Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Diakarb tab. 250 mg №30
Nomi | Narx | |||||
Диакарб таб. 250мг №30 (20923##2 202) |
UZS 87 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Диакарб таб. 250мг №30 (31123##2 248) |
UZS 89 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ацетазоламид
Страна производитель
Польша
Дозировка
250 мг
Производитель
Фармацевтический завод «Polpharma», АО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Diakarb®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) atsetazolamid
Dori shakli
tabletkalar 250 mg
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda atsetazolamid 250 mg
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, povidon, kroskarmellozaning natriyli tuzi, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
Ta'rifi oq rangli, dumaloq, ikkiyoqlama qavariq tabletkalar
Farmakoterapevtik guruhi
glaukomaga qarshi preparatlar va miotiklar; karboangidraza ingibitorlari.
ATX kodi S01EC01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Atsetazolamid kuchsiz diuretik faollikka ega bo‘lgan karboangidrazaning kuchli ingibitoridir. Ta'sir mexanizmi karbonat kislotasidagi Na+ va N+ ionlarining ajralib chiqishini bostirishi bilan bog‘liq. Karboangidraza faolligini atsetazolamid tomonidan susaytirilishi (ingibitsiya qilinishi) nefronning proksimal naychasida ko‘mir kislotasining sintezini bostiradi. Na+ ionlarining o‘rnini egallash uchun zarur bo‘lgan N+ ionlarining manbai bo‘lgan karbonat kislotasining yetishmovchiligi, buyraklar tomonidan natriy va suvni chiqarilishini oshiradi. Nefronning distal qismida atsetazolamidning ta'siri oqibatidagi katta miqdorda natriyni chiqarilishi natijasida, Na+ ionlarini o‘rnini K+ ionlarini egallashi oshadi, bu kaliyni katta yo‘qotilishiga va gipokaliyemiyaga olib keladi. Atsetazolamid bikarbonatlarni chiqarilishini oshiradi, bu metabolik atsidozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Atsetazolamid siydik bilan fosfatlar, magniy, kaltsiyni chiqarilishini chaqiradi, bu ham metabolik buzilishlarga olib kelishi mumkin.
Qo‘llash boshlanganidan keyin 3 kun o‘tgach, atsetazolamid o‘zining diuretik xususiyatlarini yo‘qotadi. Davolashdagi bir necha kunlik tanaffusdan keyin qaytatdan buyurilgan atsetazolamid, karboangidrazaning normal faolligi tiklanganligi tufayli, diuretik ta'sirini qaytadan boshlaydi.
Atsetazolamidning ekstrarenal ta'siri glaukomani davolash uchun ishlatiladi. Kipriksimon tananing karboangidrazasini susayishi ko‘zning oldi kamerasi suyuqligining sekretsiyasini kamaytiradi, bu ko‘z ichki bosimini pasaytiradi.
Preparat tutqanoqni davolashda yordamchi vosita sifatida qo‘llanadi. Nerv xujayralaridagi karboangidrazani susaytirishi patologik qo‘zg‘aluvchanlikni tormozlaydi.
Atsetazolamid likvordinamik buzilishlar va bosh miya ichki gipertenziyasini davolash uchun qo‘llanadi. Preparat bosh miyada xususan, bosh miya qorinchalarining nerv chigallarida orqa miya suyuqligini ishlab chiqarilishini kamaytirib, karboangidrazaning faolligini susaytiradi.
Atsetazolamid kislota-ishqor holatini metabolik atsidoz tomonga o‘zgartiradi, bu nafasni buzilishlarini davolash uchun, shu jumladan uyqudagi markaziy genezli apnoe sindromini davolash uchun ishlatiladi.
