Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
LАZIKS® Tabletkalari 40 mg N45
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фуросемид
Страна производитель
Индия
Производитель
Sanofi India Limited
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Laziks®
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) furosemid
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletkada quyidagilar saqlanadi
Faol modda furosemid – 40,00 mg
Yordamchi moddalar laktoza – 53,00 mg, kraxmal – 56,88 mg, qayta jelatinlangan kraxmal – 7,0 mg, talk – 2,40 mg, kolloid kremniy dioksidi – 0,40 mg, magniy stearati – 0,32 mg.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq, dumaloq, bir tomonidagi riskaning yuqori va pastida “DLI” gravirovkali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
diuretik vosita.
ATX kodi S03SA01
Farmakologik xususiyatlari
Laziks® - sulfonamid hosilasi bo‘lgan kuchli va tez ta'sir qiluvchi diuretikdir. Laziks® Genle halqasining ko‘tariluvchi qismini yo‘g‘on segmentida Na+, K+, Sl- ionlarining transport tizimini bloklaydi, shu sababli uning diuretik ta'siri preparatni buyrak naychalariga tushishiga bog‘liq (anion transporti mexanizmi hisobiga). Laziks®ning diuretik Genle halqasining bu bo‘limida ta'siri natriy xloridini qayta so‘rilishini susayishi bilan bog‘liq. Natriyni chiqarilishini oshishiga nisbatan ikkilamchi samaralar chiqarilayotgan siydik miqdorini oshishi (osmotik bog‘langan suv hisobiga) va buyrak naychasining distal qismida kaliyning sekretsiyasini oshishidir. Kaltsiy va magniy ionlarini chiqarilishi bir vaqtda oshadi. Furosemidning naychalar sekretsiyasini kamayishida yoki preparatni naychalardagi albumin bilan bog‘lanishda (masalan, nefrotik sindromda) furosemidning samarasi pasayadi. Laziks®ni kursli qabul qilishda uning diuretik faolligi pasaymaydi, chunki preparat buyrakdagi Macula densa da (yukstaglomerulyar majmua bilan mustahkam bog‘langan naychalar tuzilmasi) naycha-kalava qayta bog‘lanishini uzib qo‘yadi. Laziks® renin-angiotenzin-aldosteron tizimini dozaga bog‘liq rag‘batlantirilishini chaqiradi.
Yurak yetishmovchiligida Laziks® oldi yuklamani tezda pasaytiradi (venalarni kengayishi hisobiga), o‘pka arteriyasida bosimni va chap qorinchaning to‘lish bosimini kamaytiradi. Bu tez rivojlanayotgan samara, ehtimol prostaglandinlarning samarasi orqali sodir bo‘ladi va shuning uchun uning rivojlanishi uchun prostaglandinlar sintezida buzilishlarni bo‘lmasligi sharoiti hisoblanadi, bundan tashqari bu samarani amalga oshishi uchun, shuningdek buyraklar faoliyatini yetarli darajada saqlanganligi ham talab qilinadi. Preparat gipotenziv ta'sirga ega, u natriyni chaqirilishini oshishi, aylanib yuruvchi qon hajmini kamayishi va tomirlarning silliq mushaklarini tomirlarni toraytiruvchi rag‘batlantiruv reaktsiyasini pasayishi (natriyuretik samarasi tufayli furosemid tomirlarni katexolaminlarga bo‘lgan reaktsiyalarini pasaytiradi, ularning kontsentratsiyasi artarial gipertoniyali bemorlarda oshgan) bilan bog‘liq. 40 mg Laziks® ichga qabul qilinganidan keyin diuretik samara 60 minut davomida boshlanadi va taxminan 3-6 soat davom etadi. 10 dan 100 mg gacha Laziks® qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilarda dozaga bog‘liq diurez va natriyurez kuzatilgan.
Farmakokinetikasi
Furosemid me'da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi. Uning tmax (qonda maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti) 1 soatdan 1,5 soatgachani tashkil qiladi. Sog‘lom ko‘ngillilarda furosemidning biokiraolishligi taxminan 50-70% ni tashkil qiladi. Bemorlarda Laziks®ning biokiraolishligi 30% kamayishi mumkin, chunki unga turli omillar, shu jumladan asosiy kasallikka ta'sir qilishi mumkin. Furosemidning taqsimlanish hajmi tana vazniga 0,1-0,2 l/kg ni tashkil qiladi.
