Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kontriven (Kontrikal) 10 000 in'ektsiya uchun eritma 1 ml №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Апротинин
Страна производитель
Украина
Дозировка
10000ЕД/мл 1мл
Производитель
ЗАО «БИОФАРМА», Украина
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Лиофилизат для приготовления раствора для внутривенного и внутримышечного введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kontriven
Ta'sir etuvchi modda (XPN) aprotinin
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda aprotinin – 10000 KIB;
yordamchi moddalar natriy xloridi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish tusli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Proteinazalar ingibitori. Aprotinin.
ATX kodi V02AV01.
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Aprotinin keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan proteazalar ingibitori molekulasidir, antifibrinolitik faollikka ega. Odamda aprotinin stexiometrik ferment-ingibitor kompleksini hosil qilib, qon plazmasida va to‘qimalarda tripsin, plazmin, kallikreinni ingibitsiya qiladi, bu holat fibrinolizni ingibitsiya bo‘lishiga olib keladi.
Bundan tashqari, u fibrinolizni koagulyatsiya va stimulyatsiya jarayonlarini ishga soladigan omil hisoblangan, qon ivishi faollashuvini kontakt bosqichini ingibitsiya qiladi.
Aprotinin suniy qon aylantirish sharoitlarida o‘tkaziladigan operatsiyalar vaqtida qo‘llanadi, chunki u yallig‘lanish reaktsiyalarini susaytiradi, bu esa allogen qon transfuziyasiga bo‘lgan ehtiyojni pasayishiga va qon ketishini kamayishiga, shuningdek qon ketishini aniqlash maqsadida ko‘ks oralig‘ini takroran tekshirish zaruriyatini pasayishiga olib keladi.
Aortakoronar shuntlash operatsiyasi o‘tkazilgan patsiyentlarda qon zardobida kreatininning darajasini oshish tezligini dastlabki darajasiga nisbatan 0,5 mg/dl ga oshishi aprotininning to‘liq dozasini olgan patsiyentlarda platsebo guruhiga nisbatan ishonarli darajada yuqori bo‘lgan. Ko‘pchilik hollarda buyrak faoliyatini operatsiyadan keyingi buzilishlari qaytuvchan xarakterga ega bo‘lgan va jiddiy bo‘lmagan; zardobdagi kreatininning darajasini oshish tezligini dastlabki darajasiga nisbatan 2 mg/dl va undan ortiq qiymatga oshishi aprotininning to‘liq dozasini olgan patsiyentlar guruhida va platsebo guruhida bir xil bo‘lgan.
Farmakokinetikasi
Vena ichiga yuborilganidan so‘ng aprotinin hujayradan tashqari barcha bo‘shliqqa tez taqsimlanadi, bu qon plazmasida aprotininning kontsentratsiyasini tez pasayishi bilan kechadi, yarim chiqarilish davri 0,3 soatdan 0,7 soatni tashkil etadi. Keyinchalik, hususan yuborilgandan so‘ng 5 soatdan keyin eliminatsiyaning terminal bosqichi boshlanadi, bunda yarim chiqarilish davri 5 soatdan 10 soatgacha bo‘lgan vaqtni tashkil etadi.
Yo‘ldosh aprotinin uchun butunlay o‘tkazuvchan emas, biroq penetratsiya, ehtimol juda sekin yuz beradi.
Yurakda o‘tkazilgan operatsiya vaqtida aprotinin olgan patsiyentlarning qon plazmasidagi preparatning o‘rtacha muvozanatli kontsentratsiyasi operatsiya vaqtida quyidagi sxema bo‘yicha qo‘llanganida 175 dan 281 KIB/ml ni tashkil etgan
Vena ichiga birlamchi doza sifatida yuborilganida 2000000 KIB; nasosni birlamchi to‘ldiruvchi eritmada 2000000 KIB va operatsiya davomida vena ichiga uzluksiz infuziya qilinganida soatiga 500000 KIB bo‘lgan. Operatsiya vaqtida ushbu dozaning yarmi yuborilganidan so‘ng qon plazmasida preparatning o‘rtacha muvozanatli kontsentratsiyasi 110 dan 164 KIB/ml ni tashkil etgan.
