Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Chakanda moyi rek. sham. 500mg №10 (Nijfarm)
Chakanda moyi rek. sham. 500mg №10 (Nijfarm)
Nomi | Narx | |||||
Облепиховое масло супп. рект.500мг №10 (упк.кон.яч.) (Нижфарм) (260523##1967) |
UZS 20 900
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Облепиховое масло супп. рект.500мг №10 (упк.кон.яч.) (Нижфарм) (260523##1981) |
UZS 20 900
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Облепиховое масло
Страна производитель
Россия
Дозировка
500 мг
Производитель
Нижфарм
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суппозитории ректальные
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Oblepixovoye maslo
Dori shakli
rektal shamchalar
Tarkibi
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol modda it shumrutsimon chakanda mevalarining (chakanda moyi kontsentrati) – 0,5 g (chakanda moyining kontsentrati oldindan 240 mg% β-karotinga qayta hisoblaganda karotinoidlar yig‘indisini miqdorigacha kungaboqar moyi bilan suyultiriladi);
yordamchi moddalar butilgidroksianizol (butiloksianizol), butilgidroksitoluol (dibunol); shamchalar uchun asos qattiq yog‘ (vitepsol, supposir) - 2,00 g vaznli shamcha olish uchun yetarli miqdorda, glitseril monostearati (glitserin monostearati) – shamchalar uchun asosning massasiga 5% gacha.
Ta'rifi
To‘q sariqdan to to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan, torpedasimon shaklli suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘simlikdan olinadigan gemorroyni davolash uchun vosita.
ATX kodi S05AX.
Farmakologik ta'siri
Farmakodinamika
si
Chakanda moyi teri va shilliq pardalarda reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi, shikastlangan to‘qimalarni bitishini tezlashtiradi, yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Antioksidant va sitoprotektor ta'sirlarga ega (tarkibida yog‘da eruvchi bioantioksidantlarning bo‘lganligi tufayli, erkin radikal jarayonlarning jadalligini kamaytiradi va xujayra va subxujayra membranalarini shikastlanishidan himoya qiladi).
Qo‘llanilishi
Gemorroy, orqa teshik yoriqlari, to‘g‘ri ichak yaralari, eroziv-yarali sfinkterit va proktit, kataral va atrofik proktit, yo‘g‘on ichakning quyi qismlarining shilliq pardalarni nurlanish natijasidagi shikastlanishida qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, diareyada qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal, ichak bo‘shalganidan keyin orqa teshikka chuqur qilib kiritiladi.
Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga 1 suppozitoriydan kuniga 2 marta 10-15 kun davomida buyuriladi. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 suppozitoriy dan kuniga 1 marta; 6-14 yoshli bolalarga 1 suppozitoriy dan kuniga 1-2 marta. Davolash kursi 14 kun va ko‘proq.
Zarurati bo‘lganida davolash kursi 4-6 haftadan so‘ng takrorlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, orqa teshik sohasida achishish tuyg‘usi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish hollari ta'riflanmagan.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriy 0,5 g. 5 shamchadan kontur uyali o‘ramda. Ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 50S dan 150S gacha bo‘lgan haroratda.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
1 yilu 6 oy.
Yaroqlilik muddati
o‘tganidan so‘ng preparat qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz
Qayd qilish guvohnomasining egasi/
Ishlab chiqaruvchi
/
E'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«NIJFARM» OAJ, Rossiya
603950, Nijniy Novgorod sh.,
GSP-459, Salganskaya ko‘ch., 7
Tel. (831) 278-80-88
Faks (831) 430-72-28
Internet http//www.nizhpharm.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.