Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tivortin Aspartat oral eritma 200mg/ml 100ml
Nomi | Narx | |||||
Тивортин аспартат р-р оральный 200мг/мл 100мл (BN223/1-1##1981) |
UZS 149 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Тивортин аспартат р-р оральный 200мг/мл 100мл (BN223/1-1##2033) |
UZS 149 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Тивортин аспартат р-р оральный 200мг/мл 100мл (BN223/1-1##2 041) |
UZS 161 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Тивортин аспартат р-р оральный 200мг/мл 100мл (BN403/1-1##2 073) |
UZS 161 400
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
L-Аргинин
Страна производитель
Украина
Дозировка
100 мл
Производитель
ООО "Юрия Фарм", Украина
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор оральный
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tivortin® Aspartat
Ta'sir etuvchi modda (XPN) L-arginin aspartati
Dori shakli
oral eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 200 mg L-arginin aspartati;
yordamchi moddalar sorbit (E 420), natriy saxarini (E 954), metilparagidroksibenzoat (E 218), propilparagidroksibenzoat (E 216), «Karamelь» ozuqa aromatizatori, tozalangan suv.
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 42 mg arginin gidroxloridi (100 ml eritmada 20 mmolь arginin va 20 mmolь xloridlar saqlanadi).
Ta'rifi biroz sarg‘ish rangli karamelь xidli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Boshqa kardiologik preparatlar. Aminokislotalar.
ATX kodi S01E.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Tivortin® aspartat antigipoksik, sitoprotektor, antioksidant, dezintoksikatsion, membranani barqarorlovchi ta'sir ko‘rsatadi. Ammiakni neytralizatsiya qilish jarayonlarida va uni organizmdan chiqarilishini rag‘batlantirilishida muhim rolь o‘ynaydi, jigarning dezintoksikatsion faoliyatini kuchaytiradi. Gepatoprotektor ta'sir ko‘rsatadi, gepatotsitlarda energiya bilan ta'minlash jarayonlariga ijobiy ta'sir qiladi.
Azot oksidi donatori kabi, Tivortin® aspartat organizmni energiya bilan ta'minlanish jarayonlarida ishtirok etadi, qon tomirlar endoteliysiga trombotsitlar va leykotsitlar adgeziyasi va faollashtiruvini kamaytiradi, aterosklerotik blyashkalarning hosil bo‘lishi va rivojlanishini oldini oladi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga kirishadi. Preparat o‘rtacha anabolik ta'sir ko‘rsatadi, ayrisimon bez faoliyatini rag‘batlantiradi, jismoniy zo‘riqish vaqtida qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi va insulin sinteziga yordam beradi, kislota-ishqor muvozanatini to‘g‘rilanishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Tekshirilmagan.
Qo‘llanilishi
Yurak ishemik kasalligi, bosh miya va yurak qon tomirlari aterosklerozi, arterial gipertenziya, periferik qon tomirlar aterosklerozi, diabetik angiopatiyalar, o‘tkazilgan o‘tkir miokard infarkti va bosh miya qon aylanishini o‘tkir buzilishidan keyingi holatlarda, miokardiopatiyalar, surunkali yurak yetishmovchiligi, giperxolesterinemiya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, interstitsial pnevmoniya, idiopatik o‘pka gipertenziyasi, surunkali postembolik o‘pka gipertenziyasi, giperamoniyemiya chaqirgan jigar entsefalopatiyasi, gipoksik va astenik holatlar, ayrisimon bezi faoliyatini pasayishida immunokorrektsiyani majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ovqat vaqtida ichga qabul qilinadi. Kattalarga yurakning ishemik kasalligida, yurak va bosh miya qon tomirlari aterosklerozida, periferik qon tomirlar aterosklerozida, diabetik angiopatiyada sutkada 5 ml dan 3-8 marta (1 o‘lchov qoshig‘i – 1 g preparatga to‘g‘ri keladi). Giperxolesterinemiyada, o‘tkazilgan o‘tkir miokard infarkti va bosh miyada qon aylanishini buzilishidan keyingi holatlarda, arterial gipertenziyada sutkada 5 ml dan 3-6 marta. O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida, interstitsial pnevmoniyada, idiopatik o‘pka gipertenziyasida, surunkali postembolik o‘pka gipertenziyasida sutkada5 ml dan 3-6 marta. Turli etiologiyali o‘tkir va surunkali gepatitlarda, jigar yetishmovchiligida, giperamoniyemiya chaqirgan jigar entsefalopatiyasida sutkada 5 ml dan – 3-6 marta. Gipoksik va astenik holatlarda, ayrisimon bezi faoliyatini pasayishidagi immunokorrektsiyada sutkada 5 ml dan 4-8 marta. Maksimal sutkalik doza – 8 g. Davolash kursining davomiyligi – 8-15 kun; zarurati bo‘lganida davolash kursi takrorlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kamdan-kam hollarda – me'da va ichakda yengil diskomfort hissi, preparat bevosita qabul qilinganidan keyin o‘z-o‘zidan yo‘qoluvchi ko‘ngil aynishi. Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Preparat Ye216 va Ye218 kabi yordamchi moddalar saqlanganligi sababli allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin (sust rivojlngan bo‘lishi mumkin) va ayrim hollarda bronxospazm.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Yuqori sezuvchanlik, buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlari.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Arginin aspartat aminofillin bilan birga qo‘llanganida qonda insulin miqdori oshishiga, spironolakton arginin bilan qo‘llanganida qonda kaliy miqdori oshishiga olib kelishi mumkinligini inobatga olish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Elektrolitlar almashinuvini buzilishlarida, buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat qo‘llanganida, dam olish va uyquni muvozanatlangan tartibiga rioya qilish, alkogolь va nikotin, psixostimulyatorlardan voz kechish kerak. Agar preparatni qabul qilish fonida asteniya simptomlari rivojlansa, davolashni to‘xtatish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Preparat yo‘ldosh orqali o‘tadi, shuning uchun homiladorlik davrida ona uchun kutilgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Preparatni emizish davrida qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Bolalar
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, gipoglikemik holat.
Davolash yuqoridagi holatlar kuzatilganida preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak. Me'dani yuvish, sorbentlar qabul qilish ko‘rsatilgan. Antidoti mavjud emas. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
100 ml, 200 ml dan plastik flakonlarda. 1 flakondan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon ochilganidan keyin yaroqlilik muddati – 14 sutka.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Yuriya-Farm» MChJ
Manzili
18030, Ukraina, Cherkassi sh., Verbovetskogo ko‘ch., 108.
Tel. +38 (044) 281-01-01.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.