Sog‘lom ko‘ngillilarda, sun'iy qon aylantirish sharoitlarida operatsiya o‘tkazilgan kardiologik patsiyentlarda va gisterektomiya o‘tkazilgan ayollarda aprotininni farmakokinetik tekshirish ma'lumotlari, 50000 KIB dan 2000000 KIB gacha bo‘lgan dozalar diapazonida preparatning farmakokinetik ko‘rsatkichlari to‘g‘ri proportsional xarakterga ega ekanligidan dalolat beradi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi ex vivo sharoitlarida o‘rganilgan. Antifibrinolitik faolligining taxminan 20% oqsilsiz qismining bog‘lanmagan shakli bilan bog‘liq bo‘lgan, preparatning 80% esa oqsillar bilan bog‘langan holatda bo‘lgan.
Muvozanat bosqichida taqsimlanish hajmi taxminan 20 litrni tashkil etgan, odam organizmidan umumiy klirensi esa minutiga taxminan 40 ml ni tashkil etgan.
Aprotinin buyraklarda, kamroq darajada – tog‘ay to‘qimasida to‘plangan.
Preparatni to‘planishi proksimal naychalardagi epitelial hujayralarning kipriksimon gardishi bilan bog‘lanishi, shuningdek ushbu hujayralarning fagolizosomalarida to‘planishini natijasi hisoblanadi. Tog‘ayda to‘planishi asosiy aprotininni kislotali proteoglikanlarga afinligi bilan ifodalanadi.
Preparatning boshqa a'zolardagi kontsentratsiyasi qon zardobidagi miqdoridan farqlanmagan. Preparatning eng kam kontsentratsiyasi bosh miyada aniqlangan, aprotinin orqa miya suyuqligiga deyarli o‘tmagan.
Aprotininning juda kam miqdori yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Yo‘ldoshni aprotinin uchun butunlay o‘tkazuvchan bo‘lmagan to‘siq deb hisoblash mumkin emas, biroq penetratsiya tezligi juda sekin bo‘ladi.
Aprotininni ko‘krak sutiga o‘tishi o‘rganilmagan.
Metabolizmi, eliminatsiyasi va ekskretsiyasi
Buyraklarda aprotininning molekulasi lizosomal fermentlar ta'sirida yanada qisqa peptidlar yoki aminokislotalarga parchalanadi. Odamda aprotininning yuborilgan dozasini 5% dan kamroq qismi siydik bilan chiqariladi. Sog‘lom ko‘ngillilarga 131I nishonlangan aprotinin vena ichiga yuborilganidan so‘ng belgilangan moddaning 25% dan 40% gacha bo‘lgan qismi metabolitlar shaklida siydik bilan 48 soat davomida chiqariladi. Ushbu metabolitlari hech qanday fermentni ingibitsiya qiluvchi faollikka ega bo‘lmagan.
Buyrak faoliyatini terminal bosqichidagi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qo‘llashga nisbatan ma'lumotlar yo‘q, biroq buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda klinik ahamiyatli farmakokinetik o‘zgarishlar yoki aniq nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Shu sababli bunday holatlarda dozasiga maxsus tuzatish kiritish shart emas.
Qo‘llanilishi
Aprotinin operatsiyadan keyingi qon ketishini va izolyatsiya qilingan yurak-o‘pka shuntlash (ya'ni yurakning toj arteriyalarini, boshqa yurak-qon tomir aralashuvlari bilan kombinatsiya qilib bo‘lmaydigan shuntlash) o‘tkazilganida katta miqdorda qon ketish xavfi yuqori bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarda gemotransfuziyaga bo‘lgan talabni pasaytirish maqsadida oldini olish uchun ko‘rsatilgan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni yuborishni boshlashdan oldin barcha patsiyentlarda aprotininga spetsifik bo‘lgan IgG antitelolarga sinama o‘tkazish kerak (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
i”ga qarang).
