Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Gelmintoks 250mg №3
Nomi | Narx | |||||
Гельминтокс 250 мг №3 (66227##2 130) |
UZS 38 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Гельминтокс 250 мг №3 (66227##2 266) |
UZS 38 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Пирантел
Страна производитель
Франция
Дозировка
250 мг
Производитель
Лаборатория Иннотек Интернасиональ
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Gelmintoks
Ta'sir etuvchi modda (XPN) pirantel (pyrantel)
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 125 mg va 250 mg
1 tabletkaning tarkibi125 mg 250 mg
Faol modda
Pirantel embonati360,5 mg721,0 mg
(pirantelga qayta hisoblanganda)(125,0 mg)(250,0 mg)
Yordamchi moddalar
O‘ta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali19,95 mg39,9 mg
Povidon15,75 mg31,5 mg
Natriy kroskaramellozasi 16,8 mg33,6 mg
Magniy stearati7,00 mg14,0 mg
Plyonka qobiqning tarkibi
SepifilmTM 002 (gipromelloza, 12,5 mg25,0 mg
mikrokristall sellyuloza,
makrogol 8 stearati, I turi)
SepispersTM AR3065 sariq (propilenglikol, 8,3 mg16,6 mg
titan dioksidi (E 171), sariq “shafaq”
bo‘yovchisi (E 110)
suvsiz substantsiyasiga qayta hisoblanganda7,5 mg15,0 mg
Ta'rifi uzunchoq, sarg‘ish-to‘q sariq rangli, bir tomonida riskali plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida limon-sariq rangli yadrosi mavjud.
Farmakoterapevtik guruhi
antigelmint vosita.
ATX kodi R02SS01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Gelmintlarga (gijjalarga) qarshi preparat, unga sezgir bo‘lgan gelmintlarda nerv-mushak blokadasini chaqiradi va shikastlangan gijjalarni preparat ta'sirida qo‘zg‘alishsiz va migratsiyasini rag‘batlantirmasdan, ularni ichakdan haydab chiqarilishini ta'minlaydi. Ichak bo‘shlig‘ida preparatga sezgir bo‘lgan yetilgan va yetilmagan ikkala jinsga mansub gelmintlarga qarshi faol. Ostritsalar (Enterobius vermicularis), askaridalar (Ascaris lumbricoides), ankilostomalar (Ankylostoma duodenale va Necator americanus) chaqirgan invaziyalarda yuqori samarali.
Farmakokinetikasi
Me'da-ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi. Tana vazniga 12,5 mg/kg bo‘lgan bir martalik dozani qabul qilingandan keyin qon plazmasida pirantelning kontsentratsiyasi 1-3 soat davomida 0,05-0,13 mkg/ml ni tashkil qiladi. Jigarda N-metil-1,3-propadiamingacha qisman metabolizmga uchraydi. Ichak orqali chiqarilishi – taxminan 90% o‘zgarmagan holda, 7% - buyraklar orqali o‘zgarmagan holda yoki metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Askaridoz, enterobioz (ostritsalarni yuqishi), ankilostomidozda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.
Tabletkalar kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar uchun mo‘ljallangan.
Gelmintoksni sutkaning har qanday vaqtida, oldindan surgi vositalarni qabul qilmasdan qo‘llash mumkin, nahorga qabul qilish shart emas.
Ostritsalar va askaridalar
Enterobioz va askaridozni davolash uchun preparatni bir marta tavsiya qilingan dozada buyuriladi
Odatdagi dozalash – tana vazniga 12,5 mg/kg bir marta, ya'ni
- 6 yoshdan oshgan bolalar 10 kg tana vazniga 125 mg li 1 tabletka, bir marta;
- tana vazni 75 kg dan kam bo‘lgan kattalarga 250 mg dan 3 tabletka, bir marta;
- tana vazni 75 kg dan ortiq bo‘lgan kattalarga 250 mg dan 4 tabletka, bir marta buyuriladi;
Qayta yuqishini oldini olish uchun, preparat qabul qilishni 3 xaftadan keyin takrorlash tavsiya qilinadi.
