Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Молочко маточное, витамин A, B1, B2, B12
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Misr
Производитель
Rotapharm Limited, Великобритания произведено: SEDICO Pharmaceutical Co.
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Kapsulalar
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Rotavit Royal
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) majmuaviy preparat
Dori shakli
yumshoq jelatin kapsulalar.
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
liofilizatlangan asalari suti33,3 mg
dimetilaminoetanol bitartrati25 mg
Vitaminlar
A vitamini (retinol palmitati shaklida)2000 XB
V1 vitamini (tiamin mononitrati shaklida)15 mg
V2 vitamini (riboflavin)4 mg
V5 vitamini (kaltsiy pantotenati shaklida)4 mg
V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi shaklida)1 mg
V9 vitamini (folat kislotasi)25 mkg
V10 vitamini (paraaminobenzoy kislotasi)50 mg
V12 vitamini (tsianokobalamin)5 mkg
D3 vitamini (xolekaltsiferol)200 XB
Ye vitamini (-tokoferol atsetati shaklida)30 XB
RR vitamini (nikotinamid)15 mg
N vitamini (biotin)3 mkg
Makro- va mikroelementlar
temir (temir fumarati shaklida)10 mg
kaltsiy (kaltsiy gidrofosfati shaklida)90 mg
fosfor (kaltsiy gidrofosfati shaklida)70 mg
mis (mis sulfati shaklida)1 mg
kaliy (kaliy sulfati shaklida)2 mg
marganets (marganets sulfati shaklida)1 mg
rux (rux sulfati shaklida)1 mg
O‘simlik komponentlari
kontsentratsiyalangan jenshen ekstrakti40 mg
changlar50 mg
soya letsitini 45%32 mg
Aminokislota
L-lizin gidroxloridi5 mg
yordamchi moddalar kaltsiy L-askorbati, bug‘doy kurtaklari moyi, soya, gidrogenlangan soya moyi, qisman gidrogenlangan o‘simlik moyi, asalari mumi.
kapsula qobig‘ining tarkibi jelatin, glitserin, tozalangan suv, anidrisorb, natriy etilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, temir (II, III) oksidi, temir (III) oksidi, temir (II) oksidi, titan dioksidi, qizil koshinel 62,5%, etilvanilin.
Ta'rifi sarg‘ish-jigarrang rangli bir xil suyuq massa saqlovchi uzunchoq sariq/to‘q-jigarrang rangli kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.
ATX kodi A11AA
Farmakologik hususiyatlari
Rotavit Royal normal modda almashinuvi, organizmning o‘sishi va rivojlanishi, kasalliklardan va tashqi muhitning zararli omillaridan himoya qilish, barcha hayotiy muhim faoliyatlarni ishonchli ta'minlash uchun zarur bo‘lgan vitaminlar va mineral moddalarning majmuasidir, shuningdek turli kasalliklarga nisbatan organizmning qarshiligini oshiradi.
Vitaminlar biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning katalizatorlari va boshqaruvchilari sifatida moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
Mineral moddalar odam organizmidagi almashinuv jarayonlari uchun hayotiy zarur elementlar hisoblanadi. Organizmning xujayra va to‘qimalarini tuzilishida, ferment tizimlarini faoliyatida ishtirok etadi.
Liofilizatlangan asalari suti – tarkibida aminokislotalar, V guruh vitaminlarining majmuasi, shu jumladan pantotenat, folat kislotasini saqlovchi, modda almashinuvini kuchaytiruvchi va kuchli qon yaratuvchi ta'sirga ega bo‘lgan, organizm tomonidan oson o‘zlashtiriladigan tabiiy asalari mahsulotidir.
Dimetilaminoetanol bitartrati atsetilxolinni ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, o‘rganish qobiliyatini oshiradi, xotirani yaxshilaydi (yoki keksa odamlarda uni yo‘qotilishini kamaytiradi). Antioksidant ta'sirga ega.
A vitamini oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, oqsillar sintezini boshqarishda qatnashadi, normal moddalar almashinuviga, xujayra va subxujayra membranalarini faoliyatiga yordam beradi; yangi xujayralarni o‘sishi uchun zarur, qarish jarayonini sekinlashtiradi.
V1 vitamini organizmni o‘sishi va rivojlanishini ta'minlovchi xujayraning energetik manbai bo‘lib, aqliy va jismoniy ish qobiliyatni oshiradi, detoksikatsion ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek nerv to‘qimasining metabolizmini yaxshilaydi. Tiamin, ayniqsa nerv va mushak to‘qimalarida uglevodlar va energiya almashinuvida muhim rol o‘ynaydigan qator fermentlarning kofermentlarini hosil qilishda qatnashadi. Tiaminni yetishmovchiligi beri-beri (spetsifik polinevrit) va Vernike (polinevrotik psixoz) sindromlarini rivojlanishiga olib keladi.
