Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dekaris tab. 150mg №1
Nomi | Narx | |||||
Декарис таб. 150мг №1 (F35097C##2 222) |
UZS 20 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Левамизол
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
150 мг
Производитель
Gedeon Richter PLC
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Ta'sir qiluvchi modda (XPN)
Preparatning savdo nomi
Dekaris
Ta'sir qiluvchi modda (XPN)
levamizol
Chiqarilish shakli
tabletkalar 50 mg va 150 mg. 50 mg li tabletkalar. 2 tabletkadan PVX va alyumin folga blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
150 mg li tabletkalar. 1 tabletkadan PVX va alyumin folga blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Tarkibi
Faol modda
Bir 50 mg li Dekaris tabletkasi 50 mg levamizol (59 mg levamizol gidroxloridi ko‘rinishida) saqlaydi.
50 mg li tabletkalar uchun yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmali, natriy saxarini, povidon, talk, abrikos xushbo‘yi, magniy stearati, “Solnechnыy zakat jeltыy” bo‘yovchisi (E 110).
Bir 150 mg li Dekaris tabletkasi 150 mg levamizol (177 mg levamizol gidroxloridi ko‘rinishida) saqlaydi.
150 mg li tabletkalar uchun yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati, saxaroza, talk, povidon, magniy stearati.
Ta'rifi 50 mg li tabletkalar – Dumaloq, yassi, och-zarg‘aldoq rangli, kuchsiz abrikos hidli, faskali va bir tomonida to‘rtga bo‘luvchi riskali tabletkalar. Sindirilganida och-zarg‘aldoq rangli. Tabletkaning diametri taxminan 7 mm.
150 mg li tabletkalar – Dumaloq, yassi, deyarli oq rangli, faskali va bir tomonida “DECARIS 150” gravirovkali tabletkalar. Tabletkaning diametri taxminan 9 mm.
Farmakoterapevtik guruhi
Antigelmint vosita.
ATX kodi R02SE01.
Farmakologik xususiyatlari
Dekarisning ta'sir qiluvchi moddasi – levamizol antigelmint vositadir. Nematodalarning gangliysimon tuzilmalariga ta'sir qilib, Dekaris gelmintlarning mushaklar membranasining qutbsizlantiruvchi nerv-mushak falajini chaqiradi, suktsinatdegidrogenazani bloklaydi, fumaratdegidrogenaza faolligini susaytirib, gelmintlarning bioenergetik jarayonlarini kechishini buzadi. Shunday qilib, falajlangan nematodalar organizmdan ichakning normal peristaltikasi yordamida preparat qabul qilinganidan keyin 24 soat davomida chiqariladi.
Farmakokinetikasi
Levamizol 50 mg dozada ichga qabul qilinganida me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi, preparat qabul qilinganidan keyin o‘rtacha 1,5-2 soat o‘tgach aniqlanadi. Levamizol jigarda jadal metabolizmga uchraydi, uning asosiy metabolitlari – p-gidroksi-levamizol va uning glyukuronididir.
Organizmdan yarimchiqarilish davri 3-6 soatni tashkil qiladi. Yuborilgan dozaning 5% dan kamrog‘i ahlat bilan, 0,2% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Ascaris lumbricoides, Necator Americanus va Ancylostoma duodenale gelmintlar bilan kasallanish.
Qo‘llash usuli va dozalari
50 mg li tabletkalar
3 yoshdan 6 yoshgacha (10-20 kg) bo‘lgan bolalar – 25-50 mg (1/2-1 tabletka); 6 yoshdan 10 yoshgacha (20-30 kg) – 50-75 mg (1-1,5 tabletka); 10 yoshdan 14 yoshgacha (30-40 kg) – 75-100 mg (1,5-2 tabletka) bir marta buyuriladi.
Preparatni ovqatdan keyin, oz miqdordagi suv bilan, kechqurun qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Surgi vositalarni qabul qilish yoki maxsus parhezning zarurati yo‘q. Zarurati bo‘lganida preparatni qabul qilishni 7-14 kundan keyin takrorlash mumkin.