Ankilostomalar
Endemik hududida, Necator americanus ni yuqishi hollarida yoki Ankylostoma duodenale ni og‘ir darajali yuqishi hollarida dozalash ikki-uch kun davomida kuniga 25 mg/kg ni (bir yoki ikki qabulga) tashkil qiladi, ya'ni
- bolalarga 10 kg tana vazniga 250 mg har kuni;
- tana vazni 75 kg dan kam bo‘lgan kattalarga kuniga 1,5 g;
- tana vazni 75 kg dan ortiq bo‘lgan kattalarga kuniga 2 g buyuriladi.
Endemiya hududidan tashqarida Ankylostoma duodenale ni yuqishi hollarida bir marta qabul qilishga 12,5 mg/kg dozada buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, diareya va ishtahani yo‘qolishi (ko‘pincha bu simptomlar gijjalarni nobud bo‘lishi bilan bog‘liq) kam qayd qilinadi;
Allergik reaktsiyalar qichishish, eshakemi, ekzantema.
“Jigar” transaminazalarining faolligini biroz qisqa muddatli oshishi;
Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlik hissi, uyquchanlik yoki uyqusizlik, eshitishni buzilishi, gallyutsinatsiyalar, ongni xiralashishi, parasteziyalar, gipertermiya.
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralarning birontasi og‘irlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Pirantel va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; miasteniya; jigar yetishmovchiligi; emizish davri.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Levamizol, piperazinni bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi.
Plazmada teofillinning kontsentratsiyasini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gelmintoksni buyurishda maxsus tayyorgarlik va parhez talab qilinmaydi. Jigar kasalliklari mavjud bo‘lgan hollarda shifokorni ogohlantirish kerak.
Har qanday boshqa gelmintlarga qarshi preparatlar kabi, Gelmintoksni buyurishdan oldin xonani sinchkovlik bilan tozalash, bolalar o‘yinchoqlarini yuvish, uyqudan oldin va uyqudan keyin dush qabul qilish va ichki kiyimlarni almashtirishni yodda tutish kerak. Davolash kunlari va preparatni qabul qilgandan keyin bir necha kun davomida choyshablarni issiq dazmol bilan dazmollash maqsadga muvofiqdir.
Qayta yuqishdan saqlanish maqsadida gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilish kerak qo‘llarni yuvish, tirnoqlarni olish va tozalash, chov sohasi qichishiga yo‘l qo‘ymaslik, choyshab va ichki kiyimlarni har kuni almashtirish kerak. Bir vaqtda oilaning hamma a'zolarini davolash tavsiya qilinadi. Kasallikni yuqishi ko‘pincha hech qanday simptomlar bilan namoyon bo‘lmasligi mumkin.
Davolash tugatilganidan keyin ahlatni gelmint tuxumlarini borligini tekshirish yuzasidan nazorat tekshirishlarini o‘tkazish kerak.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik vaqtida agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni ona sutiga kirishi haqida ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun emizish davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.
Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hatto dozani yaqqol oshirib yuborilishi ham jiddiy intoksikatsiyani chaqirmaydi. Spetsifik antidoti yo‘q. Me'dani yuvish va shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
250 mg dan 3 tabletkalar yoki 125 mg dan 6 tabletka PVX/alyumin folga blisterda.
Bir blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Laboratoriya Innotek Internasional
22, avenyu Aristid Brian, 94110 Arkey, Fransiya
“Innotera Shuzi”
Ryu Rene Shantero L’Isl Ver, 41150, Shuzi-Syur-Sis, Fransiyada ishlab chiqarilgan
Rossiyadagi vakolatxonasi
«Laboratoriya Innotek Internasional» AJ (Fransiya)
127051, Moskva sh., Petrovka ko‘ch., 20/1 uy,
tel. (495) 775-41-12, faks (495) 287-87-68
e-mail innotech@innotech.ru; www.innotech.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.