Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tiotriazolin amp. 25mg/ml 4ml №10 MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Дозировка
25 мг/мл 2 мл
Производитель
MERRYMED FARM, Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tiotriazolin®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tiazot kislotasi
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda tiazot kislotasini morfoliniyen tuzi, 100% moddaga qayta hisoblanganda – 25 mg, 16,6 mg tiazot kislotasiga ekvivalent;
yordamchi moddalar in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish tusli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik jarayonlarini muvofiqlantiruvchi vosita.
ATX kodi S01EV.
Farmakologik xususiyatlari
Tiazot kislotasining farmakologik samarasi ishemiyaga qarshi, membranani barqarorlashtiruvchi, antioksidant va immunmodulyatsiya ta'siri bilan bog‘liq.
Preparatning ta'siri anaerob glikolizni kompensator faollashishini kuchaytirishi va Krebs siklida ATF xujayra ichki zahirasini saqlanishi bilan oksidlanish jarayonlarini faollashtirishi hisobiga amalga oshiriladi. Tiazot kislotasi molekulasining tarkibida oksidlanish-qaytarilish xususiyatlari xarakterli bo‘lgan oltingugurt tiolining va ortiqcha vodorod ionlarini bog‘lovchi uchlamchi azotning mavjudligi, antioksidant tizimini faollashishini ta'minlaydi. Tiol guruhining kuchli qaytaruvchi xususiyatlari kislorodning faol shakllari va lipid radikallari bilan reaktsiyani chaqiradi. Antiradikal fermentlar – superoksiddismutaza, katalaza va glutationperoksidazani qayta faollashishi kislorodning faol shakllarini kuchayishini oldini oladi.
Tiazot kislotasining ta'siri miokardning ishemiyaga uchragan sohalarida lipidlarning oksidlanish jarayonlarini tormozlanishiga, miokardning katexolaminlarga sezuvchanligini kamayishiga, yurakning qisqaruvchanlik faoliyatini kuchayib boruvchi susayishini oldini olishga, turg‘unlashishiga va muvofiq nekroz o‘chog‘ini va miokardning ishemiyasini kamayishiga olib keladi. Qonning reologik xususiyatlarini yaxshilanishi fibrinolitik tizimini faollashishi hisobiga amalga oshiriladi. Miokardda metabolizm jarayonlarini yaxshilanishi, uning qisqaruvchanlik qobiliyatini oshishi, yurak ritmini normallashishiga yordam berishi, yurak ishemik kasalligining turli shakllari bo‘lgan bemorlarni davolash uchun tiotriazolinni buyurish imkonini beradi.
Preparatni kardiologiyada qo‘llash bilan parallel holda, uning yuqori gepatoprotektor xususiyatlarini hisobga olib, tiazot kislotasi jigar kasalliklari va boshqa ichki kasalliklarni davolashda qo‘llanadi. Preparat gepatotsitlarni parchalanishini oldini oladi, yog‘li infiltratsiya darajasini va jigarning markaziy lobulyar nekrozini tarqalish darajasini kamaytiradi, gepatotsitlarning reparativ regeneratsiyasi jarayonlariga yordam beradi, ularda oqsil, uglevod, lipid va pigment almashinuvini normallashtiradi. Safroning sintezi va chiqarilish tezligini oshiradi, uning kimyoviy tarkibini normallashtiradi.
Farmakokinetikasi
Qon plazmasidagi tiazot kislotasining maksimal kontsentratsiyasiga mushak ichiga yuborishda – 0,84 soatdan keyin, vena ichiga yuborishda – 0,1 soatdan keyin erishiladi. Qon oqsillari bilan bog‘lanishi 10% dan oshmaydi. Tiazot kislotasi asosan buyraklarda – 31% to‘planadi. U ahamiyatli miqdorda yo‘g‘on ichakda, yurakda, taloqda to‘planadi, eng kam hollarda – ingichka ichak va o‘pkada (1-2%) to‘planadi.
