Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Furosemid tab. 40mg №50
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фуросемид
Страна производитель
Беларусь
Дозировка
40 мг
Производитель
Борисовский завод, Беларусь
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Furosemid
Ta'sir etuvchi modda (XPN) furosemid (furosemide)
Dori shakli
tabletkalar 40 mg.
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda furosemid – 40 mg,
yordamchi moddalar sut qandi, kartoshka kraxmali, kraxmal 1500 (qisman oldindan jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali), magniy stearati.
Ta'rifi oq rangdan och-sariq tusligacha bo‘lgan, yassi yuzali, faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Yuqori faol diuretiklar. Sulfonamidlar.
ATX kodi C03SA01.
Qo‘llanilishi
Yurak yoki buyrak kasalligi oqibatida kelib chiqqan shishlar.
Jigar kasalligi oqibatida kelib chiqqan shishlarda, odatda kaliyni tejovchi vositalar bilan birga qo‘llaniladi.
Tiazid diuretiklarini qabul qilish mumkin bo‘lmagan surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda arterial gipertenziyada qo‘llanadi. (ayniqsa kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lganda).
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash tartibi
ko‘rsatmalarga, klinik vaziyatga, patsiyentning yoshiga qarab, individual ravishda belgilanadi. Davolash jarayonida dozalash tartibiga diuretik javobning kattaligi va patsiyent holatining dinamikasiga qarab, tuzatish kiritiladi. Ichga qabul qilinadi.
Kattalar. Yurak, buyrak yoki jigar kasalliklari oqibatidagi shishlarda
-o‘rtacha og‘irlikdagi holat kuniga ½-1 tabletka buyuriladi.
-og‘ir holat kuniga 2-3 tabletka 1 yoki 2 marta qabul qilishga, yohud kuniga 3-4 tabletka 2 marta qabulga qilishga buyuriladi.
Arterial bosim oshganida va surunkali buyrak yetishmovchiligida boshqa antigipertenziv vositalar (renin-angiotenzin tizimining antagonistlari) bilan birga, kuniga ½-3 tabletka bir yoki ikki marta qabul qilishga buyuriladi.
Bolalar Shishlarni davolash uchun sutkalik doza 1kg tana vazniga 1-2 mg 1-2 marta qabulga buyuriladi.
Keksa patsiyentlarda qo‘llanishi. Keksa patsiyentlarda dozani tanlash va uni boshqarishni odatda terapevtik dozalar diapozonining past darajasidan boshlab, ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish zarur.
Nojo‘ya ta'sirlari
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial gipotenziya, ortostatik gipotenziya, kollaps, taxikardiya, aritmiyalar.
Nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, mushaklarni kuchsizligi, boldir mushaklarini tirishishlari (tetaniya), paresteziyalar, apatiya, adinamiya, holsizlik, lanjlik, uyquchanlik, ongni chalkashishi.
Sezgi a'zolari tomonidan ko‘rishni va eshitishni buzilishi.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan anoreksiya, og‘izni qurishi, chanqoqlik, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, xolestatik sariqlik, pankreatitni zo‘rayishi.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan oliguriya, siydikni o‘tkir tutilishi (prostata bezining adenomasida), interstitsial nefrit, gematuriya, impotentsiya.
Allergik reaktsiyalar purpura, eshakemi, eksfoliativ dermatit, ko‘p shaklli eritema, vaskulit, nekrozlovchi angiit, terini qichshishi, etni uvishishi, isitma, fotosensibilizatsiya, anafilaktik shok.
Qon yaratish a'zolari tomonidan leykopeniya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, aplastik anemiya.
Suv-elektrolit almashinuvi tomonidan gipovolemiya, degidratatsiya, gipokaliyemiya, giponatriyemiya, gipoxloremiya, gipokaltsiyemiya, gipomagniyemiya, metabolik alkaloz.