Preparatni buyurish hususiyati farqlanadigan holatlardan tashqari, katta yoshdagi patsiyentlar uchun preparatning quyidagi dozalari tavsiya etiladi
Sinama doza
Allergik (anafilaktik) reaktsiyalarni rivojlanish havfi borligi sababli, barcha patsiyentlarda boshlang‘ich dozani yuborishdan kamida 10 minut oldin, 10000 KIB (kallikrein ingibitsiya qiluvchi birlik) aprotininni (1 ml) vena ichiga yuborish kerak. Agar 1 ml boshlang‘ich doza allergik reaktsiya chaqirmagan bo‘lsa, u holda terapevtik dozani yuborish mumkin.
Aprotinin bilan sinama o‘tkazishdan 15 minut oldin N1 va N2 retseptorlarning antagonistlarini yuborish mumkin. Anafilaktik va allergik reaktsiyalarni zudlik bilan standart davolash uchun tibbiy jihozlar bo‘lishi kerak.
Ochiq yurakda operatsiya (sun'iy qon aylantirish apparati yordamida) o‘tkazish vaqtida qon ketishini va gemotransfuziyaga bo‘lgan talabni pasaytirish uchun
Dozalash
Narkozga kirganidan so‘ng (ammo sternotomiya o‘tkazishdan oldin) 1000000 dan 2000000 KIBT gacha bo‘lgan yuklama dozani vena ichiga sekin in'ektsiya yoki 20-30 minutlik infuziya yo‘li orqali yuborish tavsiya etiladi. Navbatdagi 1000000-2000000 KIB dozalarni sun'iy qon aylantirish apparati ishga tushirilganidan so‘ng yuborish kerak. Aprotinin va nasosni birlamchi to‘ldiruvchi eritmaga qo‘shiladigan geparinni fizikaviy jihatdan nomutanosibligini oldini olish maqsadida har bir preparatni birlamchi to‘ldiruvchi eritmaga har ikkala preparatlarni yetarli darajada suyultirilishini ta'minlash uchun retsirkulyatsiya vaqtida, ular bir-biri bilan aralashib ketishidan oldin qo‘shish kerak. Yuqori dozada boshlang‘ich bolyus infuziyadan so‘ng operatsiya tugagunicha uzluksiz infuziya yo‘li orqali soatiga 250000 dan 500000 KIB gacha bo‘lgan dozada yuborish kerak.
Umuman olganda, butun davolash sikli davomida yuborilgan aprotininning miqdori 6000000 KIB dan oshmasligi kerak, bu holat in'ektsion eritmada benzil spirtini borligi bilan bog‘liq (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang).
Vena ichiga yuborish uchun aprotininni boshqa har qanday dori preparatini yuborish uchun ishlatish mumkin bo‘lmagan markaziy venoz kateter orqali yuborish kerak.
Preparatni faqat yotgan holatdagi patsiyentlarga yuborish mumkin; vena ichiga in'ektsiya yoki qisqa muddatli infuziya yo‘li orqali sekin (maksimal tezligi – minutiga 5 ml dan
10 ml gacha) yuborish kerak.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga hozirgi vaqtgacha to‘plangan klinik tajribaga muvofiq dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.
Keksa yoshdagi patsiyentlarga qo‘llanishi hozirgi vaqtgacha mavjud bo‘lgan klinik tajribaga muvofiq, keksa yoshdagi patsiyentlarga dozalash tartibini o‘zgartirish zarurati yo‘q.