Qo‘llanilishi
Yurak ishemik kasalligi stenokardiya, miokard infarkti, infarktdan keyingi kardiosklerozni majmuaviy davolashda; yurak aritmiyalarini davolashda to‘ldiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Surunkali gepatit, alkogolli gepatit, jigar fibrozi va sirrozini majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Miokard infarkti, tinch holatdagi stenokardiyada Tiotriazolin® birinchi 5 kun davomida vena ichiga asta-sekin 2 ml/min tezlikda 4 ml dan 25 mg/ml eritma (100 mg) kuniga 1 marta yoki minutiga 20-30 tomchi tezlikda (25 mg/ml 0,9% li natriy xloridi eritmasi 150-250 mlda suyultiriladi) tomchilab yuboriladi yoki mushak ichiga 4 ml dan
25 mg/ml eritma (100 mg dan) sutkada 2-3 marta buyuriladi.Davolash kursi 14 sutkani tashkil qiladi.
Zo‘riqish stenokardiyasi va tinch holatdagi stenokardiyada va infarktdan keyingi kardiosklerozda Tiotriazolin® mushak ichiga 25 mg/ml eritma 2 ml dan sutkada 3 marta yuboriladi. Davolash kursi 20-30 kunni tashkil qiladi.
Jarayoni yaqqol faollik darajasidagi surunkali gepatitda Tiotriazolin® birinchi 5 kun mushak ichiga 25 mg/ml eritma 2 ml dan (50 mg dan) sutkada 2-3 marta yoki vena ichiga asta-sekin 25 mg/ml eritma 4 mldan (100 mg) 2 ml/min tezlikda sutkada 1 marta, yoki tomchilab minutiga 20-30 tomchi tezlikda (2 ampula 25 mg/ml eritmasi 0,9% li natriy xloridi eritmasini 150-200 mldaeritiladi). Davolashni 5-chi kundan 20-chi kungacha Tiotriazolin® tabletkada (sutkada 3 marta 100 mg dan) buyuriladi.
Minimal va o‘rtacha faollik darajasidagi surunkali gepatitda Tiotriazolin® sutkada 3 marta 25 mg/ml eritmasi mushak ichiga 2 mldan buyuriladi. Davolash kursi 20-30 kunni tashkil qiladi.
Jigar sirrozida davolash kursi 60 kunni tashkil qiladi. Davolash 25 mg/ml eritma 2 ml dan (50 mg dan) kuniga 3 marta 5 kun davomida mushak ichiga yuborishdan boshlanadi, so‘ngra davolash tabletkalar (100 mg dan kuniga 3 marta) yordamida davom ettiriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat, odatda, yaxshi o‘zlashtiriladi. Yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda
teri va teriosti to‘qimasi tomonidan qichishish, teri giperemiyasi, teri toshmalari, eshakemi hollari bo‘lishi mumkin;
immun tizimi tomonidan boshqa preparatlarni qabul qilish fonida eshakemi va angionevrotik shishning ayrim hollari paydo bo‘lishi mumkin;
boshqalar isitma, etni uvishishi va yuborilgan joyida o‘zgarishlar.
Alohida patsiyentlarda, asosan keksa yoshli, xususan boshqa preparatlarni qabul qilish fonida juda kam uchraydigan hollari ta'riflangan
markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan umumiy holsizlik, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, bosh og‘rig‘i;
yurak-qon tomir tizimi tomonidan taxikardiya, arterial gipertenziya, arterial qon bosimini pasayish hollari;
me'da-ichak yo‘llari tomonidan dispeptik ko‘rinishlar, shu jumladan og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qorinni dam bo‘lishi, qusish;
nafas tizimi tomonidan hansirash va bo‘g‘ilish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tiazot kislotasiga yuqori sezuvchanlik; o‘tkir buyrak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tiotriazolin®ni yurak ishemik kasalligini davolashda qo‘llanadigan bazis vositalar bilan majmuada qo‘llash mumkin. Preparat muvofiq etiologiyali gepatitlarni an'anaviy davolash usullari bilan birga buyurish mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi.
Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llashning tajribasi yetarli emas.
Bolalar.
Bolalarda qo‘llashning tajribasi yetarli emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Avtotransport vositalarini boshqarish va boshqa murakkab mexanizmlar bilan ishlashda markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida siydikda natriy va kaliyning kontsentratsiyasi oshadi. Bunday hollarda preparatni bekor qilish kerak.
Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
2 ml dan ampulalarda, 10 ampuladan kontur uyali o‘ramda, 1 kontur uyali o‘ramdan qutida.
4 ml dan 5 ml sig‘imli ampulalarda, 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda, 2 kontur uyali o‘ramdan qutida.
Saqlash sharoiti
Orinigal o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Galichfarm” JAJ.
Ukraina, 79024, Lvov sh., Oprishkovskaya ko‘ch., 6/8.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.