Farmakokinetikasi
Atsetazolamid me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. 500 mg dozada ichga qabul qilinganidan keyin plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi (12-27 mkg/ml) ga 1-3 soatdan so‘ng erishiladi. Yuborilgan vaqtdan boshlab, minimal kontsentratsiyalarda qonda 24 soat davomida tutib turiladi. Atsetazolamid yo‘ldosh orqali o‘tadi, oz miqdorda ko‘krak sutiga kiradi. To‘qimalarda to‘planmaydi va organizmda metabolizmga uchramaydi. Buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng qabul qilingan dozaning taxminan 90 % 24 soat davomida siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-yurak yetishmovchiligidagi yoki dori vositalarini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan shishlar
-surunkali ochiq burchakli glaukoma, ikkilamchi glaukoma, yopiq burchakli glaukoma (ko‘z ichki bosimini pasaytirish uchun operatsiyadan oldingi qisqa muddatli davolashda va yopiq burchakli glaukomaning o‘tkir xurujini qo‘zg‘atuvchi oftalmologik muolajalardan oldin)
-tutqanoq (tutqanoqqa qarshi boshqa vositalar bilan majmuada) – bolalarda kichik tutqanoq xurujlarida (petit mal) va kattalarda katta xurujlarida (grant mal), aralash shakllarida
-balandlikka ko‘tarilish bilan bog‘liq kasallik (preparat iqlimga moslashish vaqtini qisqartiradi, lekin kasallikning ko‘rinishlariga uning ta'siri juda oz)
-bosh miya ichki bosimini oshishi (xavfsiz bosh suyagi ichki bosimi gipertenziyasi, qorinchalar shuntlanganidan keyingi bosh miya ichki bosimi gipertenziyasi)
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga qabul qilinadi. Preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilgan hollarda, navbatdagi qabulda doza oshirilmaydi.
Glaukoma
Preparatning dozasi ko‘z ichki bosimining kattaligiga muvofiq shaxsiy ravishda belgilanadi
Ochiq burchakli glaukoma 250 mg (1 tabletka) sutkada 1-4 marta buyuriladi.
1000 mg (4 tabletka) dan ortiq dozalar terapevtik samarani oshirmaydi.
Ikkilamchi glaukoma 250 mg (1 tabletka) dan har 4 soatda buyuriladi.
Ba'zi patsiyentlarda terapevtik samara 250 mg doza (1 tabletka) sutkada 2 marta qo‘llanganidan so‘ng namoyon bo‘ladi (qisqa muddatli davolashda).
Yopiq burchakli glaukomaning o‘tkir xurujlarida boshlang‘ich doza 500 mg (2 tabletka) ni tashkil etadi, so‘ngra dozani sutkada 4 marta 125 mg (1/2 tabletka) gacha yoki 250 mg (1 tabletka) kamaytiriladi.
Tutqanoq
Kattalar uchun dozalash sutkada 250-500 mg bir qabulda 3 kun davomida, 4-nchi kun esa tanaffus qilinadi.
Atsetazolamid tirishishga qarshi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, davolashni boshida 250 mg (1 tabletka) sutkada 1 marta qo‘llanadi, zarurati bo‘lganida doza asta-sekin oshirib boriladi.
Bolalarda dozalash
4-12 oyliklar sutkada 50 mg 1-2 qabul qilishga buyuriladi;
2-3 yoshdagilar sutkada 50-125 mg 1-2 qabul qilishga buyuriladi;
4-18 yosh 125-250 mg bir marta ertalab buyuriladi.
Bolalarda sutkada 750 mg dan ortiq dozada qo‘llash mumkin emas.
Qon aylanishining yetishmovchiligidagi shishlar
Preparatning boshlang‘ich dozasisutkada 1 marta ertalab 250-375 mg (1-1½ tabletka) ni tashkil etadi.
Maksimal diuretik samaraga preparat kunora yoki bir kunlik tanaffus bilan ikki kun ketma-ket qabul qilinganida erishiladi.
Yurak yetishmovchiligini davolashda atsetazolamid umumiy qabul qilingan davolash (masalan, yurak glikozidlari, kaliy preparatlari, natriy miqdori kamaytirilgan parhezni buyurish) fonida buyuriladi.
Dori vositalarini qabul qilish bilan bog‘liq shishlar
250-375 mg (1-1,5 tabletka) sutkada bir marta yoki bir kunlik tanaffus bilan ikki kun ketma-ket buyuriladi.
Balandlikka ko‘tarilish bilan bog‘liq kasallikda
Preparatni sutkada 500-1000 mg (2-4 tabletka) ga teng dozalarda qabul qilish tavsiya etiladi.
Yuqoriga tez ko‘tarilishda - sutkada 1000 mg (4 tabletka) ga teng dozalarda qabul qilinadi.
Preparatni yuqoriga ko‘tarilishdan 24-48 soat oldin qo‘llash lozim. Kasallik simptomlari paydo bo‘lgan holda esa, davolash yana 48 soat davomida yoki, agar zarurati bo‘lsa, undan ham uzoqroq davom ettiriladi.