Agar ampulaning ichidagi eritmani xiralashishi aniqlansa, preparatni qo‘llash mumkin emas. ampula ochilganidan so‘ng eritmani darhol yuborish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Aprotininni birinchi marta olayotgan patsiyentlarda allergik yoki anafilaktik reaktsiyalarni rivojlanish ehtimoli kam. Takroran yuborilganida allergik (anafilaktik) reaktsiyalarni rivojlanish tezligi 5% ga yetishi mumkin. Allergik (anafilaktik) reaktsiyalar rekrospektiv tahlil qilinganida, preparat bilan birlamchi davolangandan so‘ng 6 oy davomida uni takroran yuborish zarurati tug‘ilgan bo‘lsa, ularni rivojlanish tezligini oshishi ko‘rsatilgan (rivojlanish tezligi 6 oy davomida takroran ekspozitsiya qilinganida 5% ni, 6 oy o‘tganidan so‘ng takroran ekspozitsiya qilinganida 0,9% ni tashkil etadi). Bundan tashqari, retrospektiv tahlil qilinganida og‘ir darajadagi anafilaktik reaktsiyalarni rivojlanish tezligi 6 oy davomida aprotinin olgan patsiyentlarda qo‘shimcha 2 martaga oshishi ko‘rsatilgan. Hatto agar patsiyent aprotinin bilan takroran davolashni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsa ham, preparatni navbatdagi yuborilishi og‘ir darajadagi allergik reaktsiyalarni, yoki juda kam hollarda o‘lim bilan tugashi mumkin bo‘lgan anafilaktik shokni chaqirishi mumkin.
Allergik yoki anafilaktik reaktsiyalarni simptomlari
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial gipotenziya, pulsni tezlashishi, yurak ritmini buzilishi, lablarni ko‘karishi;
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi;
Nafas tizimi tomonidan bronxial astma (bronxospazm);
Teri va uning hosilalari tomonidan qichishish, eshakemi, teri toshmasi, terini oqarishi;
Ruxiy buzilishlar psixozlar, gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi.
Boshqalar hansirash, kuchli terlash.
Agar allergik reaktsiya in'ektsiya yoki infuziya vaqtida rivojlansa, u holda preparatni yuborishni zudlik bilan to‘xtatish kerak. Standart shoshilinch yordam choralarini qo‘llash, shu jumladan – adrenalin, kortikosteroidlarni yuborish, infuzion davolash o‘tkazish kerak.
Yurak-qon tomir tizimi
Aorta-koronar shuntlash operatsiyasi o‘tkazilgan patsiyentlarda, miokard infarktini rivojlanish holatlarini miqdori bo‘yicha, platsebo bilan davolashda kuzatilgan holatlarga nisbatan ahamiyatli darajadagi farqlarni namoyish etish imkoni bo‘lmagan. Ba'zi tadqiqotlarda aprotinin yuborilganida miokard infarktini rivojlanish tezligini oshishiga tendentsiya bo‘lgan, ayni vaqtda boshqa tadqiqotlarda, aksincha, miokard infarktini rivojlanish tezligini kamayishi kuzatilgan.
Yuqorida keltirilgan tadqiqotlarda miokard infarktini rivojlanish tezligida farqlar aniqlangan bo‘lmasa-da, klinik ahamiyatli nojo‘ya samaralarni rivojlanish ehtimolini oshishi statistik jihatdan ishonarli bo‘lishi mumkin emas.
Patsiyentlarda aortokoronar shantlash operatsiyasi birinchi marta o‘tkazilgan tadqiqotlarda, transplantatni okklyuziya havfi aprotinin olgan patsiyentlarda platsebo guruhiga nisbatan yuqori bo‘lgan. Takroran tahlil qilinganida, ushbu markazlardan birida noadekvat geparinizatsiya o‘tkazilgan, boshqa markazda transplantatlarni ma'qullanmagan saqlash usulidan foydalanganligini ko‘rsatdi. Geparinizatsiyaga taalluqli mulohazalardan tashqari (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang), sinama o‘tkazish uchun asosiy venoz tizimidan qon namunalarini olish tajribasini mutloq to‘g‘ri kelmasligini ko‘rsatish kerak, bu aprotininni yuborish uchun ishlatilgan. Ushbu omillarni inobatga olib, alohida davolash guruhlari o‘rtasida miokard infarktini rivojlanish tezligi yoki o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha farqlar aniqlanmagan.
