Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Intellan sirop 90 ml
Nomi | Narx | |||||
Интеллан сироп 90мл. (2423016##2 178) |
UZS 34 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гинкго двулопастного листьев экстракт сухой
Страна производитель
Пакистан
Дозировка
90 мл
Производитель
Herbion Pakistan (Pvt) Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Intellan
Chiqarilish shakli
sirop
Tarkibi
Har 10 ml sirop quyidagi ekstraktlarni saqlaydi ikki bo‘lakli Gingko ekstrakti –
50 mg, Osiyo sentellasi – 500 mg, Xerpestis monniyera – 50 mg, Ekma Koriandr – 150 mg, Bigizsimon Amomuma – 150 mg, Dorivor Emblika – 200 mg;
Yordamchi moddalar qand, suvsiz limon kislotasi, glitserin, metilparaben, propilparaben, propilenglikol, shirin apelsin essentsiyasi, tutti-frutti essentsiyasi, tozalangan (ionsizlantirilgan) suv.
Ta'rifi to‘q-jigarrang rangli, o‘ziga xos hidli, biroz shirin-nordon ta'mli va achchiqroq ta'mli, siropsimon suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
nootrop
Farmakologik xususiyatlari
Intellan – bu miya faolligini rag‘batlantiruvchilari orasidagi tanlov preparati. U bir nechta farmakologik faol o‘tlarni saqlaydi, ular zarur bo‘lgan tabiiy aminokislotalar, mikroelementlar va biologik faol alkaloidlar va glikozidlar bilan ta'minlaydi.
Glyutamin va asparagin kislotalari va biologik faol alkaloidlar va glikozidlar yordamida Intellan transmissiyani neyrogormonal modifikatori kabi ta'sir qiladi va bosh miya po‘stlog‘ini modda almashinuviga rag‘batlantiruvchi samaraga ega, shunday qilib miya faolligini va xotirani rivojlanishini rag‘batlantiradi. U shuningdek, nerv xujayralarini ozuqa bilan ta'minlanishini va modda almashinuvini zaharli chiqindilarini (ammiak) yo‘qotilishini yaxshilaydi, shunday qilib miya strukturalari faolligini optimizatsiyasini ta'minlaydi. U bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydi, bu charchoqlik hissini kamayishi bilan namoyon bo‘ladi. Yumshoq neyrostimullovchi samarasi bezovtalikni kamayishiga yordam beradi va o‘tkir osti depressiv holatlarni davolashda yordam beradi.
Intellanni birlamchi terapevtik xususiyati – miya strukturalarida, oyoqlarda, barcha arteriyalarda, venalarda, hatto eng kichik kapillyarlarda qon aylanishini yaxshilash. Bosh miyada qon aylanishini pasayishi xotiraga, diqqatga, intellektual imkoniyatga, ko‘rishga, muvozonat tuyg‘usiga noxush ta'sir ko‘rsatishi mumkin. U shuningdek, bosh og‘rig‘i, depressiya, bezovtalik kabi simptomlarga olib kelishi mumkin. Og‘ir hollarda ishemik insult rivojlanishi mumkin. Intellan bunday holatlarni oldini olish uchun va majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.
Intellan tarkibidagi mikroelementlar hayotiy zarur molekulalarni tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi va organizmdagi ko‘pchilik muhim biosintetik reaktsiyalarning zarur omillari sifatida ta'sir qiladi.
Qo‘llanilishi
• Xotirani pasayishi, eslab qolishni susayishi
• Nerv-ruxiy stress, zo‘riqish va charchoqlik
• Kontsentratsiyani yetishmovchiligi va dezoriyentatsiya
• Bolalarni ruxiy va jismoniy rivojlanishini kechikishi
• Funktsional aqliy yetishmovchiligi
• Bosh aylanishi, ongni chalkashishi
• Neyronlardagi moddalar almashinuvini va kapillyar qon aylanishini susaytirishi
• O‘rtacha og‘irlikdagi xavotirlik va depressiya
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga 2 choy qoshiqdan (10 ml) kuniga ikki marta ovqatdan keyin.
Bolalarga 1 choy qoshiqdan (5 ml) kuniga ikki marta ovqatdan keyin.
Yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha.
Nojo‘ya ta'sirlari
Jiddiy emas. Intellan kechasiga qabul qilinganida kam hollarda uyqu buzilishi mumkin. Dorini kamida uch soat uyqudan oldin qabul qilish tavsiya qilinadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Allergik kasalliklarda.
Preparatning komponentlariga bo‘lgan yuqori shaxsiy sezuvchanlik.
Preparatni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sirop saxaroza saqlaydi, qandli diabeti bo‘lgan bemorlar, shuningdek past kaloriyali parxezga amal qiluvchi odamlar bunga e'tibor berishlari kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ta'riflanmagan, ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
Sirop flakonlarda 90, 120 va 150 ml dan.
Saqlash sharoiti
+25oS dan yuqori bo‘lmagan xona haroratida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Herbion
The Way to Health
Xerbion Pakistan Prayvet Limited Karachi, Pokiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.