Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Riboksin amp. 2% 10ml №10 Groteks
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Инозин пранобекс
Страна производитель
Россия
Дозировка
2%
Производитель
ООО "Гротекс"
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Riboksin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) inozin
Dori shakli
vena ichiga yuborish uchun eritma
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
ta'sir etuvchi modda inozin (riboksin) - 20 mg;
yordamchi moddalar metenamin - 2 mg, 1 M natriy gidroksidi eritmasi rN 7,8-8,6 gacha, in'ektsiya uchun suv - 1 ml gacha.
Ta'rifi tiniq yoki deyarli tiniq, rangsiz yoki biroz bo‘yalgan suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik vosita.
ATX kodi S01EV
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Riboksin – purin (nukleozid) hosilasi – adenozintrifosfat (ATF) ning o‘tmishdoshidir. Metabolik jarayonlarni boshqaruvchi dori vositalari guruhiga mansub.
Antigipoksik va antiaritmik ta'sir ko‘rsatadi. Miokardning energetik muvozanatini oshiradi, koronar qon aylanishini yaxshilaydi, buyrakning intraoperatsion ishemiyasi oqibatlarini oldini oladi. Glyukoza almashinuvida bevosita ishtirok etadi va gipoksiya sharoitida va ATF yo‘qligida almashinuvni faollashishiga yordam beradi.
To‘qima nafasining normal jarayonini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan piruvat kislotasining metabolizmini faollashtiradi, shuningdek ksantin-degidrogenazani faollashishiga yordam beradi. Nukleotidlar sintezini rag‘batlantiradi, Krebs siklining ayrim fermentlari faolligini kuchaytiradi.
Xujayralarga kirib, miokardda metabolizm jarayonlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi – yurak qisqarishlari kuchini oshiradi va diastolada yurakni to‘liq bo‘shashiga yordam beradi, buning natijasida zarb xajmi oshadi. Antiaritmik ta'sir mexanizmi oxirigacha ma'lum emas.
Trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi, to‘qimalar (ayniqsa miokard va me'da-ichak yo‘llari shilliq qavatini) regenaratsiyasini faollashtiradi.
Farmakokinetikasi
Glyukuron kislotasini hosil qilib va keyinchalik uni oksidlanib jigarda metabolizmga uchraydi. Ahamiyatsiz darajada buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Yurak ishemik kasalligini majmuaviy davolashda (o‘tkazilgan miokard infarktidan keyin), miokardiodistrofiyada, yurak glikozidlarini qo‘llash bilan bog‘liq yurak ritmini buzilishlarida. Jigar kasalliklarini (gepatitlar, sirroz, jigarning yog‘li distrofiyasi) majmuaviy davolashda. Ajratib olingan buyrakdagi operatsiya vaqtida qon aylanishi o‘chirilganda farmakologik himoya vositasi sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga oqim bilan sekin yoki tomchilab (minutiga 40-60 tomchi) yuboriladi.
Davolash kuniga 1 marta 200 mg (10 ml 20 mg/ml eritma) dan boshlanadi; so‘ngra yaxshi o‘zlashtirilganda doza kuniga 1-2 marta 400 mg (20 ml 20 mg/ml eritma) gacha oshiriladi. Davolash davomiyligi 10-15 kun.
Preparatni yurak ritmini o‘tkir buzilishlarida 200-400 mg (10-20 ml 20 mg/ml eritma) bir martalik dozada oqim bilan yuborish mumkin.
Ishemiyaga duchor bo‘lgan buyrakni farmakologik himoyasi uchun Riboksin buyrak arteriyasini siqishdan 5-15 minut oldin 1200 mg (60 ml 20 mg/ml eritma) bir martalik dozada vena ichiga oqim bilan yuboriladi, so‘ngra qon aylanishi tiklanishi bilanoq yana 800 mg (40 ml 20 mg/ml eritma) yuboriladi.
Vena ichiga tomchilab yuborish uchun 20 mg/ml eritma 5% li dekstroza (glyukoza) yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasida (250 ml gacha) suyultiriladi.
Polimer ampula bilan ishlash tartibi
1.Ampula olinadi va bo‘yinchasidan ushlab chayqatiladi.
2.Ampula qo‘l bilan bosiladi, bunda preparat ajralib chiqishi kerak va aylanma harakat bilan klapan buraladi va ajratib olinadi.
3.Hosil bo‘lgan teshik orqali ampula darhol shprits bilan biriktiriladi.
4.Ampulani to‘nkariladi va uning ichidasigi sekin shpritsga tortiladi.
5.Shpritsga igna taqiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar teri qichishishi, teri giperemiyasi, eshakemi.
Laborator ko‘rsatkichlar qonda siydik kislotasi kontsentratsiyasini oshishi.
Boshqalar podagrani kechishini yomonlashishi (uzoq vaqt qo‘llanilganda).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yoki purinning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlik; podagra; giperurikemiya; homiladorlik; emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
Ehtiyotkorlik bilan
Buyrak yetishmovchiligi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Yurak glikozidlari bilan birga qo‘llanilganda preparat aritmiyalar paydo bo‘lishini oldini olishi, musbat inotrop ta'sirni kuchaytirishi mumkin.
Immunodepressantlar inozinning samarasini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Riboksin yurak faoliyatini o‘tkir buzilishlarini shoshilinch muvofiqlashtirish uchun qo‘llanilmaydi. Teri qichishishi va teri giperemiyasi paydo bo‘lganda preparat bilan davolashni bekor qilish kerak. Buyrak yetishmovchiligida preparatni agar shifokorning fikri bo‘yicha kutilgan ijobiy samara bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Uzoq vaqt qo‘llanilganda qonda va siydikda siydik kislotasining kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Riboksin preparatini homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.
Inozinni ko‘krak sutiga kirishi haqida ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun preparatni laktatsiya davrida buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri haqidagi klinik ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin!
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
Vena ichiga yuborish uchun eritma 20 mg/ml.
5 ml yoki 10 ml dan past zichlikdagi polietilen yoki polipropilen ampulalarda.
10 ampuladan rus va o‘zbek tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Qayd etish guvohnomasining egasi
«Groteks» MChJ
Rossiya, 195279, Sankt-Peterburg
Industrialniy pr., 71 uy, 2 k., lit. A
Tel. +7 812 385 47 87
Faks +7 812 385 47 88
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«Groteks» MChJ
Rossiya, 195279, Sankt-Peterburg
Industrialniy pr., 71 uy, 2 k., lit. A
Tel. +7 812 385 47 87
Faks +7 812 385 47 88
www.solopharm.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.