“Tez-tez kuzatiladi” sifatida belgilangan noxush reaktsiyalar 2% dan kamroq tezlikda kuzatilgan.
Ayrim tezlik mezonlari chegaralarida noxush reaktsiyalar og‘irlik darajasini pasayishi tartibida ko‘rsatilgan.
Klinik ta'rifi
Tez-tez
>1% dan <10% gachaTez-tez emas
>0,1% dan
<1% gachaYakka holatlar
>0,01% dan <0,1% gachaJuda kam hollarda
<0,01 %
Tizimli buzilishlar va yuborilgan joydagi reaktsiyalar
Yuborilgan joydagi reaktsiyalarIn'ektsiya yoki infuziya qilingan joyda rivojlangan reaktsiyalar
Infuziya qilingan joyda (Trombo) flebit
Yurak tomonidan
Miokard tomonidan kuzatiladigan buzilishlarMiokard infarktiMiokard ishemiyasi.
Yurak toj arteriya-larining oklyuziyasi/ trombozi.
Perikardda suyuqlik yig‘ilishi.Perikardda suyuqlik yig‘ilishi.
Qon-tomirlari tomonidan
Emboliyalar va trombozlar.Tromboz.Arterial tromboz (va uning hayotiy muhim a'zolar, masalan buyraklar, o‘pka, bosh miya uchun xarakterli bo‘lgan shakllari).O‘pka arteriyasi tromboemboliyasi.
Qon va limfatik tizim tomonidan
Qon ivishini buzilishi.Qon tomir ichida qonni dissemi-natsiyalangan ivishi (DVS).
Koagulopatiya.
Immun tizimi tomonidan
O‘tkir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.Allergik reaktsiyalar.
Anafilaktik/ anafilaktioid reaktsiyalar.Anafilaktik shok (bu hayot uchun potentsial xavf tug‘diradi).
Buyraklar va siydik chiqarish tizimi tomonidan
Buyrak faolitiyatini buzilishi.Buyrak foliyatini buzilishi. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi
Buyrak naychalari nekrozi.
Oliguriya.
Aprotinin qayd etilgandan keyingi davrda qo‘llanganida quyidagi qo‘shimcha nojo‘ya reaktsiyalar terini giperemiyasi, qizib ketish hissi, taxikardiya, holsizlik, et uvishishi, gipertermiya, bosh aylanishi, qusish, qichishish, angionevrotik shish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta'sir etuvchi moddaga o‘ta yuqori sezuvchanlik (yirik qoramol oqsili), qon tomirlar ichida qonni disseminatsiyalangan ivishi (DVS-sindromi) da qo‘llash mumkin emas. Aprotininga spetsifik IgG bo‘lgan patsiyentlarda, aprotinin bilan davolashda anafilaksiyani rivojlanish xavfini oshishi kuzatiladi. Shu sababli, bunday patsiyentlarni aprotinin bilan davolash mumkin emas.
Agar davolashni boshlashdan oldin aprotininga qarshi spetsifik IgG antitelolarni aniqlashga sinama o‘tkazish imkoni bo‘lmasa, ammo patsiyent o‘tgan 12 oy davomida aprotinin bilan davolash olganligi ko‘zda tutilmoqda, aprotininni yuborish mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni boshqa dori vositalari, shu jumladan beta-laktam antibiotiklar bilan aralashtirish mumkin emas (ular nomutanosib). Preparatni tarkibida dekstran saqlovchi eritmalar, kortikosteroidlar, parenteral oziqlantirish uchun eritmalar, tarkibida aminokislotalar va lipidlar saqlovchi eritmalar bilan birga yuborish taqiqlanadi.
Dozasiga qarab, Kontriven streptokinaza va urokinazaning faolligini pasaytiradi. Qon zardobidagi nospetsifik xolinesterazaning faolligini susaytiradi. Nospetsifik xolinesterazaning faolligi past bo‘lgan bemorlarda aprotinin va suksametoniy bir vaqtda qo‘llanganida apnoe rivojlanishi mumkin, bu holat mushaklarni relaksatsiyasi bilan ifodalanadi.
