Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Torventa tabletkalar 10mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Торасемид
Страна производитель
Турция
Дозировка
10 мг
Производитель
Rotapharm Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Torventa
Ta'sir etuvchi modda (XPN) torasemid
Dori shakli
tabletkalar.
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda suvsiz torasemid 5 mg, 10 mg, 20 mg yoki 200 mg.
yordamchi moddalar povidon K30, laktoza monogidrati, krospovidon, oldindan jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi.
Ta'rifi
Torventa 5 mg bir tomonida «T5» gravirovkasi bo‘lgan, dumaloq yassi oq rangli tabletkalar.
Torventa 10 mg bir tomonida «T10» gravirovkasi bo‘lgan, dumaloq yassi oq rangli tabletkalar.
Torventa 20 mg bir tomonida «T20» gravirovkasi bo‘lgan, dumaloq yassi oq rangli tabletkalar.
Torventa 200 mg bir tomonida «T200» gravirovkasi, faskasi va boshqa tomonida bo‘lish uchun xochsimon riskasi bo‘lgan dumaloq yassi oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Yuqori faol diuretiklar. Oddiy sulfonamid preparatlari.
ATX kodi C03CA04
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Torasemid xalqali diuretik hisoblanadi. Kichik dozalarda uning farmakodinamik profili, diurezni davomiyligi va darajasi bo‘yicha tiazid diuretiklarni eslatadi. Yanada yuqori dozalarda torasemid diurezni dozaga bog‘liq holda yuqori faollik bilan kuchaytiradi.
Torasemid
Torasemid Genle xalqasining yuqoriga ko‘tariluvchi naychalarida buyrakdagi natriy xloridni qayta so‘rilishini ingibitsiya qilish orqali saludiuretik sifatida ta'sir qiladi. Ichga qabul qilinganidan keyin diurez taxminan birinchi soatlar atrofida boshlanib, taxminan 2-3 soatlarda cho‘qqiga yetadi. Ta'siri 12 soatgacha davom etishi mumkin.
Sog‘lom ko‘ngillilarda preparatning dozasini oshirish 5 mg dan 100 mg gacha bo‘lgan dozalar diapazonida dozalar logarifmiga (yuqori faollik bilan) muvofiq holda siydikni ekskretsiyasini proportsional ravishda oshishiga olib keladi. Agar boshqa diuretiklar faol bo‘lmay qolsa, masalan, buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lganida, diurezni kuchayishi yuz berishi mumkin.
Buyrak yetishmovchiligida endogen organik kislotalar proksimal naychalarda kislota sekretsiya mexanizmini nisbatan xalqali diuretiklar bilan raqobatlashadilar. Shu tariqa, torasemidning dozasi ta'sir sohasida dori vositasining samarali miqdoriga erishishi uchun muvofiq ravishda oshirilishi kerak.
Torasemid shishlarni asta-sekin kamayishiga, va ayniqsa yurakka tushadigan oldyuklama va ortyuklamani kamayishi hisobiga yurak yetishmovchiligida yurakning ish holatini yaxshilanishiga olib keladi. Surunkali yurak yetishmovchiligining og‘ir bosqichidan terminal bosqichigacha bo‘lgan patsiyentlarda shishni yo‘qolishi va qoldiq diurezni tutib turishga qo‘shimcha ravishda arterial bosimni pasayishi kuzatiladi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Ichga qabul qilinganidan keyin torasemid tez va deyarli to‘liq so‘riladi; qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) qabul qilingandan so‘ng 1-2 soatdan keyin erishadi.
Torasemidni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 99% dan ortiq qiymatni tashkil etadi.
Taqsimlanishi
Taxminiy taqsimlanish hajmi 16 l ni tashkil etadi.
Metabolizmi
Torasemid bosqichma-bosqich kechadigan oksidlanish, gidroksillanish va xalqali gidroksillanish yo‘llari bilan metabolizmga uchrab, uchta metabolit M1, M3 va M5 larni hosil qiladi. M2 va M4 metabolitlari, odamlarda emas, hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimentlarda aniqlangan.
