Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Gipotiazid tab 25 mg №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гидрохлоротиазид
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
25 мг
Производитель
Sanofi-Aventis Groupe, Франция произведено: Chinoin Pharmaceutical & Chemical Works Private Co. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing. Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing. Ushbu preparat Siz uchun mo‘ljallangan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. Hatto agar ularning kasallik simptomlari Sizda kuzatilayotganga o‘xshasa ham, bu ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.
Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Siz uni yana o‘qib chiqishingiz kerak bo‘lib qolishi mumkin.
Savdo nomi Gipotiazid®/ Hypothiazid®.
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) gidroxlortiazid/hydrochlorothiazide
Dori shakli
tabletkalar.
Tarkibi
Gipotiazid® 25 mg 1 tabletkasi quyidagilarni saqlaydi
Faol modda – 25 mg gidroxlortiazid.
Yordamchi moddalar magniy stearati (E470), talk (E553), jelatin, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati.
Gipotiazid® 100 mg 1 tabletkasi quyidagilarni saqlaydi
Faol modda – 100 mg gidroxlortiazid.

Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, yassi, bir tomonida “N” gravirovkasi va boshqa tomonida riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Faolligi past bo‘lgan diuretiklar. Tiazidlar. Gidroxlortiazid.
ATX kodi S03AA03.
Farmakologik xususiyatlari
Gidroxlortiazidning diuretik samarasi uchun birinchi navbatda distal kanalchalarda Na+ va Cl- reabsorbtsiyasini bevosita blokadasi ma'suldir. Uning ta'siri ostida Na+ va Cl- ni, buning natijasida suv, shuningdek kaliy va magniyni chiqarilishi kuchayadi. Gidroxlortiazidning diuretik ta'siri aylanayotgan plazma hajmini kamaytiradi, plazmadagi renin faolligini oshiradi, aldosteronni chiqarilishini kuchaytiradi, buning natijasida siydik bilan kaliy va bikarbonatlarni chiqarilishi oshadi va zardobda kaliy miqdori kamayadi.
Renin-aldosteron bog‘lanishini angitenzin-II boshqaradi, shuning uchun angitenzin-II retseptorlarining antagonistlari bilan birga qo‘llash tiazid diuretik bilan bog‘liq kaliyni chiqarilishi jarayoniga teskari yo‘nalish berishi mumkin.
Preparat karboangidrazaga kuchsiz bloklovchi ta'sir ko‘rsatishi mumkin, shu tariqa bikarbonat sekretsiyasini o‘rtacha kuchaytiradi, bunda siydik rN ahamiyatli darajadagi o‘zagarishi yuz bermaydi.
Farmakokinetikasi
Gidroxlortiazid ichga qabul qilingandan keyin yaxshi so‘riladi, uning diuretik va natriuretik ta'siri qabul qilingandan keyin 2 soat davomida namoyon bo‘ladi va taxminan 4 soatdan keyin maksimumga erishiladi. Bu ta'sir 6-12 soat davomida saqlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 40% ni tashkil qiladi. O‘zgarmagan shaklda, asosan buyraklar orqali chiqariladi. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlar uchun yarim chiqarilish davri 6,4 soatni, o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun – 11,5 soatni, kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda esa – 20,7 soatni tashkil qiladi. Gidroxlortiazid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va kam miqdorda ko‘krak sutiga ajraladi.
Qo‘llanilishi
-Gipertenziya (engil shakllarda – monoterapiya shaklida ham, boshqa antigipertenziv preparatlar bilan majmuada ham).
-Yurak, jigar yoki buyrak etiologiyali shishlar, predmenstrual shishlar, farmakoterapiya bilan kechuvchi shishlar, masalan kortikosteroidli.
-Nefrogen qandsiz diabetda, poliuriyani kamaytirish uchun (paradoksal ta'siri)
-Giperkaltsiuriyani kamaytirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash shaxsiy ravishda tanlanishi kerak va shifokorning doimiy nazoratini talab etadi. Davolash jarayonida kaliy va magniyni yo‘qotilishini kuchayishi sababli (zardobda kaliy miqdori 3,0 mmol/l dan kamayishi mumkin), kaliy va magniyni o‘rnini to‘ldirish zarurati paydo bo‘ladi. Yurak yetishmovchiligi, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda yoki digitalis glikozidlari bilan davolanayotgan bemorlarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Tabletkalarni ovqatdan keyin qabul qilish kerak.