Aprotinin trombolitik preparatlar, shu jumladan streptokinaza, urokinaza va alteplazaning (r-PTA – rekombinant plazminogenni to‘qima aktivatori) ta'sirini ingibitsiya qiladi, bunda ingibitsiya qilish samarasi preparatning dozasiga bog‘liq. Zarurat bo‘lganida, 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki kamida 500 ml 5% li glyukoza eritmasida suyultirish mumkin. Glyukozada suyultirilgan preparatni taxminan 4 soat davomida yuborish kerak.
Preparatni geparin qo‘shilgan qonga yuborish qon ivish vaqtini uzaytiradi.
Nomutanosibligi
Aprotininni boshqa dori vositalari bilan deyarli nomutanosib deb hisoblash kerak. Preparatni aralashtirilgan infuziyalar ko‘rinishida yuborish mumkin emas. Kimyoviy nomutanosiblik bo‘lganligi sababli, kortikosteroidlar, tarkibida aminokislotalar va yog‘lar saqlovchi oziqlantiruvchi eritmalar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Aprotinin bilan davolash, ayniqsa buyrakni shikastlanishi mavjud bo‘lgan patsiyentlarda, buyrak faoliyatini buzilishi bilan kechishi mumkin. Aorta-koronar shuntlash operatsiyasi o‘tkazilgan patsiyentlarda, aprotinin olgan patsiyentlar guruhida qon zardobida kreatininning darajasini normal qiymatlarga nisbatan 0,5 mg/dl ga oshishi kuzatilgan (“
Farmakokinetikasi
” bo‘limiga qarang).
Demak, buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga yoki buyraklarni shikastlanish havfi (masalan, aminoglikozidlar bilan bir vaqtda davolanganda) bo‘lgan patsiyentlarda foyda va havf nisbatini sinchiklab baholash kerak.
Atopik dermatiti bo‘lgan patsiyentlarga aprotininni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki soxta allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Aprotinin qo‘llanganida, ayniqsa ilgari aprotinin olgan patsiyentlarda (shu jumladan, plomba uchun ishlatiladigan fibrinli material ham aprotinin saqlaydi) preparatni qo‘llashdan kutilgan foyda va havf nisbatini sinchiklab baholash kerak, chunki ularda allergik reaktsiya rivojlanishi mumkin (“Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limiga qarang). Garchi anafilaksiya ko‘pchilik hollarda preparatning ruxsat etilgan dozasi yuborilganidan so‘ng 12 soat davomida rivojlansa-da, anafilaktik reaktsiya preparat 12 oydan keyin takroriy ekspozitsiya qilinganida ham rivojlangan holatlar yuzasidan ayrim xabarlar mavjud. Aprotinin bilan davolash o‘tkazilganida allergik hamda anafilaktik reaktsiyalarni davolash uchun shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun vositalar bo‘lishi kerak.
Aprotinin bilan davolanayotgan barcha patsiyentlarda, allergik reaktsiyalarga moyillik borligini baholash uchun dastlab sinama dozani yuborish kerak (“
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limiga qarang). Sinama dozani patsiyentga operatsiya xonasida yuborish kerak.
N1 va N2 retseptorlarining antagonistlarini aprotinin bilan sinama o‘tkazishdan 15 minut oldin yuborish mumkin.
Aprotininning sinama dozasi barcha patsiyentlar uchun 1 millilitr (10000 KIB) ni tashkil etishi kerak, shundan so‘ng preparatning yuklama dozasini yuborishdan oldin kamida 10 minut davomida patsiyentlarni kuzatish kerak (“
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limiga qarang).
Biroq hatto, 1 ml boshlang‘ich dozasi yuborilgandan keyingi davrda asoratlar bo‘lmasligiga qaramasdan, aprotininning terapevtik dozasi anafilaktik reaktsiyani chaqirishi mumkin. Agar anafilaktik reaktsiya rivojlansa, aprotininni infuziya qilishni to‘xtatish va kerakli shoshilinch choralarni ko‘rish kerak.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi rivojlanishi mumkinligi sababli (“Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limiga qarang), preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin aprotinin bilan davolangan har bir patsiyentda foyda va havf nisbatini sinchiklab baholash kerak (“Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limiga qarang).