Metabolik buzilishlar giperglikemiya, gipoxolesterinemiya, giperurikemiya, glyukozuriya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Furosemidga yoki yordamchi moddalardan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
-o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
-jigar entsefalopatiyasi;
-siydik chiqarish yo‘llarining obstruktsiyasi;
-gipovolemiya yoki degidratatsiya;
-dekompensatsiyalangan giponatriyemiya;
-homiladorlik, emizish;
-litiy bilan majmuada qo‘llash;
-galaktozemiya;
-glyukozo-galaktozani kam so‘rilishi sindromi, laktaza yetishmovchiligi;
-og‘ir buyrak yetishmovchiligida gemodializda bo‘lgan (kretinin klirensi minutiga
30 ml dan kam bo‘lgan) bemorlarda furosemidning ekskretsiyasi asosan safro bilan amalga oshiriladigan, furosemidni to‘planib qolish xavfi sababli gepatit va gepatotsellyular yetishmovchilik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tavsiya qilinmaydi Furosemid va xloralgidratni, aminoglikozid antibiotiklarni birga qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Quyidagilar bilan birga davolashda alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi sisplatin bilan (buyraklarni shikastlanishi), AAF ingibitorlari va angiotenzin retseptorlarining blokatorlari bilan (buyrak yetishmovchiligi), risperidon bilan (keksa patsiyentlarda).
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV), shu jumladan atsetilsalitsil kislotasini bir vaqtda buyurish, furosemidning samarasini pasaytirishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin.
Fenitoin, probenetsid, metotreksat bir vaqtda buyurilganida, ushbu dori vositalarning toksikligini oshishi bilan birga, furosemidning samaradorligi pasayishi mumkin.
Glyukokortikosteroidlar, karbenoksolon, chuchukmiyani katta miqdorda bir vaqtda qo‘llanganda va surgi vositalarini uzoq vaqt qo‘llanganda gipokaliyemiya kuchayishi mumkin.
Arterial bosimni pasaytiruvchi dori vositalarning (antigipertenziv, diuretik va boshqa preparatlar) ta'siri furosemid bilan bir vaqtda ishlatilganida kuchayishi mumkin. Gipoglikemik vositalar va qon tomirlarni toraytiruvchi aminlarning (epinefrin/adrenalin, norepinefrin/noradrenalin) samaradorligini pasayishi, teofillin va kuraresimon vositalarning esa - kuchayishi mumkin.
Furosemid va ayrim sefalosprorinlar bilan yuqori dozalarda bir vaqtda davolanayotgan patsiyentlarda buyrak funktsiyasi yomonlashishi mumkin.
Siklosporin A va furosemid bir vaqtda qo‘llanganida ikkilamchi podagrik artritni rivojlanish xavfi oshishi mumkin.
Furosemidni rentgenokontrast vositalar bilan birga ishlatilganida buyraklar funktsiyasi ko‘proq darajada buzilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dori vositasini tasodifan qabul qilish gipovolemiyaga olib kelishi mumkin.
Gepatotsellyular yetishmovchilikda davolashni elektrolitlarni qa'tiy nazorati ostida, jigar entsefalopatiyasi xavfini hisobga olib, ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak. Zarurat bo‘lganida, davolashni darhol to‘xtatish lozim. Siydik yo‘llarini qisman obstruktsiyasi holatlarida furosemidni qabul qilish siydikni tutilishiga olib kelishi mumkin. Diurezni, ayniqsa furosemid bilan davolashni boshida sinchkov monitoringini ta'minlash kerak. Sulfanilamidlarga va sulfonilmochevina hosilalariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlar furosemidga kesishgan sezuvchanlikka ega bo‘lishlari mumkin.
Tiazid diuretiklar qo‘llanganda fotosezuvchanlik reaktsiyasi holatlari aniqlangan. Fotosezuvchanlik reaktsiyasi paydo bo‘lgan holatlarda furosemidni bekor qilish tavsiya qilinadi. Agar zarurat bo‘lsa terining quyosh nurlari yoki su'niy manbalarning ultrabinafsha nurlanishi ta'siriga uchrashi mumkin bo‘lgan ochiq sohalarini himoyalash tavsiya qilinadi.
