Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
ZOELI tabletkalari 2,5 mg+1,5 mg N28
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Номегэстрол, эстрадиол
Страна производитель
Ирландия
Дозировка
2,5 мг+1,5 мг
Производитель
Schering-Plough Central East AG, Швейцария, Organon (Ireland) Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalarda berish tartibi
- Ishlab chiqaruvchi
Preparatning savdo nomi
Zoeli
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) nomegestrol atsetati va estradiol
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
har bir oq rangli tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 2,5 mg nomegestrol atsetati va 1,5 mg estradiol (gemigidrat ko‘rinishida);
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza (E460), krospovidon (E1201), talk (E553b), magniy stearati (E572), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, polivinil spirti (E1203), titan dioksidi (E171), makrogol 3350.
har bir sariq rangli tabletka quyidagilarni saqlaydi
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza (E460), krospovidon (E1201), talk (E553b), magniy stearati (E572), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, polivinil spirti (E1203), titan dioksidi (E171), makrogol 3350, temir II oksidi (E172), temir II va III oksidi (E172).
Ta'rifi
Plyonka qobiq bilan qoplangan faol moddasi bo‘lgan tabletkalar oqdan deyarli oq rangligacha, dumaloq, har bir tomoniga “ne” kodi tushirilgan tabletkalar.
Plyonka qobiq bilan qoplangan platsebo tabletkalari sariq rangli, dumaloq, har bir tomoniga “r” kodi tushirilgan.
Farmakoterapevtik guruhi
jinsiy gormonlar va jinsiy tizimning modulyatorlari, progestogenlar va estrogenlar, fiksatsiyalangan kombinatsiyalar.
ATX kodi G03AA14.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ta'sir mexanizmi
Nomegestrol atsetati progesteronning tabiiy steroid gormonidan olingan, yuqori selektiv progesterondir. Nomeestrol atsetati odam progesteroni retseptorlariga nisbatan yuqori yaqinlikka, shuningdek progesteron retseptorlari bilan bog‘liq antigonadotrop faollikka, antiestrogen faollikka, o‘rtacha antiandrogen faollikka ega bo‘lib, estrogen, androgen, glyukokortikoid yoki mineralokortikoid ta'sir ko‘rsatmaydi.
Zoeli preparatining tarkibiga kiruvchi estrogen 17β-estradioldir. Bu tabiiy, odam endogen 17β-estradioli (E2) ga o‘xshash bo‘lgan estrogendir. Bu estrogen boshqa majmuaviy preoral kontratseptivlarda, 17-alfa pozitsiyasida etinil guruhi bo‘lmagani sababli, qo‘llaniladigan etinilestradiol estrogenidan farq qiladi. Zoeli preparati qo‘llanganida Ye2 ning o‘rtacha darajalari hayz ko‘rish siklining ilk follikulyar va kechki lyuteinli fazalari vaqtidagi Ye2 darajalari bilan bir xil bo‘lgan.
Zoeli preparatining kontratseptiv ta'siri turli omillarning o‘zaro ta'siriga asoslangan bo‘lib, ularning eng muhimlari ovulyatsiyani susaytirish va servikal sekretsiyani o‘zgartirish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Klinik samardorligi va xavfsizligi
Samaradorlik va xavfsizlikni qiyoslash yuzasidan o‘tkazilgan ikkita randomizatsiyalangan ochiq tadqiqot davomida 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan 3200 nafardan ortiq ayol 13 ta ketma-ket sikl mobaynida Zoeli preparatini va 1000 nafardan ortiq ayol 3 mg drospirenon/30 mkg etinilestradiol (21/7 sxemasi bo‘yicha) qabul qilganlar.
Zoeli preparati guruhida 8,6% ayolda tana vaznini oshgani (qiyosiy guruhda bu ko‘rsatkich 5,7%), bekor qilish oqibatidagi patologik qon ketishi (asosan bekor qilish oqibatidagi qon ketishini yo‘qligi to‘g‘risida) – 10,5% (qiyosiy guruhda – 0,5%), shuningdek akne holati to‘g‘risida ayollarning 15,4% da (qiyosiy guruhda – 7,9%) bo‘lgani xabar berilgan. Zoeli preparatini qo‘llash davrida akneni yuz berishi yuzasidan tahlil shuni ko‘rsatdiki, ayollarning aksariyat qismida (73,1%) dastlabki holatga nisbatan akne holatini o‘zgarishi kuzatilmagan, ayollarning 16,8% da esa akne holatini yaxshilanishi va 10,1% da esa – akneni paydo bo‘lishi yoki akne holatini yomonlashuvi kuzatilgan.
Yevropa Ittifoqi, Osiyo va Avstraliyada Zoeli preparatini qo‘llash bilan o‘tkazilgan klinik tadqiqotda 18-35 yoshdagi ayollar guruhida Pirl indeksi bo‘yicha quyidagi natijalar olingan
-usulning samarasizligi 0,40 (95% li ishonch intervalining yuqori chegarasi 1,03);
-usulning samarasizligi yoki iste'molchidagi samarasizlik 0,38 (95% li ishonch intervalining yuqori chegarasi 0,97).
AQSh, Kanada va Lotin Amerikasida Zoeli preparatini qo‘llash bilan o‘tkazilgan klinik tadqiqotda 18-35 yoshdagi ayollar guruhida Pirl indeksi bo‘yicha quyidagi natijalar olingan
-usulning samarasizligi 1,22 (95% li ishonch intervalining yuqori chegarasi 2,18);
-usulning samrasizligi yoki iste'molchidagi samarasizlik 1,16 (95% li ishonch intervalining yuqori chegarasi 2,08).
Randomizatsiyalangan ochiq tadqiqot davomida 32 nafar ayol 6 sikl mobaynida Zoeli preparatini qabul qilishgan.
Zoeli preparatini qo‘llash to‘xtatilganidan keyin oxirgi tabletka qabul qilganidan so‘ng o‘rtacha hisobda 20,8 kun o‘tib, ovulyatsiyani qayta tiklanishi yuz bergan, eng erta ovulyatsiya 16 kundan keyin kuzatilgan.
Folat kislotasi homiladorlikning ilk davrida muhim vitamin hisoblanadi. Qon zardobidagi folat kislotasining darajasi Zoeli preparatini ketma-ket 6 sikl davomida qo‘llash mobaynida va qo‘llash to‘xtatilganidan keyin, boshlang‘ich darajalarga nisbatan, o‘zgarmagan holatda qolgan.
Ikki yillik ochiq randomizatsiyalangan qiyosiy tadqiqotda 21 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ayollar Zoeli preparatini qabul qilishgan, bu suyakning mineral zichligiga klinik ahamiyatli ta'siri bilan kechmagan.
Ochiq randomizatsiyalangan qiyosiy tadqiqot Zoeli preparatini gemostazga, lipidlarga, uglevodlar almashinuviga, buyrak usti bezlari va qalqonsimon bez funktsiyasiga, shuningdek androgenlarga ta'sirini baholash uchun o‘tkazilgan edi. 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan oltmish nafar ayol 6 ta ketma-ket sikl davomida Zoeli preparati bilan davolanishgan. Glyukozani o‘zlashtira olinishi va insulinga nisbatan sezuvchanlik o‘zgarmaganligicha qolgan; Zoeli preparati qo‘llanganda lipidlar metabolizmi va gemostazga klinik ahamiyatli ta'siri kuzatilmagan. Zoeli preparati TBG (tiroksin bog‘lovchi globulin) va KBG (kortikoid bog‘lovchi globulin) tashuvchi oqsil darajasini oshirgan va JGBG (jinsiy gormonni bog‘lovchi globulin) ni biroz oshishini induktsiya qilgan. Androstenedion, DEAS (degidroepiandrosteron-sulfat), umumiy va erkin testosteronning androgen ko‘rsatkichlari Zoeli preparatini qo‘llash davomida sezilarli darajada kamaygan.
Endometriyning gistologik tadqiqotlari ayollarning kichik guruhida (n=32) davolashning 13 siklidan keyin o‘tkazildi. Patologik natijalar kuzatilmagan.
Bolalar
18 yoshdan kichik o‘smirlarda preparatning samaradorligi va xavfsizligi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Farmakokinetikasi
bo‘yicha mavjud ma'lumotlar “
Farmakokinetikasi
” bo‘limida keltirilgan.
Farmakokinetikasi
Nomegestrol atsetati
So‘rilishi. Nomegestrol atsetati peroral qo‘llanganida tez so‘riladi.
Nomegestrol atsetatining qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi taxminan 7 ng/ml ni tashkil qiladi va bu ko‘rsatkichga bir marta qabul qilinganidan keyin 2 soatdan so‘ng erishiladi. Nomegestorolning bir marta qabul qilinganidan keyingi biologik jihatdan mutlaq biokiraolishligi 63% ni tashkil etadi. Ovqat qabul qilishni nomegestorolning biokira olishligiga klinik ahamiyatli ta'siri kuzatilmagan.
Taqsimlanishi. Nomegestrol atsetati oqsillar bilan ekstensiv ravishda bog‘lanadi (97-98%), lekin KBG yoki JGBG bilan bog‘lanmaydi. Nomegestrol atsetatining muvozanat holatdagi ko‘rinarli taqsimlanish hajmi 1 645±576 litrni tashkil etadi.
Metabolizm. Nomegestrol atsetati jigarning R450 sitoxromi fermentlari, asosan, CYP3A4 va CYP3A5 ishtirokida, CYP2C19 va CYP2C8 ning ehtimoliy ko‘maklashuvida metabolizmga uchraydi va bir nechta nofaol gidroksillangan metabolitlar hosil bo‘ladi. Nomeestrol atsetati va uning gidroksillangan metabolitlari glyukuronid- va sulfat-kon'yugatlarini hosil bo‘lishi bilan ekstensiv metabolizmning 2-fazasiga o‘tadilar. Muvozanat holatida namoyon bo‘ladigan klirens soatiga 26 l ni tashkil etadi.