Agar patsiyent aprotinin bilan allaqachon davolangan yoki takroran davolangan bo‘lsa, ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish tavsiya etiladi. “
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limida ko‘rsatilganidek preparatning boshlang‘ich dozasini yuborishdan 10 minut oldin barcha patsiyentlarga aprotininning 1 ml (10000 KIB) hajmdagi sinama dozani yuborish kerak. Bundan tashqari, preparatning sinama dozasini yuborishdan 15 minut oldin N1-retseptorlarning antagonisti (masalan, klemastin) va N2-retseptorlarning antagonisti (masalan, simetidin) ni yuborish mumkin. Zarurat bo‘lganida allergik (anafilaktik) reaktsiyani davolash uchun standart shoshilinch yordam choralarini qo‘llash kerak.
Biroq, terapevtik doza, hatto agar patsiyent birlamchi 1 ml sinama dozani hech qanday noxush simptomlarsiz yaxshi o‘zlashtirsa ham, allergik reaktsiyani chaqirishi mumkinligini yoddan chiqarish mumkin emas. Agar bunday hodisa kuzatilsa, aprotininni infuziya qilishni zudlik bilan to‘xtatish va anafilaktik reaktsiyani davolash uchun standart shoshilinch yordam choralarini o‘tkazishga kirishish kerak.
Aprotinin olgan patsiyentlarda buyrak faoliyatini buzilish va o‘limni rivojlanish tezligini, o‘xshash tibbiy anamnez bilan xarakterlangan va shuningdek chuqur gipotermiya fonida qon aylanishini to‘xtatish bilan sun'iy qon aylantirish sharoitlarida aortaning ko‘krak qismida operatsiya o‘tkazilgan, yoshi bo‘yicha qiyosiy nazorat guruhiga nisbatan oshishi kuzatilgan. Bunday holatlarda aprotininni juda ehtiyotkorlik bilan buyurish mumkin. Geparin bilan muvofiq antikoagulyant davolash o‘tkazish kerak.
Sun'iy qon aylantirish sharoitlarida preparatni qo‘llashga nisbatan qo‘shimcha mulohaza
Sun'iy qon aylantirish fonida adekvat antikoagulyant faollikni tutib turish uchun aprotinin bir vaqtda qo‘llanganida quyidagi usullarning biridan foydalanish tavsiya etiladi
1.Qon ivish vaqtini faollashtirish (IVF) IVF koagulyatsiyaga nisbatan standart sinama sifatida qaralishi mumkin emas; ushbu sinamaning natijalarini izohlash aprotininni borligiga bog‘liq. Bundan tashqari, sinama natijalariga suyultirish bilan bog‘liq bo‘lgan farqlar va sun'iy qon aylantirish sharoitlarida foydalaniladigan temperatura ta'sir qiladi. Koalin IVF aprotininni ta'siri diatom tuprog‘i (tselit) yordamida IVF ga nisbatan kamroq darajada ifodalanganligini ko‘rsatdi. Protokollarni turli tumanligiga qaramasdan, diatom tuprog‘i yordamida 750 sekundlik IVF sinamasini o‘tkazish yoki gemodilyutsiya hamda gipotermiya darajasiga qarab, aprotinin mavjud bo‘lgan kaolin yordamida480 sekundlik IVF sinama o‘tkazish tavsiya etiladi. Aprotinin mavjud bo‘lgan tahlil natijalarini izohlash bo‘yicha maslahat uchun IVF-sinamalarni uchun reaktivlarni ishlab chiqaruvchilarga murojaat qilish kerak.
