Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lutsetam 1200 mg. tab. №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Пирацетам
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
1200 мг
Производитель
Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Ushbu dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing.
• Bu varaqani saqlang. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qish talab qilinishi mumkin.
• Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokor yoki farmatsevtga murojaat eting.
• Ushbu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. U xatto, agar ularda kasallikni xuddi shunday simptomlari bo‘lsa ham ularga zarar keltirishi mumkin.
• Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar qiling (4-bo‘limga qarang).
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma'lumotlarni saqlaydi
1.Lutsetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
2.Lutsetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
3.Lutsetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday qabul qilish kerak
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
5.Lutsetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday saqlash kerak.
6.
Yaroqlilik muddati
7.
Dorixonalardan berish tartibi
.
8.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar.

Lutsetam® preparatining faol moddasi – piratsetam - u nerv hujayralarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, xujayralarni o‘rab turuvchi xujayra membranalarining strukturasini normallashtiradi va faoliyatini tiklaydi, shunday qilib hujayralar o‘rtasidagi ma'lumotlar oqimini yaxshilaydi. Piratsetam bosh miyada qon oqimini va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Piratsetam qon plastinkalarini bir-biriga yopishishi va ularini qon tomir devoriga bog‘lanib qolishini kamaytiradi, bu esa tromb (qon quyqasi) hosil bo‘lishi va tomir bo‘shlig‘ini yopilib qolishi rivojlanishini birinchi bosqichi hisoblanadi.
Qo‘llanilishi
• Bosh miyafaoliyatini buzilishi yoki zararlanishi natijasida rivojlanadigan xotira buzilishi, diqqat va qiziqishni (motivatsiya) kamayishi.
• Miyada qon aylanishi buzilishi oqibatlarini davolashda (birinchi navbatda afaziyani).
• Kortikal miokloniyani davolash (markaziy nerv tizimidagi buzilishlar bilan bog‘liq mushaklarning normal bo‘lmagan tortishishlari).
• Bosh aylanishi va muvozanat xissini buzilishlarini davolash (ruhiy xarakterdagi buzilishlar va qon tomir o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘lgan buzilishlardan tashqari).
• Alkogolli abstinent sindromni kompleks davolashning tarkibiy qismi sifatida, shuningdek spirtli ichimliklarini surunkali iste'mol qilishga bog‘liq bo‘lgan kognitiv buzilishlarni davolash uchun qo‘llanadi.
Bolalar va 8 yoshdan katta o‘smirlar
• Disleksiyasi (o‘qishda qiyinchilik) bo‘lgan 8 yoshdan katta bolalarda - boshqa davolash usullari (shu jumladan, logopedik usullar) bilan birga qo‘llanadi.
2. Lutsetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
Lutsetam® qobiq bilan qoplangantabletkalari preparatini quyidagilarda qabul qilish mumkin emas.
• agar Sizda piratsetamga, pirrolidonning boshqa hosilalariga yoki 8-bo‘limda berilgan preparatning har qanday yordamchi moddalariga nisbatan allergiya bo‘lsa
• agar Sizda buyrak yetishmovchiligini terminal bosqichi bo‘lsa
• miyaga qon quyilishida (gemorragik insult)
• agar Siz Xantington xoreyasi bilan xastalangan bo‘lsangiz.
Tibbiyotda qo‘llanganida ehtiyotkorlik choralari
Lutsetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin albatta davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Quyidagilarda albatta davolovchi shifokorga xabar bering
• Agar Siz buyrak kasalliklari bilan og‘risangiz, chunki bunday holatlarda Lutsetam® preparatini chiqarilishi sekinlashadi va bu uning samarasini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Dozasini o‘zgartirishga ehtiyoj tug‘ilishi mumkin. Keksa patsiyentlarda shifokor buyrak faoliyatini doimiy ravishda nazorat qilib turadi.