Chiqarilishi. Yarim chiqarilish davri (t1/2) 46 soatni tashkil qiladi (28 soatdan 83 soatgacha bo‘lgan diapazonda). Metabolitlarning yarim chiqarilish davri aniqlanmagan.
Nomegestrol atsetati siydik va ahlat bilan chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 80% siydik va ahlat bilan 4 kun davomida chiqariladi. Nomegestrol atsetatini chiqarilishi 10 kundan keyin deyarli to‘liq amalga oshiriladi, preparat ko‘proq siydik bilan emas, balki ahlat bilan chiqariladi.
Proportsionallik. Dozaga nisbatan proportsionallik dozalar diapazoni 0,625 dan 5 mg gacha bo‘lganida kuzatiladi (fertil ayollarda va postmenopauza davrida aniqlangan).
Muvozanat holatlari. JGBG nomegestrol atsetatining farmakinetikasiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Muvozanat holatga 5 kundan keyin erishiladi. Nomegestrol atsetatining qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi taxminan 12 pg/ml ni tashkil etib, doza qabul qilinganidan keyin 1,5 soatdan so‘ng erishiladi. Muvozanat holatdagi qon plazmasidagi o‘rtacha kontsentratsiyasi 4 ng/ml ni tashkil qiladi.
Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta'siri. Nomegestrol atsetati in vitro sharoitida R450 sitoxrom tizimidagi biron-bir fermentlarning sezilarli induktsiyasi yoki ingibitsiyasini chaqirmaydi, shuningdek R-glikoprotein tashuvchisi bilan klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta'sirni namoyon etmaydi.
Estradiol (E2)
So‘rilishi. Estradiol peroral qabul qilinganidan keyin sezilarli tizim oldi metabolizmiga uchraydi. Biokiraolishligi 1% ni tashkil etadi. Ovqat qabul qilishni estradiolning biokira olishligiga klinik ahamiyatga ega ta'siri kuzatilmagan.
Taqsimlanishi. Ekzogen va endogen estradiolning taqsimlanishi bir xil. Estrogenlar organizm to‘qimalarida keng taqsimlanadi va odatda, ularning eng yuqori kontsentratsiyalari jinsiy gormonlarning nishon-a'zolarida kuzatiladi. Estradiol JGBG (37%) va albumin (61%) bilan bog‘langan holatda, va faqat 1-2% bog‘lanmagan holatda qonda aylanib yuradi.
Metabolizm. Ekzogen estradiol peroral qabul qilinganidan keyin ekstensiv metabolizmga uchraydi. Ekzogen va endogen estradiolning metabolizmlari bir-biriga o‘xshash. Estradiol ichak va jigarda bir nechta metabolitlarga, asosan, estronga tez aylanadi, keyinchalik bu metabolitlar kon'yugatsiyaga uchraydi va jigar-ichak sirkulyatsiyasiga duchor bo‘ladi.
Estradiol, estron va estronsulfat o‘rtasida turli fermentlar, jumladan estradiol-degidrogenazalar, sulfotransferazalar va arilsulfatazalarning faolligini oqibati hisoblangan dinamik muvozanat mavjuddir. Estron va estradiolni oksidlanishi R450 sitoxrom, asosan, CYP1A2, CYP1A2 (jigardan tashqaridagi), CYP3A4, CYP3A5, CYP1B1 va CYP2C9 ishtirokida sodir bo‘ladi.
Chiqarilishi. Estradiol aylanayotgan qondan tez chiqariladi. Metabolizm va jigar-ichak sirkulyatsiyasi tufayli, qonda estrogensulfatlarning yirik birikmalari va glyukuronidlar bo‘ladi. Bu estradiolning yarim chiqarilish davrini, dastlabki ko‘rsatkichi bo‘yicha muvofiqlashtirilgan vena ichiga yuborilganidan keyin 3,6±1,5 soatni tashkil etuvchi yuqori o‘zgaruvchanligiga olib keladi.
Muvozanatli holatlari. Estradiolning qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyasi taxminan 90 pg/ml ni tashkil etadi va doza qo‘llanganidan keyin 6 soatdan so‘ng erishiladi. Qon zardobidagi o‘rtacha kontsentratsiyasi 50 pg/ml ni tashkil qiladi; estradiolning bunday darajalari ayollardagi hayz ko‘rish siklning dastlabki va oxirigi fazalariga mos keladi.
Alohida guruhlar
Bolalar. Menarxe boshlangan sog‘lom o‘smir qizlar tomonidan Zoeli preparatini peroral bir marta qabul qilinganidan keyingi nomegestrol atsetatining farmakokinetikasi (asosiy maqsad) katta yoshli ayollarniki bilan bir xil bo‘lgan. O‘smir qizlardagi estradiolning ekspozitsiyasi (ikklamchi maqsad) birinchi 24 soat mobaynida xuddi kattalarniki bilan bir xil bo‘lgan, 24 soat o‘tganidan keyin esa pastroq bo‘lgan. Bu natijalarning klinik ahamiyati aniqlanmagan.
Buyrak funktsiyasini buzilishida ta'siri. Buyrak kasalliklarini Zoeli preparatining farmakokinetikasiga ta'sirini baholash uchun tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Jigar funktsiyasini buzilishida ta'siri. Jigar kasalliklarini Zoeli preparatining farmakokinetikasiga ta'sirini baholash uchun tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Biroq, jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan ayollarda steroid gormonlari sust metabolizmga uchrashi mumkin.
Etnik guruhlar. Etnik guruhlarda farmakokinetikani baholash uchun rasmiy tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Xavfsizlik bo‘yicha klinik oldi ma'lumotlar
Estradiol, nomegestrol atsetati yoki ularning majmualarining takroriy dozalarini toksikligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarda kutilgan estrogenli va gestagenli samaralar kuzatilgan. Ushbu majmuani qo‘llash bilan o‘tkazilgan reproduktiv toksiklik bo‘yicha tadqiqotlar fetotoksiklikni namoyish etgan, bu estradiolning ta'siriga mos keladi.
Preparatlarning ushbu majmuasining genotoksikligi va kantserogenligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Nomegestrol atsetati genotoksik hisoblanmaydi.
Biroq, jinsiy steroid gormonlari ba'zi gormonal jihatdan bog‘liq to‘qima va shishlar o‘sishini faollashtirishi mumkinligini yodda tutish lozim.
Qo‘llanilishi
Peroral qo‘llash uchun kontratseptsiya vositasi.
Zoeli preparatini buyurish to‘g‘risida qaror qabul qila turib, har bir ayolda hozirgi vaqtda, ayniqsa venoz tromboemboliya (VTE) ni rivojlanishi yuzasidan individual xavf omillarini hisobga olish, shuningdek Zoeli preparati va boshqa majmuaviy gormonal kontratseptivlarni qo‘llaganda VTE ni rivojlanish xavfini qiyoslash kerak (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” va “Ehtiyotkorlik choralari” bo‘limlariga qarang).
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Sutkada 1 tabletkadan har kuni ketma-ket 28 kun davomida buyuriladi. Har bir o‘ram faol moddasi bo‘lgan 24 ta oq tabletkalardan boshlanadi, ulardan keyin 4 ta platsebo sariq tabletkalar qabul qilinadi. Keyingi o‘ramni qo‘llash bevosita ishlatilayotgan o‘ram tugaganidan keyin, har kuni qo‘llanganda tanaffus qilmay va bekor qilish oqibatidagi qon ketishlari paydo bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat'iy nazar boshlanadi. Odatda, bekor qilish oqibatidagi qon ketishi oxirigi oq tabletka qabul qilinganidan keyin 2-3 kundan so‘ng boshlanadi va keyingi o‘ramni qabul qilish boshlanganda ham davom etishi mumkin. “Ehtiyotkorlik choralari. Siklni nazorat qilish” bo‘limiga qarang.
Alohida guruhlar
Buyrak funktsiyasini buzilishi
Garchi buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar yuzasidan ma'lumotlar bo‘lmasada, bunday holatlarni nomegestrol atsetati va estradiolni chiqarilishiga ta'sir qilish ehtimoli kamdir.
Jigar funktsiyasini buzilishi
Jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar ishtirokida klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Jigar xastaligining og‘ir shakllari bo‘lgan patsiyentlarda steroid gormonlarining metabolizmi yomonlashishi mumkinligi tufayli, jigar funktsiyasi ko‘rsatkichlari normallashguniga qadar bunday ayollarda Zoeli preparatini qo‘llash mumkin emas (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qaralsin).
Qo‘llash usuli
Peroral qo‘llash uchun buyuriladi.
Zoeli preparatini qanday qabul qilish kerak
Tabletkalarni har kuni, ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar taxminan aynan bir vaqtda qabul qilish kerak. Tabletkalarni suv bilan ichish lozim, blisterdan chiqarib olish esa – ko‘rsatilgan tartibga muvofiq bajariladi. Haftaning 7 kuni markirovkalangan stikerlar ilova qilinadi. Ayol tabletka qabul qilishni boshlagan kun ko‘rsatilgan stikerni tanlashi va uni blisterga yopishtirib qo‘yishi kerak.