2.Geparinning doimiy dozalarini yuborish yurakka qo‘yilgan kateterga yuboriladigan geparinning standart yuklama dozasi, shuningdek sun'iy qon aylantirish apparatini birlamchi to‘ldiruvchi eritmaga qo‘shiladigan geparinning miqdori kamida tana vazniga 350 XB/kg ni tashkil etishi kerak. Geparinning qo‘shimcha dozasi patsiyentning tana vazni hamda sun'iy qon aylantirish sharoitlarida o‘tkaziladigan aralashuvning davomiyligi bilan aniqlanadi.
3.Geparin/protamin titrlash ushbu usulni qo‘llash natijalariga aprotininni mavjudligi ta'sir qilmaydi, shuning uchun geparinning darajasini o‘lchash uchun ma'qul hisoblanadi. Geparinning dozasi va unga nisbatan javob reaktsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aprotininni yuborishdan oldin protaminnin titrlash yordamida (geparinning yuklama dozasini aniqlash uchun) baholash kerak.
Geparinning qo‘shimcha miqdorini protamin bilan titrlash yordamida aniqlangan geparinning kontsentratsiyasini hisobga olgan holda yuborish kerak. Sun'iy qon aylantirish sharoitlaridagi geparinning kontsentratsiyasi 2,7 XB/ml (2mg/ml) darajadan pasayishi yoki aprotininni yuborishdan oldin o‘tkazilgan geparinning dozasiga nisbatan javob reaktsiyasiga qarab sinama o‘tkazilganida aniqlangan dozadan pasayishi mumkin emas.
Sun'iy qon aylantirish tugaganidan so‘ng, agar patsiyent aprotinin in'ektsiyasini olgan bo‘lsa, geparinni protaminni yuborish yo‘li bilan neytrallash kerak. Protaminning miqdorini yuborilgan geparinning miqdori aniqlanadigan fiksatsiyalangan nisbatdan kelib chiqqan holda hisoblash kerak yoki protamin bilan titrlash usuli yordamida hisoblanadi.
Muhim aprotininni qo‘llash geparinga bo‘lgan talab pasayishini anglatmaydi, aprotininni geparinni tejovchi vosita sifatida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarda adekvat va yaxshi nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Homiladorlik davrida qo‘llanishi hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari aprotininning teratogen yoki embriotoksik samarasi borligini ko‘rsatmaydi. Aprotininni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas va homiladorlikning II va III uch oyliklarida qo‘llash mumkin emas, bunda davolashdan kutilgan potentsial foyda bo‘lishi mumkin havfdan ustun bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Preparatni qo‘llashdan kutilgan havf va foydani baholashda ular bilan davolash vaqtida ham jiddiy noxush reaktsiyalar (anafilaktik reaktsiyalar kabi, yurak urishini to‘xtashi) rivojlanganida homilaga yetkazilishi mumkin bo‘lgan potentsial havfni e'tiborga olish kerak (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang).
Aprotininni ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi ma'lum emas. Emizish davrida Kontrivenni qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar yo‘q. Biroq, aprotinin peroral qabul qilinganida biokiraolishmaydiganligi sababli, ko‘krak sutiga tushgan preparatning har qanday miqdori bolaning organizmiga ta'sir qilmaydi.
Bolalar
Bolalarda preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan.
Avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish hususiyati
Preparatni faqat statsionar sharoitlarida qo‘llash kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish yoki intoksikatsiya simptomlari ta'riflanmagan. Spetsifik antidoti mavjud emas. Simptomatik davolash o‘tkazish tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
1 ml (10000 KIB) dan ampulalarda №10 (5x2) blisterlarda, 5 ml (50000 KIB) dan ampulalarda №5 (5x1) blisterlarda.
Saqlash sharoiti
Quyosh nurlarining ta'siridan himoya qilish uchun original o‘ramda, 2oS dan 8oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«FZ «BIOFARMA» MChJ, Ukraina.
Ishlab chiqaruvchi
ning va faoliyat ko‘rsatadigan joyning manzili
Ukraina, 09100, Kiyev viloyati, Belaya Serkov sh., Kiyevskaya ko‘ch. 37
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.