Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
| Nomi | Narx | |||||
| Карнилев р-р д/ин 1г/5 мл 5мл №5 (амп) (566015##2 594) |
UZS 130 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Левокарнитин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Gretsiya
Dozasi
1гр/5мл 5 мл.
Производитель
Spey Medical Ltd, Великобритания произведено: HELP S.A.
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Ampulalar
Karnilev in'ektsiya uchun eritma 1g/5 ml 5ml №5 (ampula) haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Karnilev
Ta'sir etuvchi modda (XPN) levokarnitin
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda levokarnitin 200 mg;
yordamchi moddalar suyultirilgan xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.
ATX kodi A16AA01.
Farmakologik ta'siri
Farmakodinamika
si
Levokarnitin (L-karnitin) – V guruhi vitaminlariga yaqin tabiiy modda hisoblanadi. Sitoplazmadan mitoxondriylarga xujayra membranasi orqali yog‘ kislotalarini tashuvchisi sifatida moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi, u yerda bu kislotalar ko‘p miqdorda ATF shaklida metabolik energiya hosil bo‘lishi bilan beta-oksidlanish jarayoniga uchraydi. Organizmda karnitin yetishmovchiligida mushak to‘qimalarida (skelet mushaklari, miokardda) lipidlarni to‘planishi yuz beradi, bu ularning qisqaruvchanlik faolligini izdan chiqaradi. Oqsil va yog‘ almashinuvini, tiroksinning qisman antagonisti bo‘lib, gipertireozda yuqori asosiy almashinuvni normallashtiradi, qonda ishqoriy zahirasini tiklaydi, ketokislota hosil bo‘lishini va anaerob glikolizni susaytiradi, laktoatsidoz darajasini kamaytiradi, shuningdek jismoniy faollikni oshiradi va jismoniy yuklamalarni o‘zlashtirishni oshiradi, bunda glyukogenni kamroq sarflanishini va jigarda va mushaklarda uning zahirasini oshishiga olib keladi. Levokarnitin anabolik ta'sir ko‘rsatadi, me'da shirasi sekretsiyasini rag‘batlantiradi, oqsillar va uglevod molekulalarini parchalanishini sekinlashtiradi. Ortiqcha tana vaznini kamaytiradi va mushaklarda yog‘ miqdorini kamaytiradi. Neyrotrofik ta'sir ko‘rsatadi, apoptoz rivojlanishini tormozlaydi, shikastlanish sohasini chegaralaydi va nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi.
Farmakokinetikasi
Mushak orasiga yuborib olinganda 3 soatdan keyin erishiladi. Terapevtik kontsentratsiyasi 9 soat davomida saqlanadi. Qon plazmasidan jigarga, miokardga, skelet mushaklariga kiradi. Buyraklar orqali, asosan atsil efirlari ko‘rinishida chiqariladi (24 soat davomida 80% dan ko‘p).
