Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Novokain in'ektsiya uchun eritma 0.5% 5ml №10 MR
Novokain in'ektsiya uchun eritma 0.5% 5ml №10 MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Прокаин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
0,5% 5 мл
Производитель
Dentafill Plyus, ЧП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
MR Novokain
Ta'sir etuvchi modda (XPN) prokain gidroxloridi
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda prokain gidroxloridi - 0,005 g.
yordamchi modda in'ektsiya uchun suv - 1 ml gacha.
Ta'rifi rangsiz yoki biroz sarg‘ish tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar.
ATX kodi N01BA02
Farmakologik xususiyatlari
Kuchsiz og‘riqsizlantirish faolligiga va keng terapevtik ta'sirga ega bo‘lgan mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita. Voltajga bog‘liq natriy kanallarini bloklaydi, sezuvchi nerv uchlaridagi impulslar generatsiyasiga va nerv tolalari bo‘ylab impulslarning o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Nafaqat og‘riq, balki boshqa impulslarning o‘tkazilishini ham bostiradi. Preparat ta'sirida avval sovuqni sezish yo‘qoladi, so‘ngra ketma-ket issiqlik, og‘riq va bosimni sezish yo‘qoladi. Rezorbtiv ta'sirda preparat markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, silliq mushaklarning spazmini bo‘shashtiradi, presinaptik nerv uchlaridan atsetilxolinning ajralib chiqishini susaytiradi va shuning uchun biroz gangliyalarni bloklovchi ta'sirga ega, yuqori dozalarda nerv-mushak o‘tkazuvchanligini buzishi mumkin. Preparat shuningdek gipotenziv va antiaritmik ta'sir ko‘rsatadi (qo‘zg‘aluvchanlik va avtomatizmni pasaytiradi, o‘tkazuvchanlikni yomonlashtiradi). Infiltratsion anasteziyada ta'sirining davomiyligi yarim-bir soatni tashkil etadi. Boshqa tur anasteziyalarda ta'sirining davomiyligi preparatning kontsentratsiyasiga, uni adrenalin eritmasi bilan qo‘shib ishlatilishiga bog‘liq bo‘lib, o‘rtacha yarim soatdan bir yarim soatgacha bo‘lishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Parenteral yuborilganida yaxshi so‘riladi. So‘rilish darajasi yuborish yo‘li va joyiga (ayniqsa vaskulyarizatsiyasi va yuborish joyida qon oqimini tezligiga) va yakuniy dozaga (miqdori va kontsentratsiyasiga) bog‘liq. Preparat to‘qimalar va plazmaning esteraza va xolinesterazalari ta'sirida tez gidrolizga uchraydi va ikki asosiy farmakologik faol metabolitlar; dietilaminoetanol (qon tomirlarni o‘rtacha kengaytiruvchi ta'sirga ega) va paraaminobenzoy kislotasi (sulfanilamid kimyoterapevtik dori vositalarining raqobatli antagonisti bo‘lib, ularning mikroblarga qarshi ta'sirini susaytirishi mumkin) hosil qiladi. Yarim chiqarilish davri 30-50 sekundni, neonatal davrda – 54-114 sekundni tashkil qiladi. Asosan buyrak orqali metabolitlar ko‘rinishida (80%) chiqariladi, 2% dan ko‘p bo‘lmagan qismi o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Shilliq qavatlaridan yomon so‘riladi.