150 mg li tabletkalar
Kattalarga 150 mg dan bir tabletka bir marta buyuriladi.
Preparatni ovqatdan keyin, oz miqdordagi suv bilan, kechqurun qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Surgi vositalarni qabul qilish yoki maxsus parhezning zarurati yo‘q. Zarurati bo‘lganida preparatni qabul qilishni 7-14 kundan keyin takrorlash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, bosh aylanishi, yurak urishini his qilish, tirishishlar, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘riqlari, diareya kabi dispepsik ko‘rinishlar.
Preparat qabul qilinganidan keyin 2-5 hafta o‘tgach MNT tomonidan ko‘rinishlar (entsefalopatiyalar) rivojlanishi, shuningdek allergik reaktsiyalar (teri toshmasi), tirishishlar to‘g‘risida xabarlar bor. Ko‘pchilik patsiyentlarda bu holat qaytuvchi bo‘lgan va glyukokortikoidlar bilan davolashni erta boshlash holatni yaxshilagan.
Bu simptomlarni Dekarisni qabul qilish bilan bog‘liqligi unchalik ishonarli emas. Katta dozalar qo‘llanganida yoki uzoq muddatli davolashda leykopeniya, agranulotsitoz, tremor kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik; dori vositalari chaqirgan agranulotsitoz (anamnezdagi); 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar; laktatsiya davri.
150 mg li tabletkalarni bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik
Homilador ayollarga preparatni faqat kutilayotgan foyda, preparatni qo‘llash oqibatidagi xavfdan ustun bo‘lgandagina buyurish mumkin.
Laktatsiya davri
Yangi tug‘ilgan chaqaloqni himoya qilish uchun, ona uchun preparatni qabul qilish qanchalik zarurligiga qarab, emizishni to‘xtatish yoki preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerakligini hal qilish lozim.
Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, suyak ko‘migida qon yaratilishi susayganida ehtiyotkorlik bilan qabul qilinadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat spirtli ichimliklar bilan bir vaqtda qabul qilinganida disulfiramsimon holatlar kuzatiladi.
Dekaris qon yaratilishiga ta'sir qiluvchi preparatlar bilan birga qo‘llanganida ehtiyotkorlik talab qilinadi.
Preparat kumarinsimon antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida, protrombin vaqtini uzayishi mumkin, shuning uchun peroral antikoagulyantning dozasini to‘g‘rilash kerak. Dekaris fenitoinning qondagi darajasini oshiradi, shuning uchun ular bir vaqtda qo‘llanganida qonda fenitoinning darajasini nazorat qilish kerak. Dekarisni tetraxlormetan, tetraxloretilen, xenopodiy moyi, xloroform yoki efir kabi lipofil preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki uning zaharliligi oshishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qabul qilish vaqtida va undan keyin 24 soat davomida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish mumkin emas. Antigelmint vosita sifatida qo‘llanuvchi levamizolning nerv tizimini susaytirishi isbotlanmagan.
Preparatni avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat qabul qilinganida o‘tkinchi kuchsiz bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, butun davolash kursi davomida avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Levamizolning katta dozalari (600 mg dan yuqori) yuborilganida zaharlanishning quyidagi belgilari ta'riflangan ko‘ngil aynishi, qusish, uyquchanlik, tirishishlar, ich ketishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va ongni chalkashishi.
Davolash
Doza tasodifan oshirib yuborilganida – agarda preparat qabul qilinganidan keyin ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa – me'dani yuvish mumkin. Hayotiy ko‘rsatkichlarning monitoringi va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Antixolinesteraza ta'sir belgilari bo‘lsa, atropin yuborish mumkin.
Saqlash sharoiti
+25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Gedeon Rixter Rumыniya A.O.
Ruminiya, 4300 Tыgru Muresh, Kuze Vode 95-105
Muomalaga chiqarish uchun ma'sul
«Gedeon Rixter» OAJ
1103 Budapesht, Demreiko‘chasi , 19-21, Vengriya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.