Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Torsid tab. 5mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Торасемид
Страна производитель
Украина
Дозировка
5 мг
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Torsid
Ta'sir etuvchi modda (XPN) torasemid (torasemide)
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 100% moddaga qayta hisoblaganda 5 mg yoki 10 mg torasemid;
Yordamchi moddalar laktoza monogidrati, o‘ta jelatinlangan kraxmal, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
Ta'rifi yassi yuzali, riska va faskali, oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
diuretik vositalar (yuqori faol diuretiklar).
ATX kodi S03S A04.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Diuretik ta'sirning asosiy mexanizmi Genle xalqasining apikal qismidagi Na+/2Cl-/K+ kotransporteri bilan qaytuvchan bog‘lanishi bilan bog‘liq bo‘lib, buning oqibatida Genle xalqasining ko‘tariluvchi qismida natriy va xlor ionlarining renal reabsorbtsiyasi to‘liq bostiriladi, hujayra ichidagi suyuqlikning osmotik bosimi va suvning reabsorbtsiyasi kamayadi. 5-100 mg dozalar diapazonida diurezning oshishi dozalar logarifmiga to‘g‘ri proportsionaldir. Diurezni kuchayishi, boshqa siydik haydovchi preparatlar (masalan, tiazidlar) yetarli samara ko‘rsatmaganida, masalan, buyrak faoliyati cheklanganida paydo bo‘ladi. Shishlarni bartaraf qiladi, antigipertenziv ta'sir ko‘rsatadi, u arteriyalarning mushak qavatining hujayralarida erkin kaltsiyning miqdorini kamayishi hisobiga tomirlarning periferik qarshiligini kamayishi va buzilgan elektrolit muvozanatini normallashishi bilan bog‘liq. Buning oqibatida, organizmning shaxsiy pressor moddalari, xususan katexolaminlarga tomirlarning kontraktilligi va reaktsiyasi pasayadi. Old va keyingi yuklamalarni kamaytirishi hisobiga yurakning ishlash sharoitini yaxshilaydi. Peroral qo‘llanganidan keyin maksimal diuretik ta'siri 1-3 soat davom etadi, diuretik samarasi esa, deyarli 12 soat davomida saqlanib turadi. Torasemidning gipotenziv ta'siri birinchi xafta davomida asta-sekin rivojlanadi va maksimumga uzog‘i bilan 12 haftada yetadi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi 1-2 soatdan keyin kuzatiladi. Torasemidning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 99% dan ortiqni, M1, M3, M5 metabolitlarini esa – muvofiq 86%, 95% va 97% ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi biroz shaxsiy tebranishlar bilan taxminan 80% ni tashkil qiladi va ovqat qabul qilishga bog‘liq emas. Jigarda sitoxrom R450 tizimi yordamida, metabolitlarining (M1, M3 va M5) hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti M5 diuretik samara ko‘rsatmaydi, M1 va M3 ta'sir etuvchi metabolitlari birga farmakodinamik ta'sirining taxminan 10% ni namoyon qiladi. Torasemid va uning metabolitlarining sog‘lom ko‘ngillilardagi yarim chiqarilish davri 3-4 soatni tashkil qiladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 83% buyrak naychalari orqali chiqariladi o‘zgarmagan holda (24%) va metabolitlari ko‘rinishida (M1 - 12%; M3 - 3%; M5 - 41%). Umumiy klirensi minutiga 40 ml ni, renal klirensi – taxminan minutiga 10 ml ni tashkil qiladi. Buyrak yetishmovchiligida torasemidning umumiy klirensi va yarim chiqarilish davri o‘zgarmaydi, M3 va M5 ning yarim chiqarilish davri esa uzayadi. Biroq farmakodinamik xarakteristikalari o‘zgarmay qoladi, ta'sirining davomiyligiga buyrak yetishmovchiligining og‘irlik darajasi ta'sir qilmaydi. Jigar faoliyatini buzilishlari yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, torasemid va M5 metabolitning yarim chiqarilish davri biroz uzayadi, torasemid va uning metabolitlarini to‘planishi kuzatilmaydi.
Qo‘llanilishi
Essentsial gipertenziya. Yurak yetishmovchiligi chaqirgan shishlarni qaytalanishini va/yoki suyuqlik to‘planishlarni davolash va oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar.
Kuniga 1 marta ertalab ovqatdan keyin, chaynamasdan, oz miqdorda suyuqlik bilan ichga qabul qilinadi. Doza va davolash kursi davomiyligi ko‘rsatmalar, davolashning samaradorligi va o‘zlashtiraolishini hisobga olib, shaxsiy ravishda belgilanadi.
Essentsial gipertenziyada. Odatda Torsidning dozasi 2,5 mg ni tashkil qiladi. Agar sutkada 2,5 mg dozada preparat bilan 12 haftalik davolashdan keyin arterial bosimni normallashishiga erishilmasa, dozani 5 mg gacha oshirish mumkin. Dozaning keyingi oshirilishi maqsadga muvofiq emas, chunki bu arterial bosimni keyingi pasayishiga olib kelmaydi.