Bosh miya ichki gipertenziyasi
Atsetazolamidni sutkada 250 mg dozada (1 tabletka) yoki 125-250 mg dozada (1/2-1 tabletka) har 8-12 soatda qo‘llash tavsiya etiladi.
Maksimal terapevtik samaraga 750 mg dozani (3 tabletka) sutkada teng dozalarda qabul qilinganida erishiladi.
Takroriy lyumbal punktsiyalar samarasizligida preparatni 500 mg dozada sutkada 3 marta qo‘llash mumkin.
Atsetazolamid bilan davolash tuz va suvni qabul qilish tartibni cheklash bilan birga olib boriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘proq davolashning boshida quyidagi nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lishi mumkin
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar suv-elektrolit muvozanatini buzilishi va metabolik atsidoz.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar anafilaktik reaktsiyalar, eshakemi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar paresteziyalar, sporadik uyquchanlik va dezoriyentatsiya, periferik falajlik, fotosesibilizatsiya.
Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar o‘tkinchi uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik.
Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari eshitishni buzilishi yoki quloqni shang‘illashi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar ishtahani yo‘qolishi, ta'm sezishni buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar poliuriya, nefrolitiaz, gematuriya, glyukozuriya, buyrak sanchig‘i.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar jigar yetishmovchiligi, jigar sanchig‘i.
Atsetazolamid sulfonamidning hosilasi sifatida, sulfonamidlarga xos nojo‘ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar agranulotsitoz, trombotsitopeniya, leykopeniya va aplastik anemiya, suyak ko‘migini yetishmovchiligi, pantsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar terida toshma, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar isitma.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-qon zardobida natriy va kaliy darajasini kamayishi
-jigar va buyrak faoliyatini buzilishi
-buyrak usti bezi yetishmovchiligi
-giperxloremik atsidoz
-surunkali dekompensatsiyalangan yopiq burchakli glaukoma (uzoq muddatli davolashda)
-preparatning komponentlariga yoki sulfonamidlarga yuqori sezuvchanlik
-Addison kasalligi
-homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Diakarb folat kislotasi antagonistlari, gipoglikemik preparatlar va peroral antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi.
Atsetazolamid va atsetilsalitsil kislotasini bir vaqtda qo‘llash og‘ir atsidozni chaqirishi va markaziy nerv tizimi tomnidan toksik simptomlarni kuchaytirishi mumkin.
Yurak glikozidlari yoki qonning arterial bosimini oshiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash davrida atsetazolamidning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Atsetazolamid fenitoinning metabolizmini o‘zgartirib, uning qon zardobidagi darajasini oshiradi. Atsetazolamidni tirishishga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilayotgan bir necha bemorlarda osteomalyatsiyaning og‘ir shakllari kuzatilgan.
Atsetazolamid va amfetamin, atropin yoki xinidinni bir vaqtda qo‘llash ularning noxush ta'sirlarini kuchaytirishi mumkin.
Atsetazolamid efedrin, karbamazepin, qutbsizlantiruvchi miorelaksantlarning ta'sirini kuchaytirishi, litiyning chiqarilishini oshirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat atsidoz chaqirishi mumkin, shuning uchun o‘pka emboliyasi va o‘pka emfizemasi bo‘lgan bemorlarda ehtiyokorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat siydikning ishqorlanishini chaqiradi.
Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda, giperglikemiyaning yuqori xavfi tufayli, atsetazolamidni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Davolashning boshida va davolash vaqtida muntazam vaqt oraliqlarida qon manzarasi va trombotsitlarning nazorati, shuningdek qon zardobida elektrolitlarning muntazam nazorati tavsiya qilinadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qabul qilish vaqtida patsiyentlar avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab etuvchi mexanizmlar bilan ishlashlari mumkin emas.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari nojo‘ya ta'sirlarning simptomlarini kuchayishi.
Davolash simptomatik. Atsidoz bo‘lganida bikarbonatlar qo‘llanadi. Gemodializ organizmdan atsetazolamidni chiqaradi.
Chiqarilish shakli
Folga blister karton qutida. 30 tabletka (3 blister 10 tabletkadan).
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan past haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«POLFARMA» AJ Farmatsevtik zavodi
Pelplinska ko‘ch. 19, 83-200 Starogard Gdanski, Polsha
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.