Kattalar
Antigipertenziv vosita sifatida monoterapiya shaklida yoki boshqa antigipertenziv vositalar bilan majmuada odatdagi boshlang‘ich sutkalik dozasi bir marta 25-50 mg ni tashkil qiladi. Ba'zi bemorlarga monoterapiya ko‘rinishida ham, majmuada ham 12,5 mg boshlang‘ich doza yetarli bo‘ladi. Sutkada 100 mg dan oshmaydigan minimal samarali dozani qo‘llash kerak. Agar Gipotiazid boshqa gipotenziv preparatlar bilan majmuada qo‘llansa, arterial bosimni (AB) haddan tashqari pasayishini oldini olish maqsadida boshqa preparatning dozasini kamaytirish zarurati paydo bo‘lishi mumkin.
Gipotenziv ta'siri 3-4 kun davomida namoyon bo‘ladi, ammo, optimal samaraga erishish uchun 3-4 xaftagacha muddat talab etilishi mumkin. Davolash tugaganidan keyin gipotenziv samarasi bir xafta davomida saqlanadi.
Shishlarni davolashda preparatning odatdagi boshlang‘ich dozasi sutkada bir marta yoki ikki kunda bir marta 25-100 mgni tashkil qiladi. Klinik reaktsiyaga bog‘liq ravishda doza 25-50 mg sutkada bir marta yoki ikki kunda bir martagacha pasaytirilishi kerak. Ayrim og‘ir holatlarda sutkada 200 mg gacha boshlang‘ich doza talab etilishi mumkin.
Predmenstrual shishlarda odatdagi doza sutkada 25 mg ni tashkil qiladi va simptomlar namoyon bo‘lganidan boshlab hayz boshlangunigacha qo‘llanadi.
Nefrogen qandsiz diabetda 50-150 mg (bir necha qabullarda) odatdagi sutkalik doza tavsiya etiladi.
Bolalar
Dozalar bolaning tana vaznidan kelib chiqib aniqlanadi. Odatdagi pediatrik sutkalik dozalar, tana vazniga 1-2 mg/kg yoki tana yuzasining kvadrat metriga 30-60 mg, sutkada bir marta buyuriladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun umumiy sutkalik doza – kuniga 37,5-100 mg ni tashkil qiladi.
Nojo‘ya samaralari
Quyidagi ta'riflangan simptomlarga o‘xshash simptomlar paydo bo‘lsa, iltimos, darhol shifokorga murojaat eting!
Quyida ko‘rsatilgan noxush reaktsiyalarning tez-tezligi quyidagi izohni qo‘llash orqali aniqlangan juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 - <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 - <1/100), kam (≥1/10000 - <1/1000), juda kam (<1/10000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi)
Qon yaratish tizimi va limfatik tizimi a'zolari tomonidan kasalliklar va simptomlar
juda kam leykotsitopeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya, aplastik anemiya.
Laborator tahlil natijalari
tez-tezligi noma'lum
-gipokaliyemiya, giponatriyemiya, gipomagniyemiya, giperkaltsiyemiya, giperglikemiya, glikozuriya, giperurikemiya;
-yuqori dozalarda qonda lipidlar miqdori oshishi mumkin.
Yurak kasalliklari va yurak tomonidan simptomlar
Tez-tezligi no'malum aritmiya, ortostatik gipotenziya
Nerv tizimi tomonidan kasalliklar va simptomlar
Tez-tezligi noma'lum bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, konvulsiyalar, paresteziya.
Psixiatrik kasalliklar
Tez-tezligi noma'lum ongni chalkashishi, letargiya, ta'sirchanlik, kayfiyatni o‘zgarishi.