Shishlarda yoki suv to‘planishlarida boshlang‘ich doza sutkada 5 mg Torsidni tashkil qiladi. Odatda ushbu doza samarani bir maromda ushlab turuvchi doza hisoblanadi. Agar
5 mg sutkalik doza yetarli bo‘lmasa, u holda sutkada 10 mg torasemid qo‘llanadi. Kasallikning og‘irligiga qarab, dozani sutkada 20 mg gacha oshirish mumkin.
Jigar yetishmovchiligida. Bunday patsiyentlarni davolash ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish kerak, chunki qon plazmasida torasemidning kontsentratsiyasi oshishi mumkin.
Keksa yoshdagi patsiyentlar. Dozani maxsus tanlash talab etilmaydi. Keksa yoshdagi va yosh bemorlarda davolashni solishtirishga tegishli bo‘lgan adekvat tekshiruvlar mavjud emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan suv va elektrolit muvozanatini buzilishlari (gipovolemiya, gipokaliyemiya, giponatriyemiya); metabolik alkalozni kuchayishi. Kuchli siydik chiqarilishi natijasidagi suyuqlik va elektrolitlarni ahamiyatli darajada yo‘qotilishlarida arterial gipotenziya, ongni chalkashishi, trombozlar, yurak ritmini buzilishi, stenokardiya, o‘tkir miokard infarkti, sinkope rivojlanishi bilan kardial va serebral ishemiya kuzatilishi mumkin.
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kuchli toliqish, mushaklarni tirishishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan qabziyat, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, me'dada og‘riq, diareya, jigarning ayrim fermentlarini (xususan, gamma-glutamiltranspeptidaza) oshishi, pankreatit.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan siydik chiqarilishini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, prostata bezining gipertrofiyasi) siydikni jadal ajralishi, siydikni tutilishiga va qovuqni haddan tashqari kengayishiga olib kelishi mumkin; qonda kreatinin va mochevinani oshishi.
Moddalar almashinuvi tomonidan qonda siydik kislotasi, glyukoza, lipidlar (triglitseridlar, xolesterin) miqdorini oshishi.
Qon tizimi tomonidan trombotsitlar, eritrotsitlar, va/yoki leykotsitlar sonini kamayishi.
Immun tizimi tomonidan allergik reaktsiyalar, shu jumladan toshmalar, qichishish, ekzantema, fotosezuvchanlik, og‘ir teri reaktsiyalari.
Boshqalar umumiy holsizlik, og‘izni qurishi, paresteziyalar, ko‘rishni buzilishi, quloqda shovqin, eshitishi pasayishi, eshitishni yo‘qolishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta'sir etuvchi moddaga, sulfonilmochevinaning boshqa preparatlariga va yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik. Anuriya bilan birga kechuvchi buyrak yetishmovchiligi. Jigar komasiyoki koma oldi holati. Arterial gipotenziya. Gipovolemiya. Giponatriyemiya. Gipokaliyemiya. Siydik ajralishini yaqqol buzilishlari masalan, prostata bezining gipertrofiyasi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Torsid boshqa antigipertenziv dori vositalarining, xususan angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlarining ta'sirini kuchaytiradi, shuning uchun bunday muvofiq majmuaviy davolash, arterial bosimini haddan ziyod pasayishiga olib kelishi mumkin.
Torsid bilan angishvonagul preparatlari bir vaqtda qo‘llanganida, torasemid chaqirgan kaliy tanqisligi, ikkala preparatning nojo‘ya ta'sirlari diapazonini kengayishiga olib kelishi mumkin.
Torsid diabetga qarshi vositalarning ta'sirini susaytiradi. Probenetsid va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar Torsidning diuretik va gipotenziv ta'sirini susaytiradi. Salitsilatlar bilan yuqori dozalarda davolashda Torsid markaziy nerv tizimiga ularning toksik ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Torsid, ayniqsa yuqori dozalarda, aminoglikozid antibiotiklari va platinaning hosilalarini oto- va nefrotoksik ta'sirini kuchaytirishi mumkin, shuningdek sefalosorinlarning nefrotoksik ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Torsid teofillin va kuraresimon miorelaksantlarning ta'sirini kuchaytiradi. Surgi vositalari, shuningdek mineralo- va glyukokortikoidlar, Torsid bilan bog‘liq kaliyning yo‘qotilishini kuchaytirishi mumkin. Torsid va litiy preparatlari bir vaqtda qo‘llanganida, qonda litiyning kontsentratsiyasini oshishi va shu bilan birga litiyning ta'sirini va uning nojo‘ya ta'sirlarini kuchayishi mumkin. Torsid katexolaminlarning qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sirini susaytiradi. Xolestiramin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, torasemidning so‘rilishini pasayishi va shu bilan uning ta'sirini susaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Torsid bilan uzoq vaqt davolashda elektrolitlar muvozanatini (xususan qon zardobidagi kaliyni), qon zardobidagi glyukoza, siydik kislotasi kreatinin va lipidlar darajasini, qon manzarasini (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) muntazam nazorat qilish zarur.
