Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Mannit infuziya uchun eritma 15 % 200 ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Маннитол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
15% 200мл
Производитель
Radiks,ЧНПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Mannit
Ta'sir etuvchi modda (XPN) mannitol
Dori shakli
Infuziya uchun eritma.
Tarkibi
1 l eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda mannit (mannitol) – 150 g.
yordamchi moddalar natriy xloridi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi Rangsiz, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Diuretik vosita.
ATX kodi B05BS01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Osmotik diuretik vosita. Plazmaning osmotik bosimini oshirib, to‘qimalardan tomirlarga suyuqlikni o‘tishini va to‘qimalarning degidratatsiyasini chaqiradi. Buyrak naychalarida suvning qayta so‘rilishini kamaytiradi. Natijada yaqqol diuretik samara chaqiradi, bunda katta miqdorda suv, hamda natriy va xlorning ajralib chiqishi kuzatiladi. Preparatning kontsentratsiyasi qanchalik yuqori bo‘lsa, diuretikni samarasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Preparat kalava filtratsiyaga ta'sir qilmaydi. Kaliyning chiqarilishiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi. Buyrakning faoliyati buzilganida, shuningdek jigar sirrozi va astsiti bo‘lgan bemorlardagi azotemiyada ham samarasiz. Aylanib yuruvchi qon hajmining oshishini chaqiradi.
Farmakokinetikasi
Taqsimlanish hajmi (Vd) ekstratsellyular suyuqlikning hajmiga mos keladi. Mannit metabolizmga uchramaydi va uning chiqarilishi naychalarda ahamiyatli so‘rilishisiz yoki sekretsiyasisiz kalava filtratsiyasi orqali boshqariladi.
Yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 100 min ni tashkil qiladi. 80% buyraklar orqali 3 soat davomida chiqariladi. T1/2 buyrak yetishmovchiligida uzayishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Miyaning shishi, ko‘z ichki bosimining oshishi, buyrakning filtratsion faoliyati saqlangan holdagi o‘tkir buyrak yoki buyrak-jigar yetishmovchiligidagi oliguriyani (majmuaviy davolash tarkibida) davolash; barbituratlar va salitsilatlar bilan zaharlanishda jadal diurez o‘tkazish uchun; prostata bezining transuretral rezektsiyasida chayish va yuvish uchun eritma sifatida; buyrak ishemiyasini va u bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tkir buyrak yetishmovchiligini oldini olish maqsadida, ekstrakorporal qon aylanishi operatsiyalarda gemolizning oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga (v/i) (sekin oqim bilan yoki tomchilab), oldindan 380S gacha isitib yuboriladi. Profilaktik doza 0,5 g/kg tana vazniga tashkil qiladi, davolovchi - 1-1,5 g/kg. Sutkalik doza 140-180 g dan oshmasligi kerak. Ekstrakorporal qon aylanishi operatsiyalarda preparat 20-40 g dozada perfuziyani boshlash oldidan bevosita apparatga kiritiladi. Oliguriyali patsiyentlarga oldindan v/i tomchilab sinama dozasini (200 mg/kg) 3-5 minut davomida yuborish lozim. Agarda bundan keyin 2-3 soat davomida diurezning tezligi 30-50 ml/s gacha oshmasa, preparat yuborishni davom ettirishni to‘xtatish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Suv-elektrolit muvozanatining buzilishi (aylanib yuruvchi qon hajmining oshishi, giponatriyemiya, kam-giperkaliyemiya), to‘qimalarning suvsizlanishi va uning ko‘rinishlari mushaklar kuchsizligi, tirishishlar, og‘izni qurishi, chanqoqlik, dispeptik holatlar, gallyutsinatsiyalar, arterial bosimni (AB) pasayishi; ongni buzilishi, taxikardiya, to‘sh orqasida og‘riqlar. Kam – yuborilgan joyda tromboflebit, teri toshmasi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Buyrakning og‘ir shikastlanishidagi naychalarning o‘tkir nekrozi fonidagi anuriya, degidratatsiyaning og‘ir shakllari, bosh miya ichki qon ketishi, qon aylanishining og‘ir yetishmovchiligi (o‘pka shishi, kichik qon aylanish doirasidagi yaqqol dimlanish ko‘rinishlari), preparatga yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va laktatsiya davrida faqat agar ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Yurak glikozidlarining toksik ta'sirini oshishi (gipokaliyemiya bilan bog‘liq) mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Chap qorincha yetishmovchiligida Mannitolni tez ta'sir qiluvchi «halqali» diuretiklar (o‘pka shishining xavfi bilan bog‘liq) bilan birga qo‘llash kerak.
AB, diurez, qon zardobida elektrolitlarning kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak.
Preparat yuborilayotganida bosh og‘rig‘i, qayt qilish, bosh aylanishi, ko‘rishning buzilishi kabi belgilar paydo bo‘lgan xolda, yuborishni to‘xtatish va subdural va subaraxnoidal qon ketishi kabi asoratlarning rivojlanishini istisno qilish kerak. Suvsizlanish belgilari paydo bo‘lganida organizmga suyuqlik yuborish kerak.
Yurak yetishmovchiligida (faqat «halqali» diuretiklar bilan majmuada) va entsefalopatiyali gipertonik krizda qo‘llash mumkin.
Mannitolni qayta yuborish suv-elektrolit muvozanatining nazorati ostida o‘tkazilishi kerak.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun 15% eritma 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml dan butilkalarda (flakonlarda).
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Izoh
1. Kristallar cho‘kishi holatida preparat suv hammomida 50°S dan 70°S gacha haroratda kristallar yo‘qolgunicha isitiladi.
36°S gacha haroratda sovutilganda kristallar cho‘kmaga tushmay, eritma tiniq bo‘lsa preparat qo‘llash uchun yaroqli .
2. Muzlatishga yo‘l qo‘yiladi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chikaruvchi
“RADIKS” XIIChK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50.
tel 273-92-31, faks 273-80-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.