Dori vositasi laktoza saqlaganligi tufayli, uni galaktozani o‘zlashtiraolmaydigan, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilish sindromi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Sportchilar. Furosemid antidoping nazoratini o‘tkazishda ijobiy testlarni beradi.
Kurslik davolash fonida arterial bosimni, qon plazmasidagi elektrolitlar (shu jumladan natriy, kaltsiy, kaliy, magniy miqdorini), qoldiq azot, kreatinin, siydik kislotasi miqdorini, kislota-asos holati, jigar funktsiyasini vaqti-vaqtida nazorat qilish va davolashga muvofiq tuzatish kiritishni o‘tkazish kerak. Sulfanilamidlarga va sulfonilmochevina hosilalariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlar furosemidga kesishgan sezuvchanlikka ega bo‘lishlari mumkin.
Furosemid yuqori dozalarda buyurilganida, osh tuzini iste'mol qilishni cheklash maqsadga muvofiq emas. Gipokaliyemiyani oldini olish uchun kaliy preparatlarini va kaliyni tejovchi diuretiklarni bir vaqtda buyurish (eng avvalo spironalaktonni), shuningdek kaliyga boy parhezga rioya qilish tavsiya qilinadi.
Astsiti bo‘lgan bemorlarga jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi fonida dozalash tartibini tanlash statsionar sharoitda o‘tkazilishi kerak.
Buyrak funktsiyasini buzilishlari paydo bo‘lganida yoki kuchayganida davolashni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Qandli diabeti bo‘lgan yoki glyukozaga tolerantligi pasaygan bemorlarda qon va siydikdagi glyukoza darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish talab qilinadi.
Bexush holatdagi, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi, siydik yo‘lini torayishi yoki gidronefrozi bo‘lgan bemorlarda siydik chiqarilishini nazorat qilish kerak.
Uzoq vaqt qabul qilish suvsizlanishga olib kelishi mumkin.
Tarkibi
da laktoza borligi tufayli, tug‘ma galaktozemiyada, glyukoza va galaktozani kam so‘rilishi sindromida, laktaza tanqisligida qo‘llash mumkin emas.
Pediatriya amaliyotida qo‘llanishi
Chaqaloqlarda va chala tug‘ilgan bolalarda furosemidni yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llash nefrokaltsinoz va/yoki nefrolitiazni rivojlanish xavfini oshiradi. Buyrakning ultratovush monitoringi tavsiya qilinadi.
Jigar va buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan shaxslarda qo‘llanishi
O‘tkir buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda qo‘llanmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Birinchi uch oylik davomida, homiladorlikning II-III uch oyliklarida furosemidni hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Laktatsiya davrida ayollarning suti bilan chiqariladi, shuning uchun davolash davrida emizishni to‘xtatish maqsadga muvofiqdir.
Avtomobilni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Yuqori diqqat va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simtomlari arterial bosimni pasayishi, kollaps, shok, gipovolemiya, degidratatsiya, gemokontsentratsiya, aritmiyalar, anuriyali o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, tromboz, tromboemboliya, uyquchanlik, ongni chalkashishi, falajlik, apatiya.
Davolash suv-tuz muvozanati va kislota-asos holatini tuzatish, aylanayotgan qon hajmini to‘ldirish, simptomatik davolash. Maxsus antidoti yo‘q.
Dozani oshirib yuborish belgilari paydo bo‘lganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
10 yoki 25 tabletkadan kontur uyali o‘ramda, 10 tabletkadan 5 kontur uyali o‘ram yoki 25 tabletkadan 2 kontur uyali o‘ram (o‘ramlar №10x5, №25x2) ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan;
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov» ochiq aktsionerlik jamiyati,
Belarus Respublikasi, Minsk vil., Borisov sh., Chapayev ko‘ch., 64,
tel/faks +375(177)735612.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Laxisam” MChJ 100011, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., A.Qodiriy ko‘ch., 25A.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.