Bemor qonida glyukoza darajasini oshishi, latent yoki manifest qandli diabeti bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak, shuning uchun bunday bemorlarda qonda qand miqdorini sinchkov nazoratini o‘tkazish kerak. Ayniqsa keksa yoshdagi bemorlarni davolashni boshida elektrolitlarni yo‘qotilishi va qonni quyulish simptomlarini paydo bo‘lishiga alohida e'tibor berish kerak.
Torasemidni klinik tajriba ma'lumotlari yetarli emasligini hisobga olib, quyida sanab o‘tilgan kasalliklar va holatlarda buyurish mumkin emas podagrada; aritmiyalarda, masalan, sinoatrial blokadada, II va III darajali atrioventrikulyar blokada; kislota-ishqor metabolizmining patologik o‘zgarishlarida; litiy, aminoglikozidlar yoki sefalosporin preparatlari bilan yondosh davolashda; qon manzarasini patologik o‘zgarishlarida, masalan, trombotsitopeniya yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lmagan bemorlarda anemiya; nefrotoksik vositalar chaqirgan buyrak faoliyatini buzilishida.
Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun laktozani nasliy yetishmovchiligi, bo‘lgan galaktozani o‘zlashtiraolmaslik yoki glyukoza-galaktoza metabolizmi buzilishi bo‘lgan bemorlarga buyurish mumkin emas.
Homiladaorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik. Torasemidni embrionga va inson homilasiga ta'siri haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tekshirishlarda torasemidni reproduktiv toksikligi namoyish qilingan. Torasemid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Yuqoridagilarni inobatga olib, torasemidni homiladorlik davrida faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha va iloji boricha minimal samarali dozada buyurish mumkin. Diuretiklarni homiladorlardagi arterial gipertenziyani yoki shishlar standart davolashda sxemada qo‘llab bo‘lmaydi, chunki ular yo‘ldosh to‘sig‘i perfuziyasini kamaytirish va homilani rivojlanishiga toksik ta'sirni chaqirishi qobiliyatiga ega. Agar torasemidni yurak yetishmovchiligi yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan homilador ayollarni davolash uchun qo‘llanilsa, bu holda, elektrolitlar va gematokritni sinchkov monitoringini o‘tkazish, shuningdek homila rivojlanishini kuzatish lozim.
Emizish davri. Qo‘llash mumkin emas. Agar torasemidniqo‘llash zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.
Bolalar. Ma'lumotlar yo‘qligi tufayli preparatni bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Torasemid xatto mustaqil qo‘llanganida ham, bemorning reaktsiyasiga shunday darajada ta'sir qilishi mumkinki, bu avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash yoki himoya vositasiz ishlarni bajarish qobiliyatiga ahamiyatli darajada salbiy ta'sir qilishi mumkin. Bu ayniqsa davolashni boshida, preparat dozasini oshishida, dori vositasini almashtirishda yoki muvofiq davolashni buyurishda, shuningdek alkogolni birga iste'mol qilganda ahamiyatli darajada taalluqli. Shuning uchun torasemidni qabul qilish vaqtida, avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda juda ehtiyotkor bo‘lish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirilib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida suyuqlik va elektrolitlarni yo‘qotilishi xavfi bilan diurezni kuchayishi, uyquchanlik, ongni chalkashishi, arterial gipotenziya, yurak-qon tomir yetishmovchiligi va ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Davolash. Maxsus antidoti noma'lum. Odatda dozani kamaytirish va dori vositasini bekor qilish va suv va elektrolitlar o‘rnini muvofiq to‘ldirish natijasida intoksikatsiya simptomlari yo‘qoladi (nazorat olib borish zarur!). Torasemid qondan gemodializ yordamida chiqarilmaydi. Gipovolemiya holatida davolash suyuqlikning o‘rnini to‘ldirish. Gipokaliyemiya holatida davolash kaliy preparatlarini buyurish. Yurak-qon tomir yetishmovchiligini davolash bemorni o‘tirgan holatda bo‘lishi va zarurati bo‘lsa simptomatik davolash.
Anafilaktik shok (shoshilinch yordam). Teri reaktsiyalarini (masalan, eshakemi yoki terini qizarishi kabi), bemorni qo‘zg‘algan holatida, bosh og‘rig‘i, ko‘p terlash, ko‘ngil aynishi, sianoz birinchi paydo bo‘lganida vena kateterizatsiyasi o‘tkazish; bemorni gorizontal holatga o‘tkazish, havoni erkin kirishini ta'minlash, kislorodni buyurish lozim. Zarurati bo‘lganida epinefrin, suyuqlik hajmini to‘ldirish uchun eritmalar, glyukokortikoidlar yuborish lozim.
Chiqarilish shakli
5 mg li tabletkalar.10 tabletkadan blisterda. 1 yoki 3 blisterdan qutida.
10 mg li tabletkalar.10 tabletkadan blisterda. 1 yoki 3, yoki 9 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, orginal o‘ramda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» JAJ.
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch., 63
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.