Furosemid qon plazmasi oqsillari, asosan albuminlar bilan kuchli bog‘lanadi (98% ko‘proq). Furosemid asosan o‘zgarmagan holda va asosan proksimal naychalarda sekretsiyasi yo‘li orqali chiqariladi. Furosemidning glyukuronlangan metabolitlari buyraklar orqali, ehtimol chiqariladigan preparatning 10-20% ni tashkil qiladi. Qolgan dozalar ichak orqali biliar sekretsiyasi yo‘li bilan chiqariladi. Furosemidning yakuniy yarim chiqarilish davri taxminan 1-1,5 soatni tashkil qiladi. Furosemid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ona sutiga chiqariladi. Uning homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqdagi kontsentratsiyasi onadagi kabi bir xil.
Alohida guruh bemorlardagi farmakokinetikasining o‘ziga xosligi
Buyrak yetishmovchiligida furosemidni chiqarilishi sekinlashadi, yarim chiqarilish davri esa oshadi; yaqqol buyrak yetishmovchiligida yakuniy yarim chiqarilish davri 24 soatgacha oshishi mumkin.
Nefrotik sindromda proteinlarning plazmadagi kontsentratsiyasini pasayishi bog‘lanmagan furosemidning kontsentratsiyasini (uning erkin fraktsiyasi) oshishiga olib keladi, shu sababli ototoksik ta'sirini rivojlanish xavfi oshadi. Boshqa tomondan, bu patsiyentlarda furosemidning diuretik ta'siri, furosemidni naychalardagi albuminlar bilan bog‘lanishi tufayli kamayishi va furosemidni naychalar sekretsiyasini pasayishi mumkin.
Gemodializda va peritonial dializda va doimiy ambulator peritonial dializda furosemid ahamiyatsiz darajada chiqariladi.
Jigar yetishmovchiligida furosemidning yarim chiqarilish davri asosan taqsimlanish hajmini oshishi oqibatida 30-90% ga oshadi. Bu toifa patsiyentlarda farmakokinetik ko‘rsatkichlar kuchli o‘zgarishi mumkin.
Yurak yetishmovchiligida, og‘ir darajali arterial gipertoniyada va keksa yoshdagi shaxslarda furosemidning chiqarilishi buyraklar faoliyatini pasayishi oqibatida sekinlashadi.
Qo‘llanilishi
-Surunkali yurak yetishmovchiligidagi shish sindromi;
-Surunkali buyrak yetishmovchiligidagi shish sindromi;
-O‘tkir buyrak yetishmovchiligi, shu jumladan homiladorlikdagi va kuyishlardagi (suyuqlikni chiqarilishini tutib turish uchun);
-Nefrotik sindromidagi shish sindromi (nefrotik sindromda birinchi navbatda asosiy kasallikni davolash turadi);
-Jigar kasalligidagi shish sindromi (zarurati bo‘lganida aldosteron antagonistlari bilan davolashga qo‘shimcha);
-Arterial gipertenziya.
Qo‘llash usuli va dozalari
Umumiy tavsiyalar
Tabletkalarni och qoringa, chaynamasdan va yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilish kerak. Laziks® ni buyurishda kerakli samaraga erishish uchun yetarli bo‘lgan uning kichik dozalarini ishlatish tavsiya qilinadi. Kattalar uchun tavsiya qilinadigan maksimal sutkalik doza 1500 mg ni tashkil qiladi. Bolalarda ichga qabul qilish uchun tavsiya qilinadigan doza tana vazniga 2 mg/kg ni tashkil qiladi (ammo sutkada 40 mg dan ko‘p emas). Davolash davomiyligi ko‘rsatmalarga bog‘liq holda shifokor tomonidan shaxsiy ravishda belgilanadi.
Kattalarda dozalash tartibi bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalar
Surunkali yurak yetishmovchiligida shish sindromi
Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza sutkada 20-80 mg ni tashkil qiladi. Diuretik javobga qarab preparatning zarur dozasi tanlanadi. Sutkalik dozasi ikki-uch marta yuborishdan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi.
Surunkali buyrak yetishmovchiligidagi shish sindromi
Furosemidga bo‘lgan natriyuretik reaktsiyasi bir necha omillarga bog‘liq, shu jumladan buyrak yetishmovchiligini yaqqol namoyon bo‘lishi va qondagi natriy miqdoriga, shu tufayli dori vositasidan kutiladigan ta'sir mutloq aniq bo‘lmasligi mumkin.
Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda dozani asta-sekin oshirish yo‘li orqali, sekin astalik bilan suyuqlik yo‘qotilishi uchun (davolanishning boshida sutkasiga 2 l gacha suyuqlik yo‘qotish mumkin, taxminan sutkada 280 mmol Na+) dozani to‘g‘ri tanlash talab qilinadi.
Boshlang‘ich tavsiya etilgan dozasi sutkada 40–80 mg ni tashkil qiladi. Kerakli doza diuretik javobga qarab tanlanadi. Sutkalik dozaning barchasi bir qabulda qo‘llanishi kerak yoki ikki qabulga bo‘linishi kerak. Gemodializdagi bemorlarda odatdagi tutib turuvchi doza sutkada 250-1500 mg ni tashkil qiladi.
O‘tkir buyrak yetishmovchiligi (suyuqlikni chiqarilishini tutib turish uchun)
Furosemid bilan davolashni boshlashdan oldin gipovolemiya, arterial gipotenziya va elektrolit va/yoki kislota-ishqoriy muvozanatining ahamiyatli buzilishlari bartaraf qilinishi kerak. Dozani tanlash preparatni vena ichiga yuborishdan boshlanadi. Boshlang‘ich tavsiya etilgan vena ichiga yuboriladigan dozasi sutkada 40 mg ni tashkil qiladi. Agar yuborilgandan keyin kerakli diuretik ta'sirga erishilmasa, u holda Laziks®ni soatiga 50-100 mg tezlikda yuborish bilan uzluksiz vena ichiga yuboriladigan infuziyasi sifatida qo‘llash mumkin.
Bemor vena ichiga yuborishdan ichga Laziks® tabletkasini qabul qilishga iloji boricha tezroq o‘tkazilishi tavsiya qilinadi (Laziks® tabletkalarining dozasi tanlangan vena ichiga yuboriladigan dozaga bog‘liq).
Nefrotik sinromdagi shishlar.
Boshlang‘ich tavsiya qilingan doza sutkada 40-80 mg ni tashkil qiladi. Kerakli doza diuretik javobga qarab tanlanadi. Sutkalik dozani bir qabulda qo‘llash yoki bir necha qabullarga bo‘lish mumkin.
Jigar kasalliklardagi shish sindromi
Furosemidni aldosteron antagonistlari bilan davolashga, ularning samaradorligi yetarli bo‘lmagan hollarda qo‘shimcha sifatida buyuriladi. Qon aylanishining ortostatik boshqaruvini buzilishi yoki elektrolit yoki kislota-ishqor muvozanatini buzilishlari kabi asoratlar rivojlanishini bartaraf qilish uchun, dozani suyuqlikni yo‘qotish asta-sekin yuz berishi uchun (davolashni boshida suyuqlikni yo‘qotish taxminan sutkada tana vazniga 0,5 kg bo‘lishi mumkin) dozani sinchiklab tanlash talab qilinadi. Tavsiya qilinadigan boshlang‘ich doza sutkada 20-80 mg ni tashkil qiladi. Bemor reaktsiyasiga qarab dozasi to‘g‘rilanishi mumkin. Sutkalik dozasi sutkada 1 marta yoki 2 ga bo‘lib qabul qilinishi mumkin.
Arterial gipertenziya
Laziks® monoterapiyada yoki boshqa gipotenziv vositalari bilan birga qo‘llanishi mumkin. Odatdagi tutib turuvchi doza, sutkada 20-40 mg hisoblanadi. Arterial gipertenziyani surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan birga bo‘lganida Laziks®ning yuqoriroq dozalarini qo‘llash talab qilinishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush reaktsiyalar/noxush ko‘rinishlar (NR/NK) ning uchrash tez-tezligi to‘g‘risidagi ma'lumot adabiyot va klinik tadqiqotlardan olingan. Agar bir NR/NK ning uchrash tez-tezligi adabiyot ma'lumotlaridagidan klinik tadqiqotlardagisi farqlansa, u holda NR/NK ning eng ko‘p uchragan turi tanlangan.
CIOMS (tibbiyot fanlarining Xalqaro tashkilotlari kengashi) ning tasnifiga ko‘ra NR/NK ning uchrash tez-tezligining qo‘yidagi darajalari ajratiladi juda tez-tez ≥10%; tez-tez ≥1% va <10%; tez-tez emas ≥0,1% va <1%; kam ≥0,01% va <0,1%; juda kam <0,01%, tez-tezligi noma'lum (keltirilgan ma'lumotlar bo‘yicha noxush ta'sirlar uchrash tezligini aniqlash imkoniyati yo‘q).