Chiqarilishi
Torasemid va uning metabolitlarini yakuniy yarim chiqarilish davri sog‘lom odamlarda 3-4 soatni tashkil etadi. Torasemidning umumiy klirensi minutiga 40 ml ni tashkil etadi. Buyrak klirensi minutiga taxminan 10 ml ni tashkil etadi. Qabul qilingan dozaning taxminan 80% buyrak naychalariga o‘zgarmagan torasemid (24%) va uning metabolitlari M1 (12%), M3 (3%), M5 (41%) ko‘rinishida chiqariladi.
Dimlangan yurak yetishmovchiligi va jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda torasemid va M5 metabolitining yarim chiqarilish davri sog‘lom ko‘ngillilardagiga nisbatan faqat biroz uzayadi. Siydik bilan chiqariladigan torasemid va metabolitlarining miqdori sog‘lom ko‘ngillilardagi miqdori bilan bir xil; shunday qilib, torasemid va uning metabolitlarini organizmda to‘planish ehtimoli kam.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lganida torasemidning yarim chiqarilish davri o‘zgarmaydi.
Qo‘llanilishi
Torventa 5 mg – arterial gipertenziyada qo‘llanadi.
Torventa 5 mg yoki 10 mg yoki 20 mg – dimlangan yurak yetishmovchiligi oqibatida yuzaga kelgan shishlar; jigar, o‘pka yoki buyrak kasalliklaridagi shishlarda qo‘llanadi.
Torventa 200 mg faqat og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (shu jumladan gemodializdagi patsiyentlarda) diurezni bir maromda ushlab turish uchun, qoldiq diurez yetarli darajada (24 soat davomida 200 ml dan ortiq) bo‘lgan va agar funktsional buzilish shish va arterial gipertenziya bilan bog‘liq bo‘lgan sharoitdagina qo‘llanadi; nefrotik sindrom (qizil yugurik, surunkali glomerulonefrit yoki diabetik glomeruloskleroz (Kimmelstil-Uilson sindromi)) bilan xastalangan patsiyentlarda buyrak funktsiyasi jiddiy buzilganida qo‘llanadi. Nefrotik sindrom bilan bog‘liq ayrim hollarda birinchi navbatda asosiy kasallik davolanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Torventa preparati ichga qabul qilinadi. Tabletkalarni butunligicha, chaynamasdan, suyuqlik bilan yutish kerak. Tabletkalarni, ovqatlanishdan qat'iy nazar, istalgan doimiy qulay vaqtda (kunning birinchi yarmida afzal) qabul qilish mumkin.
Davolashning davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq; yurak yetishmovchiligida davolash shishlar yo‘qolgunicha davom ettirilishi kerak.
Arterial gipertenziya kattalar uchun tavsiya etiladigan dozasi 2,5 mg ni tashkil etadi, sutkada 1 marta qabul qilinadi. Zarurat bo‘lganida doza sutkada 1 marta 5 mg gacha oshirilishi mumkin. 5 mg dan ortiq dozalarni qo‘llash antigipertenziv samarani kuchayishiga olib kelmaydi. Maksimal samarasi odatda davolash boshlanganidan so‘ng 3 oydan keyin kuzatiladi.
Shish odatdagi doza 5 mg ni tashkil etadi, sutkada 1 marta qabul qilinadi. Zarurat bo‘lganida dozasi bosqichma-bosqich sutkada 1 marta 20 mg gacha oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda torasemidning sutkada 40 mg gacha bo‘lgan dozasi qabul qilinadi.
Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida shish va arterial gipertenziya preparatning dozasi patsiyentning og‘irlik darajasiga qarab individual ravishda aniqlanadi. Agar torasemidning odatda sutkada 10-40 mg bo‘lgan oshirilib boruvchi dozalari siydikni chiqarilishini kuchaytirmasa, preparat 200 mg dozada buyuriladi, torasemid sutkada 50 mg (200 mg li Torventa tabletkasining ¼ qismi) doza bilan boshlanadi, ertalab qabul qilinadi. Javob reaktsiyasi yetarli darajada bo‘lmasa, torasemidning dozasi sutkada 100-200 mg (200 mg li Torventa tabletkasining ½-1 qismi) gacha oshirilishi mumkin. Maksimal sutkalik dozasi sutkada 400 mg torasemid (200 mg Torventani 2 tabletkasi) ni tashkil etadi, ertalab (bir martalik doza) qabul qilinadi.