Zoeli preparatini qo‘llashni qanday boshlash kerak
Agar hech qanday gormonal homilaga qarshi vosita (avvalgi oy davomida) qo‘llanilmagan bo‘lsa
Tabletkani qo‘llashni siklning birinchi kuni (ya'ni hayz ko‘rish oqibatidagi qon ketishining birinchi kuni) boshlash kerak. Bunda qo‘shimcha kontratseptsiya usullarini qo‘llash zarurati bo‘lmaydi. Shuningdek, preparatni qabul qilishni hayz ko‘rish siklning 2-5 kunlaridan boshlash mumkin, lekin bunday hollarda birinchi o‘ramdagi oq rangli tabletkalarni birinchi 7 kun davomida qabul qilish davomida kontratseptsiyaning qo‘shimcha to‘siqli usulidan foydalanish lozim (1-rasmga qarang).
Boshqa majmuaviy gormonal kontratseptivlardan (majmuaviy peroral kontratseptivlar (MPK), vaginal halqa yoki transdermal plastirdan) o‘tishda
Zoeli preparatini qo‘llashni avvalgi MPK preparatining o‘ramidagi so‘nggi ta'sir etuvchi tabletka (faol moddalarni saqlovchi so‘nggi tabletka) qabul qilinganidan keyin boshlash maqsadga muvofiqdir, lekin eng kechi bilan avvalgi MPK preparatining tabletkasi yoki platsebo tabletkasi qabul qilinmaydigan odatdagi intervaldan keyin kelasi kuni boshlash lozim. Agar ilgari vaginal halqa yoki transdermal plastirdan foydalanilgan bo‘lsa, Zoeli preparatini halqa/plastir olingan kundan boshlab, lekin halqa/plastir olinishi rejalashtirilgan kundan kechiktirmay qabul qilgan afzaldir.
Faqat progestogon (mini-pili, implanta, in'ektsiya) yoki gormon saqlovchi bachadon ichki tizimlar (GBT) ni qo‘llashdan o‘tishda
Mini-pili qabul qilishni istalgan kunda to‘xtatib, ertasiga Zoeli preparatini qabul qilishni boshlash mumkin. Implantat yoki BIT ni istalgan kuni olib tashlash va o‘sha kuniyoq Zoeli preparatini qabul qilishni boshlash mumkin. In'ektsiya yo‘li bilan qabul qilinadigan progestogendan o‘tishda, Zoeli preparatini qabul qilishni navbatdagi in'ektsiya bajarilishi kerak bo‘lgan kuni boshlash lozim. Barcha holatlarda oq rangli faol tabletkalarni 7 kun uzluksiz qo‘llash davomida kontratseptsiyaning qo‘shimcha to‘siqli usulini qo‘llash tavsiya etiladi.
Homiladorlikning birinchi uch oyligida muddatidan avval to‘xtatilganidan keyin
Preparatni qabul qilishni bevosita abortdan keyin boshlash mumkin. Bunda kontratseptsiyaning qo‘shimcha usullarini qo‘llash zarurati yo‘q.
Tug‘ruqdan yoki homiladorlikning ikkinchi uch oyligida muddatidan avval to‘xtatilganidan keyin
Preparatni tug‘ruqdan yoki homiladorlikning ikkinchi uch oyligida muddatidan avval to‘xtatilganidan keyin 21-28 kunlari qo‘llash lozim. Agar preparatni qabul qilish kechroq boshlangan bo‘lsa, u holda ayolga oq rangli ta'sir etuvchi tabletkalarni birinchi 7 kun uzluksiz qo‘llash mobaynida kontratseptsiyaning qo‘shimcha to‘siqli usulidan foydalanishni tavsiya etish kerak. Agar, jinsiy aloqa yuz bergan bo‘lsa, MPK dan foydalanish boshlanishiga qadar homiladorlikni istisno qilish kerak yoki ayol birinchi hayz ko‘rish davrini kelishini kutishi lozim. Emizganda “Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi” bo‘limini qarang.
Tug‘ruqdan keyingi davrda Zoeli preparatini qabul qilishni qayta davom ettirishda venozli tromoemboliyani (VTE) yuz berish xavfi yuqori bo‘lishini inobatga olish zarur (“Ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
O‘tkazib yuborilgan tabletkalarni qabul qilish
Quyidagi tavsiyalar ta'sir etuvchi oq tabletkalarni qabul qilishni o‘tkazib yuborishga taalluqlidir
Agar faol tabletkani qabul qilish o‘tkazib yuborilgan vaqtidan 24 soatdan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, kontratseptiv himoya susaymaydi. Ayol o‘tkazib yuborilgan tabletkani iloji boricha tezroq qabul qilishi lozim, homilaga qarshi navbatdagi tabletka esa - odatdagi vaqtda qabul qilinadi.
Agar faol oq tabletkani qabul qilish vaqtidan 24 soatdan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa, kontratseptiv himoya susayishi mumkin. Tabletka qabul qilinishi o‘tkazib yuborilganida quyidagi ikkita asosiy qoidalarga rioya qilish zarur
• gipotalamo-gipofizar-tuxumdon tizimi funktsiyasini adekvat susaytirish uchun oq faol tabletkalarni 7 kun uzluksiz qabul qilish talab etiladi;
• oq faol tabletkalarni qabul qilish qanchalik ko‘p o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa va ular 4 sariq platsebo tabletkalariga qanchalik yaqin bo‘lsa, homiladorlikni yuz berish xavfi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
1-rasm
1-7-chi kunlar
Ayol so‘nggi o‘tkazib yuborilgan tabletkani, hattoki, bu homilaga qarshi ikkita tabletkani bir vaqtda qabul qilishni anglatsada, iloji boricha tezroq qabul qilishi lozim. Keyinchalik tabletkalarni odatdagi vaqtda qabul qilish kerak. Bundan tashqari, kontratseptsiyaning qo‘shimcha to‘siqli usulini (masalan, prezervativ) oq rangli tabletkalarni 7 kun uzluksiz qo‘llash davomida ishlatish kerak. Agar jinsiy aloqa bundan avvalgi 7 kun ichida sodir etilgan bo‘lsa, unda homiladorlikni yuz berishi mumkinligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish kerak.
8-17-chi kunlar
Ayol so‘nggi o‘tkazib yuborilgan tabletkani, hattoki, bu homilaga qarshi ikkita tabletkani bir vaqtda qabul qilinishini anglatsada, iloji boricha tezroq qabul qilishi lozim. Keyinchalik tabletkalarni odatdagi vaqtda qabul qilish kerak. Ayol 1 tabletkani qabul qilishni o‘tqazib yuborishdan oldin 7 kun davomida tabletkalarni to‘g‘ri qo‘llagan bo‘lsa, unga qo‘shimcha kontratseptsiya usullarini qo‘llashga zarurat yo‘q. Lekin, agar ayol 1 tabletkadan ortiqni qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, qo‘shimcha kontratseptsiya usulini oq tabletkalarni uzluksiz 7 kun uzluksiz qo‘llash davomida qo‘llash lozim.
18-24-chi kunlar
Kontratseptsiya ishonchiligi pasayishining xavfi muqarrar, chunki keyinchalik sariq platsebo tabletkalarini qabul qilish davri keladi. Biroq, tabletkalarni qabul qilish sxemasini muvofiqlashtirish yo‘li bilan homilaga qarshi himoyani susayishini oldini olish mumkin. Preparatni ikkita qabul qilish sxemasidan biriga rioya qilgan holda qo‘llanganda 1 tabletkani qabul qilishni o‘tkazib yuborishdan oldin ayol 7 kun davomida tabletkalarni to‘g‘ri qo‘llagan sharoitida, qo‘shimcha kontratseptsiya usullarini qo‘llashga zarurat yo‘q. Aks holda ayol preparatni ikkita sxemasidan biriga rioya qilish va keyingi 7 kun davomida qo‘shimcha kontratseptsiya usulini qo‘llash lozim.
1.Ayol oxirgi o‘tkazib yuborilgan oq tabletkani iloji boricha tezroq qabul qilishi kerak, hatto agar bu, homilaga qarshi ikkita tabletkalarni bir vaqtda qabul qilishni bildirsa ham. Oxirgi qatordagi 4 platsebo tabletkani tashlash lozim va darhol yangi o‘ramdan preparatni qabul qilishni boshlash lozim. Ayollarda ikkinchi o‘ramdagi faol tabletkalarni qabul qilish tugagunicha bekor qilish oqibatidagi qon ketishni boshlanishining ehtimoli kam, ammo ularda tabletkalarni qabul qilmagan davrida bachadondan surkaluvchan shiddatli qon ketish yoki qonli ajramalar kuzatilishi mumkin.
2.Ayol shuningdek o‘ramdagi bor faol tabletkalarni qo‘llashni to‘xtatishi va 3 kun davomida (maksimum) oxirgi qatordagi platsebo tabletkalarni qabul qilish mumkin. Keyin 4 tadan ortiq bo‘lmagan faol tabletkalarni qabul qilish va yangi o‘ramdagi tabletkalarni qabul qilishga o‘tish kerak.
Agar ayol tabletkalarni qabul qilishni o‘tkazib yuborgan va platsebo tabletkalarini qabul qilish vaqtida bekor qilish oqibatidagi qon ketishi kuzatilsa, homiladorlikni boshlanishi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish lozim.
E'tibor bering agar ayol o‘tkazib yuborilgan tabletkalar soni va rangini eslay olmasa va qaysi tavsiya bo‘yicha ish tutishni bilmasa, u holda oq rangli tabletkalarni 7 kun uzluksiz qo‘llash davomida kontratseptsiyaning qo‘shimcha to‘siqli usulini ishlatish kerak.
Sariq platsebo tabletkalarini qabul qilish o‘tkazib yuborilsa
Kontratseptiv himoya susaymaydi. Blisterning so‘nggi (to‘rtinchi) qatoridagi sariq tabletkalarni inobatga olmasa ham bo‘ladi. Lekin, o‘tkazib yuborilgan tabletkalarni, platsebo tabletkalarini qabul qilish fazasini beixtiyor cho‘zilishini oldini olish maqsadida, tashlab yuborish kerak.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlari bo‘lgan holat uchun tavsiyalar
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan og‘ir buzilishlar (masalan, qusish yoki diareya) bo‘lgan hollarda ta'sir etuvchi moddalarni so‘rilishi to‘liq bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun kontratseptsiyaning qo‘shimcha usullaridan foydalanish lozim.