Qo‘llanilishi
• uzoq vaqt gemodializ olayotgan va quyidagi simptomlari — doimiy yaqqol mushak spazmlari, miopatiya, mushak massasini kamayishi, skelet mushaklarini kuchsizligi, gipotenziya simptomlari, anemiya, uni buyraklarda reabsorbtsiyasini buzilishi (SBE) bo‘lgan patsiyentlarda kartinni ikkilamchi yetishmovchiligi – tug‘ma (organik atsiduriya), orttirilgan alimenter karnitin tanqisligi (malvabsorbtsiya, ichak kasalliklari);
• ishemik kardiomiopatiyada miokardda metabolizmni buzilishlari (miokardda energiya manbai sifatida yog‘ kislotalarini utilizatsiyasi juda jadal amalga oshadi, shuning uchun u L-karnitinga juda muhtoj, uni qo‘llagandan keyin qisqarishlar kuchini oshishi, mushaklar keyingi degeneratsiyasini oldini olish, EKG normallashishi kuzatiladi);
• stenokardiya, o‘tkir miokard infarkti, kardiogen shok oqibatidagi yaqqol gipoperfuziya holati;
• markaziy va periferik nerv tizimini shikastlanishi, respirator distress-sindromi, psixomotor rivojlanishni buzilishlari, tirishishlar, ataksiya, piramid buzilishlar, ko‘zlarni harakatlantiruvchi nervlar tomonidan buzilishlar (tashqi oftal'moplegiya, ptoz va boshqalar);
• jigarni shikastlanishi (avj olib boruvchi gepatomegaliya, jigar fibrozi, jigar yetishmovchiligi ko‘rinishlari), buyraklarni shikastlanishi (Fankoni triadasi, fosfaturiya, glyukozuriya, aminoatsioduriya), endokrin buzilishlar (o‘sishni kechikishi, gipoglikemiya), eshitishni buzilishi (neyrosensor karlik), ko‘rishni buzilishlari (ko‘ruv nervlari atrofiyasi, ko‘z to‘r pardasining pigmentli degeneratsiyasi, katarakta), me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar bilan kechuvchi polinevropatiya;
• ishtahani pasayishi, tana vaznini kamayishi, kattalarda va bolalarda ozish bilan kechuvchi kasalliklar va holatlar;
• nerv anoreksiyasi (nevrogen anoreksiya) va ruhiy kasalliklardagi jismoniy ozish, distsirkulyator va jarohat entsefalopatiyasi;
• tashqi sekretor yetishmovchilik bilan yotishmovchilik bilan kechuvchi surunkali pankreatit;
• sekretor funktsiyasi yetishmovchilik bilan kechuvchi surunkali gastrit;
• tug‘ruqdagi jarohat va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar asfiksiyasi;
• oziqlanish reflekslari susaygan (sust emish), gipotrofiya, gipotoniya va adinamiyasi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, chala tug‘ilgan va muddatida tug‘ilgan chaqaloqlar; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress-sindromi, to‘liq parenteral oziqlantirishda bo‘lgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish;
• yangi tug‘ilan chaqaloqlar sariqligi;
• og‘ir kasalliklar va jarroxlik aralashuvlaridan keyingi rekonvalestsentsiya davrida;
• bolalarda va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda o‘sishni kechishi va tana vazni tanqisligi, bolalarda va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda tireotoksikozning yengil shakllari;
• teri kasalliklari (psoriaz, seboreyali ekzema, o‘choqli sklerodermiya va diskoid qizil yugurik) da majmuaviy davolash tarkibida;
• davomli jadal sport mashqlari yoki boshqa yuqori yuklamalar (anabolik va adeptogen sifatida), ish qobiliyati, chidamlilikni oshirish va toliqishni kamaytirish uchun;
• ekzogen-konstitutsional semizlikda ko‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
In'ektsiya uchun eritma. Kattalar, bolalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mushak ichiga, vena ichiga infuziya yo‘li bilan sekin (2-3 minut davomida) yuboriladi. Adekvat dozalashni aniqlash uchun plazmada va siydikda erkin va atsetilizatsiyalangan L-karnitinning darajasini aniqlab davolashni nazorat qilish kerak.
Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlarida 3 kun davomida sutkada 1 g dan, so‘ngra 7 kun davomida sutkada 0,5 g dan buyuriladi. 10-12 kundan keyin 3-5 kun davomida takroran davolash kursini o‘tkazish mumkin.
Nimo‘tkir va tiklanish davrida, distsirkulyator entsefalopatiyada va bosh miyaning turli shikastlanishlarida, karnitin tanqisligida preparat buyurilganda bemorlarga Karnilev sutkada 0,5-1 g hisobidan vena ichiga (tomchilab, oqim bilan) yoki mushak ichiga (kuniga 2-3 marta) suyultirmasdan 3-7 kun davomida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida 12-14 kundan keyin takroriy davolash kursi buyuriladi.
