Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fezam kaps. №60
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Пирацетам, циннаризин
Страна производитель
Болгария
Дозировка
400/25 мг
Производитель
Balkanpharma-Dupnitsa AD
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Fezam
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) piratsetam, sinnarizin
Dori shakli
qattiq kapsulalar.
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 400 mg piratsetam va 25 mg sinnarizin;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati;
qattiq jelatin kapsulaning tarkibi titan dioksidi (E 171), jelatin.
Ta'rifi №0 li, 0,68 xajmli, qattiq, jelatinli silindrik shakli bo‘lgan kapsulalar. Ichidagisi kukunsimon aralashma, aglomeratlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Boshqa psixostimulyatorlar. Nootrop vositalar.
ATX kodi N06BX00
Farmakologik xususiyatlari
Fezam piratsetam va sinnarizin dori vositalarini saqlovchi majmuaviy dori preparatidir.
Piratsetam nootrop dori vositalar deb nomlanadigan guruhga kiradi. U bilish jarayonlari va aqliy ish faoliyatini yaxshilaydi va tiklaydi.
Sinnarizin xujayra membranalari orqali kaltsiy ionlarini tashilish jarayonlarini bostiradi va qon tomirlarini kengayishiga olib keladi, muvozanat markazining qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi, kislorodni yo‘qligiga xujayralarning chidamliligini oshiradi.
Majmuaviy preparat yaqqol gipoksiyaga qarshi ta'sirga (kislorodni kamaygan tashib kelinishiga qarshi ta'sirga) ega. Har ikkala dori vositasi o‘zlarining samaralarini o‘zaro kuchaytiradilar va natijada miyada qon oqimini yaxshilanadi.
Qo‘llanilishi
Fezam quyidagilarda qo‘llanadi
• miya tomirlarining surunkali va latent (yashirin) yetishmovchiligida, aterosklerozda va arterial gipertoniyada (yuqori qon bosimi), o‘tkazilgan miya insultidan keyingi holatlarda;
• jarohatdan keyingi serebrasteniyada (miyani chayqalishi yoki miyaning yengil kontuziyasidan keyingi holat);
• kelib chiqishi turlicha bo‘lgan entsefalopatiyada (miyani shikastlanishi);
• xotira va boshqa bilish faoliyatlarini yaqqol buzilishlari yoki emotsional-iroda doirasida buzilishlari bo‘lgan psixoorganik sindromda;
• labirintopatiyada va Mener sindromida (vestibulyar apparatini shikastlanishi) – bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, ko‘ngil aynishi, qusish, nistagm (ko‘zlarni ixtiyorsiz harakati);
• kinetozlar (harakat kasalligi) va migrenni oldini olish uchun;
• intellektual rivojlanishda orqada qolgan bolalarda bilish jarayonlarini yaxshilash uchun.
To‘g‘ri qo‘llash haqida ma'lumot
Qo‘llash usuli va dozalari
Fezamni hamisha davolovchi shifokoringizning yo‘riqnomasiga muvofiq ravishda qo‘llang. Agar Siz nimagadir ishonch hosil qilmagan bo‘lsangiz, shifokor yoki farmatsevtdan so‘rang.
Kattalar - kasallikning og‘irligiga qarab 1-2 kapsuladan sutkada uch marta 1-3 oy davomida.
Bolalar – 1-2 kapsuladan sutkada 1-2 marta.
Preparatni tanaffussiz 3 oydan ortiq qabul qilish mumkin emas!
Nojo‘ya ta'sirlari
Har qanday preparat kabi Fezam ham nojo‘ya reaktsiyalar chaqirishi mumkin, garchi ular har kimda namoyon bo‘lmasa ham.
Juda kam hollarda allergik reaktsiyalar – turli teri reaktsiyalari, yorug‘likka sezuvchanlik bo‘lishi mumkin.
Alohida hollarda me'da-ichak buzilishlari – so‘lak ajralishini kuchayishi, ko‘ngil aynishi, qusish.
Uzoq muddat davolash keksa odamlarda tremor chaqirishi mumkin.