Agar oq tabletka qabul qilinganidan keyin 3-4 soat davomida ayolda qusish kuzatilgan bo‘lsa, tabletka qabul qilinmagan deb hisoblash mumkin, va yangi tabletkani iloji boricha tezroq qabul qilish lozim. Yangi tabletkani preparatni odatdagi qabul qilish vaqtida 24 soat mobaynida qabul qilish kerak. Keyingi tabletkani odatdagi vaqtda qabul qilish kerak. Agar oxirgi tabletka qabul qilingandan keyin 24 soatdan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa, tabletkalarni qabul qilish o‘tkazib yuborilganda ko‘riladigan choralar yuzasidan “
Qo‘llash usuli va dozalari
. O‘tkazib yuborilgan tabletkalarni qabul qilish” bo‘limiga qarang. Agar ayol tabletkalarni normal qabul qilish tartibini o‘zgartirishni xohlamasa, ushbu preparatning boshqa o‘ramidagi qo‘shimcha bir (yoki bir nechta) oq tabletkani qabul qilishi lozim.
Qanday qilib hayz ko‘rishni boshlanish kunini o‘zgartirish yoki hayz ko‘rishni boshlanishini kechiktirish mumkin
Hayz ko‘rishni boshlanish kunini kechiktirish uchun ayol joriy o‘ramdagi sariq platsebo tabletkalarini qabul qilmay, Zoeli preparatining yangi o‘ramidagi homilaga qarshi tabletkalarni qabul qilishni davom ettirishi lozim. Tabletkalarni ayol istaganicha, ikkinchi o‘ramdagi tabletkalar tugamagunicha qabul qilishi mumkin. Zoeli preparatini muntazab qabul qilishni ikkinchi o‘ramdagi sariq plabetso tabletkalari qabul qilinib bo‘lganidan keyin davom ettirish mumkin. Ikkinchi o‘ramdagi homilaga qarshi tabletkalarni qabul qilish davrida ayolda shiddatli qon ketishlari yoki qonli ajralmalar kuzatilishi mumkin.
Hayz ko‘rishni boshlanish kunini haftaning boshqa kuniga kechiktirish uchun ayol sariq platsebo tabletkalarini qabul qilishning yaqinlashayotgan fazasini qisqartirishi lozim (maksimal muddat – 4 kun). Interval qanchalik qisqa bo‘lsa, bekor qilish oqibatidagi qon ketishini yuz berish xavfi shuncha yuqori bo‘ladi va keyinchalik, preparatning keyingi o‘ramini qabul qilish vaqtida ayolda shiddatli qon ketishlari yoki qonli ajralmalar (hayz ko‘rishni boshlanishini kechiktirishda bo‘lgani kabi) kuzatiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Xavfsizlik profilining qisqacha tavsifi
Zoeli preparatining xavfsizligini baholash uchun 2 yilgacha davom etgan yettita ko‘p markazli klinik tadqiqotlar o‘tkazilgan. Hammasi bo‘lib, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan 3490 nafar ayol qayd etilgan va ishtirok etgan; sikllar soni – 35028.
Nojo‘ya reaktsiyalarni jadval ko‘rinishidagi ro‘yxati
Quyida Zoeli preparatini klinik tadqiqotlari va postmarketing sinovlarida qo‘llanilganida kuzatiladigan preparatni qo‘llanilishi bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar ko‘rsatilgan.
Barcha nojo‘ya reaktsiyalar a'zolar tizimining sinfi va uchrash tez-tezligiga muvofiq ko‘rsatilgan juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha) va kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha).
A'zo tizimlari sinfiMedDRA1atamalariga muvofiq nojo‘yareaktsiyalar
Juda tez-tezTez-tezTez-tez emasKam hollarda
Metabolizm va ovqatlanish tomonidan buzilishlarishtahani kuchayishi,
suyuqlikni tutilishi
ishtahani susayishi
Ruhiyat tomonidan buzilishlar libidoni susayishi, depressiya/ tushkun kayfiyat, kayfiyatni o‘zgarishi libidoni kuchayishi
Nerv tizimi tomonidan buzilishlarbosh og‘rig‘i, migrendiqqatni buzilishi,
insult,
bosh miyada qon aylanishini buzilishi
Ko‘rish a'zolari tomonidan buzilishlar kontakt linzalarni taqa olmaslik, ko‘zni qurishi
Qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar qizib ketishlarvenoz tromboemboliya
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarko‘ngil aynishiqorinni dam bo‘lishiog‘izni qurishi
Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar o‘t-tosh kasalligi, xoletsistit
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar akne2gipergidroz, alopetsiya, qichishish, terini qurishi, seboreya
xloazma, gipertrixoz
Mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlarog‘irlik hissi
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar bekor qilingandan keyingi patologik qon ketishi metrorragiya, menorragiya, sut bezlarida og‘riq, chanoqda og‘riqgipomenorreya, sut bezlarini shishib qolishi, galaktoreya, bachadonda spazmlar, predmenstrual sindrom, sut bezida o‘sma, dispareuniya,vulvovaginal quruqlik qindan hid kelishi, vulva va qin sohasida diskomfort his etish
Preparatni qo‘llash usuli bilan bog‘liq umumiy holatni buzilishlari jizzakilik, shishlarochlik hissi
Laborator va instrumental tekshiruv natijalariga ta'siri tana vaznini oshishijigar fermentlari darajasini oshishi
1 Ma'lum bir nojo‘ya reaktsiyani ta'riflash uchun eng mos keladigan MedDRA atamalari (13.1 tahrir) ko‘rsatilgan.
2 Akne – bu, tadqiqot davomida har bir tashrif vaqtida spontan tarzda ma'lum qilingan emas, balki ko‘proq so‘rab olingan reaktsiya.
Zoeli preparatini qabul qilgan ayollarda, yuqorida ko‘rsatilgan nojo‘ya reaktsiyalardan tashqari, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi (uchrash tezligi noma'lum) kuzatilgan.
Ayrim nojo‘ya reaktsiyalar ta'rifi
Ayollarda KPK qo‘llanganda arterial va venoz trombotik va tromboembolik asoratlarni yuqori xavfi, shu jumladan miokard infarkti, insult, bosh miya qon aylanishini o‘tkinchi buzilishi, venalar trombozi, o‘pka qon tomirlarini emboliyasi kuzatilgan; bu reaktsiyalar “Ehtiyotkorlik choralari” bo‘limida batafsil ko‘rib chiqiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Majmuaviy gormonal kontratseptivlar (MGK) ni quyida keltirilgan holatlarda qo‘llash mumkin emas. Bugungi kunda tarkibida17β-estradiol saqlagan MPK ga taalluqli epidemiologik ma'lumotlar bo‘lmagani tufayli, Zoeli preparatini qo‘llaganda tarkibida etinilestradiol saqlagan MGK ga taalluqli holatlar nazarda tutiladi. Agar quyida keltirilgan holatlarning birontasi Zoeli preparatini qo‘llash vaqtida yuz bersa, preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish lozim.
• Venoz tromboemboliya (VTE) yoki uning rivojlanish xavfi
-hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi venoz tromboemboliya (antikoagulyantlarni qo‘llanilishi) (masalan, chuqur venalarni trombozi yoki o‘pka qon tomirlarini emboliyasi);
-venoz tromboemboliyani rivojlanishiga bo‘lgan ma'lum nasliy yoki orttirilgan moyillik, masalan, faollashtirilgan S proteini (shu jumladan Lyayden V omili) ga rezistentlik, antitrombin III tanqisligi, S proteini tanqisligi, S protein tanqisligi;
-immobilizatsiya davri uzoq bo‘lgan jiddiy jarrohlik aralashuvlari (“Ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang);
-ko‘p xavf omillari bo‘lganligi sababli, venoz tromboemboliyasini rivojlanishining yuqori xavfi (“Ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
• Arterial tromboemboliya (ATE) yoki uning rivojlanish xavfi
-hozirgi vaqtda yoki anamnezida (masalan, miokard infarkti) arterial tromboemboliya yoki prodromal holatlar (masalan stenokardiya);
-serebrovaskulyar kasalligi – hozirgi vaqtda yoki anamnezida insult, yoki prodromal holatlar (masalan, bosh miya ishemik qon aylanishini o‘tkinchi buzilishi);
-venoz tromboemboliyaga bo‘lgan ma'lum nasliyyoki orttirilgan moyillik, masalan gipergomotsisteinemiya va antifosfolipid antitelalar (kardiolipinga antitelalar, yuguriksimon antikoagulyant);
-anamnezida o‘choqli nevrologik simptomlari bilan migren;
-ko‘p xavf omillari bo‘lganligi sababli, venoz tromboemboliyasini rivojlanishining yuqori xavfi (“Ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang) yoki quyidagi jiddiy xavf omillaridan birini mavjudligi qon tomirlarni shikastlanishi bilan bo‘lgan qandli diabet, og‘ir shaklli arterial gipertenziya, og‘ir shaklli dislipoproteineniya.
• Pankreatit, shu jumladan anamnezida, og‘ir darajali gipertriglitseridemiya bilan.
• Jigar og‘ir kasalliklari (hozirgi vaqtida yoki anamnezida), jigar funktsiyasini ko‘rsatkichlari me'yorga kelgunicha.
• Hozirgi vaqtida yoki anamnezida jigar o‘smalari (xavfli yoki xavfsiz).