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan
Juda tez-tez
- Suv-elektrolit muvozanatini buzilishlari, shu jumladan, klinik simptomatika bilan kechuvchi. Suv-elektrolit muvozanati buzilishlarining simptomlari bosh og‘rig‘i, tirishishlar, tetaniya, mushaklar kuchsizligi, yurak ritmini buzilishi va dispepsik buzilishlar. Bunday buzilishlar asta-sekin (uzoq vaqt davomida) yoki tez (juda qisqa vaqt davomida, masalan buyrak faoliyati normal bemorga yuqori dozadagi furosemid buyurilganda) rivojlanishi mumkin. Suv-elektrolit muvozanati buzilishlari rivojlanishi omillari bo‘lib asosiy kasalliklar xizmat qiladi (masalan, jigar sirrozi yoki yurak yetishmovchiligi); suv-elektrolit muvozanatini o‘zgartiruvchi preparatlar bilan yo‘ldosh davolashda; noto‘g‘ri ovqatlanish va suyuqlikni iste'mol qilish; qusish, diareya, ko‘p terlash.
- Trombozga moyil gemokontsentratsiyaga olib keluvchi degidratatsiya va gipovolemiya (aylanib yuruvchi qon hajmini kamayishi), ayniqsa keksa yoshdagi bemorlarda (quyida keltirilgan).
- Qondagi kreatinin kontsentratsiyasini oshishi.
- Zardobdagi triglitseridlar kontsentratsiyasini oshishi.
Tez-tez
- Giponatriyemiya, gipoxloremiya, gipokaliyemiya, qondagi xolesterin miqdorini oshishi.
- Qondagi siydik kislotasi miqdorini oshishi va podagra xurujlari.
Tez-tez emas
- Glyukozaga bo‘lgan tolerantlikni pasayishi. Yashirin qandli diabet manifestatsiyasi rivojlanishi mumkin. («
Maxsus ko‘rsatmalar
» ga qarang).
Tez-tezligi noma'lum
- Gipokaltsiyemiya, gipomagniyemiya, qondagi mochevina kontsentratsiyasini oshishi, metabolik alkaloz.
Tomirlar tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez
- Arterial bosimni pasayishi, shu jumladan ortostatik gipotenziya.
Kam
- Vaskulit.
Tez-tezligi noma'lum
- Tromboz.
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez
- Siydik hajmini ko‘payishi.
Kam
- Tubulointerstitsial nefrit.
Tez-tezligi noma'lum
- Siydikdagi natriy kontsentratsiyasini oshishi.
- Siydikdagi xloridlar kontsentratsiyasini oshishi.
- Siydikni tutilishi (siydik yo‘llarining qisman obstruktsiyasi bor bemorlarda, «
Maxsus ko‘rsatmalar
» ga qarang).
-Chala tug‘ilgan bolalarda nefrokaltsinoz/nefrolitiaz («
Maxsus ko‘rsatmalar
» ga qarang). Bu NK faqat in'ektsion dori shakliga tegishli, chunki 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Laziks® tabletkalarini buyurish mumkin emas).
-Buyrak yetishmovchiligi («Dorilarning o‘zaro ta'siri» ga qarang).
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas
- Ko‘ngil aynishi.
Kam
- Qusish, diareya.
Juda kam
- O‘tkir pankreatit.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez
- Xolestaz,«jigar» transaminazalarining faolligini oshishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Kam
- Paresteziya.
Tez-tez
- Gepatotsellyullyar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda jigar entsefalopatiyasi («
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
» ga qarang).
Eshitish a'zosi va labirint tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas
- Eshitishni buzilishi, garchi tranzitor bo‘lsa ham, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, gipoproteinemiya (masalan, nefrotik sindromda) va/yoki furosemidni vena ichiga juda tez yuborishda.
Juda kam
- Quloqlarda shovqin.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas
- Qichishish, eshakemi, toshma, bullyoz dermatit, ko‘pshaklli eritema, pemfingoid, eksfoliativ dermatit, purpura, fotosezuvchanlik reaktsiyalari.
Tez-tezligi noma'lum
- Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, o‘tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz va eozinofiliyali doriga toshmali tizimli simptomlari (DRESS-sindrom).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kam
- Og‘ir darajali anafilaktik yoki anafilaktoid reaktsiyalar, xatto anafilaktik shok holatigacha.