• Agar Sizda qon ivishi buzilgan bo‘lsa, og‘ir qon ketishi kuzatilishi mumkin yoki Siz qon ketishi rivojlanishini yuqori xavfi mavjud guruhga kirsangiz (masalan, me'da yoki ichak yarasi sababli).
• Agar Sizda avval miyaga qon quyilishi (gemorragik insult) bo‘lgan bo‘lsa.
• Agar Sizda katta operatsiya o‘tkazilgan bo‘lsa, shu jumladan stomatologik.
• Agar Sizda markaziy nerv tizimidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan mushaklarni tirishishli qisqarishlari bo‘lsa; chunki Lutsetam® preparatini keskin bekor qilish, preparatni bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kasallikni keskin zo‘rayishini - tirishish xurujini chaqirishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarda Lutsetam® preparatini qo‘llash yuqori darajadagi tibbiy nazoratni talab etadi.
Bolalar va 8 yoshdan katta o‘smirlar
Lutsetam® ni disleksiyasi (o‘qishda qiyinchilik) bo‘lgan 8 yoshdan katta bolalarga logopedik davolash bilan birga buyurish mumkin.
Lutsetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati va boshqa dori vositalari
Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan har qanday dori vositalari haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Agar Siz quyidagi dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta davolovchi shifokoringizga xabar bering
• qalqonsimon bez gormonlarini saqlovchi preparatlar.
• antikoagulyantlar.
• atsetilsalitsil kislotasi (og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi dori vositalari, shuningdek yurak-qon tomir kasalliklarini davolash va oldini olish uchun qo‘llaniladigan dori vositalari).
Bunday holatlarda e'tiborli tibbiy nazoratni o‘tkazish, ba'zi holatlarda esa - dori vositasini dozasini o‘zgartirish lozim.
Lutsetam® preparati bilan bir vaqtda ovqat, ichimlik va alkogolni iste'mol qilish
Ushbu dori vositasini och qoringa yoki ovqat bilan qabul qilish mumkin. Tabletkani ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan ichish kerak.
Fertillik, homiladorlik va emizish davri
Agar Siz homilador, emizikli bo‘lsangiz, homiladorman deb taxmin qilayotgan yoki bolali bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki farmatsevtga bu haqida xabar bering.
Homiladorlik
Preparatni homiladorlik vaqtida klinik qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, faqat preparatning xavfi/foyda sinchkov baholangandan keyingi kamdan-kam o‘ziga xos holatlardan tashqari hollarda, homilador ayollarga piratsetamni qo‘llashdan saqlanish lozim.
Emizish
Faol modda piratsetam yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va ko‘krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun Lutsetam® ni emizish davrida qo‘llash mumkin emas yoki Lutsetam® preparati bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarini hisobga olib, piratsetamni transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sirini inkor etib bo‘lmaydi. Shuning uchun shifokor cheklov yoki man qilish darajasini har bir patsiyent uchun individual belgilashi kerak.
3. Lutsetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday qabul qilish kerak.
Bu preparatni qat'iy shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qilish kerak. Agar Sizda savol tug‘ilsa shifokorga murojaat qiling.
Doza va davolanish davomiyligi Sizning davolovchi shifokoringiz tomonidan Sizning ahvolingiz, yoshingiz va boshqa kasalliklarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Dozalash tartibi
Turli xil ko‘rsatmalarda tavsiya qilinadigan dozalari
- Bosh miyafaoliyatini buzilishi yoki zararlanishi natijasida rivojlanadigan xotira buzilishi, diqqat va qiziqishni (motivatsiya) kamayishi
tavsiya qilinadigan sutkalik dozasi 2,4-4,8 g kuniga ikki-uch mahal qarta qilishga buyuriladi.
- Miyada qon aylanishi buzilishi oqibatlarini davolash
o‘tkir osti yoki surunkali kasalliklarda (davomiyligi 15 kundan ko‘proq) 4,8-6 g doza tavsiya qilinadi.
