Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Korteksin eritma 5 mg №10
Nomi | Narx | |||||
Кортексин р-р 5мг №10 (150124##2 237) |
UZS 217 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Полипептиды коры головного мозга скота
Страна производитель
Россия
Дозировка
5 мг
Производитель
Герофарм,ООО,Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Лиофилизат для приготовления раствора для внутримышечного введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
KORTEKSIN®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) qoramol bosh miya po‘stlog‘ining polipeptidlari
Dori shakli
mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat
Tarkibi
Bir flakon quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 10 mg Korteksin (suvda eruvchan polipeptid fraktsiyalarining kompleksi);
yordamchi modda 12 mg glitsin (stabilizator).
Ta'rifi oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli liofilizatsiya qilingan kukun yoki g‘ovak massa.
Farmakoterapevtik guruhi
nootrop vosita.
ATX kodi N06BX.
Xarakteristikasi
Korteksin – molekulyar massasi 10000 Da gacha bo‘lgan suvda eruvchan polipeptid fraktsiyalarining kompleksidir.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
KORTEKSIN® gematoentsefalik to‘siq orqali bevosita nerv xujayralariga kiruvchi quyimolekulyar suvda eruvchan polipeptid fraktsiyalarning kompleksini saqlaydi. Preparat nootrop, neyroprotektor, antioksidant va to‘qima-spetsifik ta'sir ko‘rsatadi.
Nootrop ta'siri – bosh miyaning eng yuqori faoliyatlarini, ta'lim olish va xotira jarayonlari, diqqatni jamlash, turli stress ta'sirlarida chidamlilikni oshiradi.
Neyroprotektor ta'siri – neyronlarni turli endogen neyrotoksik omillar (glutamat, kaltsiy ionlari, erkin radikallar) ta'siri ostida shikastlanishdan himoya qiladi, psixotrop moddalarning toksik samaralarini kamaytiradi.
Antioksidant ta'siri – neyronlarda lipidlarni perikisli oksidlanishini ingibitsiya qiladi, oksidativ stress va gipoksiya sharoitlarida neyronlarni yashab qolish qobiliyatini oshiradi.
To‘qima-spetsifik ta'siri – markaziy va periferik nerv tizimida neyronlarning metabolizmini, reparativ jarayonlarni faollashtiradi, bosh miya po‘stlog‘i faoliyatini va nerv tizimining umumiy tonusini yaxshilanishiga yordam beradi.
KORTEKSIN® ning ta'sir mexanizmi neyronlarning peptidlari va bosh miyaning neyrotrofik omillarini faollashishi; qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi aminokislotalar, dofamin, serotonin muvozanatini optimizatsiyasi; GAMKergik ta'sir; bosh miyaning paroksizmal tirishish faolligini pasayishi, uning bioelektrik faolligini yaxshilanishi; erkin radikallarni (lipidlarning perikisli oksidlanishi mahsulotlari) hosil bo‘lishini oldini olish bilan bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Ta'sir etuvchi moddasi polipeptid fraktsiyalarning kompleksi hisoblangan KORTEKSIN® ning tarkibi alohida komponentlarning oddiy farmakokinetik tahlilini o‘tkazish imkonini bermaydi.
Qo‘llanilishi
Bosh miyada qon aylanishini buzilishi, bosh miya jarohati va uning oqibatlarini, turli genezli entsefalopatiyalar, kognitiv buzilishlar (xotira va fikrlashni buzilishlari), o‘tkir va surunkali entsefalitlar va entsefalomiyelitlar, tutqanoq, astenik holatlar (segment ustki vegetativ buzilishlar), ta'lim olish qobiliyatini pasayishi, bolalarda psixomotor va nutq rivojlanishini orqada qolishi, bolalar serebral falajining turli shakllarini majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat mushak ichiga yuboriladi.
In'ektsiyadan oldin flakon ichidagisi 1-2 ml 0,5% li prokain (novokain), in'ektsiya uchun suv yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasida (ko‘pik hosil bo‘lishidan saqlanish uchun ignani flakon devoriga qaratib) eritiladi va har kuni bir marta yuboriladi kattalarga 10 mg dozada 10 kun davomida; bolalarga tana vazni 20 kg gacha bo‘lganda 0,5 mg/kg dozada, tana vazni 20 kg dan yuqori bo‘lganda – 10 mg dozada 10 kun davomida.
Zarurati bo‘lganida 3-6 oydan keyin takroriy kurs o‘tkaziladi.
Yarim sharlar insultida o‘tkir va erta tiklanish davrida kattalarga 10 mg dozada sutkada 2 marta (ertalab va kunduzi) 10 kun davomida, 10 kundan keyin takroriy kurs bilan buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya samaralari haqida xabarlar kelib tushmagan.
Preparatning komponentlariga shaxsiy o‘ta yuqori sezuvchanlik kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
KORTEKSIN® ni faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llang!
Eritilgan dori preparatini saqlovchi flakonni saqlash va saqlagandan keyin qo‘llash mumkin emas. KORTEKSIN® eritmasini boshqa eritmalar bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi.
Dori preparatini birinchi marta yoki uni bekor qilgandagi ta'sirining o‘ziga xosligi mavjud emas.
In'ektsiya o‘tkazib yuborilgan hollarda dozani ikki marta yuborish tavsiya etilmaydi, keyingi dozani odatdagi rejalashtirilgan kuni o‘tkazish kerak.
Ishlatilmagan dori preparatini yo‘q qilganda maxsus ehtiyotkorlik choralari talab etilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas (klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari yo‘qligi tufayli). Preparatni laktatsiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak (klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari yo‘qligi tufayli).
Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatining transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qo‘llash alohida diqqat va tezkor reaktsiyalarni talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari (avtotransportni boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash) ga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
Mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat, 10 mg. 22 mg dan 5 ml sig‘imli flakonlarda, 5 flakondan PVX plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 2°S dan 25°S gacha haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Dori preparatining ishlab chiqaruvchisining nomi, manzili va dori preparatini ishlab chiqarish joylarining manzillari
“GEROFARM” MChJ
Rossiya, 191119, Sankt-Peterburg sh., Zvenigorodskaya ko‘ch., 9 uy
Telefon (812) 703-79-75 (ko‘p kanalli), faks (812) 703-79-76
Ishlab chiqarish joyining manzili
Rossiya, 142279, Moskva vil, Serpuxovskiy rayoni, Obolensk qish., 83 korpus, lit. AAN.
E'tirozlarni qabul qiluvchi korxona
“GEROFARM” MChJ
Rossiya, 142279, Moskva vil, Serpuxovskiy rayoni, Obolensk qish., 4 bino, 82 korpus, a/q 23
Telefon (812) 703-79-75 (ko‘p kanalli), faks (812) 703-79-76
Ishonch telefoni 8-800-333-4376 (Rossiya bo‘yicha qo‘ng‘iroq bepul)
www.cortexin.ru
www.geropharm.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.