Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Gamalate B6 ichga qabul qilish uchun 80 ml eritma
Nomi | Narx | |||||
Гамалате В6 д/приема внутрь 80 мл (T003##2 276) |
UZS 137 500
Stokda yetarli (8)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Магния глютамата гидробромид, γ-амино масляная кислота
Kelib chiqqan mamlakat
Ispaniya
Дозировка
80 мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Ferrer Internacional SA
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Раствор для приема внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Gamalate B6
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun 80 ml eritma.
Tarkibi
100 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
magniy glyutamat gidrobromidi 2,0 g;
γ-amino moy kislotasi (GAMK) 2,0 g;
γ-amino-V-gidroksi moy kislotasi (GABOM) 1,0 g;
piridoksin gidroxloridi 1,0 g;
yordamchi moddalar natriy saxarini, limon kislotasi, metilparagidroksibenzoat (E218), propilparagidroksibenzoat (E216), malina essentsiyasi, Sariq "quyosh shafag‘i" FCF bo‘yovchisi (E110), sorbitol (E420), tozalangan suv.
Ta'rifi qovushqoq, to‘k-sariq rangli, o‘ziga xos ta'mli va hidli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Psixoanaleptiklar. Psixostimulyatorlar va boshqa nootroplaro.
ATX kodi NO6BX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Gamalate B6 preparatining ta'siri uning tarkibiga kiruvchi faol moddalar bosh miya funktsiyasi tonusini oshiruvchi aminokislotalar u-aminomoy kislotasi va γ-amino-β-gidroksimoy kislotasi (GAMK va GABOM), kuchsiz sedativ modda - magniy glyutamat gidrobromidi (MGG) va B6 vitamini kofermentning ta'sirlariga bog‘liq. Preparat bosh miyaning energetik va neyroregulyator faolligini oshishini chaqiradi. Preparat bosh miyaga neyroboshqaruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Aminokislotalar va V6 vitamini bosh miya metabolizmida ishtirok etadi va nerv xujayralarining energetik potentsialini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Gamalate B6 peroral eritmasi ichga qabul qilinganida yaxshi so‘riladi.
GAMK tez so‘riladi va gematozntsefalik to‘siq orqali o‘tadi. U Krebs sikliga qo‘shilish uchun transaminizatsiya va dekarboksilizatsiya jarayoni orqali qahrabo kislotasigacha metabolizmga uchraydi. Bundan tashqari GAMK GABOM ga aylanadi.
GABOM tez peroral so‘rilishga ega va gematozntsefalik to‘siq orqali o‘tishi mumkin. U keng metabolizmga uchraydi va siydik va so‘lak orqali tez chiqariladi. Keng metabolizmi 12 soatdan keyin siydikda dozaning faqatgincha 1% aniqlanganligi bilan tasdiqlanadi.
Magniy glyutamat gidrobromidi (MGG) peroral so‘rilganidan keyin keng tizimli taqsimlanish bilan qon oqimiga tushadi.
Piridoksin gidroxloridi me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Mal'absorbtsiya sindromi bo‘lgan patsiyentlarda so‘rilish darajasi pasayadi. U qon zardobidagi oqsillar bilan bog‘lanmaydi.
Piridoksin gidroxloridining rezervuari bo‘lib jigar hisoblanadi, u yerda u farmakologik faol piridoksal'-5-fosfat va piridoksaminofosfatga aylanadi. U jigarda oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi, buning natijasida 4-piridoksin kislotasi va boshqa nofaol metabolitlar hosil bo‘ladi, ular siydik bilan chiqariladi. Piridoksin gidroxloridining yarim chiqarilish davri 15-20 kunni tashkil qiladi. By gemodializ yordamida bartaraf etilishi mumkin. Piridoksin yo‘ldosh orqali kiradi va ko‘krak suti bilan ajraladi.
Qo‘llanilishi
Kattalar
Funktsional asteniyada yordamchi vosita. Emotsional labillik. Diqqatni jamlashni va xotirani buzilishlari. Depressiya va asteniya. Adaptatsion qobiliyatlarni pasayishida qo‘llanadi.
Bolalar
Diqqatni jamlashni va ta'lim olish qobiliyatini pasayishi. Jamiyatda, oilada va maktabda adaptatsion qobiliyatlarni pasayishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ushbu dori vositasi peroral, ovqatdan oldin yoki keyin qabul qilinadi.
Dozalash
Kattalar 10 ml dan sutkada 2 - 3 marta.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalar 2,5 ml dan sutkada 3 marta.
2 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar 5 ml dan sutkada 3 marta.
4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar 10 ml dan sutkada 2 marta.
7 yoshdan oshgan bolalar 10 ml dan sutkada 2 - 3 marta.
Ushbu dozalar shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘zgartirilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Dispepsik buzilishlar kuzatilishi mumkin. Agar Sizda nojo‘ya samaralar namoyon bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu har qanday kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarni, shu jumladan yuqorida sanab o‘tilmaganlarni ham o‘z ichiga oladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar Siz har qanday boshqa dori vositalarini, hatto retseptsiz beriladigan dori
vositalarini, ayniqsa bu preparatlar – uxlatuvchi, sedativ preparatlar, anksiolitiklar yoki anal'getiklar kabi markaziy nerv tizimi uchun depressantlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ushbu dori vositasi sorbitol saqlaydi 5 ml da bir martalik dozada 3 g. Sorbitolning kaloriyaligi 2,6 Kkal/g ni tashkil qiladi. Ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslikda ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing. Sorbitol gastrointestinal diskomfort va yengil surgi ta'sir chaqirishi mumkin. Preparat allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin bo‘lgan Sariq "quyosh shafag‘i" FCF bo‘yovchisi (E110) saqlaydi.
Preparat propilparagidroksibenzoat (E216) va metilparagidroksibenzoat (E218) saqlaydi, shuning uchun allergik reaktsiyalar (shu jumladan kechiktirilgan) chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik yoki emizish davrida preparat faqat shifokor kuzatuvi ostida va foydalxavf nisbatini e'tiborga olib qo‘llanadi.
B6 vitamini ko‘krak suti bilan ajraladi. B6 vitamining yuqori kontsentratsiyalari ko‘krak suti ishlab chiqarilishini susaytirishi mumkin.
Dori vositasining avtotransportni yoki boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Avtotransportni yoki boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning toksikligi pastligini e'tiborga olib, hatto terapevtik doza to‘satdan oshirib yuborilganda zaharlanish ehtimoli past.
Simptomlari – nojo‘ya samaralarni kuchayishi kuzatilishi mumkin.
Davolash – simptomatik o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
1
80 ml preparat flakonda, 1 flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin1
Yaroqlilik muddati
5 yil
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Ferrer InternasionalB, S.A.
Gran Bua Karlos III, 94, 08028 Barselona, Ispaniya.
Ishlab chiqarish maydonchasi
Ferrer Internasional', S.A.
Xoan Buskaya, 1-9, 08173 Sant Kugat del' Bayes (Barselona), Ispaniya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.