V2 vitamini hujayralarni nafas olishi va ko‘rish jarayonlarini muhim katalizatori hisoblanadi. Riboflavin, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarib, oqsil, yog‘ va uglevodlarlar almashinuvida ishtirok etadi, DNKni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, gemoglobinni sintezida qatnashadi, to‘qimalarni (shu jumladan, teri xujayralari) regeneratsiyasi jarayonlariga, xujayralarda trofik buzilishlarni to‘g‘rilanishiga yordam beradi.
V5 vitamini A kofermentining (fermentlarning faolligini namoyon bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan nooqsil tabiatga ega organik birikma) tarkibiga kiradi. Atsetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Uglevodlar va yog‘lar almashinuvida hamda atsetilxolin sintezida qatnashadi.
V6 vitamini aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, qonda glyukozaning darajasini boshqaradi, qalqonsimon bezi, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning faoliyatini normallashtiradi, miya to‘qimalarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nerv tizimini mustahkamlaydi, antidepressant hisoblanadi.
V9 vitamini to‘qimalarni o‘sishi, rivojlanishi va proliferatsiyasi jarayonlarini normal kechishi uchun, xususan, qon yaratilishi va embriogenoz uchun, zarurdir, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, me'dada xlorid kislotasini ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
V10 vitamini ichak florasini faollashtiradi, bu folat kislotasini ishlab chiqarilishiga olib keladi, u esa o‘z navbatida katta miqdorda pantoten kislotasini ishlab chiqaradi. Oqsilni o‘zlashtirilish jarayonida, shuningdek xujayralarni kislorod bilan ta'minlovchi qizil qon tanachalarini ishlab chiqarilishida qatnashadi.
V12 vitamini immunomodulyatsiya qiluvchi, allergiyaga qarshi, antiaterosklerotik ta'sirlarga ega, arterial bosimni normallashtiradi, nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi, reproduktiv faoliyatni yaxshilaydi, ishtahani oshiradi. V12 vitamini turli aminokislotalarni sintezida qatnashadi, jigar, nerv tizimini faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, qon ivish jarayonlarini, uglevodlar va lipidlar almashinuvini faollashtiradi.
D3 vitamini ingichka ichakda kaltsiyni so‘rilishini oshiradi, kaltsiyni bog‘lovchi oqsillar sintezini rag‘batlantirib, buyrak naychalarida kaltsiyni reabsorbtsiyasini oshiradi. D3 vitamini I tur kollagen va matritsa oqsillari sintezini oshirish yo‘li bilan osteoblastlarning sintezini faollashtirish orqali, suyak to‘qimasini qayta shakllantirish jarayonlarini faollashtiradi. Qalqonsimon bezi, qalqonsimon bezi oldi bezlari, jinsiy bezlarning funktsional holatiga ta'sir etib, skelet suyaklarining kaltsifikatsiyasini ta'minlaydi.
Ye vitamini antioksidant modda bo‘lib, xujayralarni shikastlanish va qarishdan himoya qiladi, erkin radikallarni hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, mushak faoliyati va jinsiy bezlarning faoliyatini rag‘batlantiradi, xujayralararo moddani, biriktiruvchi to‘qimaning tolalarini, qon-tomirlarning, ovqat hazm qilish yo‘llarining silliq mushaklarini shakllanishida qatnashadi.
RR vitamini hujayralarning nafas olishida va oqsillar almashinuvida qatnashadigan, yuqori nerv faoliyati va ovqat hazm qilish a'zolari faoliyatini boshqaradigan fermentlarning tarkibiga kiradi.
N vitamini aminokislotalar va yog‘ kislotalari almashinuvini boshqaruvchi fermentlarning tarkibiga kiradi.
Temir – eritropoezni rag‘batlantiruvchi mikroelement. Gemoglobin, mioglobin va turli fermentlarning tarkibiga kiradi; kislorodni qaytar bog‘laydi va qator oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida qatnashadi; qon yaratilish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Temir tuzlar ko‘rinishida qo‘llanganida organizmda uning tanqisligini tez to‘ldirilishi kuzatiladi.
Kaltsiy organizmning normal hayot faoliyatini ta'minlash uchun almashtirib bo‘lmaydigan ozuqa makroelementdir. Kaltsiy (fosfor bilan birga) suyak to‘qimasining asosini tashkil qiladi, qator muhim fermentlarning faoliyatini faollashtiradi, organizmda ionlar muvozanatini tutib turishda qatnashadi, nerv-mushak va yurak qon-tomir tizimlarida ro‘y beradigan jarayonlarga ta'sir qiladi.
Fosfor – oqsillar, nuklein kislotalari va suyak to‘qimasiga kiruvchi muhim elementdir. Fosfor birikmalari energiya almashinuvida ishtirok etadi (adenozintrifosfat kislotasi va kreatin fosfat energiya akkumulyatorlari hisoblanadi), mushak va aqliy faoliyat, organizmning hayot faoliyati ularning aylanishlari bilan bog‘liq. Fosfor yurak va buyraklarning faoliyatiga ta'sir etmaydi.