Qo‘llanilishi
Infiltratsion, o‘tkazuvchan, suyak ichki anesteziyasi, epidural va orqa miya anesteziyasi, paranefral va vagosimpatik blokadalar, umumiy og‘riqsizlantirishda asosiy narkotik vositalar ta'sirini potentsiya qilish uchun, sovuq urishida (reaktiv bosqichigacha bo‘lgan davrda), gipertoniya kasalligi, gipertoniya sindromi bilan kechuvchi homiladorlikning kechki toksikozlari, fantom og‘riqlar, qichishish, neyrodermit, ekzema, keratit, iridotsiklit, glaukomada qo‘llanadi. Shuningdek penitsillinni eritish uchun antibiotik in'ektsiyasini og‘rig‘ini kamaytirish maqsadida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Infiltratsion anesteziya uchun 0,25%-0,5% li eritmalar qo‘llanadi A.V.Vishnevskiy usuli bo‘yicha anesteziyasi uchun (tarang o‘rmalovchi infiltratsiya) 0,125%-0,25% li eritmalar; paranefral blokadada 0,25%-0,5% li eritma (100-150 ml yoki 50-80 ml); vagosimpatik blokadada 0,25% li eritma (30-100 ml); peridural anesteziya uchun 2% li eritma (20-25 ml); neyrodermitda, ishiasda, ekzemada sirkulyar va paravertebral blokada uchun teri ichiga 0,25%-0,5% li eritma yuboriladi. So‘rilishini kamaytirish va ta'sir etishini uzaytirishi uchun mahalliy anesteziyada preparatga 0,1% li adrenalin gidroxloridi eritmasidan 2-10 ml ga 1 tomchi hisobidan qo‘shiladi. Sovuqurganida (reaktsiyagacha bo‘lgan bosqichda) periferik tomirlarning spazmini ketkazish va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash uchun arteriya ichiga 10 ml 0,25% li preparat eritmasi, 2 ml 1% li nikotin kislotasining eritmasi va 10000 TB geparindan tashkil topgan aralashma yuboriladi. Vena ichiga 1 ml dan 10-15 ml gacha 0,25% li eritma, asta-sekin, yaxshisi izotonik natriy xloridi eritmasida yuboriladi. In'ektsiya miqdori (ba'zi hollarda 10-20 gacha) kasallikning og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqori dozalari (kattalar uchun) vena ichiga (0,25% li eritma) - 0,05 g (20 ml); sutkalik doza vena ichiga yuborish uchun (0,25% li eritma) - 0,1 g (40 ml). Infiltratsion anesteziya uchun quyidagi yuqori dozalari belgilangan (kattalar uchun) operatsiyaning boshida birinchi doza - 1,25 g dan yuqori emas - 0,25% li eritma (500 ml) yoki 0,75 g-0,5% li eritma qo‘llanganida (150 ml). Keyinchalik operatsiyaning har soati davomida – 2,5 g dan yuqori bo‘lmagan 0,25% li eritma (1000 ml) yoki 2 g dan yuqori bo‘lmagan 0,5% li eritma (400 ml) dozada qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Novokain odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, biroq ba'zida quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar bo‘lishi mumkin
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, holsizlik, harakatli bezovtalik, xushni yo‘qotish, tirishishlar, trizm, tremor, ko‘rish va eshitishni buzilishlari, nistagm, “ot dumi” sindromi (oyoqlarni falaji, paresteziyalar), nafas mushaklarining falaji, harakat va sezuvchanlikni bloklanishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, periferik vazodilyatatsiya, kollaps, bradikardiya, aritmiya, ko‘krak qafasida og‘riq.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan beixtiyor siyish.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, beixtiyor ich kelishi.
Qon tizimi tomonidan metgemoglobinemiya.
Allergik reaktsiyalar terini qichishishi, teri toshmalari, dermatit, terini qipiqlanishi, boshqa anafilaktik reaktsiyalar (shu jumladan angionevrotik shish, anafilaktik shok), eshakemi (teri va shilliq qavatlarda).
Boshqalar gipotermiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik. Ko‘p qon yo‘qotilishi bilan kechuvchi shoshilinch operatsiyalar. To‘qimalardagi yaqqol fibroz o‘zgarishlar (o‘rmalovchi infiltratsion anesteziyasi uchun). Adrenalin qo‘shilgan aralashmani tireotoksikozda, yurak ritmini buzilishida, yaqqol gipertenziyada, qon tomirlarining og‘ir kasalliklarida, feoxromatsitomada, qo‘l va oyoq barmoqlarini og‘riqsizlantirishda, shuningdek mahalliy anesteziya umumiy ta'sirga ega preparatlar - galotan (ftorotan), trixloretilen (trilen), ergotamin bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Suksametoniy tomonidan chaqirilgan mushak blokadasini uzaytiradi (chunki ikkala preparat ham plazmadagi xolinesteraza ta'sirida gidrolizga uchraydi).
MAO ingibitorlari (furazolidon, prokarbazin, selegelin) bilan bir vaqtda qo‘llash arterial gipotenziyani rivojlanish xavfini oshiradi. Antixolinesteraza preparatlari (uning gidrolizini susaytiruvchi vositalar) prokainning toksikligini oshiradi. Prokainning metaboliti (paraaminobenzoy kislotasi) sulfanilamid preparatlarning raqobatli antagonistidir va ularning mikroblarga qarshi ta'sirini kuchaytiradi.
Mahalliy anestetikning in'ektsiya qilingadigan joyini og‘ir metallarni saqlovchi dezinfektsiyalovchi eritmalar bilan ishlov berilganida, shish va og‘riq ko‘rinishidagi mahalliy reaktsiyalarni rivojlanish xavfini oshiradi.
Bilvosita antikoagulyantlarning ta'sirini potentsiya qiladi.
Preparat antixolinesteraz vositalarning nerv-mushak o‘tkazuvchanligiga ta'sirini pasaytiradi. Kesishgan sensibilizatsiya bo‘lishi mumkin.