- Kortikal miokloniya (markaziy nerv tizimidagi buzilishlari bilan bog‘liq mushaklarni normal bo‘lmagan tortishishlari)
tavsiya qilinadigan boshlang‘ich sutkalik dozasi – 7,2 g, shundan so‘ng zaruratga ko‘ra, dozani 4,8 g dan 3–4 kunlik interval bilan maksimal dozasi 24 g gachaoshirish mumkin, kuniga ikki-uch qabul qilishga buyuriladi.
- Bosh aylanishi
tavsiya qilinadigan doza 2,4-4,8 g kuniga ikki-uch mahal qabul qilishga buyuriladi.
- Alkogolni bekor qilish sindromi
kuniga 12 g, keyin sutkada 2,4 g dan davolashni bir maromda ushlab turuvchi doza.
Davolash davomiyligi patsiyentning ahvoliga bog‘liq bo‘ladi. Surunkali kasalliklarda optimal samaraga 6-12 haftadan so‘ng erishiladi. 3 oylik davolash davridan so‘ng davolashni davom ettirishga zarurat borligini qayta baholash kerak. Agar uzoqroq davolashga zarurat tug‘ilsa, davolashni davom ettirish zaruratiga baho berish har 6 oyda o‘tkaziladi.
Buyrak faoliyatini buzilishida preparatning dozasini o‘zgartirishga zarurat tug‘ilishi mumkin.
O‘smirlar va 8 yoshdan katta bolalar
Lutsetam® preparati disleksiyasi bo‘lgan 8 yoshdan katta bolalar va o‘smirlarda logopedik usullar bilan birga buyuriladi, tavsiya etiladigan maksimal doza ikki mahal qabul qilishga 3,2 g ni tashkil qiladi.
Qo‘llash usuli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar ichga qabul qilish uchun.
Tavsiya qilingan sutkalik dozani 2-4 marta qabul qilish uchun bo‘lish kerak. Tabletkalarni ovqat vaqtida yoki ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmagan ravishda vaqtda 100-
200 ml suyuqlik bilan qabul qilish kerak.
Agar Siz Lutsetam® tabletkalarini tavsiya qilinganidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Siz Lutsetam® tabletkalarini tavsiya qilinganidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol davolovchi shifokorga murojaat qiling.
Agar Siz Lutsetam® tabletkasini o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz Lutsetam® tabletkasini buyurilgan dozasini o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar keyingi tabletkalarni qabul qilish vaqti yaqinlashgan bo‘lsa, preparatni ikki barobar dozasini qabul qilmang. Siz o‘tkazib yuborilgan tabletkani o‘rnini qoplay olmaysiz, lekin dozani oshirib yuborish xavfini oshirishingiz mumkin. Vaqtida qabul qilinmagan tabletkani o‘tkazib yuboring va preparatni odatdagi tartibda qabul qiling.
Agar Siz Lutsetam® tabletkasini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Davolovchi shifokor preparatni bekor qilishga qaror qilmaguncha Lutsetam® tabletkasini qabul qilishni to‘xtatmang.
Agar Sizda ushbu dori vositasini qabul qilish yuzasidan qo‘shimcha savollar tug‘ilsa o‘zingizning davolovchi shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
Hamma dori vositalar kabi, ushbu preparat ham kutilmagan reaktsiyalar chaqirishi mumkin, biroq bular hammada ham yuzaga kelmaydi.
Allergik reaktsiyalarga bog‘liq bo‘lgan og‘ir nojo‘ya ta'sirlar, tez-tezligi noma'lum
-yutishni yoki nafas olishni qiyinlashtiruvchi lab, og‘iz yoki tomoqlarni shishi
-xushdan ketish yoki shunga o‘xshash holat
-eshakemi
Agar Siz yuqorida sanab o‘tilgan simptomlardan birini aniqlasangiz, preparatni qabul qilmang va tezda shifokorga murojaat qiling!