Ayrim patsiyentlar guruhlari
Buyrak funktsiyasini buzilishi
Faqat og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarga 100 mg dan ortiq torasemidning kundalik dozasini buyurish kerak.
Jigar funktsiyasini buzilishi
Yurak yetishmovchiligi yoki jigar funktsiyasini yengil darajadan o‘rtacha og‘irlik darajasigacha buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda torasemid yoki uning metabolitlarini yarim chiqarilish davri juda kam darajada kengayganligi tufayli, bunday patsiyentlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar funktsiyasi jiddiy buzilganida Torventa 200 mg tabletkalari ishlatilmaydi. Bunday patsiyentlarni ehtiyotkorlik bilan davolash kerak, chunki qon plazmasida torasemidning kontsentratsiyasi oshishi mumkin.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Dozani maxsus tanlash talab etilmaydi.
Bolalar
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda torasemidni qo‘llash tajribasi yo‘q.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush reaktsiyalarni uchrash tezligini ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, ammo < 1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, ammo < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlarga bo‘yicha baholash mumkin emas).
Qon va limfa tizimlari tomonidan uchrash tezligi noma'lum – trombotsitopeniya, leykopeniya, anemiya.
Immun tizimi, teri va teri osti to‘qimalari tomonidan juda kam hollarda – terida allergik reaktsiyalar (masalan, qichishish, ekzantema), yorug‘likka sezuvchanlik reaktsiyalari; uchrash tezligi noma'lum – jiddiy teri reaktsiyalari (masalan, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz).
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan tez-tez – metabolik alkaloz, suyuqlik va elektrlitlar muvozanatini buzilishi (masalan, gipovolemiya, giponatriyemiya).
Nerv tizimi tomonidan tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; uchrash tezligi noma'lum – serebral ishemiya, paresteziya, psixoz.
Ko‘rish a'zolari tomonidan uchrash tezligi noma'lum – ko‘rishni buzilishi.
Eshitish va muvozanat a'zolari tomonidan uchrash tezligi noma'lum – quloqlarda shovqin, karlik.
Yurak tomonidan uchrash tezligi nomalum – o‘tkir miokard infarkti, miokard ishemiyasi, stenokardiya, xushdan ketish, gipotoniya.
Qon-tomirlari tomonidan uchrash tezligi noma'lum – emboliya.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan tez-tez – me'da-ichak buzilishlari (masalan, ishtahani yo‘qolishi, qorinning yuqori qismida og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat); uchrash tezligi noma'lum – og‘izni qurishi, pankreatit.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan tez-tez emas – jigar fermentlari (masalan, gamma-glutamiltransferaza) ning darajasini oshishi.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan tez-tez – mushak spazmlari.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan tez-tez emas – siydik tutilishi, qovuqni kengayishi; kam hollarda – qonda mochevinani oshishi, qonda kreatininni oshishi.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar tez-tez – toliqish, asteniya.
Laborator va instrumental tekshirish natijalariga ta'siri tez-tez emas – qonda siydik kislotasining kontsentratsiyasini oshishi, qonda glyukozaning kontsentratsiyasini oshishi, lipidlarning miqdorini oshishi (masalan, qonda triglitseridlarning miqdorini oshishi, qonda xolesterinning darajasini oshishi).
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar
Dori vositasi qayd etilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki yo‘riqnomada ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• torasemidga, sulfonilmochevina hosilalariga yoki yordamchi moddalaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik;
• anuriya bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligi, jigar komasi va koma oldi holati;
• arterial gipotenziya;
• mavjud bo‘lgan gipovolemiya;
• homiladorlik va laktatsiya;
• aritmiya, bir vaqtda aminoglikozidlar yoki sefalosporinlar bilan davolash yoki buyrakni shikastlaydigan preparatlarni qabul qilish oqibatida buyrak funktsiyasi buzilganida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Torasemid yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida kaliy yoki magniyni tanqisligi oqibatida yurak mushagini ushbu dori vositalariga sezgirligi oshishi mumkin. Mineralo- va glyukokortikoidlar, surgi vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida kaliyni tanqisligini rivojlanish havfi oshadi.
Torasemid, boshqa diuretiklar singari, antigipertenziv dori vositalarining ta'sirini kuchaytiradi.