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez
- Gemokontsentratsiya.
Tez-tez emas
- Trombotsitopeniya.
Kam
- Leykopeniya, eozinofiliya.
Juda kam
- Agranulotsitoz, aplastik anemiya yoki gemolitik anemiya.
Tug‘ma, nasliy va genetik buzilishlar
Tez-tezligi noma'lum
- Agar chala tug‘ilgan chaqaloqlarga hayotining birinchi haftasida furosemid yuborilsa (faqat parenteral yuborish uchun dori shakliga tegishli), arterial teshikning bitmaslik xavfi oshadi
Umumiy o‘zgarishlar
Kam
- Isitma.
Ba'zi nojo‘ya reaktsiyalar (qon manzarasini o‘zgarishi, og‘ir darajali anafilaktik yoki anafilaktoid reaktsiyalar, og‘ir darajali teri allergik reaktsiyalari kabi) ma'lum bir sharoitda bemorning hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin, bunday holatlarda darhol shifokorga xabar berish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Preparatni faol moddasiga yoki har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik; sulfanilamidlarga (sulfanilamid mikroblarga qarshi vositalari yoki sulfanilmochevina preparatlari) allergiyasi bo‘lgan patsiyentlarda furosemidga kesishgan allergiya bo‘lishi mumkin.
-Anuriyadagi buyrak yetishmovchiligi (furosemidga reaktsiya bo‘lmaganida).
-Jigar entsefalopatiyasi bilan bog‘liq jigar komasi va prekoma.
-Yaqqol gipokaliyemiya.
-Yaqqol giponatriyemiya.
-Gipovolemiya (arterial gipertenziya bilan yoki usiz) yoki degidratatsiya.
-Siydik chiqarilishini har qanday etiologiyali keskin ifodalangan buzilishlari, shu jumladan siydik chiqarish yo‘llarini bir tomonlama shikastlanishi.
-Digitalisli intoksikatsiya.
-O‘tkir glomerulonefrit.
-Dekompenatsiyalangan aortal va mitral stenoz, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya.
-Markaziy venoz bosimini oshishi (10 mm sim. ust. yuqori).
-3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (qattiq dori shakli).
-Homiladorlik («Homiladorlik va emizish davri» bo‘limiga qarang).
-Emizish davri;
Ehtiyotkorlik bilan
-Arterial gipotenziyada.
-Arterial bosimni haddan tashqari, ayniqsa xavfli bo‘lgan holatlar (koronar va/yoki bosh miya arteriyalarni stenozlanuvchi shikastlanishlari).
-O‘tkir miokard infarktida (kardiogen shokni rivojlanish xavfini oshishi).
-Latent yoki manifest qandli diabetda.
-Podagrada.
-Gepatorenal sindromda (ya'ni, jigar kasalligi bilan bog‘liq funktsional buyrak yetishmovchiligida).
-Gipoproteinemiyalarda (masalan, diuretik samarasini kamaytirish va furosemidning ototoksik ta'sirini rivojlanishi xavfi oshishi mumkin bo‘lgan nefrotik sindromida, bunday bemorlarda dozani alohida ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak).
-Siydik chiqarish yo‘llarining qisman obstruktsiyasida (prostata bezi giperplaziyasi, siydik chiqarish kanalini torayishida).
-Suv-elektrolit muvozanati va kislota-ishqor muvozanatini buzilishini rivojlanishining yuqori xavfida yoki suyuqlikni ahamiyatli darajada qo‘shimcha yo‘qotishda (qusish, diareya, ko‘p terlash) (suv-elektrolit muvozanati va kislota-ishqor muvozanatining monitoringi va zarurati bo‘lganida furosemidni qo‘llashdan oldin ularni buzilishini to‘g‘rilash talab qilinadi).
-Pankreatitda.
-Anamnezida yurak qorinchalari ritmini buzilishida.
-Tizimli qizil yugurikda.
-Dementsiyasi bo‘lgan keksa yoshdagi patsiyentlarda risperidonni bir vaqtda qo‘llashda (o‘limni ko‘payish xavfi).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tavsiya etilmaydigan majmualar
-Xloralgidrat – xloralgidratdan keyin 24 soat davomida furosemidni vena ichiga infuziya yo‘li bilan yuborilganida teri qoplamlarini qizarishi, ko‘p terlash, bezovtalik, ko‘ngil aynashi, arterial bosimni oshishi va taxikardiyaga olib keladi.