• Jinsiy steroid gormonlar bilan bog‘liq jinsiy a'zolar yoki ko‘krak bezlarini aniqlangan yoki gumon qilinadigan xavfli o‘smalar.
• Etiologiyalari aniqlanmagan qindan qon ketish.
• Ta'sir etuvchi va har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik (“
Tarkibi
” bo‘limiga qarang).
• Homiladorlik (shu jumladan taxmin qilinayotgan) da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘zaro ta'sirlar
Izoh dorilarning potentsial o‘zaro ta'sirini aniqlash uchun bir vaqtda qo‘llanilayotgan preparatning qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqish kerak.
Boshqa dori vositalarining Zoeli preparatiga ta'siri
Peroral kontratseptivlar va fermentlarni qo‘zg‘atuvchi preparatlar o‘rtasidagi o‘zaro ta'sir shiddatli qon ketishlarni yuz berishiga yoki xatto kontratseptsiyani samarasizligiga olib kelishi mumkin.
Jigardagi metabolizm. Jigarning mikrosomal fermentlarini, xususan sitoxrom P450 (CYP) fermentlarini induktsiya qiluvchi dori preparatlari yoki o‘simliklardan olinadigan preparatlar o‘zaro ta'sirga kirishishi mumkin, bu, klirensni kuchayishiga, jinsiy gormonlarning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini pasayishiga va majmuaviy peroral kontratseptivlar, jumladan Zoelining samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin. Bunday preparatlarga fenitoin, fenobarbital, primidon, bozentan, karbamazepin, rifampitsin va dalachoy saqlovchi dori yoki o‘simliklardan olinadigan preparatlar kiradi. Oksakarbazepin, topiramat, felbamat, grizeofulvin, shuningdekOITV proteazasi ayrim ingibitorlari (masalan, ritonavir va nelfinavir) va qaytuvchan transkriptazaning nonukleozid ingibitorlari (masalan, nevirapin va efavirenz) kamroq namoyon bo‘luvchi ta'sir ko‘rsatadi. Fermentlarning induktsiyasi davolash boshlangandan keyin bir necha kundan so‘ng yuz berishi mumkin. Fermentlarning maksimal induktsiyasi, odatda bir necha haftadan keyin kuzatilgan. Davolash tugatilganidan so‘ng fermentlarning induktsiyasi 28 kun mobaynida saqlanib qolishi mumkin.
Gormonal kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda OITV proteazasi ingibitorlari (masalan, nelfiravin) va qaytuvchan transkriptazaning nonukleozid ingibitorlari (masalan, nevirapin) ning ko‘pgina majmualari, va/yoki S gepatitiga qarshi preparatlar (masalan, botseprevir, telaprevir) bilan majmuasi progestinlar, jumladan nomegestrol atsetati yoki estrogenning plazmadagi kontsentratsiyasini oshirishi yoki pasaytirishi mumkin. Ayrim hollarda bu o‘zgarishlarning samarasi klinik ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan jigar fermentlarini induktsiya qiluvchi dori preparatlaridan yoki o‘simliklardan olinadigan preparatlardan birontasi bilan davolanayotgan ayollar, Zoelining samaradorligini pasayishi to‘g‘risida xabar berishlari kerak. Jigar fermentlarini induktsiya qiluvchi dori preparatlari bilan davolanganda va davolash tugatilganidan keyin 28 kun davomida kontratseptsiyaning to‘siqli usulidan qo‘shimcha ravishda foydalanish kerak
Agar faol tabletkalarni bir vaqtda qo‘llanishi joriy o‘ramda nihoyasiga yetayotgan bo‘lsa, unda keyingi o‘ram, platsebo tabletkalarini odatdagi qabul qilmasdan, darhol boshlanishi kerak.
Jigar fermentlarini induktsiya qiluvchi preparatlar bilan uzoq muddatli davolash kurslari o‘tkazilgan hollarda, ayollar jigar fermentlarini induktsiya qiluvchi preparatlar ta'sir ko‘rsatmaydigan kontratseptsiyaning boshqa usulini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishlari kerak.
CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari (masalan, ketokonazol, itrakonazol, klaritromitsin) yoki o‘rtacha ingibitorlari (masalan, flukonazol, diltiazem, eritromitsin) bilan bir vaqtda qo‘llanishi qon plazmasida estrogenlar va progestinlarning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Zoeli preparatini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan, lekin rifampitsin va ketokonazol qo‘llangan ikkita tadqiqotda mos ravishda maksimal dozadagi nomegestrol atsetati-estradiol kombinatsiyasi (3,75 mg nomegestrol atsetati + 1,5 mg estradiol) menopauza davri bo‘lgan ayollarda qo‘llanilgan. Rifampitsinning bir vaqtda qo‘llanilishi nomegestrol atsetatining AUC0-∞ko‘rsatkichini 95% ga kamaytirgan va estradiolning AUC0-t yakuniy. ko‘rsatkichini 25% ga oshirgan. Ketokonazolni (bir martalik dozasi 200 mg) bir vaqtda qo‘llanilishi estradiolning metabolizmiga ta'sir ko‘rsatmagan, lekin nomegestrol atsetatining maksimal kontsentratsiyasini (85%) va AUC0-∞ ko‘rsatkichini (115%) oshirgan, lekin bu klinik ahamiyatga ega bo‘lmagan. Bunday natijalar tug‘ruq yoshidagi ayollarga taalluqli deb taxmin qilinadi.
Zoeli preparatining boshqa dori vositalariga ta'siri
Peroral kontratseptivlar boshqa dori vositalarining metabolizimiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Muvofiq ravishda, ularning qon plazmasidagi va to‘qimalardagi kontsentratsiyasi oshishi (masalan, siklosporin) yoki pasayishi (masalan, lamotridjin) mumkin.
Boshqa o‘zaro ta'sirlar
Klinik tadqiqotlar vaqtida S gepatitiga (HCV) qarshi preparatlar ombitasvir/paritaprevir/ritonavirning majmuasini dasabuvir bilan yoki usiz qo‘llanganda ALT darajasini normaning yuqori chegarasidan (ULN) besh barobardan ortiq oshishi MGK lar kabi etinilestradiol saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda ancha ko‘proq kuzatilgan. Etinilestradioldan tashqari, estradiol kabi boshqa estrogenlarni saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda ALT darajasi, estrogenlarni qabul qilmayotgan ayollarda kuzatiladigan ALT darjasi bilan bir xil bo‘lgan. Biroq boshqa estrogenlarni qabul qilayotgan ayollar soni chelanganligi tufayli, ombitasvir/paritaprevir/ritonavir preparatlarining majmuasini dasabuvir bilan yoki usiz birga qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Laborator testlar
MPK ni qo‘llanishi ayrim laborator testlar natijalariga, shu jumladan jigar, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari va buyrak funktsiyasining biokimyoviy ko‘rsatkichlariga, qon plazmasidagi oqsillar (tashuvchi oqsillar), kortikosteroid-bog‘lovchi globulin darajasiga va lipidlar/lipoproteinlar fraktsiyasiga, uglevod almashinuvi ko‘rsatkichlariga, shuningdek qon ivishi va fibrinoliz ko‘rsatkichlariga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Odatda, laboratoriya ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari normal ko‘rsatkichlar doirasida qoladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ogohlantirish
Quyida ko‘rsatilgan xavf holatlari yoki omillaridan birntasi mavjud bo‘lsa, ayol bilan Zoeli preparatini qo‘llash maqsadga muvofiqligini muhokama qilish lozim. Ahvoli yomonlashgan hollarda yoki bu holatlar yoki xavf omillarining ilk ko‘rinishlari bo‘lgan hollarda, ayol o‘zining davolovchi shifokoriga murojaat qilishi lozim. Shifokor Zoeli preparatini qo‘llashni bekor qilish yoki qilmaslik to‘g‘risidagi qaror qabul qilishi kerak. Quyida keltirilgan barcha axborot – bu tarkibida etinilestradiol saqlagan majmuaviy gormonal kontrtseptivlarni qo‘llash yuzasidan epidemiologik ma'lumotlardir. Zoeli preparatining tarkibiga 17β-estradiol kiradi. Bugungi kunga kelib, tarkibida 17β-estradiol saqlagan MPK lar bo‘yicha epidemiologik ma'lumotlar yo‘qligi tufayli, bu ehtiyotkorlik choralari Zoeli preparati ishlatilganda xam qo‘llanilishi mumkin deb qaraladi.
Venoz tromboemboliyani (VTE) yuz berish xavfi
Qandaydir majmuaviy gormonal kontratseptivlarni qo‘llash, bunday davolashni o‘tkazilmaganiga qaraganda venoz tromboemboliyani rivojlanish xavfini oshiradi.
Levonorgestrel, norgestimat yoki noretisteron saqlovchi preparatlar VTE ni rivojlanishining ancha pastroq xavfiga egadirlar. Hozirgi vaqtga kelib, Zoeli preparati va bu preparatlar qo‘llangandagi xavflarni bir xil ekanligi noma'lum. VTE ni rivojlanishining pastroq xavfiga egaligi bilan farq qiluvchi har qanday preparatni qo‘llash to‘g‘risidagi qaror, quyidagi tushunchani MGK ni qo‘llaganda undagi xavf omillari sifatidagi VTE rivojlanish xavfi unga ta'sir qiladimi va VTE xavfi preparatni birinchi yili qo‘llash davomida yuqoriligicha qolishini bilishni kafolatlash uchun ayol bilan muhokama qilingandan keyingina qabul qilinishi lozim. Shuningdek, xavf MGK ni 4 xafta va undan ortiq davomiylikdagi tanaffusdan keyin davolashni qayta boshlanganida oshishi to‘g‘risida ayrim dalillar bor.