Mis organizmda anabolik jarayonlarga yordam beradi, ayrim fermentlar (tsitoxromoksidaza, tirozinaza va boshqalar) ning faoliyatida, teri, sochlar va ko‘zlarning pigmentini, gemoglobinni sintezida qatnashadi, ichki sekretsiya bezlarining faoliyatiga ta'sir qiladi.
Kaliy qonning kislota-ishqor muvozanatini boshqaradi. Nerv impulslarini o‘tkazilishida qatnashadi, qator fermentlarning ishini, yurak mushagining ishini faollashtiradi, teri va buyraklarning ishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Kaliy ortiqcha natriyning noxush ta'sirlariga qarshi himoya ta'siriga ega, qon bosimini normallashtiradi.
Marganets yog‘larning normal metabolizmi uchun, suyak va biriktiruvchi to‘qimani tuzilishi uchun, xolesterin va nukleotidlar (DNK) sintezi uchun zarurdir.
Rux odam organizmida 80 dan ortiq fermentlarning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi, u eritrotsitlar va qonning boshqa shaklli elementlarini hosil bo‘lishi uchun zarur. Ko‘rish jarayonining fotokimyoviy reaktsiyalarida, ichki sekretsiya bezlarining faoliyatida qatnashadi.
Jenshenning kontsentratsiyalangan ekstrakti – markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta'sirga ega bo‘lgan tabiiy komponentdir.
Gul changi – oqsillar, almashtirib bo‘lmaydigan erkin aminokislotalarning to‘liq to‘plami, vitaminlar, shuningdek turli gormonsimon moddalarni saqlovchi tabiiy kontsentratdir.
45% soya letsitini – organizm uchun o‘ta muhim fosfolipidli majmuadir. Oksidlanish jarayonlarini tezlashtiradi, yog‘larning normal almashinuvini ta'minlaydi, miya va yurak qon-tomir tizimining ishini yaxshilaydi, zaharli moddalarning ta'siriga organizmning qarshiligini oshiradi, safro ajralishini va eritrotsitlar hamda gemoglobin hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi.
L-lizin gidroxloridi – to‘qimalarning o‘sishi, tiklanishi, antitelolar, gormonlar va fermentlarni ishlab chiqarilishi uchun zarur bo‘lgan aminokislotadir.
Qo‘llanilishi
• gipovitaminozni, minerallar yetishmovchiligini oldini olish va davolash;
• almashinuv jarayonlarini me'yorlashtirish;
• o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi, shu jumladan operatsiyadan keyingi sog‘ayish davri;
• yuqori jismoniy va aqliy ish faoliyati;
• stress oqibatlarini oldini olish;
• astenik holatlar fonida erkaklarda potentsiyani pasayishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rotavit Royal ichga, kuniga yoki kunora 1 kapsuladan 2-3 hafta davomida, ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar, uyquni buzilishi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan qolatlar
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• gipervitaminoz;
• tirishish holatlari;
• yuqori qo‘zg‘aluvchanlik;
• organizmda temirni ortiqcha to‘planishi;
• homiladorlik va laktatsiya davri;
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tarkibi
ga alyuminiy, kaltsiy, magniy, shuningdek kolestiramin kiruvchi antatsid preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, Rotavit Royal preparatining tarkibiga kiruvchi temirni so‘rilishini kamayishi ro‘y beradi.
Preparat tiazid diuretiklar bilan birga qo‘llanganida giperkaltsiyemiyani rivojlanish xavfi oshadi.
Rotavit Royal analeptiklarning (kofein, kamfora va boshq.) ta'sirini kuchaytiradi va MNT faoliyatini susaytiruvchi vositalar, shu jumladan barbituratlar, trankvilizatorlar, tirishishga qarshi vositalarning antagonisti hisoblanadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni kunning ikkinchi yarmida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Rotavit Royal preparatini qabul qilish vaqtida, dozani oshirib yuborilishini oldini olish maqsadida, boshqa polivitamin preparatlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak.
Preparatni qandli diabeti bo‘lgan bemorlar ham qabul qilishlari mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza to‘satdan oshirib yuborilganida patsiyent shifokorga murojaat qilishi kerakligi to‘g‘risida xabardor qilingan bo‘lishi kerak.
Davolash zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Yumshoq jelatin kapsulalar. 10 kapsula blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Rotafarm Limited», Buyuk Britaniya
(«Rotapharm Limited» Great Britain).
Ishlab chiqarilgan
«Sediko Farmasyutikal Ko.»,
Birinchi sanoat zonasi, Siks ov Oktober Siti - Misr.
«Sedico Pharmaceutical Co.»,
First Industrial Zone, 6th October City, Egypt
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.