-Aminoglikozidlar – aminoglikozidlar bir vaqtda furosemid bilan yuborilganida buyraklar orqali aminoglikozidlarni chiqishi sekinlashadi va ularning ototoksik va nefrotoksik ta'siri rivojlanish xavfi oshadi. Shuning uchun bunday majmuani qo‘llashdan saqlanish kerak, faqat hayot uchun zarur holatlardagina aminoglikozidlarni tutib turuvchi dozalarni to‘g‘rilanganida qo‘llanadi.
Ehtiyotkorlikni talab qiladigan majmualar
-Ototoksik dori vositalari – furosemid ularning ototoksikligini oshiradi. Bu preparatlarni furosemid bilan birga qo‘llashning asorati eshitish a'zosini qaytmas zararlanishi bo‘lgani uchun ularni majmuada qo‘llash faqat qat'iy tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra bo‘lishi kerak.
-Sisplatin – bir vaqtda furosemid bilan qo‘llanganida ototoksik ta'sirini rivojlanish xavfi bor. Bundan tashqari, sisplatinning nefrotoksik ta'siri oshishi mumkin, agar furosemid kichik dozalarda qo‘llanilmasa (masalan, 40 mg doza buyraklar faoliyati normal bo‘lgan bemorlarda) va bemorning tegishli gidratatsiyasi bilan birga, sisplatin bilan davolashda jadallashgan diurez qo‘llanganida.
-Angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari (AAF) va angiotenzin II retseptorlar antagonistlari – AAF ingibitorlarini yoki angiotenzin II retseptorlar antagonistlarini avval furosemid bilan davolangan bemorlarga buyurish buyraklar faoliyati buzilishi va arterial bosimni keskin pasayishiga olib kelishi mumkin, ayrim hollarda esa – o‘tkir buyrak yetishmovchiligining sababchisi bo‘lishi mumkin, shuning uchun AAF ingibitorlarini yoki angiotenzin II retseptorlar antagonistlari bilan davolashni boshlashdan yoki dozasini oshirishdan uch kun avval furosemid dozasi kamaytiriladi yoki bekor qilinadi.
-Litiy tuzlari - furosemid ta'sirida litiyni chiqarilishi kamayadi, buning oqibatida litiyning zardobdagi kontsentratsiyasi oshadi va litiyning toksik ta'sirini rivojlanish xavfi oshadi, shu jumladan uning yurakka va nerv tizimiga ko‘rsatadigan shikastlovchi ta'siri ham. Shuning uchun bu majmua qo‘llanganida litiyning zardobdagi kontsentratsiyalarini monitoringi talab qilinadi.
-Risperidon – va boshqa diuretiklarni furosemid bilan birga qo‘llanganida ehtiyotkorlik bilan foyda va zarari o‘rtasidagi munosabatni sinchkovlik bilan solishtirish kerak, chunki risperidon furosemid bilan yoki boshqa kuchli diuretiklar bilan birga qo‘llanganida asoratlar kuzatilgan (bir vaqtda risperidon va furosemid bilan davolangan keksa yoshdagi dementsiyali bemorlarda o‘lim oqibatlarini ko‘payishi kuzatilgan).
E'tiborga olish kerak bo‘lgan o‘zaro ta'sirlar
-Yurak glikozidlari, QT intervalini uzayishini chaqiruvchi preparatlar – furosemid bilan davolash vaqtida suv-elektrolit muvozanatini o‘zgarishi (gipokaliyemiya yoki gipomagniyemiya) ro‘y bersa, bu holda yurak glikozidlari va QT intervalini uzayishini chaqiruvchi preparatlarning toksik ta'siri ortadi (yurak ritmini buzilish xavfi oshadi).
-Glyukokortikosteroidlar, karbenoksolon, ko‘p miqdordagi qizilmiya preparatlari va surgi vositalarining furosemid bilan bir vaqtda uzoq muddat qo‘llash gipokaliyemiya xavfini oshiradi.
-Nefrotoksik ta'sirga ega dori vositalari – furosemid bilan birga qo‘llanganida ularning nefrotoksik ta'sirini kuchayish xavfi ortadi.
-Ba'zi sefalosporinlarning yuqori dozalari (ayniqsa ko‘proq buyrak orqali chiqariladigan) – furosemid bilan birga qo‘llash nefrotoksik ta'sirining xavfini oshiradi.
-Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) – NYaQP, shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi, furosemidning diuretik ta'sirini kamaytirishi mumkin. Gipovolemiyava degidratatsiyali bemorlarda(shuningdek, furosemid bilan davolanish davrida) NYaQP o‘tkir buyrak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin. Furosemid salitsilatlarning toksikligini oshirishi mumkin.
-Fenitoin – furosemidning diuretik ta'sirini pasaytiradi.
-Gipotenziv preparatlar, diuretiklar yoki boshqa preparatlar, arterial bosimni pasaytirish qobiliyatiga ega – furosemid bilan birga qo‘llanganidan arterial bosimni yanada pasayishi kutiladi.
-Furosemid kabi buyrak naychalarida sekretsiya bo‘ladigan probenetsid, metotreksat yoki boshqa preparatlar bir tarafdan furosemid ta'sirini kamaytirishi mumkin(buyrak sekretsiyasining bir xil yo‘li), ikkinchi tarafdan furosemid bu dori vositalarining buyraklar orqali chiqarilishini sekinlashtirishi mumkin.Bularning hammasi ham furosemidni ham bir vaqtda qo‘llanayotgan dori vositalarini nojo‘ya ta'sirlari paydo bo‘lish xavfini oshiradi.
-Gipoglikemik vositalar, pressor aminlar (epinefrin, norepinefrin) – furosemid bilan birga qo‘llanganida ularning ta'sir kuchi kamayishi kuzatiladi.
-Teofillin, diazoksid, kuraresimon miorelaksantlar - furosemid bilan birga qo‘llanganida ularning ta'sir kuchi oshishi kuzatiladi.
-Sukralfat – furosemid ichga qabul qilinganida so‘rilishini pasaytiradi (bu dori shakli uchun mo‘ljallanmagan) va uning ta'sirini kamaytiradi (furosemid va sukralfat qabul qilinishi orasidagi vaqt oralig‘i 2 soatdan kam bo‘lmasligi kerak).
-Siklosporin A – furosemid bilan birga qo‘llanganida hosil bo‘lgan giperurikemiya, va siklosporin oqibatidagi buyraklardagi uratlarning chiqarilishini buzilishi natijasida podagrik artritni rivojlanish xavfi oshishi kuzatiladi.
-Rentgenokontrast moddalar – rentgenokontrast preparatlar yuborilishiga nefropatiya rivojlanish yuqori xavfi bo‘lgan, furosemid bilan davolanayotgan bemorlarda rentgenokontrast preparatlar yuborilishiga nefropatiya rivojlanish yuqori xavfi bo‘lgan faqat vena ichiga gidratatsion davolanayotgan bemorlarga nisbatan buyraklar faoliyatini buzilish xavfiga uchrash tezligi yuqori bo‘lgan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Laziks® preparati bilan davolashdan oldin siydik chiqarilishini keskin namoyon bo‘ladigan buzilishlarini, shu jumladan bir tomonlama mavjudligini inkor etish kerak. Siydik chiqarilishini qisman buzilishlari bo‘lgan bemorlar alohida kuzatuvda bo‘lishligi kerak, ayniqsa Laziks® preparati bilan davolanishni boshlanishida, chunki siydik chiqarishni ko‘payishi bu mavjud buzilishlarni qo‘zg‘atishi yoki kuchaytirishi mumkin. Laziks® preparati bilan davolash davrida odatda muntazam ravishda zardobdagi natriy, kaliy, kreatinin miqdorlarining doimiy nazorati talab qilinadi, ayniqsa suv-elektrolit muvozanati buzilishlari rivojlanish xavfi yuqori bemorlarda yana qo‘shimcha ravishdagi suyuqlik va elektrolitlarni yo‘qotilishi (masalan, qusish, diareya yoki ko‘p terlash) bor holatlarda.
Laziks® preparati bilan davolashdan oldin va davolash vaqtida paydo bo‘ladigan yoki mavjud gipovolemiya yoki degidratatsiya, shuningdek suv-elektrolit muvozanatini va/yoki kislota-ishqor muvozanatini davolash va nazorat qilish talab qilinadi, kerak bo‘lganda vaqtinchalik Laziks® preparati bilan davolash to‘xtatilishi mumkin.
Laziks® preparati bilan davolash davomida har doim kaliyga boy oziq-ovqatlar iste'mol qilish tavsiya etiladi (yog‘siz go‘sht, kartoshka, banan, pomidor, gul karam, ismaloq, quruq mevalar va boshqalar). Ba'zi hollarda kaliy preparatlari va kaliy saqlovchi preparatlar buyurilishi mumkin.