Ko‘rish a'zosi tomonidan kasalliklar va simptomlar
Tez-tezligi noma'lum ko‘rishni vaqtinchalik buzilishi, ksantopsiya.
Ovqat-hazm qilish tizimi kasalliklari va simptomlari
Tez-tezligi noma'lum og‘izni qurishi, chanqoqlik hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, so‘lak bezlarini yallig‘lanishi, qabziyat.
Jigar va safro tomonidan kasalliklar va simptomlar
Tez-tezligi noma'lum sariqlik (jigar ichki xolestatik sariqligi), pankreatit, xoletsistit.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan kasalliklar va simptomlar
Tez-tezligi noma'lum buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrit.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan kasallik va simptomlar
Tez-tezligi noma'lum mushak spazmlari va og‘riq.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan kasallik va simptomlar
Tez-tezligi noma'lum
-gipoxloremik alkaloz, u jigar entsefalopatiyasi va jigar komasini chaqirishi mumkin;
-giperurikemiya, u simptomsiz bemorlarda podagra xurujini chaqirishi mumkin;
-glyukozaga tolerantlik kamayishi mumkin, u yashirin diabetni klinik namoyon bo‘lishini chaqirishi mumkin;
-anoreksiya.
Qon-tomir tizimi tomonidan kasallik va simptomlar
Tez-tezligi noma'lum vaskulit, nekrozlanuvchi angiit.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan kasallik va simptomlar
Tez-tezligi noma'lum respirator distress, shu jumladan pnevmonit va o‘pka shishi.
Immun tizimi tomonidan kasallik va simptomlar
Tez-tezligi noma'lum anafilaktik reaktsiya, shok.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan kasallik va simptomlar
Tez-tezligi noma'lum fotosezuvchanlik, eshakemi, purpura, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi.
Jinsiy a'zolar va ko‘krak bezlari tomonidan kasallik va simptomlar
Tez-tezligi noma'lum jinsiy faoliyatni buzilishlari.
Umumiy simptomlar, yuborish joyidagi reaktsiyalar
Tez-tezligi noma'lum kuchli toliqish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Anuriya.
-Preparatga yoki boshqa sulfonamidlarga yuqori sezuvchanlik.
-Og‘ir darajali buyrak (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) yoki jigar yetishmovchiligi.
-Emizish.
-Davolashga rezistent gipokaliyemiya yoki giperkaltsiyemiya.
-Refrakter giponatriyemiya.
-Simptomatik giperurikemiya (podagra).
-Preparatni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Siz qabul qilayotgan, hatto vaqti-vaqti bilan qabul qilayotgan barcha dori vositalari haqida albatta shifokorga xabar bering.
Tiazid diuretiklar va quyidagi dori vositalarini bir vaqtda qo‘llanganda o‘zaro ta'siri bo‘lishi mumkin.
Alkogol, barbituratlar, narkotik vositalar va antidepressantlar
Ortostatik gipotenziyani kuchaytirishi mumkin.
Diabetga qarshi vositalar (peroral va insulin)
Tiazid bilan davolash glyukozaga tolerantlikni kamaytirishi mumkin. Qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlarning dozasini pasaytirish talab etilishi mumkin. Gidroxlortiazid bilan bog‘liq bo‘lgan buyrakni funktsional yetishmovchiligi bo‘lishi mumkinligi natijasida sut kislotali atsidoz xavfi sababli metforminni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Boshqa antigipertenziv vositalar
Additiv samara.
Kolestiramin va kolestipol qatronlari
Anion almashinuvchi qatronlar mavjudligida gidroxlortiazidning me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi yomonlashadi. Kolestiramin yoki kolestipol qatronlarining bir dozasi gidroxlortiazidni bog‘laydi va me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini muvofiq 85% va 43% ga kamaytiradi.
Pressor aminlar (masalan, adrenalin)
Ehtimol, pressor aminlarning ta'siri susayadi, ammo ularni qo‘llash mumkin bo‘lmagan miqdorda emas.
Depolyarizatsiyalanmaydigan miorelaksantlar (masalan, tubokurarin)
Miorelaksatsiyalovchi ta'siri kuchayishi mumkin.