• MGK ni qo‘llamayotgan va homilador bo‘lmagan ayollar orasida, 10 000 odamdan taxminan 2 nafarida 1 yil davomida VTE rivojlanadi. Biroq ayoldagi asosiy xavf omillariga qarab, xavf ancha yuqori bo‘lishi mumkin (quyida qarang).
• Past dozali (<50 mkg etinilestradiol saqlagan) majmuaviy gormonal kontratseptivlarni qo‘llayotgan ayollar ishtirokida o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, VTE 1 yildan keyin 10 000 ayoldan 6-12 nafarida rivojlanar ekan.
• Levonogestrel saqlovchi MGK ni qo‘llayotgan 10 000 ayoldan taxminan 61 nafarida 1 yildan keyin VTE rivojlanishi aniqlangan.
1 O‘rtacha ko‘rsatkich, levonogestrel saqlovchi MGK uchun nisbiy xavfdan kelib chiqib, bunday preparatlarni qabul qilmagan 2,3-3,6 ga nisbatan, 10 000 ayol yiliga 5-7 ni tashkil etadi.
• Hozirgi paytda nomegestrol saqlovchi MGK ni qo‘llangandagi VTE xavfi, past dozali levonogestrel saqlovchi MGK ni qo‘llangandagi xavf bilan qanchalik darajada bir xil ekanligi noma'lum.
• Past dozali MGK qo‘llanganda yiliga VTE holatlarining soni, ayollarda homiladorlik davrida yoki tug‘ruqdjan keyingi davrdagi VTE holatlarining kutilgan sonidan kamroq ekan.
• VTE 1-2% holatlarda fatal (o‘lim bilan) yakunlanishi mumkin.
• Juda kam hollarda MGK ni qo‘llayotgan ayollarda boshqa qon tomirlari (jigar, ichak tutqichi, buyrak yoki ko‘z to‘r pardasi venalari va arteriyalari) trombozi to‘g‘rsiida xabar berilgan.
VTE ni rivojlanish xavf omillari
MGK ni qabul qilayotgan ayollarda venoz tromboembolik asoratlarni rivojlanish xavfi qo‘shimcha xavf omillari bo‘lgan ayollarda, ayniqsa ko‘p sonli xavf omillari bo‘lgan hollarda sezilarli oshishi mumkin (jadvalga qarang).
Zoeli preparatini venoz trombozni rivojlanish xavfini oshishiga olib keluvchi juda ko‘p xavf omillari bo‘lgan ayollarda qo‘llash mumkin emas (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qarang). Agar ayolda bittadan ortiq xavf omili bo‘lsa, va ehtimol, xavfni bu oshishi, individual xavflar yig‘indisidan ustun bo‘lsa – bunday hollarda VTE ning umumiy rivojlanish xavfini ko‘rib chiqish lozim. Agar foyda va xavf nisbati salbiy bo‘lsa, MGK ni buyurish mumkin emas (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qarang).
Jadval VTE ni rivojlanish xavf omillari
Xavf omillariIzoh
Semizlik (tana vazni indeks 30 kg/m² dan ortiq).Xavf tana vazni indeksi (TVI) oshganida sezilarli oshadi. Ayniqsa buni boshqa xavf omillari bo‘lgan hollarda hisobga olish muhimdir.
Uzoq muddatli immobilizatsiya, yirik jarrohlik aralashuvi, oyoqlarda yoki chanoq bo‘shlig‘idagi har qanday jarrohlik aralashuvi, neyroxirurgiya yoki yirik travma.
Izoh vaqtinchalik immobilizatsiya, shu jumladan 4 soat davomiylikdagi samoletda uchish xam, ayniqsa boshqa xavf omillari bo‘lgan ayollarda VTE ni rivojlanish xavf omili bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda tabletkalarni qo‘llashni to‘xtatish (rejali operatsiyalar vaqtida esa – uni o‘tkazishdan oldin kamida 4 hafta oldin to‘xtatish) va uni qo‘llashni harakat to‘liq tiklangandan keyin, kamida 2 haftadan erta qaytadan boshlamaslik tavsiya qilingan.
Rejalashtirmagan homiladorlikdan saqlanish uchun kontratseptsiyaning boshqa usulini qo‘llash kerak.
Agar Zoeli preparati ilgariroq bekor qilingan bo‘lsa, antitrombotik davolashni buyurish to‘g‘risidagi masalani qo‘rib chiqish kerak.
Oilaviy anamnezda kuzatilganda (akasida, opasida yoki ota-onasida, ayniqsa nisbatan kattaroq yoshida, masalan 50 yoshgacha bo‘lganida venoz tromboemboliya).Agar tug‘ma moyillik gumon qilinsa, qandaydir MGK ni qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin ayolni mutaxassisga maslahat olish uchun yo‘llash kerak.
VTE bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tibbiy holatlar.
Rak, tizimli qizil yugurik, gemolitik uremik sindrom, ichakning surunkali yallig‘lanish kasalligi (Kron kasalligi yoki yarali kolit) va o‘roqsimon hujayrali anemiya.
Yoshni o‘tib borishi.Ayniqsa 35 yoshdan katta ayollar.
-Venoz trombozni yuz berishi yoki avj olishida venalar varikozi va yuza venalar tromboflebitining bo‘lishi mumkin bo‘lgan roli to‘g‘risida yakdil fikr yo‘q.
-Homiladorlarda, ayniqsa tug‘ruqdan keyingi 6 hafta davomida tromboemboliyani rivojlanish xavfini hisobga olish kerak (shuningdek tegishli ma'lumotlarni olish yuzasidan “Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi” bo‘limiga qarang).
VTE (chuqur venalar trombozi va o‘pka qon tomirlarining emboliyasi) simptomlari
Simptomlar yuz bergan hollarda ayol darhol shifokorga murojaat qilishi va MGK ni qabul qilayotgani to‘g‘risida xabar berishi kerak.
Chuqur venalar trombozi simptomlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin
-oyoqlar va/yoki oyoq panjalarining yoki oyoqdagi venalar bo‘ylab bir tomonlama shishi;
-faqat turganda yoki yurganda his etiladigan oyoqdagi og‘riq yoki og‘riqlik;
-shikastlangan oyoqda ko‘proq namoyon bo‘luvchi issiqlik hissi yoki oyoqda teri rangini qizarishi.
O‘pka qon tomirlarining emboliyasi simptomlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin
-behosdan hansirash yoki tez nafas olish;
-qon tupurish bilan kechishi mumkin bo‘lgan behosdan yo‘tal;
-ko‘krak qafasidagi o‘tkir og‘riq;
-kuchli bosh aylanishi;
-yurakni tez yoki nomuntazam urishi.
Bu simptomlarning ayrimlari (masalan “hansirash”, “yo‘talib turish”) nospetsifik bo‘lib, tez-tez yuz beruvchi simptomlar va og‘irligi kamroq ko‘rinishlar (masalan, respirator yo‘llarning infektsiyalarida) sifatida noto‘g‘ri tahlil etilishi mumkin.
Qon tomirlari okklyuziyasining boshqa belgilari o‘z ichiga to‘satdan og‘riq, oyoqlarni shishi va terisini moviyroq rangini olishi mumkin.
Agar okklyuziya ko‘z qon tomirlarida yuz bersa, simptomlar, ko‘rishni og‘riqli noaniq ko‘rishidan ko‘rishni yo‘qolishigacha avj olishi mumkin. Ba'zida ko‘rishni yo‘qotish deyarli qo‘qqisdan boshlanishi mumkin.
Arterial tromboemboliya (ATE) ni rivojlanish xavfi
Epidemiologik tadqiqotlar, MGK ni qo‘llanishi arterial tromboemboliya (miokard infarkti) yoki bosh miyada qon aylanishini buzilishlari (masalan, bosh miyada qon aylanishini o‘tkinchi ishemik buzilishi, insult) ni yuqori rivojlanish xavfi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Arterial tromboembolik asoratlar o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.
ATE ni rivojlanish xavf omillari
MGK qo‘llanganda arterial tromboembolik asoratlar yoki bosh miyada qon aylanishini buzilishlarini yuz berish xavfi xavf omillari bo‘lgan ayollarda oshadi (jadvalga qarang). Zoeli preparatini arterial trombozni rivojlanishining yuqori xavfiga olib keluvchibitta jiddiy yoki juda ko‘p ATE xavf omillari bo‘lgan ayollarda qo‘llash mumkin emas. Agar ayolda bittadan ortiq xavf omili bo‘lsa, ehtimol, xavfni ortishi, xususiy xavf omillarining yig‘indisidan ortiq bo‘lsa – bunday hollarda ATE ni rivojlanishining umumiy xavfini ko‘rib chiqish kerak. Agar foyda va xavfning nisbati manfiy bo‘lsa, MGK ni buyurmaslik kerak (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qarang).
Jadval ATE ni rivojlanish xavf omillari
Xavf omillariIzoh
Yoshni o‘tib borishi.Ayniqsa 35 yoshdan katta ayollar.
Chekish.Ayolga, agar u MGK ni qo‘llashni hohlayotgan bo‘lsa chekmaslikni tavsiya etish kerak. Chekishni davom ettirayotgan 35 yoshdan katta ayollarga kontratseptsiyaning boshqa usulini qat'iy tavsiya etish lozim.
Arterial gipertenziya.
Semizlik (tana vazni indeks 30 kg/m² dan ortiq).Xavf TVI oshganida sezilarli oshadi. Ayniqsa buni boshqa xavf omillari bo‘lgan hollarda hisobga olish muhimdir.
Oilaviy anamnezda kuzatiladigan (akasida, opasida yoki ota-onasida, ayniqsa nisbatan kattaroq yoshida, masalan 50 yoshgacha bo‘lganida venoz tromboemboliya).Agar tug‘ma moyillik gumon qilinsa, qandaydir MGK ni qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin ayolni mutaxassisga maslahat olish uchun yo‘llash kerak.
