Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аminalon tab 250 mg № 50
Nomi | Narx | |||||
Аминалон таб 250 мг № 50 (3410724##2 242) |
UZS 20 200
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гамма-аминомасляная кислота
Страна производитель
Беларусь
Дозировка
250 мг
Производитель
Борисовский завод, Беларусь
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Aminalon.
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar 250 mg
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda gamma-amino moy kislota – 250 mg;
yordamchi moddalar qand upasi, povidon, magniya stearati, opadray II (shu jumladan polivinil spirti, talk, makrogol 3350 (polietilenglikol), letsitin (soya yog‘idan olingan), titan dioksid Ye 171), shakar, non tayyorlashda ishlatiladigan bug‘doy uni, magniya karbonat asosi, titan dioksidi Ye 171, asalari mumi, neftdan olinadigan qattiq parafin, rafinatlangan kungaboqar moyi.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, ikki tomoni qavariq qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Farmakoterapevtik guruhi
psixostimulyator va nootrop vositalar.
ATX kodi N03AG03.
Qo‘llanilishi
-bosh miyada qon aylanishini buzilishini o‘tkazgandan keyingi holat va bosh miya jarohatlari;
-psixoorganik sindrom;
-aterosklerotik, gipertonik va alkogolli entsefalopatiya;
-bolalar serebral falaji va bolalarda tug‘ruq jarohatlari oqibatlarini majmuaviy davolash tarkibida;
-bolalarni aqliy rivojlanishdan orqada qolishi;
-kinetozlar (dengiz va havo kasalligi) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ovqatdan oldin ichga qabul qilinadi.
Kattalarga va 7 yoshdan oshgan bolalarga ichga 0,5-1,25 g dan kuniga 3 marta buyuriladi.
Sutkalik doza – 1,5-3 g.
6 yoshdagi bolalarga – sutkada 2,0-3,0 g (8-12 tabletka) dan 3 marta qabul qilinadi.
Davolash kursi kamida 2-3 hafta (optimal 2-4 oy) ni tashkil etadi. Zarur bo‘lgan hollarda davolash kursi yilda 1-2 marta takrorlanadi.
Kinetozlarni davolashda safardan oldin kattalarga 0,5 g (2 tabletka) dan, bolalarga
0,25 g (1 tabletka) dan kuniga 3 marta 3-4 sutka davomida qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
-ko‘ngil aynishi, qusish, dispeptik ko‘rinishlar;
-tana haroratini oshishi, qizib ketish hissi;
-uyqusizlik;
-arterial bosimni labilligi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-aminalonga yuqori sezuvchanlik;
-6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Benzodiazepin hosilalari, tutqanoqqa qarshi, sedativ-gipnotik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida MNTning faoliyatiga susaytiruvchi ta'siri kuchayishi mumkin.
Gepotenziv preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularning samarasini kuchaytiradi. Vinpotsetin, nimodipin, nitsergolin bilan birga qo‘llanganda keksa yoshdagi patsiyentlarda gipotoniya fonida bosh miyada gipoperfuziya rivojlanish sababli gipotoniya rivojlanishi va bosh miyada qon aylanishini buzilishi yomonlashishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Arterial bosim labilligi bo‘lgan patsiyenlarni aminalon bilan davolanishning birinchi kunlarida arterial bosim ahamiyatli darajada tebranish mumkinligini sababli alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlik va laktatsiya davrida aminalonni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Preparatni avtotransportni yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xos xususiyatlari
Aminalonni qo‘llash vaqtida avtotransportni yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aminalonning toksikligi past. Intoksikatsiya simptomlari bir vaqtning o‘zida aminalonning haddan tashqari yuqori dozalari (10-20 g dan ko‘p) qo‘llagandagina rivojlanadi va quyidagi simptomlar qo‘ngil aynishi, qusish, me'dada og‘riq, tana haroratini oshishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik va bradikardiya bilan xarakterlanadi.
Davolash. Spetsifik antidoti yo‘q. Yordam choralari preparatni bekor qilish, me'dani faollashtirilgan ko‘mir bilan yuvish, o‘rab oluvchi vositalar (diosmektit, kraxmal shilimshig‘i) buyurish, kuzatilgan buzilishlarni bartaraf qilishga qaratilgan tutib turuvchi va simptomatik davolashni o‘z ichiga oladi.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 5 yoki 10 kontur uyali o‘ram ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov» Ochiq aktsionerlik jamiyati, Belarus Respublikasi, Minsk viloyati, Borisov sh., Chapayev ko‘ch. 64,
tel/faks +375(177) 735612, 731156.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi
“Laxisam” MChJ, 100011, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., A.Qodiriy ko‘ch., 25A.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.