Litiy
Siydik haydovchi vositalar litiyning buyrak klirensini kamaytiradi va litiyning toksik ta'siri xavfini oshiradi. Ularni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Podagrani davolash uchun dori vositalari (probenetsid, sulfinpirazon va allopurinol)
Urikozurik vositalarning dozasini to‘g‘rilash talab etilishi mumkin, chunki gidroxlortiazid zardobda siydik kislotasining miqdorini oshirishi mumkin.
Probenitsid yoki sulfinpirazonning dozasini oshirish talab etilishi mumkin.
Tiazidlarni bir vaqtda qo‘llash allopurinolga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining tez-tezligini oshirishi mumkin.
Antixolinergik vositalar (masalan, atropin, biperiden)
Me'da-ichak yo‘llari motorikasini va me'dani bo‘shashi darajasini kamayishi natijasida tiazid turdagi siydik haydovchi vositalarning biokiraolishi oshadi.
Sitotoksik vositalar (masalan, siklofosfamid, metotreksat)
Tiazidlar sitotoksik dori vositalarini buyrak orqali chiqarilishini kamaytirishi va ularning miyelosupressiv ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Salitsilatlar
Salitsilatlarning yuqori dozalari qo‘llangan hollarda gidroxlortiazid salitsilatlarning markaziy nerv tizimiga toksik samarasini kuchaytirishi mumkin.
Metildopa
Ayrim hollarda gidroxlortiazid va metildopani bir vaqtda qo‘llash fonida gemolitik anemiya haqida xabar berilgan.
Siklosporin
Siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanganda giperurikemiyani va podagraga o‘xshash asoratlar rivojlanishini xavfini kuchaytirishi mumkin.
Digitalis glikozidlari
Tiazidlar tomonidan chaqirilgan gipokaliyemiya yoki gipomagniyemiya digitalis tomonidan chaqirilgan aritmiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Zardobdagi kaliyning miqdorini o‘zgarishi ta'sir qiladigan dori vositalari
Agar gidroxlortiazid zardobdagi kaliyning miqdorini o‘zgarishi ta'sir qiladigan dori vositalari (masalan, digitalis glikozidlari va aritmiyaga qarshi vositalar), shuningdek “piruet” turdagi taxikardiyani (yurak qorinchalari taxikardiyasi) chaqiruvchi quyidagi vositalar (shu jumladan, ayrim aritmiyaga qarshi vositalar) bilan bir vaqtda qo‘llansa, zardobda kaliy miqdorini muntazam aniqlash va elektrokardiogrammani yozib borish tavsiya etiladi, chunki gipokaliyemiya piruet turdagi taxikardiyani rivojlanishiga olib keluvchi omil hisoblanadi
-Ia sinf aritmiyaga qarshi vositalar (masalan, xinidin, gidroxinidin, dizopiramid);
-III sinf aritmiyaga qarshi vositalar (masalan, amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid);
-ba'zi antipsixotik vositalar (masalan, tioridazin, xlorpromazin, levomepromazin, trifluoperazin, siamemazin, sulpirid, sultoprid, amisulprid, tiaprid, pimozid, galoperidol, droperidol);
-boshqa dori vositalari (masalan, bepridil, sisaprid, difemanil, vena ichiga qo‘llanadigan eritromitsin, galofantrin, mizolastin, pentamidin, terfenadin, vena ichiga qo‘llanadigan vinkamin).
Kaltsiy tuzlari
Tiazid diuretiklari kaltsiyni chiqarilishini kamayishi sababli, zardobda kaltsiy miqdorini oshiradi. Agar kaltsiy o‘rnini bosuvchi vositalarni buyurish zarurati bo‘lsa, zardobda kaltsiy miqdorini nazorat qilish va unga muvofiq kaltsiy dozasini tanlash kerak.
Dori vositalari va laboratoriya tahlillario‘rtasidagi o‘zaro ta'siri
Kaltsiy metabolizmiga ta'siri natijasida tiazidlar qalqonsimon oldi bezi faoliyatining tahlillari natijalarini o‘zgartirishi mumkin (
Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga qarang).
