayot uchun xavfli bo‘lgan qorin ichidagi qon ketishlariga olib kelishi mumkin. Preparatni qo‘llash bilan bog‘liqligi isbotlanmagan. Qorinda kutilmaganda kuchli og‘riq paydo bo‘lganida, darhol shifokor bilan maslahatlashing.
Bachadon bo‘ynining rakini rivojlanishining eng ahamiyatli xavf omili persistik papilloma-virusli infektsiyadir. Bachadon bo‘ynining raki majmuaviy peroral kontratseptivlarni uzoq vaqt davomida ishlatgan ayollarda ko‘proq aniqlangan. Majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilish bilan bog‘liqligi isbotlanmagan. Bu balki, bachadon bo‘ynining kasalliklarini aniqlash uchun tez-tez ginekologik ko‘ruvlari yoki jinsiy xulqning o‘ziga xosligi (to‘siqli kontratseptsiya usullarini kamroq qo‘llanishi) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
-Samaradorlikni pasayishi
Majmuaviy peroral kontratseptiv preparatlarning samaradorligi quyidagi hollarda pasayishi mumkin tabletkalar o‘tkazib yuborilganida, qusish va diareyada yoki dorilarning o‘zaro ta'siri natijasida kuzatiladi.
• Xloazmga moyilligi bo‘lgan ayollar majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilish vaqtida quyoshda uzoq vaqt bo‘lishdan va ultrabinafsha nurlanish ta'siridan saqlanishlari kerak.
• Angionevrotik shishning nasliy ko‘rinishlari bo‘lgan ayollarda ekzogen estrogenlar angionevrotik shishning simptomlarini chaqirishi yoki og‘irlashtirishi mumkin.
Hayz ko‘rishlar orasidagi qon ketishlari
Boshqa majmuaviy peroral kontratseptivlar qo‘llanganida bo‘lgani kabi, Janin qabul qilinganida hayz ko‘rishlar orasidagi davrda bir necha oy davomida qindan nomuntazam qon ketishlari (surkalgan qonli ajralmalar yoki to‘xtovsiz qon ketishlar) kuzatilishi mumkin. Gigiyena vositalarini ishlating va tabletkalarni qabul qilishni davom ettiring. Hayz ko‘rishlar orasidagi qindan qon ketishlar, odatda Sizning organizmingiz Janinga moslashgan sari to‘xtaydi (odatda tabletkalarni qabul qilishning 3 siklidan keyin). Agar ular davom etsa, og‘irlashsa yoki to‘xtatgandan keyin qaytadan boshlansa, shifokorga murojaat qiling.
Navbatdagi hayz ko‘rishlarni bo‘lmasligi
Agar Siz barcha drajeni to‘g‘ri qabul qilgan bo‘lsangiz va Sizda qusish bo‘lmagan bo‘lsa va bir vaqtda boshqa dori vositalarini qabul qilmagan bo‘lsangiz, unda homilador bo‘lish ehtimoli kam. Janinni odatdagidek qabul qilishni davom ettiring.
Agar Sizda ketma-ket ikki marta xayz ko‘rish bo‘lmasa, darhol shifokorga murojaat qiling. Shifokor homiladorlikni istisno qilmagunicha, Janinni navbatdagi o‘ramini qabul qilishni boshlamang.
Qachon shifokor bilan maslahatlashish lozim
Muntazam ko‘ruvlar
Agar Siz Janin qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokor Sizga, 1 yilda kamida bir martamuntazam ko‘ruvdan o‘tishingiz zarurligi to‘g‘risida xabar qiladi.
Shifokor bilan iloji boricha tezroq maslahatlashing
• sog‘lig‘ingizning har qanday o‘zgarishlarida, ayniqsa ushbu ilova-varaqada sanab o‘tilgan har qanday holatlarda (shuningdek «
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
» va «Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash» ga qarang);
• sut bezida lokal zichlanish aniqlanganda; agar Siz boshqa dori preparatlarini ishlatmoqchi bo‘lsangiz (shuningdek «Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri»ga qarang);
• agar uzoq muddatli harakatsizlik kutilsa (masalan, oyoqqa gips qo‘yilsa), gospitalizatsiya yoki operatsiya rejalashtirilgan bo‘lsa (kamida to‘rt hafta undan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing);
• qindan odatdagi bo‘lmagan kuchli qon ketishi paydo bo‘lsa;
• agar Siz birinchi hafta o‘ramidan draje qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz va bundan yetti yoki kamroq kun oldin jinsiy aloqada bo‘lganingizda;
• Sizda ikki marta ketma-ket navbatdagi xayz ko‘rish bo‘lmagan bo‘lsa yoki Siz homilador bo‘lganingizga gumon qilsangiz (shifokor bilan maslahatlashmaguningizcha, keyingi o‘ramni qabul qilishni boshlamang!)
Agar Siz trombozni mumkin bo‘lgan belgilarini sezgan bo‘lsangiz draje qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokor bilan maslahatlashing birinchi paydo bo‘lgan odatdagicha bo‘lmagan yo‘tal; chap qo‘lga beruvchi to‘sh orqasidagi odatdagicha bo‘lmagan kuchli og‘riq; kutilmaganda paydo bo‘lgan xansirash; odatdagicha bo‘lmagan, kuchli yoki uzoq muddatli bosh og‘rig‘i yoki migren xuruji; ko‘rishni butunlay yoki qisman yo‘qolishi yoki ko‘zlarda ikkilanish; noaniq nutq; eshitish, hid va ta'm sezishni birdan o‘zgarishi; bosh aylanishi yoki xushdan ketish holati; tanani har qanday qismida bo‘shashish yoki sezuvchanlikni yo‘qolishi; qorinda kuchli og‘riq; oyoqda kuchli og‘riq yoki birdan paydo bo‘lgan oyoq shishi.
Janin VICh – infektsiyasi (SPID) yoki har qanday boshqa jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar yuqishidan saqlamaydi.
Janin shifokor tomonidan shaxsan sizga tavsiya qilingan, preparatni boshqalarga bermang!
Homiladorlik va laktatsiya
Janinni homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Agar Janin preparatini qabul qilish vaqtida homiladorlik aniqlansa, uni darhol bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak. Biroq katta epidemiologik tadqiqotlar yoki homiladorlikning erta muddatlarida ehtiyotsizlik yuzasidan jinsiy gormonlar qabul qilinganida yoki homiladorlikkacha jinsiy gormonlarni olgan ayollardan tug‘ilgan bolalarda rivojlanish nuqsonlarining yuqori xavfini aniqlamadi.
Majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilish ko‘krak sutining miqdorini kamaytirishi va uning tarkibini o‘zgartirishi mumkin, shuning uchun emizish to‘xtagunicha ularni ishlatish tavsiya qilinmaydi.
Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Janin drajesining katta miqdori bir martada qabul qilinganida jiddiy buzilishlar to‘g‘risida xabar berilmagan.
Doza oshirib yuborilganida aniqlanishi mumkin bo‘lgan simptomlar ko‘ngil aynishi, qusish, surkaluvchi qonli ajralmalar yoki qindan qon ketishi bo‘lishi mumkin.
Doza oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
Draje. 21 drajedan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali blisterda. 1 yoki 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori haroratda saqlanmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Bayer Shering Farma AG, Germaniya
D-13342 Berlin
Bayer Scherinq Pharma AG, Germany D-13342 Berlin
Qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi manzildan olish mumkin
107113 Moskva, 3-chi Rbinskaya ko‘ch. 18 uy,2 bino
Tel. + 7(495) 231 12 00
Faks + 7 (495) 231 12 02
www.bayerscherinqpharma.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.