Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Riboksin 2% 10ml №10 MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Инозин пранобекс
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
2%
Производитель
MERRYMED FARM, Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
ампулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
MR Riboksin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) inozin
Dori shakli
2% in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar inozin - 20 mg;
yordamchi moddalar geksametilentetramin, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki kuchsiz bo‘yalgan suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.
ATX kodi B01EB
Farmakologik xususiyatlari
Riboksin metabolik jarayonlarni rag‘batlantiruvchi anabolik moddalar guruhi dori vositalariga kiradi. Purin (nukleozid) hosilasi, adenozintrifosfatning (ATF) o‘tmishdoshi. Miokardda almashinuv jarayonlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Krebs siklining qator fermentlarining faolligini oshiradi va energetik muvozanatni yaxshilaydi, yurak qisqarishlarining kuchini oshiradi va miokardni diastolada to‘liq bo‘shashiga yordam beradi (qo‘zg‘alish vaqtida sitoplazmaga tushgan kaltsiy ionlarini bog‘laydi), to‘qimalarning qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi, shu jumladan koronar qon aylanishini, trombotsitlar agregatsiyasini pasaytiradi, to‘qimalarning regeneratsiyasini faollashtiradi (ayniqsa miokard va me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatlarini). Operatsiya vaqtida ishemiyaga uchragan buyraklarning farmakologik himoyasini oshiradi. Adenil nukletoidlarining sintezini substratli rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
Vena ichiga(v/i) yuborilganida organizm to‘qimalarida taqsimlanadi. Jigarda glyukuron kislotasini hosil bo‘lishi va uni keyin oksidlanishi bilan metabolizmga uchraydi. Kam miqdorda siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
O‘tkazilgan miokard infarkti, yurak ishemik kasalligi, yurak glikozidlarini qabul qilish oqibatidagi yurak ritmining buzilishi, infektsion kasalliklarni o‘tkazgandan keyingi miokardiodistrofiyani kompleks davolashda ishlatiladi. Shuningdek, preparat jigar kasalliklari (gepatitlar, sirrozlar, jigar distrofiyasi), urokoproporfiriyani davolash uchun ham ko‘rsatilgan. Undan tashqari, riboksin ajratilgan buyrakdagi jarrohlik operatsiyalarda, operatsiya qilinayotgan a'zoda qon aylanishi vaqtincha to‘xtatilganida, farmakologik himoya vositasi sifatida ishlatiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat v/i asta-sekin oqim bilan yoki tomchilab (minutiga 40-60 tomchidan) yuboriladi. Davolash kuniga bir marta 200 mg (10 ml 2% li eritma) dan yuborish bilan boshlanadi, so‘ngra yaxshi o‘zlashtirilganida, doza kuniga 1-2 marta 400mg (20 ml 2% li eritma) gacha oshiriladi. Davolash davomiyligi 10-15 kun. Yurak ritmining o‘tkir buzilishlarida preparatni bir martalik 200-400 mg (10-20 ml 2% li eritma) dozada oqim bilan yuborish mumkin. Ishemiyaga uchragan buyrakni farmakologik himoya qilish maqsadida riboksin 1,2 g (60 ml 2% li eritma) bir martalik dozada buyrak arteriyasini bo‘g‘ishdan 5-15 minut oldin v/i oqim bilan, so‘ngra qon aylanishi o‘z holiga kelgan zahoti yana 0,8 g(40 ml 2% li eritma) yuboriladi. V/i tomchilab yuborish uchun preparatning 2% li eritmasini 5% li glyukoza eritmasida yoki natriy xloridning izotonik eritmasida (250 ml gacha) suyultiriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Qichishish, terining giperemiyasi bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilish to‘xtatiladi. Kam hollarda riboksin bilan davolashda qonda siydik kislotasining kontsentratsiyasini oshishi kuzatiladi. Uzoq vaqt qo‘llanganida podagrani zo‘rayishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, podagrada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Riboksin majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanganida aritmiyaga qarshi, antianginal va inotrop dori preparatlarining samarasini oshishiga yordam beradi. Riboksinni boshqa guruh dori preparatlari bilan klinik sezilarli o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Terini qichishishi, qizarishi paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Xomiladorlikda va emizishda ham ehtiyotkorlik bilan (yuqori dozalarni qabul qilish mumkin emas) buyuriladi.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari terining qichishishi,podagraning zo‘rayishi.
Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
5 ml yoki 10 ml dan neytral shisha ampulada. 10 ampuladan polivinilxlori plyonkali kontur uyali o‘ramda. Kontur uyali o‘ram karton penalda. Har bir penalga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi joylanadi. Penallar karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqarilgan
«MERRYMED FARM» MChJ.
O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol QFY, Sherbuloq ko‘chasi, 1 uy Tel (0369) 224-67-22.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.