Bir vaqtda risperidon va furosemid bilan davolangan keksa yoshdagi bemorlarda faqat
furosemid yoki faqat risperidon bilan monoterapiya o‘tkazilishiga nisbatan o‘lim oqibatlarini ko‘payishi ko‘pchilik hollarda kuzatilgan. Bu ta'sirning mexanizmi aniq emas. Bir vaqtda risperidonni boshqa diuretiklar (asosan tiazid diuretiklaring kichik dozalari) bilan davolangan keksa yoshdagi dementsiyali bemorlardagi o‘lim oqibatlariga bog‘liq bo‘lmagan. Keksa yoshdagi dementsiyali bemorlarda furosemidni risperidon bilan birga buyurishda ehtiyotkorlik bilan foyda va xavf nisbatini sinchiklab baholab qo‘llash kerak. Bunday bemorlarda majmuani qo‘llashda bemor degidratatsiyasidan saqlanish kerak, chunki degidratatsiya o‘lim oqibatini ko‘paytiruvchi xavfning umumiy omilidir.
Homiladorlik, emizish davri
Furosemid yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi, shuning uchun homiladorlik vaqtida uni qat'iy tibbiy ko‘rsatmalarsiz qo‘llash mumkin emas. Agar hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha Laziks® buyurilsa, u holda homila holati va rivojlanishini kuzatib borish zarur.
Furosemidni emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Furosemid laktatsiyani susaytiradi. Agar ayollar furosemid qabul qilayotgan bo‘lsalar, emizmasliklari kerak.
Transport vositalarini boshqarish va boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri.
Ayrim nojo‘ya ta'sirlari (masalan, arterial bosimni keskin pasayishi) diqqatni jamlash qobiliyatini va javob reaktsiyalarini buzilishiga olib kelishi avtomobilni boshqarish yoki boshqa potentsial xavfli turdagi faoliyatlar bilan shug‘ullanishda xavf tug‘dirishi mumkin. Ayniqsa bu holat davolanish boshlanish davriga yoki preparat dozasi oshirilishiga tegishlidir, hamda gipotenziv vositalar va etanolni bir vaqtda qabul qilishga oiddir.
Bunday holatlarda transport vositalarini boshqarish yoki potentsial xavfli xizmat turlari bilan shug‘ullanmaslik tavsiya etiladi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishiga shubxa bo‘lganida, albatta shifokorga murojaat qilish kerak, chunki dozani oshirib yuborish hollarida ma'lum davolash tadbirlarini o‘tkazish talab qilinishi mumkin. Preparatning dozasi o‘tkir yoki surunkali oshirib yuborilishining klinik manzarasi asosan suyuqlikni va elektrolitlarni yo‘qotish darajasi va oqibatiga bog‘liq; dozani oshirib yuborilishi gipovoliyemiya, degidratatsiya, gemokontsentratsiya, yurak ritmini va o‘tkazuvchanligini buzilishlari (shu jumladan atrioventrikulyar blokadani va qorinchalarni fibrilyatsiyasi) bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Ushbu buzilishlarning belgilari, arterial gipotenziya (xatto shok rivojlanishigacha) o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, tromboz, delirioz holat, sust falaj, apatiya va ongni chalkashishi hisoblanadi. Maxsus antidoti yo‘q. Agar ichga qabul qilinganidan keyin oz vaqt o‘tgan bo‘lsa, u holda furosemidni me'da ichak yo‘llaridan so‘rilishini kamaytirish uchun qusishni chaqirishga harakat qilish yoki me'dani yuvish lozim, undan keyin esa ichga faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash kerak. Davolash klinik ahamiyatli suv-elektrolit va kislota–ishqor muvozanatining buzilishlarini elektrolitlarning zardobdagi kontsentratsiyasini, kislota-ishqor muvozanatining ko‘rsatkichlarini, gematokritning nazorati ostida to‘g‘rilashga, shuningdek bu buzilishlar fonida rivojlanishi mumkin bo‘lgan jiddiy asoratlarni bartaraf qilishga yoki davolashga yo‘naltirilgan.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 40 mg dan
10 tabletkadan alyuminiy folga stripda.
5 stripdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
15 tabletkadan alyuminiy folga stripda.
3 stripdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Sanofi Indiya Limited, Hindiston
54/A, Sir Mathuradas Vasanji Road, Chakala, Andheri (East), Mumbai-400093, India
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.