Karbamazepin
Simptomatik giponatriyemiya xavfi tufayli klinik va biologik monitoring zarur.
Yod saqlovchi kontrast moddalar
Siydik haydovchi vositalar chaqirgan suvsizlanish hollarida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi xavfi ortadi, ayniqsa, yod saqlovchi preparatlarning yuqori dozalari ishlatilsa. Yodni qo‘llashdan oldin bemor organizmida suyuqlik o‘rnini to‘ldirish kerak.
Amfoteritsin V (parenteral), kortikosteroid vositalar, AKTG va rag‘batlantiruvchi surgi vositalari
Gidroxlortiazid elektrolit muvozanatini buzilishiga, asosan gipokaliyemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gipotoniya va suv-ishqor muvozanatini buzilishi
Boshqa antigipertenziv preparatlarni buyurilganda bo‘lgani kabi, ayrim bemorlarda gipotoniya simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Yo‘ldosh ich ketishi yoki qusish oqibatida bo‘lishi mumkin bo‘lgan suv-tuz muvozanatini buzilishlarining (masalan, aylanayotgan plazma xajmi, giponatriyemiya, giperxloremik alkaloz, gipomagniyemiya yoki gipokaliyemiya) klinik belgilarini aniqlash maqsadida bemorlar kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Bunday bemorlarda zardobda elektrolitlar miqdorini muntazam aniqlash kerak. Shishlari bo‘lgan bemorlarda iliq ob-havoda dilyutsion giponatriyemiya bo‘lishi mumkin.
Metabolik va endokrin samaralar
Tiazid bilan davolash glyukozaga tolerantlikni pasaytirishi mumkin. Antidiabetik vositalar, shu jumladan insulinning dozasini o‘zgartirish talab etilishi mumkin (Dorilarning o‘zaro ta'siri bo‘limiga qarang). Tiazid bilan davolash vaqtida yashirin qandli diabetni manifestatsiyasi bo‘lishi mumkin.
Tiazidlar buyrak tomonidan kaltsiyni chiqarilishini kamaytirishi, shuningdek zardobda kaltsiyning kontsentratsiyasini vaqtinchalik biroz oshishini chaqirishi mumkin. Yaqqol giperkaltsiyemiya yashirin giperparatireodizmning belgisi bo‘lishi mumkin.
Qalqonsimon oldi bezini tekshirishni boshlashdan oldin tiazidlarni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Xolesterin va triglitseridlar miqdorini oshishini tiazidlar bilan davolash bilan bog‘lash mumkin (diuretik ta'siri).
Ayrim bemorlarda tiazid bilan davolash giperurikemiya va (yoki) podagrani chaqirishi mumkin.
Jigarni shikastlanishi
Jigar faoliyatini buzilishi hollari yoki jigarning dekompensatsiyalangan kasalligi bo‘lgan bemorlarda tiazidlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki tiazidlar jigar ichki xolestazni chaqirishi mumkin, suv-tuz muvozanatining juda kichik o‘zgarishlari esa jigar komasini keltirib chiqarishi mumkin.
Og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda gipotiazidni qo‘llash mumkin emas (
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
bo‘limiga qarang).
Boshqalar
Tiazidlar bilan davolanayotgan bemorlarda anamnezida allergiya yoki bronxial astma mavjudligida ham, bemorlar ilgari bunday kasalliklar bilan xastalanmagan hollarda ham yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi mumkin. Tizimli qizil yugirik kechishini yomonlashishi va tiazidlarni qo‘llash vaqtida patologik jarayonni faollashishi haqida xabar berilgan.
Quyidagi laborator tahlillarning ko‘rsatkichlariga ta'sir qilishi mumkin
-Plazmadagi oqsillar bilan bog‘langan yodning miqdorini kamaytirishi mumkin;
-Qalqonsimon oldi bezi faoliyatining laborator tahlillarini o‘tkazishdan oldin gipotiazid bilan davolashni to‘xtatish kerak;
-Zardobda erkin bilirubin kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Yordamchi moddalar
Laktozani o‘zlashtiraolmaslik hollarida Gipotiazidning 25 mg tabletkasi 63 mg laktoza monogidrati, Gipotiazidning 100 mg tabletkasi esa – 39 mg laktoza monogidrati saqlashini e'tiborga olish kerak.