Gemodializda karnitinni ikkilamchi tanqisligida vena ichiga, sekin (2-3 minut) 2 g bir marta buyuriladi; o‘tkir miokard infarktida, o‘tkir yurak yetishmovchiligida — sutkada 3-5 g, birinchi 2-3 sutka davomida 2-3 marta qabul qilishga bo‘lingan, keyinchalik dozani 2 marta kamaytiriladi; kardiogen shokda – patsiyentni shokdan chiqarguncha 2-3 marta qabul qilishga bo‘lib, sutkada 3-5 g buyuriladi.
Metabolizmning tug‘ma muammolarida dozalash moddalar almashinuvida tug‘ma og‘ishlar va davolash davridagi yaqqollik darajasiga bog‘liq. O‘tkir dekompensatsiya holatlarida 3-4 marta qabul qilish uchun kuniga 100 mgXkg gacha buyuriladi. Agar zarurat bo‘lsa yuqoriroq dozalarni qo‘llash mumkin, lekin bir vaqtda nojo‘ya samaralar, masalan diareya yuzaga kelishi ehtimoli oshadi. Agar preparatning in'ektsion shakllarini qo‘llaganda yaxshilanishga erishilgan bo‘lsa, kuniga 1 g dozada Karnilev ichga qabul qilish uchun eritma bilan samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni davom ettirish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Epigastral sohada og‘riq hislari, dispeptik ko‘rinishlar, mushak kuchsizligi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Glyukokortikosteroidlar preparatni to‘qimalarda to‘planishiga olib keladi.
Preparatni qabul qilishdan oldin, patsiyent boshqa preparatlarni qabul qilayotganligi haqida shifokorni ogohlantirish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Karnilev ko‘nikishni chaqirmaydi, chunki odam organizmi uchun tabiiy eritma hisoblanadi. Glyukozani o‘zlashtirilishi oshganida, Karnilev preparatini insulin yoki gipoglikemik peroral preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarga yuborish gipoglikemiya chaqirishi mumkin. Shuning uchun gipoglikemik davolashni darhol boshqarish uchun bunday patsiyentlarda qonda glyukozaning darajasini doimiy nazorat qilish kerak.
Buyrak funktsiyasini yaqqol buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda Karnilev preparatining yuqori dozalarini uzoq vaqt peroral qilish potentsial toksik metabolitlar, trimetilamin (TMA) va trimetilamin-M-oksid (TMAO) kontsentratsiyalarini oshishini chaqirishi mumkin, chunki ushbu metabolitlar odatda siydik bilan chiqariladi. Bunday hollarda siydik, nafas va ter ajralmalari yoqimsiz hidga ega bo‘ladi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Karnitinning primar tizimli tanqisligi bo‘lgan homilador ayollar uchun jiddiy okibatlarni e'tiborga olib, karnitin bilan davolashni to‘xtatgan holatlarda ona uchun bo‘lgan xavf, homila uchun nazariy xavfdan yuqori.
Levokarnitin ko‘krak sutining normal komponenti hisoblanadi. Levokarnitinni emizish vaqtida qo‘llash haqida ma'lumotlar yo‘q.
Transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Karnilev preparatini dozasini oshirib yuborilish xollarida toksiklik xaqida ma'lumotlar yo‘q. Preparatning yuqori dozalari diareya chaqiradi. Preparatni o‘zlashtiraolinishi qabulning birinchi haftasi davomida va qabul qilinadigan dozaning har oshirilishidan keyin.
Dozani oshirib yuborilishi
simptomatik davolash kerak.
Chiqarilish shakli
1 g dan in'ektsiya uchun eritma saqlovchi 5 ampula polivinilxlorid plastik o‘ramda tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik mudlati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti buyicha.
Savdo belgisining va qayd etish guvohnomasining egasi
SPEY MEDICAL Ltd., London, Buyuk Britaniya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.