Nomutanosiblik. Sulfanilamidlar bilan davolanishda qo‘llanmasin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Mahalliy anesteziyada novokain eritmasini so‘rilishini kamaytirish va ta'sirini uzaytirish uchun odatda 2, 5 yoki 10 ml novokain eritmasiga adrenalin gidroxloridining (0,1% li) eritmasi 1 tomchidan qo‘shiladi.
Nojo‘ya reaktsiyalarni oldini olish uchun, yuborishdan oldin preparatni o‘zlashtirilishiga sinama o‘tkaziladi, in'ektsiya qilingan joyda qizarish va shish bo‘lishi bundan dalolat beradi. Ijobiy reaktsiyada prokain qo‘llanmaydi.
Preparatni qo‘llashda yurak-qon tomir, nafas va markaziy nerv tizimining faoliyatini nazorat qilish kerak. Yurak, jigar va buyrakning og‘ir kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Mahalliy anesteziyani o‘tkazishda aynan shu umumiy doza qo‘llanganida qo‘llanayotgan eritma qanchalik kontsentratsiyalangan bo‘lsa, prokainning toksikligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun eritmaning kontsentratsiyasi oshgani sayin bilan umumiy dozani kamaytirish tavsiya qilinadi yoki preparatning eritmasini past kontsentratsiyagacha (natriy xloridining steril izotonik eritmasida) suyultirish tavsiya qilinadi.
Jigarda qon oqimini pasayishi, yurak-qon tomir yetishmovchiligini rivojlanishi (odatda yurakning blokadasi va shok natijasida) bilan kechuvchi holatlarda, yallig‘lanish kasalliklari, soxta xolinesteraza tanqisligi, jigar yetishmovchiligi, keksa yoshdagi patsiyentlar (65 yoshdan oshgan), og‘ir holatdagi bemorlar, holsizlangan bemorlar, homiladorlik, tug‘ruq va emizish davrida preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Homiladorlik davrida faqat yaxshi o‘zlashtirilgandagina qo‘llash mumkin.
Emizish davrida ona uchun davolashdan kutilayotgan foyda va chaqaloq uchun potentsial xavf oldindan sinchiklab baholanganidan keyingina preparatni qo‘llash mumkin.
Tug‘ruq vaqtida qo‘llanganida bradikardiya, apnoe, yangi tug‘ilgan chaqaloqda tirishish rivojlanishi mumkin.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Davolanish davrida transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Novokainni faqat yuqori dozalari qo‘llanganida quyidagilar bo‘lishi mumkin.
Simptomlari teri qoplamalari va shilliq qavatlarning oqarishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, yuqori nerv qo‘zg‘aluvchanligi, “sovuq” ter, taxikardiya, arterial bosimni deyarli kollapsgacha pasayishi, tremor, tirishishlar, apnoe, metgemoglobinemiya, nafasni susayishi, to‘satdan yurak-qon tomir kollapsi.
Markaziy nerv tizimiga ta'siri qo‘rquv hissi, gallyutsinatsiyalar, tirishishlar, harakat qo‘zg‘alishi bilan namoyon bo‘ladi.
Dozani oshirib yuborilishi
hollarida preparatni yuborish darhol to‘xtatilishi kerak. Mahalliy anesteziya o‘tkazilganida yuborilgan joyning atrofiga oz miqdorda adrenalin yuborish mumkin.
Davolash umumiy reanimatsion chora-tadbirlar, shu jumladan kislorod ingalyatsiyasi, zarurati bo‘lganida – o‘pkaning sun'iy ventilyatsiyasi o‘tkaziladi. Agar tirishishlar 15-20 sekunddan ko‘proq davom etsa, u vena ichiga tiopental (100-150 mg) yoki diazepam (5-20 mg) yuborish bilan bartaraf qilinadi. Arterial gipotenziyada va/yoki miokardning depressiyasida vena ichiga efedrin (15-30 mg) yuboriladi, og‘ir hollarda – dezintoksikatsion va simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Novokain oyoq yoki qo‘l mushaklariga in'ektsiya qilinganidan keyin intoksikatsiya rivojlangan hollarda, preparatni umumiy qon oqimiga keyingi o‘tishini pasaytirish uchun darhol jgut qo‘yish tavsiya qilinadi.
Chiqarilish shakli
0,5% li in'ektsiya uchun eritma 2 ml va 5 ml ampulalarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«MERRYMED FARM» MChJ
O‘zbekiston respublikasi, Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol KFY, Sherbuloq ko‘chasi, 1 uy. Tel (0369) 224-67-22
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.