Bezovtalik va qo‘zg‘alish, shuningdek uyquni buzilishi bo‘lishi mumkin.
Agar Sizda bu ilova- varaqada ta'riflanmagan boshqa nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilsa, iltimos, shifokor yoki farmatsevtga xabar bering.
Dori vositasini qo‘llashni boshlashdan oldin zarur bo‘lgan ma'lumot
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Fezam quyidagi hollarda qo‘llanmaydi
• Piratsetam, sinnarizin yoki preparatning tarkibidagi qandaydir boshqa komponentiga allergiya (yuqori sezuvchanlikda);
• Og‘ir buyrak yetishmovchiligi;
• Gemorragik insult (miyaga qon quyilishi).
Maxsus ogohlantirishlar
Quyidagi sanab o‘tilgan holatlardan qaysidir-biri bo‘lganida shifokoringizga xabar bering. Shifokor Fezam Sizga to‘g‘ri kelishini baholaydi.
-Yengil va o‘rtacha buyrak yetishmovchiligi, bu odatda davolovchi dozani kamaytirishni yoki alohida qabullar orasidagi intervallarni uzaytirishini talab qiladi.
-Jigar yetishmovchiligi – bunday hollarda jigar fermentlarining qiymatlarini nazorat qilish kerak.
-Yuqori ko‘z ichki bosimi.
-Parkinson kasalligi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Siz qandaydir boshqa preparatlarni qabul qilayapsiz yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, hatto agarda ular retseptsiz beriladigan bo‘lsa ham, iltimos davolovchi shifokorga yoki farmatsevtga xabar bering.
Agar Siz quyidagi dorilardan ba'zilarini – markaziy nerv tizimini bostiruvchi medikamentlar, tritsiklik antidepressantlar (depressiyalarni davolash uchun), alkogol, nootroplar, gipotenziv (yuqori qon bosimini davolash uchun) va tomirlarni kengaytiruvchi vositalar, qalqonsimon bezi gormonlari va peroral antikoagulyantlarni (qon ivishini kamaytiruvchi dori vositalarni) qabul qilayotgan (yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan) bo‘lsangiz shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Har qanday preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Homiladorlik vaqtida (xususan, birinchi uch oyligida) Fezamni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Piratsetam ko‘krak sutiga o‘tadi va shuning uchun emizish vaqtida Fezamni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarini boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Fezamni qo‘llash va ovqat va ichimliklarni qabul qilish
Bu preparat bilan davolash vaqtida alkogol iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Yordamchi moddalari haqida ma'lumotlar
Bu dori preparati laktoza (sut qandi) saqlaydi. Agarda shifokoringiz Sizda ba'zi qandlarni o‘zlashtiraolmaslik borligi haqida Sizni ogohlantirgan bo‘lsa, bu dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin u bilan maslahatlashing.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sizga buyurilganga qaraganida yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!
Fezam yaxshi o‘zlashtiriladi, davolashni to‘xtatishni talab qilinadigan jiddiy nojo‘ya reaktsiyalari yo‘q.
Dozasi oshirib yuborilgan holda qorin og‘riqlari bo‘lishi mumkin. Bolalarda qo‘zg‘alish reaktsiyalari – uyqusizlik, bezovtalik, eyforiya, ta'sirchanlik, tremor, kam dahshatlar, gallyutsinatsiyalar, tirishishlar – ko‘proq bo‘ladi.
Dozani oshirib yuborilishi
ni davolash simptomatik.
Agar Siz Fezam qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
Agar Siz bir dozani qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni dozasini oshirmasdan, navbatdagi qabul vaqtida amalga oshirasiz.
Agar Sizda bu preparatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan qandaydir qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Chiqarilish shakli
10 kapsula blisterda, 6 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 (uch) yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Balkanfarma-Dupnitsa AD,
“Samokovskoye shosse” ko‘ch. №3,
2600 Dupnitsa, Bolgariya
tel. +359/701 58 196, faks 359/701 58 555
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi
«ACTAVIS International Limited» O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Afrosiyob ko‘ch., 4B
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.