Siydik haydovchi vositalar: qo‘llanilishi, tasnifi va turlari
Siydik haydovchi vositalar siydik hosil bo‘lish tezligini oshirish uchun ishlatiladigan diuretiklar turkumiga kiradi.
Qo‘llanilishi
Siydik haydovchi vositalarni qabul qilish bemorda yurak va tomirlar, ichki a’zolar kasalliklari, shish paydo bo‘lganda zarur. Bunday hollarda shishga qarshi siydik haydash dori vositalari eng samarali hisoblanadi.
Preparatlarning bu sinfi vaznni kamaytirish uchun ham qo‘llaniladi. Ozish uchun siydik haydovchi tabletkalarni qabul qilish tibbiy ko‘rsatmalar bilan asoslanishi kerak: yurak va qon-tomir, buyrak kasalliklari mavjudligi va boshqalar.
Aksariyat dorixonalar ozish uchun siydik haydovchi dorilarni retseptsiz tarqatishiga qaramay, bu dorilarni qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish kerak. Optimal dozani faqat shifokor belgilashi mumkin. Nomuvofiq siydik haydovchi vositalarni qabul qilish va noto‘g‘ri dozalash bir qator yondosh patologiyalarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, bu esa butun organizmning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tasnifi va turlari
Ta’sir darajasi va ko‘rsatiladigan samaradorlikka qarab:
- kuchli siydik haydovchi vositalar - shishni yo‘qotish uchun qo‘llaniladi, asosan ukol va tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi;
- o‘rtacha kuchdagi siydik haydovchi vositalar - surunkali yurak yetishmovchiligi, buyrak va jigar kasalliklari bilan bog‘liq shishlarda siydik haydovchi vositalar;
- kaliy saqlovchi dori vositalari - qandli diabet, podagra va boshqa patologiyalarda qo‘llanadi;
- karboangidraza ingibitorlari - bosh miya jarohatlari tufayli yuzaga kelgan qon bosimida siydik haydovchi vositalar;
- osmotik - bosh miya shishlarida siydik haydovchi preparatlar, asosan degidratatsion terapiya uchun qo‘llaniladi.
Tarkibiga ko‘ra, dorilar quyidagicha farqlanadi:
- O‘simlik asosidagi medikamentlar.
- Sintetik vositalar.
- Kombinatsiyalangan preparatlar.
Ular eritmalar, tabletkalar, inyeksiya ampulalari, kapsulalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
Toshkentda siydik haydovchi dori vositalarini sotib olish
Eng sifatli siydik haydovchi preparatlarni PharmaClick.uz internet-dorixonasida eng maqbul narxlarda topish va xarid qilish mumkin. Bizda arzon va xavfsiz siydik haydovchi vositalarning ko‘plab variantlari mavjud. Qidiruv panelida kerakli dori nomini kiriting va tavsiya etilgan dorilar ro‘yxatidan to‘g‘ri keladiganini tanlang. Siz dori-darmonlarni poytaxtning istalgan nuqtasiga yetkazib berish imkoniyati bilan darhol buyurtma qilishingiz yoki band qilib qo’yishingizmumkin. Shuningdek, biz buyurtmalarni O‘zbekistonning boshqa shaharlaridagi hamkor dorixonalarga ham yetkazib beramiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.