Migren.MGK ni qo‘llash davrida migrenni yuz berish tezligi yoki og‘irligini oshishi (bu bosh miyada qon aylanishini buzilishini prodromal belgisi bo‘lishi mumkin) preparatni darhol bekor qilish uchun sabab bo‘lishi mumkin.
Qon tomirlari tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tibbiy holatlar. Qandli diabet, gipergomotsisteinemiya, yurak klapanlari kasalligi va yurak bo‘lmachalarining fibrillyatsiyasi, dislipoproteinemiya, tizimli qizil yugurik.
ATE simptomlari
Simptomlar yuz bergan hollarda ayol darhol shifokorga murojaat qilishi va u MGK ni qabul qilayotgani to‘g‘risida xabar berishi lozim.
Bosh miyada qon aylanishini buzilishlari o‘z ichiga quyidagilarni olishi mumkin
-yuz sohasida, qo‘lda yoki oyoqda, ayniqsa tananing bir tomonida to‘satdan uvishish;
-yurishni to‘satdan buzilishi, bosh aylanishi, muvozanat yoki harakat koordinatsiyasini yo‘qolishi;
-ongni to‘satdan chalkashishi, nutqni yoki tushunishni qiyinlashishi;
-bir yoki ikkala ko‘zda ko‘rishni to‘satdan buzilishi;
-to‘satdan, jadal yoki uzoq muddatli aytarli sabablarsiz bosh og‘rig‘i;
-hushni yo‘qotish yoki tirishishsiz hushdan ketish.
O‘tkinchi simptomlar bosh miyada qon aylanishini tranzitor ishemik buzilishini ko‘rsatadi.
Miokard infarkti simptomlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin
-ko‘krak qafasida, qo‘lda yoki to‘shni past qismida og‘riq, diskomfort, bosim, og‘irlikhissi, siqilish yoki to‘lib ketish hissi;
-belga, jag‘ga, tomoqqa, qo‘lga, me'daga irradiatsiya bo‘luvchi diskomfort;
-to‘qlik hissi, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi yoki tiqilib qolish;
-kuchli terlash, ko‘ngil aynishi, qusish yoki bosh aylanishi;
-keskin holsizlik, havotirlik, hansirash;
-yurakni tez yoki nomuntazam urishi.
O‘smalar
• Bir nechta epidemiologik tadqiqotlarda MPK ni uzoq muddat (>5 yil) qo‘llayotgan ayollarda bachadon bo‘yni rakini rivojlanishining yuqori xavfi to‘g‘risida xabar berilgan, ammo jinsiy hulq xususiyatlari va odam papillomasi virusi (HPV) kabi boshqa omillarning aralash ta'sirining roli yuzasidan qarama-qarshiliklar saqlanib qolmoqda. Zoeli preparatini qo‘llayotgan ayollarda bachadon bo‘yni rakini rivojlanish xavfi to‘g‘risida epidemiologik ma'lumotlar yo‘q.
• Yuqori dozali MPK (50 mkg etinilesradiol) qo‘llanganda endometriy va tuxumdonlar rakining xavfi pasaygan. Bu, shuningdek 17β-estradiol saqlagan majmuaviy peroral kontratseptivlar uchun xam taalluqli bo‘lishi xali tasdiqlanmagan.
• 54 epidemiologik tadqiqotlarning meta-tahlilida hozirgi vaqtda majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda sut bezi rakini diagnostika qilinishining birmuncha oshgan nisbiy xavfi (OR=1,24) borligi aniqlandi.. Oshiqcha xavf majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilish to‘xtagandan keyin 10 yil davomida asta-sekin pasayadi. Sut bezi raki 40 yoshdan kichik ayollarda kamroq yuz berishi tufayli, majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilgan yoki qabul qilayotgan ayollarda so‘nggi yillarda diagnostika qilingan sut bezi rakining sonini oshishi, sut bezi rakining rivojlanishini umumiy xavfiga nisbatan katta bo‘lmagan. Bu tadqiqotlar majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilinishi va sut bezi rakining orasida sabab-oqibat bog‘liqligini tasdiqlamadi. Xavfning kuzatilgan oshishi majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilgan ayollarda sut bezi rakini ertaroq diagnostika qilish, majmuaviy peroral kontratseptivlarning biologik samarasi yoki ikkala variantning majmuasi oqibatida yuz berishi mumkin. Majmuaviy peroral kontratseptivlarni qachonlardir qabul qilgan ayollarda sut bezining xavfli o‘smalari, ularni xech qachon qabul qilmagan ayollarga qaraganda klinik jihatdan kamroq namoyon bo‘lgan.
• Kam hollarda majmuaviy peroral kontratseptivlarni qo‘llagan ayollarda jigarning xavfsiz o‘smalari, yana xam kamdan-kam hollarda esa - jigarning xavfli o‘smalari to‘g‘risida xabar berilgan. Ayrim hollarda bu o‘smalar hayot uchun xavf soluvchi qorin ichki qon ketishlarini yuz berishiga olib kelgan. Shuning uchun majmuaviy peroral kontratseptivlarni qabul qilayotgan ayolda qorinning yuqori qismida kuchli og‘riq, jigarni kattalashishi yoki qorin ichki qon ketishining belgilari paydo bo‘lganida, ularni differentsial diagnostikasida jigar o‘smalarini ko‘rib chiqish lozim.
S gepatiti
• Klinik tadqiqotlar vaqtida S gepatitiga (HCV) qarshi preparatlar ombitasvir/paritaprevir/ritonavirning majmuasini dasabuvir bilan yoki usiz qo‘llanganda ALT darajasini normaning yuqori chegarasidan (ULN) besh barobardan ortiq oshishi MGK lar kabi etinilestradiol saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda ancha ko‘proq kuzatilgan. Etinilestradioldan tashqari, estradiol kabi boshqa estrogenlarni saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda ALT darajasi, estrogenlarni qabul qilmayotgan ayollarda kuzatiladigan ALT darjasi bilan bir xil bo‘lgan. Biroq boshqa estrogenlarni qabul qilayotgan ayollar soni chelanganligi tufayli, ombitasvir/paritaprevir/ritonavir preparatlarining majmuasini dasabuvir bilan yoki usiz birga qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qarang)
Boshqa holatlar
• Gipertriglitseridemiyasi bor ayollarda yoki oila anamnezida bu kabi holat mavjud bo‘lganida majmuaviy peroral kontratseptivlar qo‘llanganda pankreatitni rivojlanish xavfi yuqoriroq bo‘lishi mumkin.
• Garchi MPK ni qo‘llayotgan ayollarda arterial bosimni biroz oshishi to‘g‘risida xabar berilgan bo‘lsada, AB ni klinik ahamiyatga ega oshishi juda kam kuzatilgan. MPK qo‘llanilishi va klinik arterial gipertenziya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlanmagan. Biroq, agar MPK ni qo‘llash vaqtida klinik ahamiyatga ega barqaror gipertenziya kuzatilsa, tabletkalarni qabul qilishni to‘xtatish va arterial gipertenziyani davolash maqsadga muvofiqdir. Agar maqsadga muvofiq hisoblansa, unda antigipertenziv davolash o‘tkazilganda normal arterial bosim ko‘rsatkichlariga erishilganida, MPK ni qo‘llash qaytadan boshlanishi mumkin.
• Homiladorlik davrida va MPK ni qo‘llaganda quyidagi holatlarni sariqlik va/yoki xolestaz oqibatida qichishish; safro toshlarini shakllanishi; porfiriya; tizimli qizil yugurik; gemolitik uremik sindrom; Sidengam xoreyasi; homiladorlar gerpesi; otoskleroz oqibatida eshtish qobiyatini yo‘qotilishini yuz berishi yoki yomonlashishi to‘g‘risida xabar berilgan, lekin MPK ni qo‘llanishi bilan bog‘liqlik to‘g‘risidagi ma'lumotlar ishonarli emas.
• Nasliy angionevrotik shishi bo‘lgan ayollarda ekzogen ekstragenlar angionevrotik shish simptomlarini induktsiyalashi yoki zo‘rayishini chaqirishi mumkin.
• Jigar funktsiyasini o‘tkir yoki surunkali buzilishlarida MKP ni qo‘llashni jigar funktsiyasi ko‘rsatkichlari normallashguniga qadar vaqtincha to‘xtatib turish zarur. Homiladorlik davrida ilk bor yoki jinsiy steroidlarni ilgari qo‘llanganda yuz bergan xolestatik sariqlikni qaytalanishi majmuaviy peroral kontratseptivlarni qo‘llashni to‘xtatishni talab etadi.
• Garchi majmuaviy peroral kontratseptivlar insulinga nisbatan periferik rezistentligiga va glyukozani o‘zlashtira olinishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsada, kam dozali (0,05 mg dan kam etinilestradiol saqlagan) MPK ni qo‘llayotgan diabeti bo‘lgan bemorlarni davolash sxemasini o‘zgartirish zarurati yo‘q. Biroq qandli diabeti bo‘lgan ayollarning holatini MPK ni qo‘llash davrida, ayniqsa, davolashning birinchi oylarida sinchkovlik bilan kuzatish lozim.
• Majmuaviy peroral kontratseptivlarni qo‘llanishi depressiya, Kron kasalligi va yarali kolitni kechishining yomonlashuvi bilan bog‘liqdir.
• Ba'zida xloazma paydo bo‘lishi, ayniqsa, anamnezda homiladorlar xloazmasi bo‘lgan ayollarda xloazma yuz berishi mumkin. Xloazmaga moyilligi bo‘lgan ayollar MPK qo‘llayotganda quyosh va ultrabinafsha nurlar ta'siridan saqlanishlari lozim.