Kam uchraydigan tug‘ma galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza va galaktoza malabsorbtsiyasi bo‘lgan hollarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik
Gidroxlortiazidni homiladorlik vaqtida, ayniqsa birinchi uch oylikda qo‘llash tajribasi cheklangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan ma'lumotlar
yetarli emas.
Gidroxlortiazid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Agar gidroxlortiazidni homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligi qo‘llansa, u (o‘zining farmakologik ta'siri natijasida) fetoplatsentar perfuziyani buzishi va homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqda sariqlik, elektrolit muvozanatni buzilishi va trombotsitopeniyani chaqirishi mumkin.
Homiladorlikda gidroxlortiazidni shishlar, gipertenziya yoki preeklampsiyani davolash uchun qo‘llash mumkin emas, chunki kasallikka ijobiy ta'siri o‘rniga u plazma miqdorini kamayishi xavfi va bachadon va yo‘ldoshni qon bilan ta'minlanishini buzilish xavfini oshiradi.
Homilador ayollarda essentsial gipertenziyani, boshqa davolashni qo‘llab bo‘lmaydigan kam hollardan tashqari hollarda gidroxlortiazidni qo‘llash mumkin emas.
Gidroxlortiazid tabletkalarini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas – ularni faqat yaxshi asoslangan hollardagina qo‘llash mumkin.
Emizish
Gidroxlortiazid ko‘krak sutiga kiradi; uni emizish vaqtida qo‘llash mumkin emas. Agar uni qo‘llash zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak (
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
bo‘limiga qarang).
Transport vositalarini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qo‘llashning boshlang‘ich davrida – bu davrning davomiyligi shaxsiy ravishda aniqlanadi – avtomobilni boshqarish va yuqori diqqatni talab etuvchi ishlarni bajarish taqiqlanadi. Keyinchalik taqiq darajasi shaxsiy ravishda aniqlanishi kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dori vositasining dozasini oshirib yuborilganda darhol shifokorga yoki shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga murojaat eting!
Gidroxlortiazid bilan zaharlanishning eng sezilarli belgisi bo‘lib, quyidagi belgilar va simptomlarda namoyon bo‘luvchi suyuqlik va elektrolitlarni o‘tkir yo‘qotilishi hisoblanadi
Yurak-tomir taxikardiya, gipotenziya, shok.
Neyro-mushak holsizlik, ongni chalkashishi, bosh aylanishi va mushak spazmi, paresteziya, ongni buzilishi, charchoqlik.
Me'da-ichak ko‘ngil aynishi, qusish, chanqoqlik.
Buyrak poliuriya, oliguriya yoki anuriya.
Laborator ko‘rsatkichlar gipokaliyemiya, giponatriyemiya, gipoxloremiya, alkaloz, qonda azot miqdorini oshishi (ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda).
Dozani oshirib yuborilishi
ni davolash Gidroxlortiazid bilan zaharlanishda spetsifik antidoti yo‘q.
Qusishni chaqirish, me'dani yuvish preparatni chiqarish usullari bo‘lishi mumkin. Faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilib, preparatni so‘rilishini kamaytirish mumkin. Gipotenziya yoki shok holatlarida aylanib yuradigan plazma xajmi va elektrolitlar (kaliy, natriy, magniy) o‘rnini to‘ldirish kerak.
Suv-elektrolit muvozanati (ayniqsa zardobda kaliy miqdori) va buyrak faoliyatini normal ko‘rsatkichlargacha erishguncha kuzatish kerak.
Chiqarilish shakli
Gipotiazid® 25 mg
20 tabletkadan PVX/Al blisterda.
1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Gipotiazid® 100 mg

Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“XINOIN Zavod Farmatsevticheskix i Ximicheskix Produktov” YoAJ, Vengriya.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.