Torasemid, ayniqsa yuqori dozalarda, aminoglikozid antibiotiklar, platina hosilalarining toksik samaralari, sefalosporinlarning nefrotik samaralari va litiyning kardio- hamda neyrotoksik samarasini kuchaytirishi mumkin.
Torasemid teofillin va kuraresimon miorelaksantlarning ta'sirini kuchaytiradi.
Salitsilatlarning yuqori dozalari bilan davolanganda torasemid ularning markaziy nerv tizimiga ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Torasemid diabetga qarshi vositalarning ta'sirini yaqqolligini kamaytiradi.
Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ning ingibitori bilan ketma-ket yoki majmuaviy davolash, yoki birga davolashni boshlash tranzitor gipotenziyaga olib kelishi mumkin. Bu holat AAF ingibitorining boshlang‘ich dozasini pasaytirish va/yoki torasemidning dozasini qisqartirish yoki vaqtinchalik to‘xtatish orqali minimal darajaga yetkazish mumkin.
Torasemid pressor agentlar, masalan, adrenalin, noradrenalinga nisbatan arteriyalarning sezgirligini susaytirishi mumkin.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (masalan, indometatsin) va probenetsid torasemidning diuretik va gipotenziv ta'sirini susaytirishi mumkin.
Torasemid va kolestiraminni bir vaqtda qo‘llash odamlarda o‘rganilmagan, ammo hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda, kolestiramin bilan bir vaqtda qo‘llanganida peroral torasemidning so‘rilishi pasayishi mumkinligi aniqlangan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin mavjud bo‘lgan gipokaliyemiya, giponatriyemiya, gipovolemiya va siyishni buzilishini bartaraf qilish kerak.
Torasemid bilan uzoq muddat davolangandan elektrolitlar muvozanati, qonda glyukoza, siydik kislotasi, kreatinin va lipidlarning darajasi muntazam ravishda nazorat qilish kerak.
Giperurikemiya va podagrani rivojlanishiga tendentsiyasi bo‘lgan patsiyentlarga alohida e'tibor berish talab etiladi. Yaqqol ifodalangan yoki yashirin qandli diabet bilan xastalangan patsiyentlarda uglevodlar metabolizmini nazorat qilish kerak.
Qon bosimini o‘zgartiruvchi boshqa preparatlar bilan bo‘lgani kabi, torasemid qabul qilayotgan patsiyentlar, bosh aylanishi yoki u bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlar rivojlanganida, avtotransport va mexanizmlarni boshqarishni rad etishlari xaqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.
Glyukozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtirolmaslik, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiya sindromi bo‘lgan patsiyentlar ushbu preparatni qabul qilishlari mumkin emas.
Siyishda qiyinchiliklar, shu jumladan prostata bez gipertrofiyasi bo‘lgan patsiyentlarda siydikni o‘tkir tutilishini rivojlanish havfi yuqori bo‘ladi va ularga juda ehtiyotkorlik va sinchkov kuzatuv talab etiladi.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Odamlarda torasemidni embrion va homilaga ta'siri xaqida ma'lumotlar yo‘q. Torasemidni ko‘krak sutiga ajralib chiqishi yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Demak, preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda torasemidni qo‘llash tajribasi yo‘q.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Qon bosimini o‘zgartiruvchi boshqa preparatlarni qabul qilganda bo‘lgani kabi, torasemid ham qabul qilinganida bosh aylanishi va u bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlar rivojlanishi mumkin. Bunday simptomlar rivojlanganida avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari. Aniq simptomlari ma'lum emas. Dozasi oshirib yuborilganida jadal diurez organizmdan suyuqlik va elektrolitlarni haddan tashqari yo‘qolish havfi bilan birga kechishi mumkin, bu uyquchanlik, ongni chalkashishi, arterial gipotenziya, giponatriyemiya, gipokaliyemiya, gipoxloremik alkaloz, qonni quyilishi, suvsizlanish va sirkulyator kollapsga olib kelishi mumkin. Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar rivojlanishi mumkin.
Davolash. Spetsifik antidoti yo‘q. Dozani oshirib yuborilish simptomlariga qarab preparatning dozasini pasaytirish yoki bekor qilish tavsiya etiladi. Suv-elektrolitlar muvozanatini tiklash bo‘yicha choralar amalga oshiriladi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar. 10 tabletka blisterda. 3 blister tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qarton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.