• Galaktozani o‘zlashtira olmaslik, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan ayollar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak.
Tibbiy tekshiruvlar/maslahatlar
Zoeli preparatini qo‘llashni boshlashdan yoki qayta davom ettirishdan avval tibbiy anamnez (shu jumladan oilaviy anamnez) bilan to‘liq tanishib chiqish va homiladorlikni istisno qilish lozim. Arterial bosimni o‘lchash va qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar va ehtiyot choralarini hisobga olgan holda shifokor ko‘rigidan o‘tish kerak (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” va “Ehtiyotkorlik choralari” bo‘limlarini qarang). Ayolning e'tiborini venoz va arterial tromboz to‘g‘risidagi ma'lumotga, shu jumladan Zoeli preparati va boshqa MPK ni qo‘llash oqibatidagi xavf, VTE va ATE simptomlari, ma'lum bo‘lgan xavf omillari to‘g‘risidagi ma'lumotlarga qaratish, shuningdek tromboz paydo bo‘lganiga shubha tug‘ilganida nima qilish kerakligi haqida xabar berish muhimdir.
Ayolga shuningdek qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani diqqat bilan qayta o‘qib chiqish va tavsiyalarga amal qilish lozimligi yuzasidan ko‘rsatma berish zarur. Kelgusidagi davriy nazoratning soni va xarakteri belgilangan amaliy normativlarga bog‘liq bo‘lishi va har bir ayol uchun individual ravishda tanlangan bo‘lishi lozim.
Ayolga, peroral kontratseptivlar OITV-infektsiya (OITS) dan va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan boshqa kasalliklardan himoya qilmasligini eslatib qo‘yish lozim.
Samaradorlikni pasayishi
Majmuaviy peroral kontratseptivlarning samaradorligi, masalan tabletkalar qabul qilinishi o‘tkazib yuborilganida (“
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limini qarang), ta'sir etuvchi tabletkalar qabul qilinayotgan davrda MIY tomonidan buzilishlar yuz berganida “
Qo‘llash usuli va dozalari
”) yoki boshqa dori vositalari bir vaqtda qabul qilinayotganida pasayishi mumkin (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qarang).
Siklni nazorat qilish
MPK qo‘llanganida, ayniqsa, qo‘llashning birinchi oylari davomida nomuntazam qon ketishlari (qonli ajralmalar yoki shiddatli qon ketishlari) yuz berishi mumkin. Shuning uchun, har qanday nomuntazam qon ketishlarini baholash, faqat taxminan 3 ta siklni tashkil etuvchi adaptatsiya intervalidan keyingina ahamiyatli hisoblanadi. Ana shu adaptatsiya davridan keyin Zoeli preparatini qo‘llayotgan intratsiklik qon ketishi yuz beradigan ayollar foizi 15 dan 20% gachani tashkil qiladi.
Agar nomuntazam qon ketishlari davom etayotgan yoki avvalgi muntazam sikllardan keyin paydo bo‘layotgan bo‘lsa, ularni yuz berishining nogormonal sabablarini o‘rganib chiqish zarur, undan tashqari, xatarli shish yoki homiladorlikni istisno qilish maqsadida tegishli diagnostika choralari o‘tkazilishi lozim. Qirib tozalash ham qo‘llanilishi mumkin.
Zoeli preparatini qo‘llayotgan ayollarda bekor qilish qon ketishining davomiyligi o‘rtacha 3-4 kunni tashkil qiladi. Zoeli preparatini qabul qilayotgan ayollarda, shuningdek, homiladorlik bo‘lmaganida ham bekor qilish oqibatidagi qon ketishi bo‘lmasligi mumkin. Klinik tadqiqotlar davomida bekor qilish oqibatidagi qon ketishining bo‘lmaslik holatlari 18-32% holatlarda (1-12 sikllar davomida) kuzatilgan. Bunday holatlarda bekor qilish oqibatidagi qon ketishining yo‘qligi shiddatli qon ketishi/qonli ajralmalar chiqishining yuqoriroq tez-tezligi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ayollarning 4,6% da preparat qo‘llanilishining birinchi uchta siklining har birida bekor qilish qon ketishi bo‘lmagan. Bu kichik guruhda keyingi sikllarda bekor qilish qon ketishi oqibatidagi bo‘lmagan ayollar soni ko‘pchilikni tashkil qilgan – 76-78%. Bir sikl davomida (2-, 3- yoki 4-tsikl davomida) kamida bir marta bekor qilish qon ketishi kuzatilmagan 28% ayollarning 51-62% da keyingi sikllarda ham bekor qilish oqibatidagi qon ketishi bo‘lmagan.
Agar bekor qilish oqibatidagi qon ketishi bo‘lmasa va ayol Zoeli preparatini “
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limida keltirilgan yo‘riqnomalarga muvofiq qabul qilgan bo‘lsa, u holda homiladorlik ehtimoli juda kam bo‘ladi. Biroq agar Zoeli preparati tavsiyalarga amal qilmasdan turib qabul qilingan bo‘lsa yoki ikki ketma-ket sikl davomida bekor qilish oqibatidagi qon ketishi kuzatilmasa, Zoeli preparatini qo‘llashni davom ettirishdan oldin homiladorlikni istisno qilish zarur.
Bolalar
O‘smirlarda estradiol darajasini ushlab turish, ayniqsa, suyak massasini oshirish uchun Zoeli preparati tarkibidagi estradiol miqdori yetarli yoki yetarli emasligi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik
Homiladorlik davrida Zoeli preparatining qo‘llanilishi ko‘rsatilmagan.
Agar homiladorlik Zoeli preparatini qo‘llash davrida yuzaga kelsa, preparatni qabul qilish to‘xtatilishi zarur. Epidemilogik tadqiqotlarning aksariyatida agar ayol tarkibida etinilestradiol saqlagan MPK qabul qilgan bo‘lsa, bolada tug‘ma patologiya rivojlanishi xavfining yuqori darajasi kuzatilmagan, shuningdek agar ayol homiladorlikning boshlang‘ich davrida bu kabi preparatlarni bilmasdan turib qabul qilgan bo‘lsa, teratogen effektlar ham kuzatilmagan.
Kam sonli homiladorliklar bo‘yicha o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar Zoeli preparatining homila yoki chaqaloqqa nojo‘ya ta'siri yo‘qligini ko‘rsatgan.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda nomegestrol atsetati/estradiol kombinatsiyasi qo‘llanilganida reproduktiv toksiklik kuzatilgan (“
Farmakologik xususiyatlari
. Xavfsizlik bo‘yicha klinik oldi ma'lumotlar” bo‘limiga qarang).
Emizish
MPK ni qo‘llanilishi laktatsiyaga ta'sir ko‘rsatishi mumkin, chunki bu preparatlar ko‘krak suti miqdorini kamaytirib, tarkibini o‘zgartiradi. Shu boisdan, emizikli ayollar bolani emizishni butunlay to‘xtatmagunicha MPK ni ishlatmay turish tavsiya etiladi; emizikli ayollarga kontratseptsiyaning muqobil usullaridan foydalanishni taklif qilish lozim. Kontratseptiv steroidlar va/yoki ularning metabolitlari ko‘p bo‘lmagan miqdorda ko‘krak suti bilan birga ajralib chiqishi mumkin, lekin ularning bolaning sog‘lig‘iga nojo‘ya ta'sirini isbotlovchi ma'lumotlar yo‘q.
Fertillik
Zoeli preparati homiladorlikni oldini olish uchun ko‘rsatilgan. Fertillikning tiklanishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar “
Farmakodinamika
si” bo‘limida berilgan.
Bolalarda qo‘llanilishi
18 yoshdan kichik o‘smirlarda samaradorligi va xavfsizligi xususida ma'lumotlar yo‘q. Farmakokinetika bo‘yicha mavjud ma'lumotlar “
Farmakokinetikasi
” bo‘limida keltirilgan.
Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ko‘rsatiladigan ta'siri
Zoeli preparatining avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga bo‘lgan ta'siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Lekin, MPK qabul qilgan ayollarda avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri kuzatilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ayollar Zoeli preparatining sutkalik dozasidan 5 marta ortiq bo‘lgan ko‘p martalik dozasini, shuningdek nomegestrol atsetatining sutkalik dozasidan 40 marta ortiq bo‘lgan bir martalik dozasini qabul qilganlar va bu holatlarda xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar kuzatilmagan.
MPK ni qo‘llash bo‘yicha umumiy tajribadan kelib chiqib, quyidagi simptomlarni ko‘ngil aynishi, qusish (yosh qizlarda) va kuchsiz vaginal qon ketishini yuz berish ehtimoli mavjud. Antidoti yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
ni davolash simptomatik bo‘lishi lozim.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan 28 tabletka (plyonka qobiq bilan qoplangan 24 oq tabletka va plyonka qobiq bilan qoplangan 4 sariq tabletka) saqlovchi PVX/alyuminiy blisterlarda.
1 blister haftaning 7 kuni ko‘rsatilgan stiker bilan birga tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
2°S–30°S haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalarda berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
firma
Organon (Irlandiya) Ltd., Draynem Roud, Svords, Ko. Dublin, Irlandiya/
Organon (Ireland) Ltd., Drynam Road, Swords, Co. Dublin, Ireland.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi
Shering-Plau Sentral Ist AG, Veyshtrasse 20 CH-6000, Lyutsern 6, Shveytsariya.
Schering-Plough Central East AG, Weystrasse 20 CH-6000, Lucerne 6, Switzerland.
Bu dori vositaning sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Berlin-Xemi AG» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi
Afrosiyob ko‘ch., 12 (biznes-markazi)
Toshkent, 100015
O‘zbekiston
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.