Keyingi nojo‘ya ta'sirlar to‘g‘risida klinik tadqiqotlar vaqtida, shuningdek preparatni ro‘yxatga olinganidan keyingi davrda ham xabar berilgan
Tez-tez (100 patsiyentdan 1-10 foizida uchraydi)
Birdan paydo bo‘ladigan majburiy xarakatlar (giperkinez), tana vaznini oshishi, asabiy holat.
Tez-tez emas (1000 patsiyentdan 1-10 foizida uchraydi)
Xolsizlik, depressiya, uyquchanlik
Tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlarga asoslanib baholashni iloji yo‘q)
Qon ketishi, bezovtalik, xavotirli holat, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiya, ataksiya (koordinatsiyani buzilishi), muvozanat xissini buzilishi, tutqanoqni kechishini yomonlashishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, bosh aylanishi (vertigo), qorindagi og‘riq, qorinni yuqori qismidagi og‘riqlar, ich ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish, terida toshmalar, qichishish.
Nojo‘ya ta'sirlar haqida xabar berish
Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada eslatib o‘tilmagan nojo‘ya samaralar aniqlanganida, iltimos shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish orqali, Siz ushbu preparatning xavfsizligi to‘g‘risida qo‘shimcha ma'lumot olishga yordam berasiz.
5. Lutsetam® qobiq bilan qoplangantabletkalarni qanday saqlash kerak.
15-30°S haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Lutsetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatining sifatini buzilishini yaqqol belgilari bo‘lsa (masalan, rangini o‘zgarishi bo‘lsa) qabul qilish mumkin emas.
6.
Yaroqlilik muddati
Yaroqlilik muddati
o‘ramda ko‘rsatilgan.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
ni tugash sanasi bo‘lib, ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Dori vositalarini maishiy chiqindilarga yoki oqava suvga tashlash mumkin emas. Agar boshqa kerak bo‘lmaydigan preparatni tashlab yuborish zarur bo‘lsa farmatsevt bilan maslahatlashing. Bunday choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldini olishga yordam beradi.
7.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar
Lutsetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalar o‘zida nimalar saqlaydi
Ta'sir qiluvchi modda piratsetam
Lutsetam® 400 mg li qobiq bilan qoplangantabletkalar
Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 400 mg piratsetam saqlaydi,
Lutsetam® 800 mg li qobiq bilan qoplangantabletkalar
Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 800 mg piratsetam saqlaydi,
Lutsetam® 1200 mg li qobiq bilan qoplangantabletkalar
Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 1200 mg piratsetam saqlaydi.
Yordamchi moddalar
magniy stearati, povidon K-30,makrogol 6000, dibutilsebakat, titan dioksidi, tal'k, etiltsellyuloza, gipromelloza.
Lutsetam® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatning tashqi ko‘rinishi va o‘ram tarkibi
Tashqi ko‘rinishi

Oq yoki deyarli oq rangli, oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, hidsiz, bir tomonida faskali va Ye 241 gravirovkasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Oq yoki deyarli oq rangli, oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, hidsiz, ikki tomonida riskali va faskali, bir tomonida Ye 242 gravirovkasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Oq yoki deyarli oq rangli, oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, hidsiz, bir tomonida faskali va Ye 243 gravirovkasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
O‘ram
Lutsetam® 400 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar 60 tabletkadan jigarrang shisha flakonlarga joylashtirilgan.
Lutsetam® 800 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar 30 tabletkadan jigarrang shisha flakonlarga joylashtirilgan.
Lutsetam® 1200 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar 20 tabletkadan jigarrang shisha flakonlarga joylashtirilgan.
Flakonlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.
MARKETING LITSENZIYASI EGASI VA ISHLAB CHIQARUVCHI
«Farmatsevticheskiy zavod EGIS» YoAJ
1106 Budapesht, Keresturi ko‘ch., 30-38
Vengriya
Ishlab chiqarish maydonchasi
«Farmatsevticheskiy zavod EGIS» YoAJ
9900 Kyormend, Matyash kiray ko‘ch., 65 uy
VENGRIYA

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.